Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§1. Yoqilg‘i-transport uskunalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet21/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§1. Yoqilg‘i-transport uskunalariga xizmat ko‘rsatish

A. Temir yo‘l xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish.

339. Temir yo‘l xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatishda quyidagi hujjatlar talablari bajarilishi kerak: “O‘zbekiston temir yo‘llari ustavi”, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” Davlat inspeksiyasining qoidalari va yo‘riqnomalari: “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK temir yo‘llarida poyezdlar harakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma; “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK temir yo‘llarida signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma va ichki temir yo‘llarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktiv ko‘rsatmalar.

Ichki temir yo‘llar bo‘yicha poyezdlar yurishida va manevr ishlarida yondosh temir yo‘l stansiyasi bilan kelishilgan mahalliy yo‘riqnomalarga rioya qilish kerak.

340. Barcha nogabarit joylar ogohlantiruvchi yozuvlar bilan belgilangan va zarur vaziyatlarda yoritilgan bo‘lishi kerak.

341. Temir yo‘llarni odamlar va transport kesib o‘tish joylari o‘tish yo‘laklari va transport o‘tish joylari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Odamlar yuradigan yo‘laklar eng ma’qul joylarda o‘rnatilishi va xavfsiz o‘tishni ta’minlashlari kerak. Temir yo‘ldan o‘tish joylarida rels boshi sathida to‘shamalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

O‘tish yo‘llari oldida “Yo‘l bo‘ylab o‘tish joyi” va “Temir yo‘ldan o‘tish joyi” maxsus ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

O‘tish joyining eng kam kengligi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi, yuk bilan o‘tish joyi kamida 2 m bo‘lishi kerak.

342. Temir yo‘l bo‘ylab yurish yo‘laklari odamlar o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi vaqtinchalik yoki doimiy qurilmalar bilan to‘sib qo‘yilishi mumkin emas.

343. Temir yo‘ldan transport o‘tish joylarida shlagbaumlar, signalizatsiya, yoritgichlar, to‘suvchi ustunlar yoki qo‘lushlagichlar va ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Qo‘riqlanadigan transport o‘tishi joylarida eng yaqin stansiya yoki post bilan telefon aloqasi bo‘lishi kerak.

344. Signal qurilmalarining bo‘yoqlari (shlagbaumlar, ustunchalar, yo‘l belgilari va b.) yilda kamida 2-marta yangilanishi kerak.

345. Kam ishlatiladigan temir yo‘l liniyalarining stryelkali o‘tkazgichlari, harakat qilish chastotasi va xarakteriga, yo‘l profeliga va boshqalarga qarab qulflarga berkitilishi kerak. Ushbu stryelkalarning ro‘yxatini korxona bosh muhandisi tasdiqlaydi.

346. Temir yo‘l o‘qidan 3 m dan kam masofada joylashtirilgan stryelka postlari va boshqa xizmat binolari faqat yo‘l bo‘yicha yo‘naltirilgan eshiklarga ega bo‘lishlari kerak. Temir yo‘l tomonida eshikni oldida cheklovchi to‘siqlar bo‘lishi kerak.

To‘suvchi to‘siqlar, shuningdek, kelayotgan harakat qiluvchi sostav kelayotganini ko‘rishga xalaqit beruvchi bino yoki inshootlardan temir yo‘liga chiqish joylarida o‘rnatilishi kerak.

347. Temir yo‘llari va yo‘l oraliqlari qor, yoqilg‘i, shlak va boshqa narsalar va materiallardan tozalab turilishi kerak va doimo o‘rnatilgan gabarit chegaralarida saqlanishi kerak. Suvni olib ketuvchi quduqlar va suv oquvchi tarnovlarda xavfsiz o‘tishni ta’minlovchi yopmalar o‘rnatilishi kerak.

348. Ko‘p qor yoqqanda, barcha qorni o‘z vaqtida chiqarib tashlash iloji bo‘lmasa, o‘tish joylarida va faoliyat yo‘llarida (vaqtinchalik chora sifatida) yo‘llar orasida uyulib yotgan qor orasida, har 9 m masofada 1 m dan kam bo‘lmagan kengliqda o‘tish joylarini qilish kerak.

349. Yaxmalak vaqtida manevr ishlari o‘tkaziladigan rayonlardagi doimiy ish joylari va odamlar o‘tish joylariga qum yoki kul sepib turilishi kerak.

350. Tormoz boshmoqlari va vagonlarning ehtiyot qismlarini saqlash uchun tokchalar va qutilar yo‘l bo‘ylab temir yo‘llar oralig‘ida joylashtirilishi va manevr ishlari va tuzuvchi brigadalarning ishlashiga xalaqit bermasligi kerak. Vagonlar va tokchalar va qutilar orasidagi o‘tish joyi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Tormoz boshmoqlari va vagonlarning ehtiyot qismlarini bevosita yerda joylashtirish man etiladi.

351. Temir yo‘llari oldida tushirilgan yoki yuklanishga tayyorlab qo‘yilgan yuklar shunday taxlangan va mustahkamlangan bo‘lishi kerakki, bunda yaqinlashish gabariti buzilmasin (mazkur Qoidalarning 11-ilovasi 4 bandi).

352. Yuklarni ortish va tushirish ostida turgan vagonlar, shuningdek chiqarish yo‘llarida o‘rnatilgan bo‘sh vagonlar o‘zaro biriktirilgan va qo‘l tormozlari yoki tormoz boshmoqlari bilan mustahkamlangan bo‘lishlari kerak. Vagonlarning g‘ildiraklarini tagiga tormoz boshmoqlari o‘rniga g‘isht, tosh, taxta, yoki boshqa narsalarni qo‘yish man etiladi.

353. Temir yo‘l transportiga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlarga temir yo‘llarda turish va yo‘llar orasida yurish, shuningdek belgilanmagan joylarda temir yo‘l ustidan o‘tish man etiladi.

354. Ishlashdagi tanaffuslarda temir yo‘llarida qolish man etiladi. Tanaffus vaqtida ishchilar temir yo‘lidan eng chetidagi relsdan kamida 2 m masofaga chiqarilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan bir vaqtda yo‘ldan asboblar ham olib qo‘yilishi kerak.

355. Odamlar hayoti yoki poyezd harakati uchun xavfni ko‘rib qolgan har bir xodim, poyezd yoki manevr sostavini to‘xtatilishiga signal berishi shart.

356. Poyezdlar harakat qilishiga xatarli bo‘lgan temir yo‘lining nosozligi ko‘rib qolinganda, xavfli joylar to‘sib qo‘yilishi va nosozliklarni bartaraf etish uchun choralar ko‘rilishi kerak.

357. Manevr ishlarini tuzish brigadasi yoki bir tuzuvchi bajarishi kerak.

Lokomotiv yoki tuzuvchilar brigadalarining tarkibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, yondoshgan temir yo‘l stansiyasi bilan kelishish bo‘yicha, elektr stansiyaning rahbariyati tomonidan belgilanadi.

Barcha vaziyatlarda tor koleyali temir yo‘l transportining ekspluatatsiyasida manevrlar bir shaxs: tuzuvchi yoki vagonlarni birlashtiruvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha bajariladi.

Manevr ishlarida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan signallardan foydalanish man etiladi.

358 Bitta mashinist va bitta tuzuvchiga lokomotiv turi va mahalliy sharoitlarini hisobga olgan holda, kasaba uyushmasining texnik inspektori bilan kelishish bo‘yicha manevr lokomotivlariga xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

359 Manevr ishlari uchun, bir mashinist tomonidan xizmat ko‘rsatilganda faqat manevr seriyali teplovozlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Bir mashinist xizmat ko‘rsatadigan teplovozlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:

mashinist va sex smenasidagi katta navbatchi shaxs o‘rtasida ikki tomonlama radioaloqa;

mashinist va tuzuvchilar brigadasi orasida to‘g‘ri radioaloqa;

qayd etuvchi tezlik o‘lchagichi (tasmani olish tartibi mahalliy yo‘riqnomada belgilanadi);

avtomatik lokomotiv signalizatsiyali lokomotiv nishabli signalizatsiya (manevrli nishab temir yo‘llarida ishlovchi teplovozlar uchun);

lokomotiv harakat qilayotganda hushyorlikni tekshiruvchi uzluksiz ishlovchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi;

kabinaning chap tomonida o‘rnatilgan, teplovozni boshqaruvchi ikkinchi pult;

mashinist o‘tirgan joyi to‘g‘risida signal beruvchi teplovoz kabinasining tepasida chap va o‘ng tomonda joylashtirilgan sariq rangli signal lampalari;

teplovozni avtomatik ildirgichning masofadan yuritgichi;

orqa va oldini, chap tomonni ko‘rsatish oynalari.

Ikkinchi pult va signal lampalari, ko‘rinish sharoitlari bo‘yicha o‘ng va chap tomonda tuzuvchi qo‘l signallarini berish uchastkalarida ishlovchi teplovozlarda o‘rnatilishi kerak.

Teplovozni vagonlarga ildirishning barcha holatlarida, ildirish ishonchliligi, hamda avtotormozlar ulanishi tuzuvchi yoki uning yordamchisi tomonidan tekshiriladi;

Lokomotiv harakat qilayotgan vaqtda mashinist va tuzuvchi brigadaga teplovozni boshqarish va signal berish tarafini o‘ng tomondan chap tomonga almashtirish man etiladi.

Mahalliy yo‘riqnomalar va stansiyaning texnikaviy-tasarrufiy dalolatnomasi bilan belgilab berilgan ayrim holatlarda, tuzuvchi brigada tormoz maydonchalarida turishi sharti bilan harakat qilish vaqtida signal berish va teplovozni boshqarish tomonlarini almashtirishga ruxsat beriladi.

360. Qisqartirilnarilgan lokomotiv — tuzuvchi brigadalarda harakat xavfsizligini ta’minlovchi manevrlarni bajarish tartibi, manevr lokomotivlariga bir mashinist tomonidan xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma va texnikaviy-tasarrufiy dalolatnomalarda qayd etilishi kerak.

Lokomotivga bir mashinist tomonidan xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomada quyidagilar hisobga olinishi kerak: egri va nogabarit joylarni mavjudligi, ko‘rinish sharoitlari, ishlar hajmi, shuningdek, bir shaxs ishlayotgandagi cheklanishlar, sostavning eng ko‘p uzunligi va vagonlar poyezd oldida harakat qilganda tuzuvchining turish joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

361. Bufer taryelkalari bo‘lmaganda vagonlarni qo‘lda vintli ulash man etiladi.

362. Harakat qilinishi kerak bo‘lgan rayonda manevr ishlarini boshlashdan oldin ildirishga va ajratishga mo‘ljallangan vagonlarni va yo‘llarni (platformalar bortlari qattiq mustahkamlanganligini, ochiq harakatlanuvchi sostavda yuklar siljimaganligini, vagon lyuklari yopilganligini, ilish qurilmalari sozligini va b.) ko‘rib chiqish, shuningdek gabaritlar belgilanganlarga muvofiqligini va signallar sozligini tekshirish kerak.

Manevrlar bajariladigan yo‘llarni yaqinida turgan xodimlar chetga chiqarilishi kerak.

363. Manevrlar o‘tqazilayotganda lokomotiv yoki vagonni tupik tirgagiga 2 m dan yaqin masofaga yaqinlashish man etiladi.

364. Manevr lokomotivning tezligi quyidagi, km/h dan oshmasligi kerak:

Bo‘sh yo‘l bo‘yicha vagonlar lokomotiv orqasida harakat qilganda 40

Bo‘sh yo‘l bo‘yicha vagonlar lokomotiv oldida harakat qilganda 25

Yon yo‘llarga stryelka bo‘yicha harakat qilganda 25

Odamlar va xavfli yuklar bilan vagonlar harakat qilganda 15

Lokomotiv vagonlarga yaqinlashganda (vagonlar bilan yoki ularsiz) 3

Yuklarni tushirish qurilmalarida va bunker galereyalarida. 2

Vagon vagonga yaqinlashganda (ilish va ajratish) 5

Vagon tarozlari bo‘yicha harakat sostavini yuritish tezligi ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilab beriladi.

365. Manevr ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarga quyidagilar man etiladi:

tormoz maydonchalarining zinalariga yoki vagonlarning yoki lokomotivlarning maxsus zinapoyalarida o‘tirish va ulardan harakat tezligi 3 km/h dan yuqori bo‘lganda, hamda stryelkali o‘tkazgichlar va transport o‘tishi joylarida tushish;

harakat qilayotgan sostav yoki lokomotiv oldida yo‘ldan o‘tishi;

vagonlar tagiga kirish;

ajratilgan vagonlar orasidagi masofa 5 m dan kam bo‘lgan masofada ular orasidan o‘tish;

temir yo‘lida turish va o‘tirish.

Noqulay meteorologik sharoitlarida (yaxmalak, tuman, qor yoqqanda, qor bo‘ronida va b.) temir yo‘ldan va temir yo‘li bo‘ylab yurganda alohida ehtiyot bo‘lish kerak.

366. Manevr ishlari bajarilayotganda faqat vagonlarning tormoz maydonchalarida yoki lokomotiv zinapoyalarida, sisternalarning narvonlari bilan birlashtirilgan zinapoyalarida yoki lokomotiv maydonchalarida turishga ruxsat etiladi, bunda qo‘lushlagichlarni ushlab turish kerak.

367. Manevr ishlarida harakat qiluvchi sostav bilan band bo‘lgan temir yo‘lidan faqat vagonlarning tormoz maydonchalari bo‘yicha o‘tish kerak. Manevr ishlari bilan band bo‘lgan shaxslar to‘xtatilgan sostav yoki lokomotivni 3 m dan kam bo‘lmagan masofada aylanib o‘tish kerak.

368. Nogabarit joylarda, yuklarni ortish-tushirish temir yo‘llarida va sex binolarining ichida vagonlarning zinalarida va tormoz maydonchalarining zinalarida turish man etiladi.

369. Harakat qiluvchi sostavni o‘tkazishga stryelka tayyorligi to‘g‘risida mashinistga signalni faqat stryelka o‘tkazilgandan va uni o‘rnatgichga qulflagandan va lokomotiv yo‘l oralig‘iga chiqqandan so‘ng berish mumkin. Harakat qiluvchi sostav stryelka bo‘yicha harakat qilayotganda stryelka balansirini oyoq bilan ushlab turish man etiladi.

370. Sex binosidagi yukni ortish-tushirish temir yo‘liga vagonlar kiritilayotganda poyezdni tuzuvchi vagon oldida yo‘l chekkasi bo‘ylab yurish va odamlarni sostav harakat qilayotgani to‘g‘risida ogohlantirib turishi kerak; harakat tezligi 3 km/h dan oshmasligi kerak.

371. Yuk ortilishi yoki tushirilishi tugallanmagan vagonlar bilan manevr ishlari, faqat yuklash-tushirish ishlariga rahbarlik qiluvchi shaxs bilan kelishish bo‘yicha ruxsat etiladi.

372. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda lokomotivlar va harakat qiluvchi sostavlarni ekspluatatsiya qilishda va ko‘rib chiqishda mazkur Qoidalarning 197 va 198-bandlari talablari bajarilishi kerak.

373. Lokomotivlarni ishchi holatida nazoratsiz temir yo‘llarida qoldirish man etiladi.

B. Qattiq yoqilg‘ini tushirish

374. Yoqilg‘ini vagonlardan tushirish faqat ular to‘liq to‘xtatilgan, vagonlar tormoz boshmoqlari bilan mustahkamlangan, lokomotivdan ajratilgan va tushirish qurilmasi chegarasidan lokomotivni kamida 5 m masofaga chetlatilgandan keyin ruxsat beriladi (vagonag‘dargich yordamida yoqilg‘i tushirilganda vagonlar tormoz bashmaklari bilan mustahkamlanmaydi.). Yukni tushirish qurilmasida odamlar yo‘q bo‘lsa, agar vagonlar lyuklarini ochish yopish uchun lokomotivdan siqilgan havo olinadigan bo‘lsa, yuki tushirilayotgan sostavdan lokomotiv ajratilmasligiga ruxsat beriladi.

Lokomotiv vagonlarni bevosita qozonxona bunkeriga yetkazib bersa, yuklarni tushirishdan oldin vagonlarni ajratish talab qilinmaydi. Bu holatda vagonlardan yukni tushirish faqat ruxsat etuvchi signal berilgandan keyin boshlanishi mumkin.

375. Yukni tushirish qurilmasining turi yoqilg‘ining sarfi va turiga bog‘liq bo‘lib, issiqlik elektr stansiyalarini texnologik loyihalash me’yorlari talablariga muvofiq belgilanadi.

376. Yoqilg‘ini tushirish bo‘yicha ishlar mas’ul shaxs (smena boshlig‘i, vagonag‘dargichning mashinisti, YaTMM (ETKS) bo‘yicha - yoqilg‘i tushirgichning mashinisti) rahbarligi ostida bajarilishi kerak.

377. Yoqilg‘i bilan kelgan vagonlar yuk tushirilishidan oldin ko‘rib chiqilishi shart. Agar lyuklarning qopqoqlari va ularning mustahkamlagichlari, bortlar yoki qulflash mexanizmlarining nosozligi aniqlansa, vagonlardan yuklarni xavfsiz tushirishni ta’minlovchi choralar ko‘rilishi kerak.

378. Vagonlardan bunkerlarga yoqilg‘ini tashlash uchun teshiklar panjaralar bilan yopilgan bo‘lishi kerak. Yuk tushiruvchi qurilmalaridagi panjaralarning katakchalari ko‘mir va slanets uchun 249x240, torf uchun 400x400 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Vagonag‘dargichli yuk tushirish qurilmalarida maydalagich-frezer mashinalari mavjud bo‘lsa, katakchalar o‘lchamlari 350x350 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak; maydalagich frezer mashinalari yo‘q bo‘lsa va dag‘al maydalagichlar mavjud bo‘lsa katakchalarning o‘lchamlari cheklanmaydi.

Elektr stansiyalar mayda yoqilg‘ida ishlaganda vagonag‘dargich bunkerlari ostida dag‘al maydalagichlar yo‘q bo‘lsa, bunkerlarning ustidagi panjaralar kataklarining o‘lchamlari 350 x 350 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

379. Qozonxonalarning nam yoqilg‘i bunkerlariga yoki shtabellarda saqlashga joylashtirish uchun yonayotgan qismli yoqilg‘ini tushirish man etiladi. Bunday yoqilg‘ini o‘chirish yoki qizib ketgan yoqilg‘ini sovitish uchun omborning maxsus ajratilgan maydonchasiga tushirish kerak.

380. O‘zi tushiradigan vagonlarning (gondollar, xopperlar va b.) lyuklari yoki bortlari ochilayotganda, shuningdek, platformalarning bortlari tashlab yuborilayotganda xodimlar lyuk yoki bortdan chetda turishi shart.

381. Lyuklar orqali vagonlardan yuk tushirilayotganda vagon ag‘darilishini oldini olish uchun, vagonning har tomonidan bittadan, navbatma-navbat lyuklarni ochish kerak.

Lyuklar ochilganda vagon har tomondan tekis yuksizlanishini kuzatib turish kerak.

Vagonlarni tozalash uchun ochiq lyuklardan kirishga, faqat osilib qolgan yoki vagon devorlariga muzlab yopishib qolgan yoqilg‘i yo‘qligida ruxsat etiladi. Xopperlarni faqat maxsus maydonchalardan tozalash kerak.

382. Yuk tushirish qurilmalarida vagonlarni osilib qolgan va devorlarga, hamda tagiga muzlab yopishib qolgan yoqilg‘idan tozalashni faqat yuqoridan, yuqorisida ilgak bilan ta’minlangan tirama narvonlardan, va lyuk oldida yoqilg‘i tushadigan joyda xodimlar yo‘qligida bajarish mumkin.

Tozalashni zarur bo‘lganda bir-biriga zudlik bilan yordam berish uchun, kamida ikki kishi bir vaqtda bajarishi kerak. Vagonag‘dargichdagi vagonlarni tozalash mazkur Qoidalarning 399 va 400-bandilarining talablari asosida bajarilishi shart.

383. Omborlarning estakadalarida va transheya turidagi yuk tushirish qurilmalarida statsionar ko‘prikchalardan (yurish maydonchalaridan) yoki ko‘chma kran yoki aravachali maydonchalardan bajarilishi kerak.

Ko‘prikchalar yoki aravachali maydonchalar yo‘q bo‘lganda, vagonlarning lyuklarini va bortlarini yopish man etiladi. Vagonlarning lyuklarini va bortlarini maxsus moslashtirilgan va lyuk ko‘targichlar bilan jihozlangan uchastkalarida yopish kerak. Yuk tushirilgandan keyin maxsus jihozlangan uchastkalariga tortib kelingan vagonlarning lyuklarini yopish lokomotivdan ajratmasdan bajarilishiga ruxsat beriladi.

384. Omborlarda yoki estakadalardan yuklarni qabul qiluvchi va tushuruvchi qurilmalarida vagonlardan yuklarni tushirish va ortishda, hamda skreperlar va boshqa mexanizmlar ishlayotganda, qabul qiluvchi chuqurlarda (transheyalarda) turish man etiladi.

385. Greyfer yordamida yoqilg‘i tushirilayotganda yoki ortilayotganda, xamda muzlab qolgan yoqilg‘ini yumshatish va vagonlarni tozalash (parmalab yumshatish, vibratsion yumshatish va b.) mexanizmlari ishlatilayotganda greyferni yo‘naltirish yoki mexanizmlar ishlashini kuzatish uchun vagonlarga chiqish man etiladi.

386. Isitish qurilmasida temir yo‘l vagonlari kiritilayotganda va chiqarilayotganda turish man etiladi.

387. Isitish qurilmasining kameralariga ularda havo harorati 40 °S dan yuqori bo‘lmaganda va ventilyatorlar to‘xtatilganda kirishga ruxsat etiladi.

388. Isitish qurilmasi kamerasining darvozasi undagi vagon to‘g‘ri o‘rnatilganligi va unda odamlar yo‘qligi tekshirilgandan keyin yopadigan moslamalar bilan yopilishi kerak.

389. Issiq rezervda turgan isitish qurilmasini ko‘rib chiqish uchun 2 kishi tayinlanishi kerak.

390. Reaktiv dvigatelli isitish qurilmalari ekspluatatsiya qilinayotganda turbinaning to‘siqlari qalinligi 10 mm dan kam bo‘lmagan metall varaqlaridan yasalgan bo‘lishi kerak.

Dvigatellar ishlayotgan vaqtda, ular o‘rnatilgan xonada turish, agar ular xonadan tashqarida o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning oldida turish man etiladi.

391. Ko‘mir vagonag‘dargichli qabul qilish-tushirish qurilmalarining bunkerlari panjaralarida qo‘l bilan maydalanganda, katak o‘lchamlari 240x240 mm dan ortiq bo‘lsa, ishlar har safar ish oldidan o‘rnatiladigan to‘siqli maxsus to‘shamalardan turib bajarilishi kerak. Bunda straxovka arqonlari bo‘lgan saqlagich belbog‘larini qo‘llash majburiydir.

Muzlab qolgan ko‘mir, slanets va torfning katta bo‘laklarini qo‘lda maydalanganda ZP turdagi rangsiz oynali yopiq turidagi himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish kerak. Ko‘mirni qatlam bo‘ylab urib (parchalab) maydalash kerak, bunda ish oson bo‘ladi va kam bo‘laklar otilib chiqadi.

Qabul qiluvchi tushirish qurilmalari bunkerlarining panjaralari soz holda bo‘lishi kerak.

392. Xodimlarni bunker panjarasiga qo‘yishga faqat vagonag‘dargichning elektr dvigateli va maydalash-frezer mashinasi tarmoqdan uzilganidan keyin ijozat beriladi. Uskunalarning boshqarish pulti kalitlarida “Ulanmasin - odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi kerak.

Maydalash-frezer mashinasining ishchi zonasi tomonidan vagonag‘dargich xonasi orqali o‘tish joylari balandligi 2 m dan past bo‘lmagan to‘r bilan to‘silishi kerak (kataklarning o‘lchovi 20x20 mm).

393. Vagonag‘dargichda vagonag‘dargichni boshqarish shchitidagi ishga tushirish kaliti bilan blokirovka qilingan tovush va nur signalizatsiyasi bo‘lishi kerak.

394. Vagonag‘dargichda vagonlardan yuk tushirilayotganda changni bosuvchi va changni chiqarib tashlovchi tizimlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.

395. Vagonag‘dargichni vagonsiz ag‘darilayotganda vibratorlarni tarmoqqa ulash man etildi.

396. Vagonag‘dargichda vagonni ag‘darish uni platformada to‘g‘ri o‘rnatilganligi va rotorda, panjaralarda, bunkerlarda va vagonag‘dargichning platformasida odamlar yo‘qligi tekshirilgandan keyin ruxsat beriladi. Vagonag‘dargichga nosoz vagonlarni o‘rnatish va ag‘darish man etiladi.

397. Vagonag‘dargichlarni va boshqa mexanizmlarni ko‘rib chiqish, ta’mirlash va moylash ishlari faqat uskunalar to‘xtatilganda va elektr dvigatelning elektr sxemasi qismlariga ajratilgandan keyin bajarilishi kerak.

398. Sostavlarni yuk tushirishiga keltirilishi va ularni chiqarilishi, vagonag‘dargichdan ayrim vagonlarni itarib chiqarilayotganda va lokomotiv qabul qiluvchi-tushirish qurilmalariga yaqinlashayotgani to‘g‘risida tovush signalizatsiyasi yoki radiokarnay orqali xodimlarni ogohlantirish kerak.

Signal uzoq vaqt, sostav yoki vagon to‘liq to‘xtatilguncha bo‘lishi kerak.

399. Vagonag‘dargichni unda vagon tozalanayotganda xato qilib tarmoqqa ulanishini oldini olish uchun, 90° ga qayirilgan vagonga odamlar kirishi joyidagi vagonag‘dargichning boshqarish zanjirlari, vagonag‘dargich mashinisti yordamchisining ishchi joyida joylashgan uzgich bilan ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Uzgichda va masofadan boshqarish kalitlarida “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda” xavfsizlik plakati yoki belgilari osib qo‘yilishi kerak.

400. Vagonag‘dargichda vagonni tozalash faqat butun vagon bo‘ylab unga odamlar kiradigan tomonda vaqtinchalik panjaralar (tortib qo‘yilgan arqon) o‘rnatilgandan va vagonlarning yon tomonidagi eshiklar ishonchli mustahkamlanganidan keyin ruxsat beriladi.

Rotorli vagon ag‘dargichda turgan vagonga ko‘prikcha bo‘yicha kirish kerak.

401. Vagonag‘dargichni ishga ulanishda, shuningdek, yuki tushirilgan vagonni undan itarib chiqarilishida vagonag‘dargich mashinistining yordamchisi ogohlantiruvchi signal berishi kerak.

402. Vagonitargich ishdan chiqqan vaziyatda vagonag‘dargichga vagonlarni, vagonitargichning trolley simlari tarmoqdan uzilishi sharti bilan, lokomotiv bilan berishga ruxsat beriladi. Vagonag‘dargich oldida joylashtirilgan va ishlash rejimida bo‘lgan isitish qurilmasiga lokomotivning kirishi man etiladi.

403. Yuk tushirilgan vagonlarni chiqarilishi oldidan xodimlar xavfsiz masofaga chiqarilishi va harakat qilishga xalaqit berayotgan narsalar olib qo‘yilishi shart.

Lokomotiv vagonlarga yaqinlashayotganda va ular jo‘natilayotganda ogohlantiruvchi signal berilishi shart.

404. Vagonlarga, ular vagonag‘dargich yordamida bo‘shatilgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatishni (tushib qolgan avtoildirish mayatnikli osmalarni, tormoz kolodkalari va cheklarni o‘rnatish, lyuklar va ularni yopuvchi qurilmalarni yopish, tormoz yenglarini biriktirish, buksalarga moyni quyish va b.) shu maqsadda jihozlangan jo‘natish yo‘llarida (ko‘rgazmali, ekipirovkalash) bajarish kerak.

405. Vagonag‘dargich orqasida bo‘sh vagonlarni yig‘ish yo‘llarida vagonlarga xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lsa quyidagilarga rioya qilish kerak:

ishchi zonasini doimo toza tutish, yoqilg‘idan, axlatdan, quyilib ketgan moydan va boshqalardan tozalab turish;

vagonlar o‘zidan-o‘zi siljishini oldini olish uchun vagonning skatlari tagiga tormoz boshmoqlarini qo‘yish;

alohida guruhlarda va sostavlarda turgan vagonlarning avtoildirgichi ta’mirlanayotganda, vagonlarni kamida 5 m masofaga ajratish va ajratilgan vagonlarning tagiga oraliq tomonga albatta tormoz boshmoqlarini qo‘yish.

406. Vagon harakat qilayotganda va manevr ishlari bajarilayotganda nosozliklarni bartaraf etish va buksalarga moy quyish man etiladi.

407. Vagonlardan qo‘l bilan yoqilg‘i namunasini olish faqat vagon ajratilgan va lokomotiv kamida 5 m masofaga olingan va vagonlar ketib qolishidan mustahkamlangandan keyin bajarilishi shart.

Yoqilg‘i namunasini olish uchun vagonga undagi mavjud skobalar yoki tirama narvon bo‘ylab chiqish kerak.

V. Qattiq yoqilg‘i omboriga xizmat ko‘rsatish

408. Ko‘mir omborlaridagi qabul qiluvchi bunkerlarni yopib turuvchi panjaralar katakchalarining o‘lchamlari ko‘mirni ularda buldozer bilan maydalanganda 400 x 400 mm va qo‘lda maydalanganda 240 x 240 mm bo‘lishi kerak.

409. Yoqilg‘i shtabellarini shunday joylashtirish kerakki, ularning eng tagi temir yo‘lning eng chetdagi relsning boshi va shtabelning orasidagi masofa 2,5 m dan kam bo‘lmasligi va avtoyo‘l chetidan 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar shtabel va temir yo‘l orasida yuklash va shtabellarni taxlash uchun mashina o‘rnatilishi zarur bo‘lsa ular orasidagi masofa shunchaga oshirilishi kerakki, mashina istalgan barcha holatda turganida va yuqoridagi aravachalari qayirilganda temir yo‘l relsining eng chetdagi boshidan 2 m yaqin masofaga yaqinlashmasligi kerak.

410. Skreper lebedkasi ishlayotgan vaqtda skreper kovshining barcha ishchi zonasi ko‘rib turilishi ta’minlanishi kerak.

Skreper kovshi yurishini chegaralagichlari va uning holatini ko‘rsatgichlari xar smenada tekshirilishi kerak.

Skreper qurilmalari bloklarini davriy ko‘zdan kechirish uchun ularning oldiga erkin va qulay o‘tish ta’minlanishi kerak.

411. Yuk ko‘taruvchi mashinalari ishlab turgan elektr uzatish liniyalari ostida yoki ularning yaqinida harakat qilganda mazkur Qoidalarning 112-bandlari talablariga rioya qilinishi shart.

412. Yoqilg‘ini shtabellashini va ayniqsa uni shtabeldan yuklashini yoqilg‘ini qulashi va o‘pirilib tushishini oldini olish uchun keskin qiyaliklar tashkil etilmasdan bajarish kerak.

Qisqa vaqtli keskin qiyalik paydo bo‘lib qolsa, ularga tepadan va pastdan yaqinlashish man etiladi. Keskin qiyaliklarni buldozer yoki greyfer kranlari bilan buzish kerak.

Shtabelning keskin qiyaliklari oldida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi kerak.

413. Shtabelning qiyaliklari va yuqori qismida faqat traplar ustidan yurishga ruxsat etiladi. Shtabelda yonish shubhasi bo‘lgan joylarida va yangi to‘kilgan ko‘mir ustida yurish man etiladi.

414. Buldozer, traktor dvigateli mashina kabinasidan ishga tushirilishi kerak. Transmissiyani uzadigan va aylanadigan elementlarni teskari aylanishini istisno qiluvchi qurilmalar mavjudligida buldozer dvigatelini tashqaridan ishga tushirishga ruxsat etiladi.

415. Yoqilg‘ining shibbalangan shtabelida turgan skreperlar, buldozerlar, ko‘chma kranlar shtabelning yuqori chetiga 1 m dan kam masofaga yaqinlashishi, shibbalanmaganda esa 1,5 m dan kam masofaga yaqinlashishi mumkin emas (bu masofa shtabel chetidan buldozerning gusenitsasigacha).

Shtabel qismlarga ajratilganda 3 m va undan yuqori vertikal devor hosil bo‘lib qolsa, shtabel chetidan mexanizmlarning gusenitsasigacha masofa 4 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

416. Shtabelni shakllashda yoki ko‘mirni qabul qiluvchi yer osti ombor bunkerlariga uzatilayotganda mashina sirpanib tushishi va ag‘darilishini oldini olish uchun uyilma chetidan otvalni chiqarish man etiladi.

417. Zavodning texnikaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan ko‘tarilish va tushish burchaklaridan ortiq bo‘lgan shtabel nishablarida buldozerlar va skreperlarning yurishi va ishlash man etiladi.

418. Ishlash vaqtida buldozerlar turg‘unligi uchun xavfli bo‘lgan ahamiyatli darajadagi to‘siqlar aniqlansa, mashinani to‘xtatish zarur va ishni davom ettirishni to‘g‘ri usulini tanlash uchun to‘siqni ko‘rib chiqish zarur.

Ko‘mirni tushirishda, uzatishda, yoqilg‘i shtabellarini rejalashda ikki va undan ortiq o‘zi yurar yoki shatakli mashinalaridan (skreperlar, buldozerlar, katoklar va bosh.) foydalanilganda, ular biridan-biri ketma-ket yursalar, ularning orasidagi masofa 5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

419. Yuklangan va chuqurlashtirilgan otval bilan buldozerni bir joyida qayrilishi man etiladi.

420. Traktorda (buldozerda) ishlaganda quyidagilar man etiladi:

mashina harakatlanayotganda mashinadan chiqish;

qabul qiluvchi yerosti bunkerlari joylashtirilgan joyda yangi to‘kilgan yoqilg‘i ustiga chiqish;

qiyalikda va dvigateli ishlab turgan mashinani qoldirib ketish;

shtabelda mashinaga yoqilg‘i quyish va ta’mirlash;

shtabelda olovdan foydalanish;

buldozerning otvalini ko‘tarilgan holatida ko‘rib chiqish;

ishlab turgan koveyerning techkasi ostida ishlash.

421. Shtabel qiyaliklarini katok bilan bostirilayotganda bostirilayotgan joyning tagida turish man etiladi.

422. Qiyaliklarni bostirish uchun katokni tortilgan trosda tushirish kerak.

423. Ombordan qabul qiluvchi yerosti bunkerlari orqali yoqilg‘ini uzatish jarayonida buldozerlar va o‘zi yurar skreperlar, ta’minlagichlar yangi to‘kilgan balandligi 2 m dan ko‘p bo‘lgan yoqilg‘i qatlamda ishlayotgan vaqtida, panjara zonasida bo‘lishi mumkin emas, chunki yoqilg‘ining to‘satdan o‘pirilib tushishi sodir bo‘lishi mumkin.

424. Buldozer bilan qabul qiluvchi bunkerlarga ombordan yoqilg‘ini uzatish tugatilgandan so‘ng quyidagilar man etiladi:

bunkerlarni nam ko‘mir bilan to‘ldirilgan holda qoldirish;

ish tugatilgandan keyin bunkerlar bo‘shatilishi va shchitlar bilan berkitilishi yoki quruq ko‘mir bilan to‘ldirilishi kerak;

bunker atrofida ko‘mir uzatilayotganda hosil bo‘lgan vertikal devorlarni qoldirish.

425. Yer osti ombor bunkerlarga ko‘mir to‘kilganda ularning joylashgan joylari aniq ko‘riladigan ko‘rsatgich (bayroqli reyka va b.) bilan belgilanishi shart.

426. Qabul qiluvchi bunkerlar orqali ombordan ko‘mirni uzatishni boshlashdan oldin zichlashib gumbaz hosil bo‘lgani yo‘qligini tekshirish zarur. Zichlashib gumbaz hosil bo‘lgani aniqlansa, uni bartaraf etish uchun choralar ko‘rish shart.

427. Ombordan ko‘mirni buldozer bilan uzatishda chuqurligi 1,5 m dan ortiq bo‘lgan transheyalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yoqilg‘i omborida ishlashda mashinalar yurayotgan yo‘llar, ishlar fronti va unga yondashgan uchastkalarni yetarli darajada ko‘rinishi ta’minlanishi shart.

428. Buldozerlar va skreperlar bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilayotgan otvallar va kovshlar transport holatiga ko‘tarilgan bo‘lishi shart.

429. Ishlab turgan dvigatelli mexanizmlarni nazoratsiz qoldirib ketish man etiladi. Agar ketish zaruriyati bo‘lsa dvigatelni o‘chirish shart.

430. Mexanizmlar va qayta yuklovchi qurilmalar yoki kranni ko‘rib chiqish va ta’mirlash uchun ishdagi barcha tanaffuslarda bosh trolley simlari va ko‘prikli qayta yuklagichning rubilniklari yoki kran va boshqa mexanizmlarning rubilniklari uzilgan bo‘lishi shart va ishga tushirish apparatlarning dastaklari va maxoviklari nol holatiga o‘rnatilishi shart. Qayta yuklagich, rotor-yuklash mashinasi yoki kran mashinasidan kuchlanishni olmasdan, shuningdek momaqaldiroq paytida kabinadan chiqish man etiladi.

431. Kabel-kranlar mashinistlari greyfer harakat qiluvchi sostav ustidan o‘tayotganda greyferni eng yuqori holatiga ko‘tarishlari shart.

G. Yoqilg‘ini uzatishda xizmat ko‘rsatish

432. Yoqilg‘ini uzatishda “Elektr stansiyalarning yoqilg‘ini uzatishda portlash yong‘in xavfsizligi qoidalari” talablariga rioya qilinishi shart.

433. Tasmali konveyerlarning galereyalari va estakadalarida, asosiy qayta to‘kish trakti va ombordan yoqilg‘ini uzatish traktining uzellarida, yoqilg‘ini tushiruvchi qurilmalarning yerosti qismida va maydalash korpusida yilning sovuq vaqtida havoning harorati 100 S dan past bo‘lmasligi kerak, tushirish qurilmalarining yer usti qismida (vagonag‘dargich binosi va vagonlar uzluksiz harakat qiladigan boshqa qurilmalardan tashqari) -50 S dan past bo‘lmasligi shart.

434. Qozonxonalarning nam ko‘mir, slanets va torfning qabul qiluvchi bunkerlar teshiklarini to‘sib turadigan panjaralar katakchalarining o‘lchamlari 378-bandida ko‘rsatilgandek bo‘lishi shart. Agar to‘suvchi panjaralarning teshiklari bir vaqtda yurish yo‘llari ham bo‘lsa, unda katakchalarning o‘lchamlari 100x100 mm dan ortiq bo‘lmasligi shart. Plujkaviy tashlagichlar o‘rnatilganda techkalar bilan to‘siladigan teshiklar panjaralar bilan to‘silmagan bo‘lishi shart.

435. Konveyerlarga xizmat ko‘rsatish uchun parallel o‘rnatilgan konveyerlar bo‘ylab va ular orasida yo‘lkalar, shuningdek, ularning ustidan o‘tish ko‘prikchalari nazarda tutilgan bo‘lishi shart, ular “SSBT. Konveyerlar. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.2.022 talablariga mos bo‘lishi kerak.

436. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yaqinlashishi iloji bo‘lgan konveyerlarning harakat qiluvchi qismlari “SSBT. Konveyerlar Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.2.022 ga muvofiq to‘silgan bo‘lishi kerak.

437. Yoqilg‘ini uzatuvchi mexanizmlar shunday blokirovkalanishi kerakki, ularning biri to‘xtab qolsa uning oldidagi mexanizmlarni (maydalagichlardan tashqari) to‘xtatilishiga olib kelishi kerak.

Tasmali konveyerlar buksirovkadan va qayta to‘kish joylari to‘lib ketishidan, tasma chiqib ketishdan himoya qurilmalari va tasmaning uzunligi bo‘yicha istalgan nuqtadan avariyaviy to‘xtatish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

438. Ishchi va salt shkivlariga ega bo‘lgan barcha mexanizmlarda kamarlarni ishchi holatidan salt holatiga o‘tkazish uchun qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, ular kamarlarni salt shkividan ishchi shkiviga o‘zidan-o‘zi o‘tishini bartaraf etuvchi qulflash qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

439. Tasmali konveyerlar va ularning tashlab yuboruvchi aravachalari tasmalarning ishchi va salt shahobchalarini, yuritma, tortuvchi va og‘diruvchi barabanlar tozalagichlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Tozalangan yoqilg‘ini chiqarib tashlash jarayoni mexanizatsiyalangan bo‘lishi shart.

O‘zi yurar tashlab yuboruvchi aravachalardagi maxovik ularning tormozlari va boshqarish knopkalari bir tomonga chiqarilgan bo‘lishi kerak.

440. Nishab estakadalar bo‘ylab vagonlarda va vagonetkalarda yoqilg‘ini uzatish bo‘yicha qurilmalar va ko‘targichlar ushlab qoluvchilarsiz ishlashi man etiladi.

Vagonetkalar ikki ilashmaga ega bo‘lishlari shart.

441. Bunker ustidagi xonada yoqilg‘ining changini uzatish shneklarining koroblari zich yopiladigan qopqoqlar bilan yopilishi shart.

442. Yoqilg‘ining uzatish mexanizmlari yaxshi zichlangan bo‘lishi shart. Aspiratsion va boshqa qurilmalar yoqilg‘ini uzatish xonalarida sanitar me’yorlariga muvofiq havo tozaligini ta’minlashlari shart. Changsizlantirish tizimini ishga tushirish va to‘xtatish konveyerni ishga tushirish va to‘xtatish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi shart.

443. Yoqilg‘ini uzatish tizimini har gal ishga tushirilishi oldidan radio orqali konveyer ishga tushirilishi to‘g‘risida e’lon qilinishi va uzoq davomli ogohlantiruvchi signal berilishi kerak.

Signal xodimlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘ini uzatish traktining barcha joylaridan eshitilishi kerak.

444. Har oyda kamida 1-marta ishlab turgan konveyerlarda ishlatib ko‘rish bilan quyidagilarni tekshirish shart:

trosli va knopkali avariyaviy uzgichlarni;

barcha turdagi tormozlarni (yuklama ostida konveyerni to‘xtatish yo‘li bilan);

techkalar uyilib qolishidan himoyalash bo‘yicha qurilmalarini;

tasma chiqib ketishi relesining datchiklarini.

Ko‘rsatilgan himoya qurilmalari konveyer ta’mirlangandan keyin qabul qilishda ham tekshirilishi shart.

445. Techkada tiqilib qolgan yoqilg‘i faqat techka ustida joylashtirilgan tasmali konveyerlar to‘xtatilgandan keyin, maydonchalardan kovlash teshiklari orqali urib tushirilishi kerak.

Bu vaqtda kovlash teshigi oldida turish mumkin emas.

446. Osma elektromagnit separatlarini qo‘lda tozalashni to‘xtatilgan konveyerlarda va separatordan kuchlanish olinganlan so‘ng, qo‘lqoplarda bajarish zarur.

447. Konveyerlar o‘rnatilgan xonalar, estakadalar, bunker galereyalari va yuklarni tushirish qurilmalarida, u yerdagi uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi yoki yoqilg‘ini tushirish bilan band bo‘lgan xodimlarga, faqat yurish yo‘laklari bo‘ylab yurishga ruxsat beriladi.

448. Ishlab turgan konveyerlar ustidan oshib tushish, ularning ustida turli narsalarni uzatish, shuningdek, ularning ostiga kirish yoki ularning tagidan to‘silmagan va o‘tish uchun mo‘ljallanmagan joylardan o‘tish man etiladi. Konveyerlar ustidan faqat o‘tish ko‘prikchalari bo‘ylab o‘tish kerak.

449. Harakat qilib turgan konveyerdan qo‘l bilan namunalarni olish man etiladi.

450. Yoqilg‘ini uzatish xonalarini tozalash mexanizatsiyalangan va tasdiqlangan grafik bo‘yicha suv bilan yuvish yoki changso‘rg‘ichlarni qo‘llash bilan bajarilishi kerak.

Chang o‘tirib qolishi mumkin bo‘lgan uskunalar va joylarga bemalol kirish ta’minlangan bo‘lishi shart.

Tortish va yuritmali stansiyalar yordamida (so‘rib oluvchi pnevmoshlanglar va supurgilar) yoqilg‘ini uzatish trakti konveyerlari ostidagi xonalarni qo‘lda tozalashni konveyerlar to‘xtatilganda bajarish kerak va boshqarish kalitlarida “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi shart.

Gidrotozalash konveyerni to‘xtatmasdan bajariladi.

Tozalanayotgan xonada bo‘lgan xodimlar gidrotozalash boshlanishi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.

451. Harakat qilayotgan konveyer tasmasini qo‘lda tozalash man etiladi.

452. Ta’mirlash, tozalash, moylash va tasma sirpanishini bartaraf etishdan oldin konveyer to‘xtatilishi, uning elektr sxemasi ajratilgan (ajratgichlar uzilgan, saqlagichlar olib qo‘yilgan) bo‘lishi shart va boshqarish kalitlarida “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgisi osilgan bo‘lishi kerak.

453. Estakadalar bo‘ylab harakat qilayotgan vagonlar va vagonetkalarda, kanat yo‘llari vagonetkalarida bo‘lish, shuningdek, estakadalar relslarida turish man etiladi.

454. Vagon ko‘targichini katakqutisiga o‘rnatilganda uni mavjud bo‘lgan moslama bilan ishonchli mustahkamlash kerak.

Katakqutining poli va relslari tozaligini nazorat qilib turish kerak.

455. Ko‘targich shaxtalarida va skip chuqurlarida ishlar bajarilayotganda ko‘targich to‘xtatilgan, uning elektr sxemasi ajratilgan, ishga tushirish qurilmalari esa “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi shart.

Katakqutisining ustida ishlayotganda u ponalangan bo‘lishi kerak. Elektr dvigatelini ishga tushirilishini man etuvchi belgi faqat odamlar shaxtadan chiqarilgandan, barcha asboblar va inventar olib chiqilgandan, katakqutisi bo‘shatilgandan va to‘siqlar joyiga o‘rnatilgandan keyin olib qo‘yilishi mumkin.

456. Elektr vulkanizatsiya apparatlarida ishlash dielektrik qo‘lqoplar va kalishlarda, apparat korpusi ishonchli yerga ulangan holda bajarilishi mumkin.

D. Mazut xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish

457. Mazut xo‘jaligining rezervuar parkida har yili yilning quruq mavsumida yerga ulash konturini va yashin qaytargichning butunligini tekshirishini bu to‘g‘risida bayonnomalar tuzish bilan olib borilishi shart.

458. Yer ustidagi mazut rezervuarlari atrofida tuproq uyulmasi (obvalovaniye) soz holatda saqlab turilishi kerak.

459. Yer ustidagi mazut rezervuarlari ko‘tarilish uchun qo‘lushlagichli narvonlarga va rezervuar yopmasining butun aylanmasi bo‘yicha to‘siqlarga ega bo‘lishi shart.

Mazut rezervuarlarining yopmalarida namunalarni olish joylariga, tortish qurilmalariga, lyuklarga yaqinlashish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘lushlagichli maydonchalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

460. Tortib oluvchi ventilatsiya patrubokining yuqori qismi olovdan saqlagich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

461. Qabul qiluvchi, sarflovchi va zaxira rezervuarlarning lyuklari qistirmali qopqoqlar bilan yopilgan, boltlar bilan tortib qo‘yilgan, mazut nasosi xonalarining kanallari metalli tunukalar bilan to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

462. To‘kish lotoklari metall qopqoqlari bilan yopilishi shart. To‘kish joylarida qopqoqlar o‘rniga katakchalarining o‘lchamlari 200 x 200 mm dan ortiq bo‘lmagan panjaralar o‘rnatilishga ruxsat etiladi.

463. Mazut xo‘jaligining xonalarida va hududida (mazut rezervuarlari, qabul qilish quyish qurilmalari, o‘tish kanallari, mazut nasoslari xonalari va b.) olovli ishlar mazkur Qoidalarning 251-bandi talablariga muvofiq naryad bo‘yicha bajarilishi kerak.

464. Rezervuar parkiga traktorlar va avtomashinalarni kirishiga faqat chiqarish quvurlariga uchqun so‘ndirgich o‘rnatilgandan keyin ruxsat beriladi.

465. Mazutni quyib olish uchastkasida uchqun beruvchi materialdan tayyorlangan boshmoqlar bilan sisternalarni tormozlash mumkin emas.

Sisternalarni qo‘zg‘atish uchun lomlar, quvurlar va boshqa metall narsalarni qo‘llash man etiladi.

Estakadada o‘rnatilgan sisternalardan tuzilgan sostav, lokomotivdan ajratilguncha mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Sisternalarga xizmat ko‘rsatish boshlanishidan oldin lokomotiv ulardan kamida 5 m masofaga chetlashtirilishi shart.

466. Nosoz narvonli, maydonchali yoki ularsiz bo‘lgan sisternalarga xizmat ko‘rsatishni maydonchali va qo‘lushlagichli ko‘chma narvonlardan yoki qo‘lushlagichli traplardan bajarish kerak. Zarur bo‘lganda saqlagich belbog‘laridan foydalanish shart, ular estakadaning qo‘zg‘almas qismlariga karabinlar bilan mahkamlanishi shart.

467. Sisternalarga o‘tish traplari, o‘zidan-o‘zi qaytarilishdan, qulflovchi qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

468. Rezervuarlar va sisternalar lyuklarining qopqoqlarini ochish va yopish, shuningdek, isitishga bug‘ni berish uchun tashqi metall spiralli turli shlanglar va isituvchi quvurchalarni sisternaga ehtiyotlik bilan, ularni lyuk og‘ziga urilishiga yo‘l qo‘ymay tushirish shart.

469. To‘kish estakadasida sisternalarga kamida ikki to‘kuvchi xizmat ko‘rsatishi shart, ular bir-birini ko‘rib turadigan zonada bo‘lishi kerak.

470. Sisternalardan mazutni to‘kish bilan band bo‘lgan ishchilar NBT turidagi bosh shchitchalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.

471. Sisternalardagi mazut isitishga tayyorlanayotganda quyidagilar tekshirilishi shart:

sisterna bo‘g‘iziga oshirma trap ishonchli mustahkamlanganligi;

bug‘ magistralini shtanga (shlang) bilan biriktirilishi zichligi;

sisternaga tushirilgan shtanganing (shlang) ishonchli mustahkamlanganligi.

472. Mazut to‘kilgandan va sisterna tozalangandan keyin qopqoqlar va to‘kish klapanlari faqat sisternaning tashqi yuzasi 40 °S gacha va undan pastgacha sovugandan keyin to‘liq yopilishi kerak.

473. Sisternalar va rezervuarlardan mazut va boshqa yonuvchi moylash materiallarning namunalari maxsus namunaolgichlarni qo‘llab olish kerak, ular “Neft va neft mahsulotlari. Namunalarni olish metodlari” GOST 2517 ga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi kerak.

474. Namunalar olinayotganda, sisternalar va rezervuarlarda mazut sathi o‘lchanganda va lyuklari ochilayotganda, shuningdek, mazut ostidagi suvni va chiqindilarni rezervuardan tushirilayotganda, bug‘lar va gazlardan nafas olishni va mazut kiyimlarga tushishi ehtimolini oldini olish uchun shamolga yon bilan turish kerak.

Mazut namunalarini ochiq va shisha idishlarida tashish man etiladi.

Sisterna, rezervuar lyukining bo‘g‘iziga past egilish man etiladi.

Po‘lat ruletkasini tasmasini qo‘llab sathni o‘lchash man etiladi, agar rezervuarlar lyukining kirish qismi o‘lchash ruletkasi harakat qilayotganda uchqun hosil qilmaydigan (qo‘rg‘oshin, alyuminiy va b.) materialdan tayyorlangan halqa bilan himoyalangan bo‘lmasa. Po‘lat ruletka va namunaolgich o‘lchash lyukining yo‘naltiruvchi ariqchasi bo‘ylab sirpanishi kerak.

475. Ilonsimon isitgichlar bilan jihozlangan razervuarlarda, mazutni faqat isitgich ustidagi suyuqlikning sathi 50 cm dan kam bo‘lmaganda isitish mumkin.

476. Rezervuarlarda mazutni 90° S dan yuqoriga isitish man etiladi.

477. Rezervuarni erkin tushayotgan mazut oqimi bilan to‘ldirish man etiladi.

Mazutni rezervuardagi mavjud bo‘lgan suyuqlik sathining ostiga haydab kiritilishi shart.

478. Mazut quvurlaridan qandaydir inshootlar yoki qurilmalar yuklamasini ko‘taruvchi konstruksiya sifatida foydalanish man etiladi.

479. Muzlab qolgan mazut va bug‘ quvurlari mazkur Qoidalarning 98-bandi talablariga rioya qilib isitilishi shart.

480. Elektr stansiyalarga mazut o‘rniga boshqa turidagi suyuq yoqilg‘i (dizel, solyarli, slanets moylar va b.) bir martali kelib tushishida maxsus ko‘rsatmalarni bajarish kerak.

E. Mazut xo‘jaligi sig‘imlarida ishlash

481. Temir yo‘l sisternalari qo‘lda tozalanayotganda ishlar, ishchini sisternaga tushirmasdan, uchqun chiqarmaydigan qirg‘ichlar bilan bajarilishi shart.

Ishchilarni sisternaga, uni tozalash uchun, tushirish man etiladi.

482. Mazut xo‘jaligining sig‘imlarida ishlaganda mazkur Qoidalarning III bobining 9-paragrafi va 104-bandlarining talablari bajarilishi shart.

Sig‘im ichidagi havoning harorati 33 0S dan yuqori bo‘lsa, uning ichiga ishchini tushirish man etiladi.

483. Ichini ko‘rib chiqilishi, ta’mirlanishi yoki cho‘kmalardan tozalanishi kerak bo‘lgan sig‘imlar va rezervuarlar mazutdan bo‘shatilgan, tarmoqdan uzilgan va ishlab turgan uskunalardan ajratilgan bo‘lishi shart.

Tozalashdan oldin sig‘imlar va rezervuarlar bug‘ bilan ishlov berilgan va shamollatilgan bo‘lishi shart.

Sig‘imlar va rezervuarlar tozalanayotganda mazkur Qoidalarning 104-bandining talablariga rioya qilish shart.

Sig‘imlardan va rezervuarlardan chiqarilgan cho‘kmalar olib chiqilishi yoki o‘rnatilgan tartibda ajratilgan joyga ko‘milishi kerak.

484. Sig‘imlar va rezervuarlar ichidagi barcha ta’mirlash ishlarini bug‘ bilan ishlov berilgandan, shamollatilganidan va cho‘kmalardan tozalangandan keyin bajarilishi kerak.

485. Sig‘imlar va rezervuarlar ichida ko‘rib chiqish, tozalash va ta’mirlash ishlari maxsus kiyimda, maxsus poyabzalda va qo‘lqoplarda bajarilishi kerak.

Bu ishlar lyuklar ochiqligida va zarur bo‘lganda mazkur Qoidalarning 2-ilovasida zararli moddalarning konsentratsiyasi ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligini ta’minlovchi majburiy shamollatishni qo‘llab bajarilishi shart.

Sig‘imlar va rezervuarlarning ichida tozalash yoki ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ishlarni bajarish jarayonida havo muhiti analiz qilib turilishi shart, bu analizlar zararli moddalar eng ko‘p ruxsat etilgan konsentratsiyadan ortiq emasligini va kislorod yetarligini tasdiqlashi kerak (O2 = hajm bo‘yicha 20%). Zararli moddalar konsentratsiyasi eng ko‘p ruxsat etilgandan ortiq bo‘lsa sig‘imlar va rezervuarlar ichida ishlarni shlangli gaz niqobida bajarish shart.

Gaz niqobining shlangi moybenzin bardoshli materialdan bo‘lishi shart. Havoni majburiy berish yo‘q bo‘lganda shlang uzunligi 15 m dan ortiq bo‘lmasligi, havoni majburiy berishda esa — 40 m gacha bo‘lishi shart.

Ishlaganda qutqarish belbog‘ini qo‘llash majburiydir.

486. Mazut xo‘jaligining sig‘imiga odamlarni narvonsiz tushirish man etiladi. Sig‘imida doimiy ichki narvon yo‘q bo‘lsa, uchqun hosil bo‘lishini oldini olish uchun metall bilan qoplanmagan ko‘chma yog‘och narvonni qo‘llash shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish