Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 2. Qozon qurilmalarining uskunalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet22/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 2. Qozon qurilmalarining uskunalariga xizmat ko‘rsatish

A. Changsimon yoqilg‘ini tayyorlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish

487. Changsimon yoqilg‘ini tayyorlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda “Changsimon holatdagi yoqilg‘ini tayyorlash va yoqish uchun qurilmalarning portlash xavfsizligi qoidalari”, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari. I bo‘lim” (2004-yil 10-sentabr, ro‘yxat raqami 1405 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 36-son, 405-modda) va “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari. II bo‘lim” talablarini qondirilishi shart.

488. Changsimon yoqilg‘ini tayyorlash qurilmalarining xonalarida tozalikni saqlab turish, vaqti-vaqti bilan uskunalarning barcha qismlari, qurilish konstruksiyalari va quvurlar changdan tozalanib turilishi, aspiratsion qurilmalar o‘tirib qolgan changdan tozalanib turilishi kerak.

489. Changgaz havo qorishmali tizim elementlarida lyuklar va kirish tuynuklarini ochish, shuningdek, changgazhavo trakti germetikligini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni (portlovchi saqlagich klapanlari diafragmalarini almashtirish va b.) bajarish man etiladi, bulardan siklonlar va separatorlar ostidagi to‘rlarni tozalash istisno, agar to‘r konstruksiyasi ushbu ishlar xavfsiz bajarilishini ta’minlasa.

490. Nam ko‘mir bunkerlarida cho‘g‘lanayotgan qatlamlar borligi aniqlanganda yoki ular mavjudligi to‘g‘risida gumon bor bo‘lganda ushbu joylarga sachratilgan suv sepish va bunkerni yoqilg‘i bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish va ulardagi yoqilg‘i sarflanishini davom ettirish kerak.

491. Agar changsimon yoqilg‘i tizimlardan changlangan havo urib chiqib ketayotgan bo‘lsa, ularning ishlashi man etiladi.

492. Ishlab turgan tegirmonlarning barabanlari va yuritmalarining ostidan changni chiqarib tashlash man etiladi.

493. Changsimon yoqilg‘i tizimlarining tegirmonlari va boshqa elementlarining ichida ishlash, faqat ular changdan tozalangandan, shamollatilgandan, o‘txonadan, havo o‘tkazgichlardan va yong‘inni o‘chirish liniyalaridan shiberlar, zaslonkalar, ventillar yoki tiqinlar bilan uzilgandan, mustahkamlanmagan plitalar yoki tasodifan yuqori holatda begona narsalar va shunga o‘xshashlar qisilib qolgani yo‘qligi tekshirilgandan keyin ruxsat beriladi.

494. To‘g‘ri puflanadigan va changsimon yoqilg‘i bunkerli tizimlarda yoki to‘xtatilgan tegirmonda uning oldidagi issiq havoni uzuvchi ikki zaslonkalar orasidagi klapan atmosferaga ochiq bo‘lishi shart.

495. Ishlab turgan changsimon yoqilg‘i tizimining portlovchi saqlagich klapanlarining otilib chiqish zonasida bo‘lgan uchastkalarda ta’mirlash ishlari o‘tkaziladigan joylar olovdan himoyalovchi zich shchitlar va peshayvonlar bilan to‘silgan bo‘lishi shart.

496. To‘xtatilgan tegirmonda lyuklar va kirish tuynuklari uning ortidagi havo harorati 50 °S dan past bo‘lmaganda ochilishi kerak.

Lyuklar va zaslonkalar asta-sekin va ehtiyot bo‘lib, lyukdan chetda turib ochilishi kerak. Aniqlangan yonish o‘choqlari sachratilgan suv bilan o‘chirilishi va yoqilg‘i chiqarib tashlanishi shart.

497. Ta’mirlashdan oldin barabanli tegirmonning baraban bronini ko‘rib chiqilayotganda ko‘rib chiquvchi tegirmonning bo‘g‘izida bo‘lishi kerak. Shaxtali tegirmonning bronini ko‘rib chiqishda, ko‘rib chiquvchi ta’mirlanayotgan tegirmonning lyukidan bronni ag‘darilganda uning ustiga tushishini istisno qiluvchi xavfsiz masofada bo‘lishi shart.

498. Bronni ko‘rib chiqish uchun tegirmon barabani yoki shaxtasiga kirish faqat uning birinchi qatorlari qulab ketish xavfi yo‘q bo‘lganda ruxsat etiladi. Bronni asta-sekin, uning qulab ketishi xavfi yo‘qligi to‘g‘risida dastlabki ishonch hosil qilgandan keyin ko‘rib chiqish kerak. Bron plitalari ishonchli mustahkamlanmaganligi aniqlanganda ko‘rib chiqish to‘xtatilishi va bron ag‘darilishi shart.

499. Baraban korpusida bevosita o‘rnatilgan qurilmalar yordamida barabanli tegirmon barabanidan zoldirlarni saralashda va tushirishda, zoldirlar tushirilayotgan joydan 10 m radiusda turish man etiladi. Bu opreatsiyalarni, shuningdek bronni almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarayotgan ishchilar piyma yoki metall uchli botinkalar kiyishi shart.

500 Barabanli tegirmonlarning bronyasini almashtirishda, tishli gardishni echib olishda va shuningdek shaxtali tegirmonlarni bilolari va biloushlagichlarini ushlagichni rotorni chiqarmasdan almashtirishda, bronyaning qismi, bilolar yoki gardishning bitta yarmi o‘rnatilishida hosil bo‘lgan muvozanatsizlikdan o‘zidan-o‘zi aylanib ketishini oldini olish uchun baraban yoki rotor ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi kerak.

501. Tegirmonning bronya plitalari almashtirilayotganda barabandan albatta zoldirlar chiqarib tashlangan bo‘lishi shart.

Tegirmon ichida ishlashga ruxsat faqat uning ichida uglerod okisi yo‘qligiga analiz qilingandan keyin va mazkur Qoidalarning III-bobi 11-paragrafi talablariga muvofiq tegirmonni xato ulashga qarshi choralar ko‘rilgandan keyin ruxsat etiladi.

502. Bron plitalarini tushirish, ortish va tegirmon barabanida o‘rnatish oyoq-qo‘l uchlarini jarohatlanishdan saqlash uchun katta ehtiyotlik bilan bajarilishi shart.

503. Ko‘mirni uzatuvchi patrubkasi demontaj qilinayotganda ko‘mir techkasi pastdan qalinligi 2-3 mm metall tunukasidan yasalgan tiqin bilan yopilgan bo‘lishi kerak.

504. Chang yoqilg‘ini tayyorlash tizimi uskunalarida payvandlash ishlari bajarilayotganda, payvandlashda va olovli kesishda uchqunlar tushishi mumkin bo‘lgan maydon kamida 10 m radiusda sachratilgan suv sepib qoplash kerak.

505. Ishlatib ko‘rish uchun tegirmon ishga tushirilishi vaqtida yarim muftalar qarshisida, shuningdek elektr dvigatellarning simlari chiqarilgan qutilari qarshisida turish man etiladi.

506. To‘qmoqli tegirmonlarning bilolari ta’mirlanganda rotor to‘xtatilgan holatda qotirilgan bo‘lishi kerak.

507. Chang bilan ta’minlagichlarni dvigatellaridan kuchlanish olinmasdan ta’mirlash va tozalash man etiladi, shuningdek chang bilan ta’minlagichda yoqilg‘ini qo‘l bilan itarish man etiladi.

508. Changli yoqilg‘ini tayyorlash tizimi elementlarini, shu hisobda bunkerlarni ham ko‘rib chiqish uchun faqat portlashdan himoyalangan kuchlanishi 12 V gacha bo‘lgan tarmoqdan ta’minlanadigan yoritgichlardan yoki portlashdan himoyalangan akkumulyatorli yoritgichlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

509. Changli yoqilg‘ini tayyorlash tizimi uskunalarini ta’mirlashda ishlayotgan xodimlar movutli kostyum kiygan bo‘lishlari shart, himoya ko‘zoynaklari va kombinatsiyalangan qo‘lqoplarni qo‘llash majburiydir.

B. Bunkerlarda ishlash

510. Yoqilg‘i bunkerlari yuqorida saqlagich to‘siqlari bilan jihozlangan bo‘lishlari shart, ular ishchilarini bunkerga tushib ketishini istisno qilishlari kerak. Bunkerlarga ishchilarni tushirish uchun lyuklarning qopqoqlari qulflangan bo‘lishi shart, ularning kaliti sex smenasi boshlig‘ida bo‘lishi shart.

511. Bunkerda to‘xtab qolgan yoqilg‘ini itarib qo‘yish mexanizatsiyalashtirilgan usulda yoki qo‘lda maxsus nayzalar bilan bunker ustidagi galereyasidan amalga oshiriladi. Yoqilg‘ini itarib yuborish uchun bunkerga tushish man etiladi.

512. Yoqilg‘i bunkerlariga tushish faqat ularni ta’mirlashdan va qozonni suyuq yoki gazsimon yoqilg‘i bilan yoqilishga o‘tkazishdan oldin tozalash va ko‘rib chiqish uchun ruxsat etiladi.

Cho‘g‘lanayotgan yoki tutun chiqayotgan yoqilg‘isi mavjud bunkerlarga tushish man etiladi.

513. Bunkerga tushishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:

bunkerga yoqilg‘i uzatilishini to‘xtatish, unda mavjud bo‘lgan yoqilg‘ini ishlatib yuborish;

bunkerning chiqish tuynuklarida shiberlarni yopish.

Ushbu tuynukda shiber yo‘q bo‘lsa, unda changli yoqilg‘i tizimi to‘xtatilishi, tegirmonga havo uzatish tizimi uzilishi, chang tizimi mexanizmlarining elektr yuritmalaridan kuchlanish olinishi, ularning sxemalari ajratilishi va bunkerga yoqilg‘ini uzatish mexanizmlarining yuritmalarida “Ulanmasin — odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgilari osilib qo‘yilishi shart;

bunkerga yoqilg‘ini ag‘darishga bug‘ va suvni berish tizimini uzish; elektr tebratgichlar mavjud bo‘lganda ulardan kuchlanishni olish;

bunkerda cho‘g‘lanayotgan changli yoqilg‘ining joylari mavjud bo‘lsa uni karbonat angidrit kislotasi, yoki azot, yoki 1,5 MRa (15 Kg/cm2)dan ortiq bo‘lmagan bosimli to‘yingan suvli bug‘ bilan to‘ldirish.

Karbonat angidrit kislotasi (azot) yoki bug‘ chang to‘zonlanishini oldini olish uchun bunkerning yuqori qismiga, bunker shipiga parallel holda tarqatilib uzatilishi kerak. Uzatish tizimi uni ulanishida chang yoqilg‘isi bunkeriga kondensatni tashlab yuborilishi imkonini istisno qilishi kerak;

bunkerni havo bilan shamollatish va undan keyin uni karbon oksidi yo‘qligiga analiz qilish bilan;

bunkerga lyuk ochilsin; agar lyuk qopqog‘i oshiq-moshiqsiz bo‘lsa, uni bunkerga tushib ketishi oldini olish choralarini ko‘rish zarur;

bunker devorlarini sachratilgan suv oqimi bilan ho‘llash;

bunkerga yuqori qismida ilgakli metall narvonini yoki qulay arqon narvonini qattiq qo‘zg‘almas konstruksiyasiga osib va uni ishonchli mustahkamlab tushirish kerak.

Bunker ichida ishlagan vaqtda vaqti-vaqti bilan uning ichida karbon oksidi mavjudligini tekshirib turish zarur. Karbon oksidi borligi aniqlanganda, xodimlar bunkerdan chiqarilishi kerak, yonish joylari o‘chirilishi, bunker yangidan shamollantirilishi va karbon oksidi yo‘qligiga havoni qaytadan analiz qilinishi kerak.

514. Bunkerda ishlayotganda mazkur Qoidalarning 104-bandi talablari bajarilishi shart.

Bunkerda ishlayotgan xodimlar ustidan kuzatuvchilar sonini, har bir ishlayotganda kamida bir kuzatuvchi hisobidan kelib chiqib ish rahbari aniqlaydi.

Bunkerda bir kishi ishlayotganda kamida ikki kuzatuvchi tayinlanadi.

515. Bunkerga tushirilayotgan narvonlarni va unga tushayotgan odamlarni saqlash belbog‘larining straxovka arqonlari lyuk yaqinidagi mavjud bo‘lgan skobalar va halqalarga mahkamlanishi kerak.

516. Bunkerning yoki otsekning bir tomonida ko‘mir yoki torf osilib qolsa, osilib qolgan yoqilg‘ining yuqori sathidan pastga tushish man etiladi. Bunda straxovka arqoni bunkerning yoqilg‘i osilib qolgan tomoniga bog‘langan bo‘lishi kerak.

517. Bunkerda movutdan tikilgan kostyum va poyafzal ustidan chiqarilgan shimda, etikda, qo‘lqopda, ko‘zoynakda, raspirator va kaskada ishlash zarur. Ishlayotganda va kuzatuvchilarda shlangli gazniqoblari tayyor holatda bo‘lishi kerak.

518. Ish bajarilayotganda oldindan saqlovchi belbog‘ning fal karabinini ilib qo‘ymasdan narvondan yoqilg‘i ustiga turish man etiladi.

519. Xodimlarning bunkerda bo‘lish vaqtini va dam olish vaqtini (bunkerdan chiqish bilan) naryadni berayotgan shaxs belgilaydi.

520. Ishchi bunkerdan ko‘tarilayotganda straxovka arqoni sirtmoq va yuqori uchi orasida odamni ko‘tarish bilan bir vaqtda, bunkerda arqon osilib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan, tortib olinishi kerak.

521. Qabul qilish — tushirish qurilmalarning tirqishli bunkerlarda ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, kurakli ta’minlagich ishlayotgan vaqtida xodimlar uning harakat qilishi yo‘nalishining qarama-qarshi tomonida va undan 3 m dan kam bo‘lmagan masofada turishi shart.

Ta’minlagichlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bunkerda ishlayotgan odamlar turgan joyi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.

522. Odam tasodifan bunkerga tushib ketsa, zudlik bilan bunkerga yoqilg‘i uzatishni to‘xtatish, keskin uzuvchi shiberni yopish yoki ta’minlagichlarni to‘xtatish va yiqilib tushganni ko‘tarib chiqish uchun shoshilinch choralar ko‘rish kerak.

523. Kulli bunkerlar ichida ishlayotganda, ushbu bunkerga techkalardagi zatvorlar yopilgan va qulflangan bo‘lishi kerak.

524. Bunkerda zichlanib yoki qotib qolgan kuldan hosil bo‘lgan gumbazlarni yon eshikchalar yoki lyuklar orqali buzish kerak.

525. Kul techkalarida tiqinlarni urib tushirishda yoki zichlanib, yoki qotib qolgan kuldan hosil bo‘lgan gumbazlar qulatilayotganda bunker ichida bo‘lish man etiladi.

V. Gaz xo‘jaligi qurilmalariga xizmat ko‘rsatish

526. Gaz xo‘jaligi uskunalariga xizmat ko‘rsatish va havo muhitini nazorat qilish, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tasdiqlagan “Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga”ga muvofiq bo‘lishi shart.

Gazsimon yoqilg‘idan foydalanadigan korxonada, rahbar muhandis-texnik xodimlaridan gaz xo‘jaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun mas’ul shaxs buyruq bilan tayinlangan bo‘lishi shart.

527. Ta’mirlash uchun uzilgan gaz quvuri uchastkasining chegarasida uzuvchi qurilmalardan keyin tiqinlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

528. Gazni rostlovchi punktlarining va gazni rostlovchi qurilmalarining xonalariga (doimiy navbatchi xodimlarisiz), yerosti gaz quvurlarining ko‘rish quduqlariga, shuningdek, gazlanishga nisbatan xavfli bo‘lgan joylarga (doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarisiz), maxsus o‘qitilgan xodimlar mazkur Qoidalarning 103 — 105-bandlari talablariga muvofiq xizmat ko‘rsatishi kerak

529. Gaz quvurlari o‘tgan barcha xonalar, ularning havosida gaz mavjudligiga portlashdan himoyalangan turdagi gazoanalizatorlar yordamida, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan grafik bo‘yicha tekshirib turilishi shart.

Ushbu xonalarning havosida gaz mavjudligi aniqlangan barcha vaziyatlarda zudlik bilan tegishli sex boshlig‘i, korxonaning bosh muhandisi va gaz xo‘jaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun mas’ul xodimga xabar berilishi kerak.

Havo namunasini olish joylari mahalliy yo‘riqnoma bilan belgilanadi.

G. Qozonxona qurilmalariga xizmat ko‘rsatish

530. Qozonxona qurilmalarining tuzilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tasdiqlagan “Bug‘ va suv isituvchi qozonlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Changsimon holatda yoqilg‘ini tayyorlash va yoqish uchun qurilmalarning portlash xavfsizligi qoidalari” va “Qozon qurilmalarida mazut va gazdan foydalanilganda portlash xavfsizligi qoidalari”ga mos bo‘lishi shart.

531. Qozon (bug‘-suv trakti, o‘txona va gaz yo‘llari)ning saqlagich va portlash klapanlari, ishlaganda suv-bug‘ aralashmasini va portlash gazlarini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavfsiz bo‘lgan, ishchi xonasidan tashqari joylariga chiqaruvchi quvurlarga ega bo‘lishlari, yoki odamlar bo‘lishi ehtimoli bor tomondan qaytargich shchitlari bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.

532. Ishlab turgan qozonlarning saqlagich klapanlarini ponalab qo‘yish yoki yuk massasini oshirish yoki qandaydir boshqa usul bilan klapan taryelkasiga bosishni oshirish man etiladi.

Richagli saqlagich klapanlarining yuklari o‘zidan-o‘zi siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun stoporlangan va plombalangan bo‘lishi shart.

533. Qozon forsunkalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun erkin, qulay yaqinlashish ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Alanga orqaga urganda kuyib qolishni oldini olish uchun, forsunkalar o‘rnatiladigan teshiklarida ekranlar bo‘lishi kerak, forsunkalarga yoqilg‘i va havo berilishini rostlovchi ventillar yoki ularning yuritmalari teshiklardan narida joylashtirilishi kerak.

534. Aylanib chiqish vaqtida qozondagi lyuklar, kirish uchun tuynuklarni ochish man etiladi, ko‘rish lyukchalari va teshiklari, ularning yon tomonida turish sharti bilan qisqa muddatga ochilishi bundan istisno.

535. Kirish tuynuklari va ko‘rish teshiklari ochiq bo‘lganda o‘txonada yoqilg‘ini yoqib yuborish man etiladi. Alangani doimiy kuzatish uchun ko‘rish teshiklari oyna bilan berkitilgan bo‘lishi kerak. Puflash ostida ishlovchi qozonlarda oynalar sinishini oldini oluvchi qurilmalar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rib chiqadigan xodimlar himoya ko‘zoynaklarini kiyishi shart.

536. Qozon yoqilishidan oldin unda barcha ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi va sex (blok) smenasi boshlig‘i tomonidan qozonni yoqishga aloqasi bo‘lmagan barcha xodimlar chiqarib yuborilishi kerak.

Qo‘shni qozonlarda, yoqilayotgan qozon tomoniga qaratilgan o‘txona va gaz yo‘llari tashqarisida yoki undan to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida bo‘lgan (oldingi va orqa devorlari, ship yopmalari) barcha ta’mirlash ishlari to‘xtalishi kerak.

Qozonda ishlash navbatchi xodim ko‘rsatmasi bo‘yicha qayta boshlanadi.

537. Qozonning pastki nuqtalarini puflashda oldin puflash muhiti yo‘nalishi bo‘yicha birinchi ventili to‘liq ochilishi, keyin asta-sekin ikkinchisi ochilishi kerak. Puflash tugatilgandan keyin, oldin yo‘nalish bo‘yicha ikkinchi ventil, undan keyin birinchi ventil yopilishi kerak.

538. Qozonxonaga gazni berish to‘satdan to‘xtab qolsa, qozonxonaga kiruvchi gaz quvuri va qozonlardagi gazni uzuvchi qurilmalari yopilishi kerak, uzilgan gaz quvurida esa puflash svechalari ochilishi kerak.

539. Ko‘rib chiqish va shurovka ishlari bajarilayotganda ochiq ko‘rish teshiklari, nazorat va tozalash lyuklari qarshisida turish man etiladi.

540. Qozon va regenerativ havo isitgichlarning qizitish yuzalarini impulsli (termoto‘lqinli) va boshqa mexanizatsiyalangan turidagi tozalashlar o‘tkazishdan oldin xodimlar qozonning tozalanayotgan elementlari joylashtirilgan zonasidan chiqarilishi kerak.

Tozalash davrida bu zonada ko‘rib chiqish va ta’mirlash man etiladi.

541. Qozonning qizitish yuzalarini puflashdan oldin tortish ko‘paytirilishi va yonishni turg‘un rejimi ta’minlanishi kerak.

Puflab tozalash faqat qozon rejimini bevosita olib borayotgan shaxs ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

542. Qozonni statsionar puflovchi qurilmalari bilan mexanizatsiyalashtirilgan puflab tozalash maxsus yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak.

543. Statsionar puflash qurilmalari yo‘q bo‘lganda puflab tozalashni qo‘lda bajarish mumkin.

544. Qo‘l bilan puflashda xodimlar himoyalovchi ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar va pelerinali kaskalar kiyishi kerak.

545. Puflash oldidan o‘txonadan shlak va kulni uzluksiz chiqarib tashlash qurilmalarida gidrozatvor turg‘unligi tekshirilgan bo‘lishi kerak.

Shlak va kulni davriy chiqarib tashlash qurilmali qozonlarda qozon puflanishini va shlak chiqarilishini bir vaqtda o‘tkazish man etiladi.

546. Agar puflash davrida puflash lyukidan gaz va kul chiqayotgan bo‘lsa va o‘txona qoraysa yoki begona shovqin paydo bo‘layotgan bo‘lsa, puflash to‘xtatilishi kerak.

547. Qozonni siqilgan havo bilan puflab tozalashda, quvurni o‘txonaga kiritishdan oldin havo ventilini ochish va ventilni yopmasdan oldin quvurni o‘txonadan chiqarish man etiladi.

Lyuchkalarni o‘z tomonga, ulardan tashqari tomonda turgan, himoya ko‘zoynakni va qo‘lqoplarni taqgan holda ochish lozim.

548. Qozon bug‘-suv qorishmasi bilan puflanganda, o‘txonaning puflanayotgan tomonidagi lyuchkalar va ko‘rish teshiklarini ochish man etiladi.

549. Suvko‘rsatgich asboblarini puflashda operatsiyalar quyidagi tartibda bajarilishi zarur:

pastki puflash ventili katta bo‘lmagan burchakka asta-sekin ochilsin;

pastki (suv) tez harakat qiluvchi kran 8 — 10 s ga yopilsin, undan keyin yana ochilsin;

yuqori (bug‘) tez harakat qiluvchi kran 8 — 10 s ga yopilsin, undan keyin yana ochilsin;

pastki puflash ventili yopilsin.

Puflanayotgan bug‘-suv aralashmasi pastki puflash ventilidan keyin turgan va drenaj quvurchasi uchun teshikli qopqoq bilan yopilgan voronkaga tushirilishi kerak.

Puflash vaqtida ishchi, suvo‘lchagich oynasidan yon tomonda turishi kerak va barcha operatsiyalarni himoyalovchi ko‘zoynagida va brezent qo‘lqopda bajarishi kerak.

D. Qozonlarning o‘txonalari, gaz yo‘llari, havo o‘tkazgichlari va barabanlari ichida va tutun mo‘rilarida ishlash

550. Qozon qurilmasining elementlarida, shuningdek, havo uzatgichlarida va gaz yo‘llarida ishlar quyidagi shartlar bilan bajarilishi kerak:

Mazkur Qoidalarning 284 bandi, 11-ilovasining 1—2-bandlari talablariga muvofiq ularni ishlab turgan uskunalaridan va bug‘, suv, mazut, gaz, va havo o‘tkazuvchi quvurlaridan uzish, hamda bug‘, suv, mazut va gaz bo‘yicha uzuvchi armaturalarida tiqinlarni o‘rnatish;

ularni zararli gazlardan shamollatish va havoni gazlanganlikka tekshirish;

mazkur Qoidalarning 265 va 266-bandlari talablariga rioya qilish;

“Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga muvofiq tortish puflash qurilmalarining elektr dvigatellaridan kuchlanishni olib qo‘yish.

551. Qozon qurilmasining elementlari, havo o‘tkazgichlari, gaz yo‘llari ichida ko‘chma elektr yoritgichlari bilan ishlayotganda lampalar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak, ular 12 V kuchlanishli alohida manbalardan ta’minlanishi kerak. Shuningdek, akkumulyator va batareyali fonarlar bilan yoritishga ruxsat etiladi.

552. Qozon o‘txonasining ichida 220 V gacha kuchlanishli umumiy yoritish cho‘g‘lanishli lampali yoritgichlarni qo‘llash ruxsat etiladi. Bunda yoritgichlar ish joyidan kamida 2,5 m balandligida joylashtirilgan bo‘lishi kerak yoki asboblar qo‘llanmasdan lampaga tegish ilojini istisno qiluvchi choralar ko‘rilishi kerak. Elektr o‘tkazgichlar himoyalangan simlardan bajarilgan bo‘lishi yoki metall yenglar uchida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Qozon o‘txonasining ichida yoritish yetarli bo‘lmasa 220 V kuchlanishli projektordan foydalanishga ruxsat etiladi, u qozon o‘txonasining tashqarisida, ishchilar yaqin kela olmaydigan joyda o‘rnatilishi kerak.

Yoritish asboblarini elektrotexnik xodimlar o‘rnatishi kerak.

553. Qozon devorlarini va quvur elementlarini shlakdan, kuldan va yonayotgan qoldiqlaridan tozalash tugatilmaguncha qozon qurilmasining elementlari, gaz yo‘llari va havo uzatgichlariga ta’mirlash xodimlarini ishga qo‘yish man etiladi.

554. O‘txonada, qulash xavfi bor osilib qolgan shlak bo‘laklari yoki g‘ishtlar mavjud bo‘lsa, ishlash man etiladi.

555. Qozon o‘txonasida osilib qolgan bo‘laklar oldin ularga suv sepilgandan keyin kirish tuynuklari, lyuklar va ko‘rish teshiklari orqali urib tushirilishi kerak. Devorlarga yopishib qolgan shlak o‘simtalari va shlak tuzilmalarini o‘txonaning yuqori qismidan o‘txona ichida turib urib tushirish mumkin. O‘txonaga kirishdan oldin oyoq turadigan joy ishonchli mustahkamligi to‘g‘risida ishonch hosil qilinishi kerak. O‘txonaga kirishdan oldin urib tushirilgan bo‘laklar ustidan suv quyilishi kerak.

Qozon va uning elementlarini tozalash tutun gazlari yo‘nalishi bo‘ylab bajarilishi kerak. O‘txona devorlaridan shlakni yuqoridan pastga qarab urib tushirilishi kerak. Ishchilar tozalanayotgan maydondan pastda turishi man etiladi.

556. O‘txonada shlak katta miqdorda bo‘lsa uni bir yo‘la butun kenglik bo‘yicha urib turishi mumkin emas, balki oldindan kichik vertikal ariqcha urib ochilishi kerak va u bo‘ylab pastga uchuvchan kulni ustiga suv sepib yo‘naltirish kerak. Undan keyin sekin-asta ariqchani kengaytirib kul tushirishi davom ettirilishi kerak.

Shlak sirg‘anib tushib ketishini oldini olish uchun bir vaqtda bir nechta ariqchalar qilib o‘txonani tozalash man etiladi.

557. Qizigan kul va shlakka suv sepilayotganda, ishchi hosil bo‘layotgan bug‘ unga etmaydigan masofada turishi kerak. Qizigan kul va shlaka suv quyish faqat suvni sachratib sepish bilan bajarilishi kerak. Suv quyishni bajarayotgan ishchi issiq maxsus kiyimda pelerinali kaskada va himoyalovchi ko‘zoynakda bo‘lishi kerak.

O‘zining yoki boshqa ishchilarning oyog‘i ostidagi shlak va kulga suv sepish man etiladi.

558. Shlakka va kulga suv sepilayotganda va o‘txona tozalanayotganda, ishchilardan biri tashqarida kirish tuynugi oldida o‘txona ichida ishlayotganlarni kuzatib turishi kerak.

559. O‘txona ichida ish bajarilayotganda unda bir vaqtning o‘zida kamida ikki kishi bo‘lishi shart.

560. O‘txona tozalanayotganda konvektiv shaxtasida joylashtirilgan gaz yo‘llarida va qozonning isitish yuzalarida ishlash man etiladi.

561. Mazut yoqadigan qozonlarning o‘txonasida va konvektiv isitish yuzalarida ishlayotgan xodimlar hosil bo‘lgan yopishib qolgan qatlamlar va yuvindi suvlarning zararligi to‘g‘risida bilishi kerak va ishlayotganda raspiratorlar, kislota va ishqorbardoshli qo‘lqoplardan foydalanishi kerak.

562. Qozon o‘txonasi yoki konvektiv shaxtasining ichiga payvandlash kabellari, gaz keltiruvchi yenglar yoki yoritish simlari o‘tadigan tuynuklardan kirish uchun foydalanish man etiladi.

563. O‘txona ichida uni oldindan tozalamasdan, qozonni avariyaviy ta’mirlanishi bajarilayotganda ishlarni boshlashdan oldin xodimlarning ustiga shlak va g‘ishtlar tushishini oldini olish uchun choralar ko‘rilishi shart.

564. Quvurli havoisitgichlarning kublarini ko‘tarishdan oldin, ko‘tarilayotgan kubning og‘irligi va uning quvurlari kul va pitra bilan qoplanganligini hisobga olib, dastlab yuqori va pastki quvur taxtalarini bog‘lab ko‘yishi kerak.

565. Aylanadigan regenerativ havoisitgichlarida ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, qisilib qolgan nabivka paketlarini chiqarib olish va sovuq nabivka paketlari o‘rnatilayotganda va chiqarilayotganda ularning tagida turish, shuningdek, rotor siljitilayotganda bochka ichida turish man etiladi. Rotorni aylantirish maxsus moslamalar bilan amalga oshirilishi shart.

566. Qozonning barabani ichida ishni boshlashdan oldin ikkala lyuk ochiq bo‘lishi kerak.

Kislota bilan yuvilgandan keyin, qozon barabaniga kirishga ishchilarga ijozat berishdan oldin shamollatish o‘tkazilishi va baraban ichidagi havoda kislorod yetarligi (hajm bo‘yicha 02=20%), hamda vodorod va oltingugurtli gaz mavjudligi tekshirilishi kerak. Barabandagi vodorodning konsentratsiyasi, mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatilgan, uning alangalanishining pastki chegarasidan 1/5 dan oshishi mumkin emas, oltingugurtli gazni esa — mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko‘rsatilgan eng ko‘p yo‘l qo‘yilgan konsentratsiyasi qiymatidan oshmasligi kerak.

567. Qozon barabanini shamollatish ko‘chma ventilyator yoki havo-dushi qurilmasi bilan ta’minlanishi kerak, u barabandan tashqarida (barabanning ochilgan lyuklarining birida, oldida yoki biron-bir vaqtincha bo‘shatilgan shtutserning oldida) joylashtirilishi shart.

Pastki barabanda ishlayotganda ish joylari shamollatilishini jadallashtirish uchun yuqoridagi barabanlarning lyuklari ham ochiq bo‘lishi kerak.

568. Baraban va biriktiruvchi quvurlarni tozalash ishlarini kamida ikki kishi bajarishi kerak. Qaynatgich quvurlarini egiluvchan valli dastakli silliqlash elektr mashinasi bilan tozalashda ishchilardan biri barabanda ishlayotganni kuzatib turishi va uning ko‘rsatmalarini bajarishi, shuningdek zarur bo‘lgan vaziyatda elektr dvigatelini tarmokdan uzish uchun o‘zining oldida kommutatsiyalovchi apparatga ega bo‘lishi kerak. Elektr dvigateli masofadan boshqariladigan vaziyatlarda xam kuzatuvchi bo‘lishi majburiydir.

569. Qaynatgich quvurlari tozalanayotganda silliqlash kallagini elektr dvigateli tarmoqdan uzilgandan keyin quvurdan chiqarish kerak; elektr dvigatelini qayta ulanishi kallak yana quvurga kiritilgandan keyin bajariladi.

570. 12 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellari va ko‘chma dastakli yoritgichlar yoki elektrlashtirilgan asboblar ulanadigan pasaytiruvchi ko‘chma transformatorlari baraban tashqarisida, kirish tuynugi oldida o‘rnatilishi kerak. Transformatorning korpusi va pastki kuchlanish cho‘lg‘amining chiqarilgan simlaridan biri yerga ulanishga ega bo‘lishlari kerak.

Ushbu vaziyatlarda qo‘llanadigan elektr uskunalari “SSBT. Elektrotexnik mahsulotlar. Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.007 va “SSBT. Dastakli elektr mashinalari. Umumiy xavfsizlik talablari va sinash usullari” GOST 12.2.013 lar talablariga muvofiq bo‘lishlari shart.

571. Qizitish ilonsimon yuzalarni shar bilan prokatlashda maxsus tutkichlardan foydalanish zarur.

572. Tutun quvurlari va gaz yo‘llarini tashqaridan ko‘rib chiqishni kamida ikki kishi o‘tkazishi kerak, ichini ko‘rib chiqish va ta’minlashni mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafi talablariga rioya qilib, kamida uch kishi o‘tkazishi shart.

573. Gaz yo‘llari va tutun mo‘rilaridagi ishlar, faqat ish joylarini ochiq lyuklar orqali puxta shamollatilgandan va ishlab turgan qozonlar tomonidan tutun gazlari kirmasligi uchun, qulflar bilan qulflanadigan to‘sma zaslonkalarni yopish va zichlashtirish yoki metall tunuka bilan qorejagan va perimetri bo‘ylab asbest shnuri bilan zichlanadigan g‘ishtli yoki yog‘och vaqtinchalik turg‘un germetik devorlarini o‘rnatish bilan himoyalangandan keyin o‘tkazilishi kerak. Bug‘ning puflash liniyalarini, ularda tiqinlar o‘rnatish bilan tarmoqdan uzib qo‘yish zarur.

574. Tutun quvurlari va gaz yo‘llarining ichki ta’mirlanishi tutun gazlari yo‘qligida va gaz yo‘lining shamollatilishi yetarli bo‘lgani tekshirilganidan keyin bajarilishi shart.

575. 1.3 m va undan yuqorida ishlanganda mazkur Qoidalarning III bobi 6-paragrafi talablariga mos bo‘lgan havozalar va lyulkalar o‘rnatilishi kerak.

576. Gaz yo‘llari yoki boshqa koroblar ichida ishchilarni yurishi zarur bo‘lsa, ularning tubi qoplamasining mustahkamligi tekshirilishi kerak. Bo‘sh bo‘lib qolgan yoki shikastlangan joylar aniqlansa, korob tubi bo‘ylab taxtadan to‘shalmalar yotkazilishi, koroblarda kul mavjud bo‘lsa uni chiqarib tashlash kerak.

Koroblarni gorizontal holatidan vertikal holatiga o‘tish joylarida odamlarni yiqilib tushishini oldini olish uchun, ular ishlash davrida to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Gaz yo‘llarida odamlarni tushishi va ko‘tarilishi yaxshi mustahkamlangan narvonlar va traplar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.

577. Tutun quvurida ishchilarni ko‘tarilishi va tushishi uchun yurish narvonining shaxtasi to‘rt tomondan butun balandligi bo‘yicha va ishchi maydonchasi sathidan 2.5 m va undan yuqorisida to‘rlar bilan himoyalashi zarur.

578. Rigellar, kashaklar yoki ko‘targich trosi bo‘yicha ishchilarni ko‘tarilishi va tushishi, shuningdek, tutun quvurining skobalari yoki tashqi yurish narvonlari bo‘yicha bir nechta ishchilarni bir vaqtda ko‘tarilishi yoki tushishi man etiladi. Svetofor maydonchalariga ega bo‘lgan quvurlarda, bir vaqtning o‘zida ushbu maydonchalar orasida turli sathlarda ishchilarni ko‘tarilishiga (yoki tushishiga) ruxsat etiladi, bunda ulardagi lyuklar majburiy yopilishi kerak.

579. Himoyalash to‘siqlarisiz 1,3 m va undan yuqorida ishlaganda saqlovchi belbog‘lardan foydalanish zarur, ularni karabinli navbatma-navbat ilib qo‘yish uchun ikkita zanjiri bo‘lishi kerak. Xodimlarga saqlovchi belbog‘siz yurish, narvonga chiqishga ijozat berish man etiladi.

580. Osma moslamalarda turib ta’mirlash ishlari yoki ko‘rib chiqish o‘tkazilayotganda, tutun quvurining yon atrofidagi, uning tsokolidan boshlab o‘lchanganda, balandligining 1/10 tashkil etuvchi masofada joylashgan xavfli zona to‘sib qo‘yilishi kerak. To‘siqlarda, to‘silgan zonaga kirishni man etadigan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Xavfli zona chegarasidagi odamlar o‘tish joylari va transport yurishi joylari ustidan himoyalovchi peshayvon, yon to‘siqlar, shuningdek, begona shaxslarga o‘tishni man etuvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

581. Tutun quvurlari ichida ta’mirlash ishlari ularni kuldan tozalangandan keyin o‘tkazilishi kerak.

582. Quvur ichida bir vaqtning o‘zida bir nechta yarusda ishlanayotganda, ularning har biri yuqorisidagidan yaxlit himoyalovchi to‘shama bilan ajratilgan bo‘lishi kerak. Futerovka qismlarga ajratilayotganda ikki va undan ortiq yaruslarda bir vaqtda ishlash man etiladi.

583. Qozonlarning o‘txonalari, gaz yo‘llari, havouzatgichlari va barabanlari ichida ishlar tugatilgandan keyin mazkur Qoidalarning 278-bandlari talablari bajarilishi kerak.

E. Shlak-kulni chiqarib tashlovchi tizimi va kultepalarga xizmat ko‘rsatish

584. Shlak va kulni davriy chiqarib tashlashda, xar safar tashqi lyuklarni shlak va kul bunkerlarning zatvorlarini ochishdan oldin qozon mashinistini shlak va kulni navbatdagi tushirilish to‘g‘risida ogohlantirish, hamda shlak va kul ustiga suv quyish kerak.

Kul va shlakni tushirilishi qozon normal (me’yoriy) holatda ishlayotganda bajarilishi kerak.

585. Qozon o‘txonasi va gaz yo‘llaridan kul va shlak tushirilayotganda, ushbu ishlarda band bo‘lgan shaxslar lyukdan chetda turishlari kerak.

586. Shlak zatvorlarini, kulni vagonetkalarda chiqarib tashlashda esa kul zatvorlarini ochishni ham, faqat masofadan amalga oshirish kerak. Bunda zatvorning oldidan barcha xodimlar chetga chiqarilishi kerak.

587. Etarli darajada yoritilmagan maydonchalarda, hamda bunga mo‘ljallanmagan tasodifiy joylarda (panjaralarda, zinapoyalarda, quvurlarda) turib shlakni urib tushirish man etiladi.

588. Qozonlarning shlakni chiqarib tashlash qurilmalarini shlakdan tozalash va quruq kulushlagichlarning kulni tushirish traktlarida tiqilib qolgan kullarni bartaraf etishda quyidagilar man etiladi:

vannalar va bunkerlarning ichiga kirish;

kanallar yopmalari olib qo‘yilganda ishlash;

issiq shlak va kul to‘plamlarida turish;

raspiratorlarsiz kulni tushirgichlarda ishlash.

589. Shlak va kulni chiqarib tashlayotganda xodimlar qo‘lqop, himoyalovchi ko‘zoynak va pelerinali himoya kaskasini kiyishlari kerak, shim etik ustidan kiyilgan va uning ustiga tushirilgan bo‘lishi kerak.

590. Shlak, kul o‘tgazgichlarning quvurlarini aylantirib qo‘yish yoki ta’mirlash kichik mexanizatsiya vositalarini qo‘llash bilan quvurlar bo‘shatilganda va nasoslar tarmoqdan uzib qo‘yilganda bajarilishi kerak.

591. Kultepalardagi uyumlarni tozalash rezinali etiklarda bajarilishi kerak.

592. Shlak, kul o‘tkazgichlar seksiyalari ajratilganda quvurda qolgan pulpani (kul yoki shlak) to‘kib olishga choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Quvurlar ko‘tarilayotganda xodimlar seksiya uchlaridan chetga chiqarilishi kerak.

593. Pulpao‘tkazgich va quvuro‘tkazgichlar ustida yurish man etiladi.

594. Yangi yuvilgan kulshlak plyajida yurish man etiladi. Suvsizlantirilgan kulshlak plyaji bo‘yicha yurish faqat alohida vaziyatlarda ikkinchi shaxs kuzatuvida ruxsat etiladi, bu holda oldida yurayotgan odam yangi yuvilib uyulgan qatlamning qattiqligini xodacha bilan tekshirishi kerak.

595. Qayiqda, katamaranda yoki plotda turib ishni bajarayotgan xodimlar (tindirgich hovuzining chuqurligini o‘lchayotganda, suvni chiqarib yuboradigan inshootlarda shandorlarni o‘rnatishda va b.) qutqarish vositalariga (jiletlar, belbog‘lar va b.) ega bo‘lishi kerak.

Qayiqlar, pontonlar yoki plotlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan tindirgich hovuzida chuqurlikni o‘lchash, shandorlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish shamol tezligi 9,8m/s dan ortiq va to‘lqin balandligi 0,35 m dan yuqori bo‘lganda man etiladi.

596. Shlak — kulni chiqarib tashlovchi tizimi va kultepalarga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 12-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.

J. Elektr filtrlariga xizmat ko‘rsatish

597. Qozonning gaz yo‘llaridagi elektrofiltrlar seksiyalarini mexanik qismini ta’mirlash va tozalash uchun:, shuningdek, ushbu seksiyalarni silkitish mexanizmlarini ta’mirlash uchun ularning elektr qismini elektrotexnik xodimlari tarmoqdan uzishlari shart. Seksiyalarda, ularning lyuklarida va mexanizmlarida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilarini qozon (qozonturbina) sexining xodimi osishi shart.

598. Elektr dvigatelini ko‘p marta ulash va uzish talab qiladigan, elektr filtrlarni silkitish mexanizmini ishlatib ko‘rish va rostlash ishlari, elektr sxemasini ajratmasdan bajarilishi mumkin.

Bu vaziyatda, elektr dvigatelini tasodifiy ulanishini oldini olish uchun, elektr dvigatelini va uning ishga tushirish qurilmasini nazorat qilib turish uchun brigada tarkibidan kuzatuvchi ajratilgan bo‘lishi kerak.

599. Elektr filtrlar seksiyalari ichida ko‘rib chiqish va ta’mirlash ularni elektr qismi uzilgandan keyin, elektr filtrni tutun yo‘llaridan ikki tomondan shiberlar va tiqinlar bilan ajratilgandan, ularning tojlanuvchi tizimi yerga ulangandan keyin va seksiya shamollatirilgandan keyin bajarilishi shart.

600. Bunkerning pastki qismida ishlashni boshlashdan oldin elektrodlarni silkitish, bunkerni changdan ozod qilish va devorlarga suv sepish zarur. Elektr filtrlarning yuqori qismida ishlaganda faqat yuqori lyuklar ochiq bo‘lishi kerak.

601. Elektr filtrlarda changga qarshi raspiratorlarda va qutqarish belbog‘larini qo‘llab ishlash kerak.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish