METODIKASI
1-§. Shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlarni hisoblash metodlari
1. Shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlar:
kuch transformatorlarining (avtotransformatorlarning) salt yurish yo‘qotishlarini;
sinxron kompensatorlar, statik kondensatorlar batareyalari, statik tiristorli kompensatorlar va shuntlovchi reaktorlardagi yo‘qotishlarni;
podstansiyalar taqsimlovchi qurilmalarining yig‘ma shinalari va ulash simlaridagi yo‘qotishlarni;
elektr energiyasini hisobga olish tizimidagi (tok transformatorlaridagi (bundan buyon matnda TT deb yuritiladi), kuchlanish transformatorlaridagi (bundan buyon matnda KT deb yuritiladi), hisobga olish asboblari va ulash simlaridagi) yo‘qotishlarni;
ventilli razryadlagichlardagi, o‘ta kuchlanishni cheklagichlaridagi yo‘qotishlarni;
yuqori chastotali (bundan buyon matnda YuCh deb yuritiladi) aloqa ulanmalari tuzilmalaridagi yo‘qotishlarni;
110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo liniyalaridagi (bundan buyon matnda HL deb yuritiladi) tojlanishga yo‘qotishlarni;
kabellarning izolatsiyasidagi yo‘qotishlarni;
HL izolyatorlari bo‘ylab tokining sirqishidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarni;
podstansiyalarning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi sarfini o‘z ichiga oladi.
2. Kuch transformatorlarida (avtotransformatorlarda) elektr energiyasining salt yurishi (bundan buyon matnda SYu deb yuritiladi) yo‘qotishlari, uskunaning pasport ma’lumotida keltirilgan SYu quvvatining yo‘qotishi (Δ RSYu) (kVt da) asosida quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda:
T — transformatorning (avtotransformatorning) ishlash soatlari soni, soatda;
Ui — transformatorning (avtotransformatorning) i — rejimda ishlaganida yuqori tomonidagi kuchlanish, kV da;
Unom — transformator (avtotransformator) yuqori chulg‘amining nominal kuchlanishi, kV da;
.∆ti — i — rejimda o‘lchov qadami.
Transformatordagi (avtotransformatordagi) kuchlanish o‘lchashlar yordamida yoki barqaror rejimni elektrotexnikaga oid usullarda hisoblab, aniqlanadi.
Kuch transformatorlarining (avtotransformatorlarning) SYu dagi quvvat yo‘qotishini texnik holati va xizmat qilgan muddati hisobga olingan holda, ularni ishlab chiqargan zavodda transformatorning (avtotransformatorning) pasport ma’lumotlarini o‘rnatishda qo‘llanilayotgan usullarda o‘lchashlar yo‘li bilan aniqlashga ruxsat etiladi. Bunda asoslovchi materiallarga o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan SYu quvvati yo‘qotishlarini o‘lchash bo‘yicha bayonnomalar kiritilishi shart.
3. Sinxron kompensatorda (bundan buyon matnda SK deb yuritiladi) yoki SK rejimiga o‘tkazilgan generatorda elektr energiyasining yo‘qotilishi (Δ WSK) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,KVT.•SOAT (2),
bunda:
βQ= QYuK/QNOM — SK ning tayan davrdagi maksimal yuklanish koeffitsiyenti;
ΔRnom — SK ning pasport ma’lumotlariga muvofiq nominal yuklanish rejimidagi quvvat yo‘qotishi, kVt da.
SK dagi yo‘qotishlarni 1–jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin.
1-jadval
|
SK ning nominal quvvati, mV.A
|
5
|
7,5
|
10
|
15
|
30
|
50
|
100
|
160
|
320
|
SK dagi elektr energiyasi yo‘qotishlari, ming kVt. soat
(bir yilda)
|
400
|
540
|
675
|
970
|
1570
|
2160
|
3645
|
4725
|
10260
|
SK ning quvvati jadvalda keltirilgandan farq qilganda, elektr energiyasining yo‘qotishlari chiziqli interpolatsiya yordamida aniqlanadi.
Jadvaldagi yo‘qotishlarning qiymati bir yil — 365 kun bo‘lishini hisobga olib keltirilgan. Kabisa yilida yo‘qotishlar hisoblanganda k = 366/365 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
4. Statik kondensatorlar batareyalarida (bundan buyon matnda SKB deb yuritiladi) va statik tiristorli kompensatorlarda (bundan buyon matnda STK deb yuritiladi) elektr energiyasining yo‘qotishlari (Δ WKQ) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, KVT.•SOAT ( 3),
bunda:
Δ RKQ — kompensatsiyalovchi qurilmaning pasport ma’lumotiga muvofiq solishtirma quvvat yo‘qotishi, kVt/kVar da;
SKQ — kompensatsiyalovchi qurilmaning quvvati (STK uchun sig‘im tashkil etuvchisi bo‘yicha qabul qilinadi), kVar da.
SKB va STK dagi elektr energiyasi yo‘qotilishi 2–jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin.
| | | | | | | |
2-jadval
|
SKB va STK ning nominal quvvati, mV.A
|
5
|
7,5
|
10
|
15
|
30
|
50
|
100
|
160
|
320
|
Elektr energiyasi sarfi, ming kVt.soat (bir yilda)
|
SKB
|
30
|
45
|
60
|
90
|
180
|
300
|
600
|
960
|
1920
|
STK
|
120
|
180
|
240
|
360
|
720
|
1200
|
24005
|
3840
|
7680
|
Uskunaning pasport ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda ΔRKQ ning qiymati 1000 V gacha SKB uchun — 0,004 kVt/kVar, 1000 V dan yuqori SKB uchun — 0,002 kVt/kVar, STK uchun esa — 0,006 kVt/kVar olinadi.
5. Shuntlovchi reaktorda elektr energiyasining yo‘qotilishi (Δ WShR), uskunaning pasport ma’lumotlarida keltirilgan quvvat yo‘qotishlari (ΔRShR) asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda:
T — shuntlovchi reaktorning ishlash soatlari soni, soatda;
Ui — shuntlovchi reaktorning i-rejimda ishlaganida yuqori tomonidagi kuchlanish, kV da;
Unom — shuntlovchi reaktor yuqori chulg‘amining nominal kuchlanishi, kV da;
∆ti — i-rejimda o‘lchov qadami.
Shuntlovchi reaktorlardagi elektr energiyasining yo‘qotishlari 3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin.
6. Podstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalarining yig‘ma shinalari va ulash simlaridagi elektr energiyasining yo‘qotishlari 3-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
| | | | |
3-jadval
|
Uskunalarning kuchlanishi, kV
|
6
|
10
|
35
|
110
|
220
|
500
|
Shuntlovchi reaktorlarda, ming kVt soat (bir yilda)
|
84
|
84
|
36
|
32
|
29
|
20
|
Podstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalarining yig‘ma shinalari va ulash simlarida, ming kVt soat (bir yilda)
|
1,3
|
1,3
|
3
|
11
|
31
|
415
|
Jadvaldagi yo‘qotishlarning qiymati bir yil — 365 kun bo‘lishini hisobga olib keltirilgan. Kabisa yilida yo‘qotishlar hisoblanganda k = 366/365 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
6-10/0,4 kV transformator punktlari (bundan buyon matnda TP deb yuritiladi) taqsimlovchi qurilmalarining yig‘ma shinalari va ulash simlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari hisoblanmaydi.
Agar, texnologik yo‘qotishlarning normativlarini aniqlashda podstansiyalarning tok o‘tkazuvchi shinalaridagi yo‘qotishlar hisob-kitobi amalga oshirilgan bo‘lsa, taqsimlash qurilmalarning yig‘ma shinalari va ulash simlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari hisoblanmaydi.
7. Ventilli razryadlagichlar, o‘ta kuchlanishni cheklagichlari, YuCh aloqa ulanmalari tuzilmalari, TT va KT, 0,22-0,66 kV kuchlanishli elektr energiyasini hisobga olish asboblaridagi elektr energiyasining yo‘qotishlari uskunani ishlab chiqargan zavod ma’lumotlariga muvofiq aniqlanadi. Uskunani ishlab chiqargan zavod ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘qotishlar 4-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
|
4-jadval
|
Kuchlanish darajasi kV
|
Uskunalar bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlari, bir yilda ming kVt soat
|
ventilli razryadlagichlar
|
o‘ta kuchlanish cheklagichlari
|
YuCh aloqa ulanmalari tuzilmalari
|
TT
|
KT
|
6
|
0,009
|
0,001
|
0,01
|
0,06
|
1,54
|
10
|
0,021
|
0,001
|
0,01
|
0,1
|
1,9
|
35
|
0,091
|
0,013
|
0,02
|
0,4
|
3,6
|
110
|
0,60
|
0,22
|
0,22
|
1,1
|
11,0
|
220
|
1,59
|
0,74
|
0,43
|
2,2
|
13,1
|
500
|
4,93
|
3,94
|
3,24
|
5,0
|
28,9
|
Jadvaldagi yo‘qotishlarning qiymati bir yil — 365 kun bo‘lishini hisobga olib keltirilgan. Kabisa yilida yo‘qotishlar hisoblanganda k = 366/365 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
YuCh aloqa ulanma tuzilmalari uchun elektr energiyasining yo‘qotishlari bir faza uchun keltirilgan, qolgan uskunalarda esa, uch faza uchun.
Uchta bir fazali kuchlanish transformatoridagi elektr energiyasining yo‘qotishi bitta uch fazali kuchlanish transformatoridagi yo‘qotishga teng deb olinadi.
0,4 kV kuchlanishli tok transformatorlaridagi elektr energiyasining yo‘qotishlari yiliga 0,05 ming kVt soatga teng deb olinadi.
TT va KT dagi elektr energiyasining yo‘qotishlari, o‘lchov majmuasiga kiruvchi elektr energiyasini hisobga olish asboblaridagi yo‘qotishlar hisobga olinib keltirilgan.
0,22-0,66 kV kuchlanishli to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan hisobga olish asboblaridagi elektr energiyasining yo‘qotishlari bitta hisobga olish asbobi uchun bir yilda kVt soatda quyidagicha hisoblanadi:
bir fazali, induksion — 18,4;
uch fazali, induksion — 92,0;
bir fazali, elektron — 21,9;
uch fazali, elektron — 73,6.
8. 110-500 kV kuchlanishli HL dagi tojlanishga elektr energiyasining yo‘qotilishi (Δ WT) ob-havo sharoitlari va kuchlanishning amaldagi miqdoriga bog‘liq holda quvvatning nisbiy yo‘qotishlari (∆rti, kVt/km) bo‘yicha aniqlanadi:
(5),
bunda:
Uf, Unom — liniyaning amaldagi va nominal kuchlanishi, kV da;
∆rti — tojlanishga quvvatning nisbiy yo‘qotishi, kVt/km da;
L — elektr uzatish liniyasining uzunligi, km da.
220 — 500 kV HL dagi tojlanishga quvvatning nisbiy yo‘qotishi 5-jadvalda keltirilgan. Bunda tojlanishga yo‘qotishni hisoblashni amalga oshirishdagi ob-havo kodlari quyidagi ma’noni anglatadi: 0 — ochiq; 2 — kam bulutli; 4 –bulutli; 8 –tuman.
| | |
5-jadval
|
Kuchlanish
kV
|
Simning kesim yuzasi
mm2
|
Ob-havo
kodi
|
Tojlanishga quvvatning nisbiy yo‘qotilishi ∆rk, kVt/km, bir zanjirda
|
havo harorati 0ºS dan yuqori bo‘lganda
|
havo harorati 0ºS dan past bo‘lganda
|
220
|
AS-240
|
0
|
1,30
|
1,30
|
AS-240
|
2
|
1,30
|
1,30
|
AS-240
|
4
|
1.30
|
1,30
|
AS-240
|
6
|
17,0
|
6,8
|
AS-240
|
8
|
6,60
|
34,0
|
AS-300
|
0
|
1,10
|
1,10
|
AS-300
|
2
|
1,10
|
1,10
|
AS-300
|
4
|
1,10
|
1,10
|
AS-300
|
6
|
15,90
|
6,10
|
AS-300
|
8
|
6,10
|
32,0
|
500
|
3AS-330
|
0
|
2,39
|
2,39
|
3AS-330
|
2
|
2,39
|
2,39
|
3AS-330
|
4
|
2,39
|
2,39
|
3AS-330
|
6
|
33,76
|
10,97
|
3AS-330
|
8
|
10,97
|
92,42
|
220
|
AS-400
|
0
|
0,85
|
0,85
|
AS-400
|
2
|
0,85
|
0,85
|
AS-400
|
4
|
0,85
|
0,85
|
AS-400
|
6
|
13,4
|
3,80
|
AS-400
|
8
|
3,80
|
45,0
|
500
|
3AS-400
|
0
|
1,73
|
1,73
|
3AS-400
|
2
|
1,73
|
1,73
|
3AS-400
|
4
|
1,73
|
1,73
|
3AS-400
|
6
|
26,74
|
7,73
|
3AS-400
|
8
|
7,73
|
77,91
|
220
|
AS-500
|
0
|
0,64
|
0,64
|
AS-500
|
2
|
0,64
|
0,64
|
AS-500
|
4
|
0,64
|
0,64
|
AS-500
|
6
|
12,26
|
2,86
|
AS-500
|
8
|
2,86
|
42,83
|
500
|
3AS-500
|
0
|
1,32
|
1,32
|
3AS-500
|
2
|
1,32
|
1,32
|
3AS-500
|
4
|
1,32
|
1,32
|
3AS-500
|
6
|
20,52
|
5,75
|
3AS-500
|
8
|
5,75
|
64,24
|
110 kV kuchlanishli HL dagi tojlanishga quvvatning nisbiy yo‘qotilishi 6-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
|
6-jadval
|
HL kuchlanishi, tayanchning turi, fazadagi simning soni va kesim yuzasi, mm2
|
Tojlanishga quvvat yo‘qotishi, kVt/km, ob-havoda sharoitida
|
yaxshi
|
quruq qor
|
nam havo
|
sovuq nam havo
|
110 po‘lat-1x120
|
0,013
|
0,04
|
0,17
|
0,69
|
110 po‘lat/2-1x120
|
0,015
|
0,05
|
0,25
|
0,93
|
110 tb-1x120
|
0,018
|
0,06
|
0,30
|
1,1
|
110tb/2-1x120
|
0,020
|
0,07
|
0,35
|
1,21
|
Bunda 110/2-1x120 ikki zanjirli HL ga to‘g‘ri keladi. Barcha holatlarda yo‘qotishlar bitta zanjir hisobiga keltirilgan.
9. Kabellarining izolatsiyasidagi elektr energiyasining yo‘qotishlari uskunani ishlab chiqargan zavod ma’lumotlariga muvofiq qabul qilinadi. Ishlab chiqargan zavod ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘qotishlar 7-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
|
7-jadval
|
Kabelning kesim yuzasi mm2
|
Quyidagi nominal kuchlanishda (kV) kabellar izolatsiyasidagi elektr energiyasining yillik solishtirma yo‘qotishlari, ming kVt.soat/km. yil
|
6
|
10
|
35
|
110
|
10
|
0,14
|
0,33
|
-
|
-
|
16
|
0,17
|
0,37
|
-
|
-
|
25
|
0,26
|
0,55
|
-
|
-
|
35
|
0,29
|
0,68
|
-
|
-
|
50
|
0,33
|
0,75
|
-
|
-
|
70
|
0,42
|
0,86
|
4,04
|
-
|
95
|
0,55
|
0,99
|
4,45
|
-
|
120
|
0,60
|
1,08
|
4,66
|
26,6
|
150
|
0,67
|
1,17
|
5,26
|
27,0
|
185
|
0,74
|
1,28
|
5,46
|
29,1
|
240
|
0,83
|
1,67
|
7,12
|
32,4
|
300
|
-
|
-
|
-
|
35,2
|
400
|
-
|
-
|
-
|
37,4
|
500
|
-
|
-
|
-
|
44,4
|
625
|
-
|
-
|
-
|
49,3
|
800
|
-
|
-
|
-
|
58,2
|
Jadvaldagi yo‘qotishlarning qiymati bir yil — 365 kun bo‘lishini hisobga olib keltirilgan. Kabisa yilida yo‘qotishlar hisoblanganda k = 366/365 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
10. HL izolyatorlari bo‘ylab tokning sirqishidan hosil bo‘lgan elektr energiyasining yo‘qotilishi 8-jadvalda keltirilgan quvvatning solishtirma yo‘qotishi va hisoblash davrida ob-havo sharoitining davomiyligidan kelib chiqib aniqlanadi.
Sirqish toklari ob-havoning 3 ta holatiga bog‘liq: 1-holat — namligi 90 foizdan kam bo‘lgan yaxshi ob-havo, quruq qor, sovuq nam havo, yaxlik; 2-holat — yomg‘ir, ho‘l qor, shudring, namligi 90 foiz va undan ortiq bo‘lgan yaxshi ob-havo; 3-holat — tuman.
|
8-jadval
|
Ob-havoning holati
|
Quyidagi kuchlanishli (kV) HL izolyatorlari bo‘ylab toklarning sirqishidan hosil bo‘lgan quvvatning solishtirma yo‘qotishlari, kVt/km
|
6
|
10
|
35
|
110
|
220
|
500
|
1
|
0,011
|
0,017
|
0,035
|
0,055
|
0,069
|
0,156
|
2
|
0,094
|
0,153
|
0,324
|
0,510
|
0,637
|
1,440
|
3
|
0,154
|
0,255
|
0,543
|
0,850
|
1,061
|
2,400
|
11. Podstansiyalarning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasining sarfi o‘z ehtiyojlari uchun transformatorlarning yuqori tomonida o‘rnatilgan hisobga olish asboblari asosida aniqlanadi. Agar hisobga olish asboblari o‘z ehtiyojlari uchun transformatorlarning past tomoniga o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘z ehtiyojlari uchun transformatorlaridagi texnik yo‘qotishlar hisobga olish asboblari asosida aniqlangan yo‘qotishlarga qo‘shiladi.
2-§. Liniyalar, tok o‘tkazuvchi shinalar, transformatorlar (avtotransformatorlar) chulg‘amlarining aktiv qarshiliklarini hisoblash
12. HL ning aktiv qarshiligi uskunaning pasport ma’lumotiga muvofiq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(6),
bunda:
—1 km simning, uning harorati 20°S bo‘lgandagi solishtirma aktiv qarshiligi, Om/km da;
L — liniyaning uzunligi, km da;
Θ — tayanch davrda simning o‘rtacha harorati, °S da;
nz — parallel zanjirlarning soni, dona.
Liniyaning o‘rtacha yuklanishi tokning iqtisodiy zichligidan past bo‘lganida (6) — formuladagi simning harorati taxminan havoning haroratiga teng deb qabul qilinadi.
Simning harorati to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lmaganda, u 20°S ga teng deb hisoblanadi.
13. Kabel liniyalarining (bundan buyon matnda KL deb yuritiladi) aktiv qarshiligi pasport ma’lumotiga muvofiq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Om,(7),
bunda:
r0 — 1 km kabelning solishtirma aktiv qarshiligi, Om/km da;
L — kabelning uzunligi, km da;
nz-parallel zanjirlarning soni, dona.
14. Tok o‘tkazuvchi shinaning aktiv qarshiligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(8),
bunda:
ρ — tok o‘tkazuvchi shinaning solishtirma qarshiligi, Om mm2/m da;
l — tok o‘tkazuvchi shinaning uzunligi, m;
S — tok o‘tkazuvchi shinaning kesim yuzasi, mm2;
k Q,O‘ — qarshilik o‘zgarishini harorat koeffitsiyenti (mis va alyuminiy uchun k Q,O‘ = 0,004);
Θ — tok o‘tkazuvchi shinaning qarshiligi o‘lchanadigan tayanch davrdagi o‘rtacha harorat, ºS da.
Tok o‘tkazuvchi shinaning harorati to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lmaganda, u 20°S ga teng deb olinadi.
Agar tok o‘tkazuvchi shinaning pasport ma’lumotlarida 1 km tok o‘tkazuvchi shina solishtirma aktiv qarshiligining qiymati ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda aktiv qarshilik, solishtirma aktiv qarshilik va tok o‘tkazuvchi shina uzunligi qiymatlarining ko‘paytmasi shaklida aniqlanadi.
15. Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning aktiv qarshiligi uskunaning pasport ma’lumotlariga muvofiq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(9),
bunda:
ΔRQT — qisqa tutashuv quvvati yo‘qotishlari, kVt da;
U Yu nom — yuqori chulg‘amning nominal kuchlanishi, kV da;
S nom — uch fazali transformatorning nominal quvvati, mV A da.
Uch fazali guruhni tashkil etuvchi bir fazali ikki chulg‘amli transformatorlar uchun aktiv qarshilik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(10),
bunda:
S nom tr — bir fazali ikki chulg‘amli transformatorning nominal quvvati, mV A.
16. Yuqori, o‘rta va past kuchlanishli chulg‘amlarining quvvatlari teng bo‘lgan uch fazali, uch chulg‘amli transformatorning (avtotransformatorning) aktiv qarshiligi pasport ma’lumotlariga muvofiq quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
(11),
bunda:
ΔR QT Yu-O‘ , ΔR QT Yu-P , ΔR QT O‘-P — juft chulg‘amlar uchun qisqa tutashuv quvvati yo‘qotishlari, kVt da;
S nom — uch fazali, uch chulg‘amli transformatorning nominal quvvati, mV A da.
Uch chulg‘amli, uch fazali, chulg‘amlarining nominal quvvati turli bo‘lgan transformatorlarning aktiv qarshiligi pasport ma’lumotlariga muvofiq quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
(12)
bunda α — chulg‘amining nominal quvvati turli bo‘lgan transformatorlar qisqa tutashuv quvvati yo‘qotishlarini yuqori kuchlanishli chulg‘am quvvatiga keltirishni hisobga oladigan koeffitsiyent:
(13),
bunda U Yu nom, U O‘ nom — mos ravishda yuqori va o‘rta chulg‘amning nominal kuchlanishi, kV da.
Agar uskunaning pasport ma’lumotida qisqa tutashuv yo‘qotishlarining uchtadan bitta qiymati mavjud bo‘lsa, unda aktiv qarshilikni hisoblash “mufassal aktiv qarshilik”dan foydalanib, keyin uni almashuv sxemasining shoxobchalari bo‘yicha mutanosib bo‘lib amalga oshiriladi. Ushbu mutanosib qiymatlar 9-jadvalda keltirilgan chulg‘amlarning nominal quvvatlari nisbatlaridan aniqlanadi.
Mufassal aktiv qarshilik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(14),
bunda Δ R QT — yuqori kuchlanish chulg‘amining nominal yuklamadagi qisqa tutashuv yo‘qotishi, kVt da.
|
9-jadval
|
Nominalga nisbatan transformator chulg‘amlarining quvvati, %
|
Aktiv qarshilik, Om
|
S_Yu
|
S_O‘
|
S_P
|
R_T Yu
|
R_T O‘
|
R_T P
|
100
|
100
|
100
|
0,5 R_muf
|
0,5 R_muf
|
0,5R_muf
|
100
|
67
|
100
|
0,5 R_muf
|
0,75 R_muf
|
0,5 R_muf
|
100
|
100
|
67
|
0,5 R_muf
|
0,5 R_muf
|
0,75 R_muf
|
100
|
67
|
67
|
0,55 R_muf
|
0,82 R_muf
|
0,82 R_muf
|
100
|
100
|
50
|
0,5 R_muf
|
0,5 R_muf
|
R_muf
|
100
|
50
|
50
|
0,5 R_muf
|
R_muf
|
R_muf
|
100
|
100
|
33
|
0,5 R_muf
|
0,5 R_muf
|
1,5 R_muf
|
17. Uch fazali guruhni tashkil etuvchi, bir fazali uch chulg‘amli transformatorlarning aktiv qarshiliklari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |