ELECTRONICS WORKBENCH DASTURI
Electronics Workbench komponentlari bazasiga passiv elementlar, tranzistorlar, boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli elementlar, maxsus kombinatsion sxemalar mavjud.
Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. O’lchashlarni olib borish uchun ampermetr, voltmeter, osillograf, multimetr, Bode-plotter (sxemalarni chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional generator, mantiqiy analizator, mantiqiy o’zgartirgich kabi asboblar mavjud.
Electronics Workbench sxema tahlili o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda amalga oshirilishi mumkin.
Electronics Workbench dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi harakatlar yordamida yig’ish imkonini beradi:
elementlar bazasidan o’lchov asboblari va elementlarni tanlash;
elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga olib borish;
elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish;
elementlar va elementlar to’plami yoki sxemani ko’chirib olish, o`rnatish va o’chirish;
o’tkazgichlar rangini o’zgartirish;
bir vaqtning o’zida bir qancha o’lchov asboblarini ulash;
elementlar parametrlarini keng diapazonda o’zgartirish ;
Barcha amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
Electronics Workbench dasturi komponentlari
Electronics Workbench dasturi oynasi ikki qismga ajratilgan: bular komponentlar paneli va komponentlar maydoni.
Barcha komponentlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: bazaviy komponentlar; manbalar, chiziqli komponentlar: kalitlar, nochiziqli komponentlar; indikatorlar, mantiqiy komponentlar; kombinatsion turdagi tugunlar, ketma-ket turdagi tugunlar hamda gabrid komponentlar.
Bazaviy komponentlar
Birlashtiruvchi tugun-o’tkazgichlarni ulash va nazorat nuqtalarini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Sxema yig’ib bo’lingach o’lchov asboblarini ulash uchun qo’shimcha tugunlarni joylashtirish mumkin.
Yerga ulash komponenti nol kuchlanish vazifasini va istalgan nuqta bilan potensiallar farqi hosil qilish imkonini beradi. Sxema tarkibida operatsion kuchaytirgich, transformator, boshqariladigan manba yoki osillogrif mavjud bo’lsa, bu sxema albatta yerga ulanishi zarur. Aks holda o’lchov asboblari ishlamaydi yoki noto’g’ri ma’lumot beradi.
Manbalar
Electronics Workbench dasturining barcha manbalari ideal manbalar hisoblanadi. Ideal manbalarning ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ularning kuchlanishi iste’molchi qarshiligiga bog’liq emas.
O’zgarmas kuchlanish manbasi yoki batareya EYUKi voltlarda o’lchanadi va mkV lardan kV largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Electronics Workbench manbalari ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ikkita batareyani parallel o’lash zarur bo’lsa ularga ketma-ket qilib kichikroq qarshilik (masalan 1 Om ) o’lash zarur.
O’zgarmas tok manbasi -amperlarda o’lchanadi va mkA lardan kA largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
O’zgaruvchan kuchlanish manbasi. Manba kuchlanishining ta’sir etuvchi qiymati voltlarda o’lchanadi va mkV lardan kV largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Manbaning boshlang’ch fazasi va chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjud.
O’zgaruvchan tok manbasi. Manba tokining ta’sir etuvchi qiymati amperlarda o’lchanadi va mkA lardan kA largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Manbaning boshlang’ich fazasi va chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjud.
Chiziqli elementlar
Rezistor. Rezistorning qarshiligi omlarda o’lchanadi va Om dan Mom gacha o’zgartirish imkonini beradi.
O’zgaruvchan qarshilik. O’zgaruvchan qarshilik qiymatini strelkali-o’zgartirgich yordamida rostlash mumkin. Qiymatlar oynasida reostat holatini (foizlarda) o’rnatish imkoniyati mavjud.
Kondensator. Kondensator sig’imi faradalarda o’lchanadi va pF lardan F largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
O’zgartiriladigan sig`imli kondensator. O’zgaruvchan kondensator sig’imini ozgartirish imkoniyati mavjud. U faradalarda o’lchanadi va pF lardan F largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Induktiv g'altak. Induktiv g'altak (drossel) kattaligi genrilarda o’lchanadi va va mkGn lardan Gn largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Induktivligi o’zgaruvchan g'altak. G’altakning kattaligi boshlang’ich qiymat va proportsionallik koeffitsienti orqali o`rnatiladi (L=boshlang’ich qiymat/100).
T
ransformator- U1 kuchlanishni U2 kuchlanishga o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
Transformatsiya koeffitsienti n birlamchi cho’lg’am kuchlanishi U1 ni ikkilamchi
cho’lg’am kuchlanishi U2 ga nisbati orqali aniqlanadi. Transformatsiya koeffitsienti qiymatlar oynasiga o’rnatiladi.
Eslatma: Transformator ulangan sxema albatta yerga ulanishi zarur.
O’lchov asboblari va elementlarining kattaliklarini o’rnatish
Oddiy anologli elementlar hisoblangan turli energiya manbalari, kondensatorlar, induktiv g’altaklar, qarshiliklar bir yoki bir nechta kattaliklarga ega. Murakkab elementlar aniq bir modelni mujassamlashtirgan bir qancha o’zaro bog’langan elementlardan iborat. Yerga ulovchi va birlashtiruvchi tugundan tashqari barcha elementlar o`rnatilgan ma’lum kattalikga ega. Bu elementlarning qiymatini o`zgartirish uchun kompyuter sichqonchasi chap tugmasini ikki marta bosish yordamida elementning qiymatlar oynasi ochiladi va zaruriy kattalik yoziladi. Element o`lchami “yuqoriga” va “pastga” strelkalari yordamida o`zgartiriladi. Shundan so’ng Accept tugmasi bosiladi va kerakli qiymat o`rnatiladi. Bu amallarni Circuit menyusidagi Preferences bo’limi orqali ham amalgam oshirish mumkin.
O’lchov asboblari
Electronics Workbench dasturining oddiy o’lchov asboblari voltmetr va ampermetr hisoblanib, ular komponentlar panelida belgisi ostida joylashtirilgan.
Bu asboblarni ishlatish uchun ularning qiymatini o’rnatish talab etilmaydi. Bitta sxemaning o`zida ularning bir nechtasini bir vaqtning o’zida ulash mumkin.
Voltmetr- o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishni o’lchash uchun xizmat qiladi. To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan voltmetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali voltmetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan kuchlanishning turi va voltmetrning ichki qarshiligi o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan
A
mpermetr- o’zgaruvchan va o’zgarmas tokni o’lchash uchun xizmat qiladi. To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan ampermetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali ampermetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi va ampermetrning ichki qarshiligi urnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy kurinishi keltirilgan.
O’zgaruvchan (АС) tok va kuchlanishni o’lchashda o’lchov asboblari ularning ta’sir etuvchi qiymatlarini ko`rsatadi.
Eslatma: Voltmetr va ampermetr sifatida multimetrdan ham foydalanish mumkin.
O’lchov jihozlari paneli
Electronics Workbench dasturida ampermetr va voltmetrdan tashqari ko’p sonli rejimlarida ishlaydigan 7 ta asbob mavjud bo’lib ular bitta elektr sxemada faqat bir marta qo`llaniladi. Panelning chap tomonida analogli kattaliklarni kuzatish uchun mo`ljallangan multimetr, funktsional generator, osillograf va Bode-plotter joylashtirilgan.
multimetr funktsional generator osillograf Bode-plotter
O`ng tomonda esa mantiqiy kattaliklarni kuzatuvchi va hosil qiluvchi bayt generator, mantiqiy tahlillovchi, mantiqiy o’zgartiruvchilar keltirilgan.
bayt generator mantiqiy tahlillovchi mantiqiy o’zgartiruvchilar
Q
uyida bu asboblar haqida ma’lumot keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |