elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
hududiy elektr tarmog‘i — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududi doirasidagi elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyektlari majmui;
magistral elektr tarmoqlari — elektr energiyasining mintaqalararo va (yoki) davlatlararo uzatilishini ta’minlash uchun foydalaniladigan elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyektlari majmui;
yagona elektr energetikasi tizimi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari majmui va ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi;
iste’molchi — elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish (maishiy ehtiyojlar) uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik shaxs (jismoniy shaxs).
2. Mazkur Yo‘riqnoma elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlarning normativlari elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tomonidan har yili 1-sentabrga qadar hisoblab chiqiladi.
4. Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda tayanch davrdagi texnologik yo‘qotishlar ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan Tayanch davrdagi elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarni hisoblash metodikasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
2-bob. Texnologik yo‘qotishlarning tuzilmasi
5. Texnologik yo‘qotishlar:
elektr energiyasini uzatishda elektr uzatish liniyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining texnik tavsiflari va ishlash rejimlariga bog‘liq holda ulardagi fizik jarayonlarga sarflanadigan texnik yo‘qotishlardan (bundan buyon matnda texnik yo‘qotishlar deb yuritiladi);
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati korxonalari o‘rtasida o‘zaro uzatiladigan elektr energiyasini hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlardan (bundan buyon matnda hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlar deb yuritiladi);
transformator podstansiyalarining o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydigan elektr energiyasidan tashkil topadi.
6. Texnik yo‘qotishlar uzatilayotgan quvvatga bog‘liq bo‘lmagan shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlardan (bundan buyon matnda shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlar deb yuritiladi) hamda uzatilayotgan quvvatga bog‘liq bo‘lgan yuklama yo‘qotishlardan (bundan buyon matnda yuklama yo‘qotishlar deb yuritiladi) iborat.
7. Transformator podstansiyalarining o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydigan elektr energiyasining hajmi hisobga olish asboblari bo‘yicha aniqlanadi. Transformator podstansiyalarning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini sarflaydigan elementlarining nomenklaturasi mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
3-bob. Texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash
8. Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblab chiqishdan avval ushbu davr uchun texnologik yo‘qotishlarning absolyut hajmi hisoblab chiqiladi.
Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblashda elektr tarmoqlarining amaldagi yuklanishi to‘g‘risidagi joriy davrdagi ma’lumotlardan (elektr energiyasi va quvvati taqsimlanishi sxemasining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlardan) foydalanish mumkin.
9. Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlar kuchlanishi 220–500 kV, 35–110 kV, 6–10 kV va 0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlari bo‘yicha, shuningdek shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlar, yuklama yo‘qotishlar hamda hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklar bilan bog‘liq yo‘qotishlar bo‘yicha alohida va umumiy hisoblab chiqiladi.
10. Hisob davri uchun shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlar ularning tayanch davrdagi hisob-kitoblari natijalari bo‘yicha olinib, ushbu davrda elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyektlari tarkibining o‘zgarishini hisobga olgan holda (agar o‘zgargan bo‘lsa) o‘zgartirishlar kiritiladi.
11. Hisob davri uchun elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatishda uning yuklama yo‘qotishlari hajmi (∆Wyu.h) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda:
∆WY.T — elektr energiyasining tayanch davrdagi yuklama yo‘qotishlari hajmi;
WTB.T, WTB.H — tegishlicha tayanch va hisob davrida hududiy elektr tarmoqlariga berilgan (beriladigan) elektr energiyasining hajmi. Bunda boshqa elektr tarmoqlari orqali iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi ushbu hajmga kiritilmaydi.
Agar hisob davrida tayanch davrning yuklama yo‘qotishlarini hisoblashda inobatga olinmagan elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyektlari balansga qabul qilingan bo‘lsa, ushbu obyektlarda hisob davri uchun elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari qo‘shimcha ravishda hisoblanadi.
Agar hisob davrida, tayanch davrning yuklama yo‘qotishlarini hisoblashda inobatga olingan elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyektlari foydalanishdan chiqarilgan bo‘lsa, hisob davri uchun ushbu obyektlardagi elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlarini hisoblashda inobatga olinmaydi.
12. Hisob davri uchun elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatishda uning yuklama yo‘qotishlari hajmi (∆WY.H) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda Wber.T, Wber.H — tegishlicha tayanch va hisob davrlarida magistral elektr tarmoqlaridan berilgan (beriladigan) elektr energiyasining hajmi.
13. Hisob davri uchun hududiy elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatishda uning hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlari hajmi (∆Wxato.H) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda ∆Wxato.T.% — ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq hisoblangan tayanch davrdagi elektr energiyasining hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlari hajmi (foizda).
14. Hisob davri uchun magistral elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatishda uning hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlari hajmi (∆Wxato.H) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
15. Hisob davri uchun hududiy elektr tarmoqlari va magistral elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatishda uning texnologik yo‘qotishlari hajmining absolyut miqdori (∆WETY.H) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda ∆Wsh-o‘.H — hisob davri uchun elektr energiyasining shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlari.
16. Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlarning normativlari (∆WNorm.ETY.H%) elektr tarmoqlari bo‘yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi (foizda):
bunda WTB.H — hisob davrida hududiy elektr tarmoqlarga beriladigan elektr energiyasi (magistral elektr tarmoqlaridan beriladigan elektr energiyasi).
Oldingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 75-bandiga asosan, elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bo‘yicha iste’molchining elektr tarmog‘i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga uzatilganda, iste’molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, iste’molchining elektr tarmog‘iga kelib tushgan elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda yagona elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o‘tkaziladi. Bunda iste’molchi tarmog‘ining tranzit uzatishda qatnashgan qismi bo‘ylab elektr energiyasini uzatishdagi texnologik sarfning yagona elektr energetikasi tizimiga tegishli qismi ushbu Yo‘riqnomaning 5-formulasiga asosan hisoblanadigan texnologik yo‘qotishlarning absolyut miqdoriga qo‘shib hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 10-iyuldagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2871-1, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2871-1/1512-son)
18. Agar iste’molchi egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan yoxud egasi egalik qilishdan voz kechgan elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyekti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgan bo‘lsa, o‘zlarining elektr tarmoqlaridan bunday obyektlar orqali elektr energiyasini yetkazib berayotgan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari ulardagi texnologik yo‘qotishlarni o‘zlariga tegishli elektr tarmoqlaridagi texnologik yo‘qotishlardan alohida hisoblaydilar. Bunda egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan yoxud egasi egalik qilishdan voz kechgan elektr tarmog‘i ho‘jaligi obyekti hududiy elektr tarmoqlari korxonalari balansiga qabul qilingan taqdirda, ulardagi texnologik yo‘qotishlar ushbu korxonalarning texnologik yo‘qotishlarida hisobga olinadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
19. Texnologik yo‘qotishlar hamda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida hisoblashda, dasturiy mahsulotlar mazkur Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan metodlarga tayangan bo‘lishi kerak.
20. Hisoblab chiqilgan texnologik yo‘qotishlarning normativlarini asoslovchi hujjatlar alohida jildga tikiladi. Bunda asoslovchi hujjatlar:
hisob va tayanch davrlari uchun elektr energiyasining texnologik yo‘qotishlarini hisoblash natijalari;
hisob davri uchun elektr energiyasi texnologik yo‘qotishlarining normativlarini hisoblash natijalari;
hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlar normativlarining qiymatlarini asoslovchi tushuntirish xati;
tayanch va hisob davrlari uchun elektr energiyasining balansi (prognozi) va yo‘qotishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
elektr tarmoqlarining boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
21. Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlar normativlari qiymatlarini asoslovchi tushuntirish xatida texnologik yo‘qotishlar va ularning normativlarini hisoblashda foydalanilgan dasturiy mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar (dasturiy mahsulotning nomi, uni ishlab chiqargan korxonaning nomi, ishlab chiqarilgan yil, foydalanilayotgan versiya va boshqa ma’lumotlar) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
22. Hisoblab chiqilgan texnologik yo‘qotishlarning normativlarini asoslovchi hujjatlarning matni qog‘oz va elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda matnni kompyuter vositasida rasmiylashtirishda Misrosoft Office Word hamda Misrosoft Office Excel matn redaktorlaridan foydalaniladi.
23. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
24. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekenergo” AJ, va “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 6-mart
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2017-yil 1-mart
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. XAITOV
2017-yil 27-fevral
“O‘zbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi F. SALOMOV
2017-yil 22-fevral
“Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori A. FARMONOV
2017-yil 20-fevral
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilova
1-ILOVA
Tayanch davrdagi elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarni hisoblash
Do'stlaringiz bilan baham: |