Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 12. Issiqlik izolatsiyalash va qoplash ishlari



Download 0,58 Mb.
bet19/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 12. Issiqlik izolatsiyalash va qoplash ishlari

300. Ishlab turgan uskunalarda issiqlik izolatsiyalash ishlarini o‘tkazish man etiladi, issiqlik izolatsiyasini himoya qatlami bilan qoplash va kojuxlashtirish ishlari bundan istisno.

Uskunalar va konstruksiyalarda zanglanishga qarshi bo‘yash va izolatsiyalash ishlari KMK, ShNK, “SSBT. Qurilish zanglanishga qarshi ishlar. Xavfsizlik talablari” GOST 12.3.016, “SSBT. Bo‘yash ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.3.005 va “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” KMK 3.01.02 talablariga muvofiq bajarilishi kerak.

301. Izolatsiyalanishi kerak bo‘lgan uskunalarda ishlashni boshlashdan oldin bug‘lanish, oqish yo‘qligi, hamda ishlab turgan qo‘shni uskunalarning ishlash rejimi turg‘unligi to‘g‘risida ishonch hosil qilish kerak.

302. Uskunalar gidravlik va pnevmatik sinalishi davrida, shuningdek, sinalayotgan uskunalar va quvurlar zonasida izolatsiyalash ishlarini o‘tkazish man etiladi

303. Izolatsiya mastikasini rezinali qo‘lqoplar va himoyalovchi ko‘zoynaklarda surish kerak.

304. Mineral va shisha paxtasi va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ishlashni himoyalovchi ko‘zoynaklar, changga qarshi respiratorlar va qalin matodan ishlab chiqarilgan qo‘lqoplarda bajarish kerak. Maxsus kiyimning yenglari va yoqalarining tugmalari qadalgan bo‘lishi kerak. Englarni shimarib ishlash man etiladi. Shimlar etiklarning ustidan kiyilishi kerak.

Suyuq shisha, issiqlik izolatsiyasi va tarkibiga suyuq shisha kirgan mastika ko‘rinishidagi materiallar bilan ishlash, shuningdek, ohak-asbotsementli, perlitli, vermikulitli qorishmalar va mastikalardan foydalanib izolatsiya va suvoqlarni o‘tqizish ishlari rezinali kislota va ishqor bardoshli qo‘lqoplar va himoyalovchi ko‘zoynaklarda bajarilishi kerak.

305. Statsionar yoki ko‘chma sirkulyar arra bilan issiqlik izolatsiyasi mahsulotlarni kesish, ular qattiq mahkamlangan, to‘siqlar o‘rnatilgan va tortib oluvchi ventilatsiya ulanganda ruxsat etiladi. Arraning aylanib turgan diskiga qo‘llarni yaqinlashtirish man etiladi.

306. Statsionar va ko‘chma sirkulyar arralarida ishlashga faqat o‘qitilgan va yo‘riqnoma berilgan ishchilarga ruxsat etiladi.

Simlarni qo‘llab issiqlik izolatsiyalash ishlari bajarilayotganda izolatsiyaning simli karkas va simli mustahkamlash detallarining uchlari qayrilgan va izolatsiya yoki suvoq qatlami bilan yopilgan bo‘lishi kerak; simlar uchini qayirmasdan qoldirish, hamda kuydirilmagan simni qo‘llash man etiladi.

307. Tushiriladigan izolatsiya materiallari balandligi 1,2 m dan baland bo‘lmagan to‘plarga taxlanishi kerak. Sochiladigan materiallarni faqat to‘pning ustidan olish kerak.

308. Izolatsiya materiallarini yuqoriga yetkazib berish mexanizatsiyalangan bo‘lishi kerak.

Changlanadigan izolatsiya materiallari, mineral yoki shisha paxtasi ishlash joyiga konteynerlar yoki paketlarda, ularni changlanishiga yo‘l qo‘yilmas shartlarga rioya qilib yetkazib berish kerak.

309. Izolatsiya va qoplamalar qismlarga ajratilayotganda, quvurlar devorlariga va uskunalarga urish man etiladi.

Izolatsiyani himoyalovchi ko‘zoynaklarda va faqat yuqoridan pastga qarab qismlarga ajratish kerak.

Qismlarga ajratilayotgan izolatsiya chang chiqarishini oldini olish uchun uni namlash kerak.

310. Tunuka va stekloplastiklarni bichishda va kesishda, ularning g‘adiri va o‘tkir qirralari bilan qo‘llarni kesib yuborishdan ehtiyot bo‘lish kerak.

Ishlayotgan qaychilarning tig‘i yaqinida qo‘llarni tutish man etiladi.

311. Izolatsiya materiallarini pnevmatik uzatishni boshlashdan oldin qorishmani pnevmatik uzatish qurilmasi sozligi to‘g‘risida ishonch hosil qilish kerak. Qurilmaning nosoz elementlari bilan, shuningdek, uzatuvchi havoning bosimini ko‘rsatuvchi manometrlar bo‘lmasa yoki ular nosoz bo‘lganda ishlash man etladi.

Qorishma yoki mastika uzatiladigan shlanglarni qayirib egish man etiladi.

312. Qorishmalarni uzatuvchi quvurlar montaj qilingandan keyin va keyinchalik har 3 oyda kamida bir marta, ishchi bosimdan 1,5 baravar ortiq bosim bilan gidravlik sinalishi kerak. Sinash natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi va texnik pasportda qayd etiladi.

313. Bosim ostidagi qorishma quvurlarini ta’mirlash, shuningdek, ularning flanetsli birikmalarini tortib qo‘yish man etiladi.

314. Agar qorishma quvurlarining birikmalari (tutashlari) orqali o‘tmay qolsa, kompressorni tarmoqdan uzish, nosoz uzelni qismlarga ajratish va hosil bo‘lgan tiqinni olib tashlash kerak. Qorishma quvurni tiqinni bartaraf etish maqsadida urib chiqish man etiladi.

315. Qorishtirgich barabanini tozalash uchun rubilnik uzilishi va qorishtirgich elektr dvigatelidan saqlagichlar olib qo‘yilishi kerak; rubilnikda “Ulanmasin odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi kerak.

Qorishtirgich ishlayotganda uning barabaniga qo‘llarni tiqish, shuningdek harakat vaqtida bu barabanni yuksizlantirish man etiladi. Qorishtirma qorishtirgichning barabanlari o‘lchamlari 70 x 70 mm dan ortiq bo‘lmagan himoya to‘ri bilan yopilgan bo‘lishi kerak.

Qorishtirgichning yuklanish kovshi uchun chuqurchani tozalash uchun faqat kovsh ko‘tarilgan holatda fiksatsiya qilingandan keyin ruxsat etiladi. Ko‘tarilgan va fiksatsiya qilinmagan kovsh tagida ishchilar turishi man etiladi.

316. Qorishma quvuri puflanayotganda va tozalanayotganda himoyalovchi ko‘zoynagida ishlash zarur.

Qorishtirgichni siqilgan havo bilan puflash vaqtida ushbu ishni bevosita bajarayotganlardan tashqari barcha xodimlar puflash zonasidan kamida 10 m masofagacha chiqarilishi kerak.

317. 1,3 m va undan yuqorida joylashtirilgan uskunalarni izolatsiyalash uchun mazkur Qoidalarning III bobining 6-paragrafi talablariga muvofiq havozalar o‘rnatilishi kerak.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish