Tadqiqotli metod o’quvchilarda mavjud axborot va faktlar zahirasini talab qiladi. Bu jarayonda o’quvchilarda bilishga asoslangan fanni tushunish shakllanadi. Tadqiqotli metod o’quvchilardagi tadqiqot asosida shakllangan ko’nikmalarni qo’llash asosida mavjud muammo va savollar uchun ma’qul yechim izlashni taqozo etadi. Loyihali metodlar tadqiqotga asoslansa-da, lekin tadqiqotli metodlar har doim ham loyihalanmaydi.
Loyihalar metodi ta’limga konstruktiv yondashuvdir. O’quvchilar ochiq loyiha va topshiriqlar ustida ishlashadi. Faoliyat urg’usi o’quvchiga beriladi, o’qituvchi esa yordamchi rol(vazifa)ini bajaradi. Ushbu davomiy jarayonda o’quvchilar guruhi axborot manbalarini to’playdilar, shaxsiy loyihalari ustida ishlaydilar. Loyiha ishlanmasi o’quvchidan masalalar yechimini talab qilishi mumkin,lekin loyiha har doim ham muammoga yo’nalgan bo’lmaydi. Loyihalar tadqiqotga asoslanadi, lekin u har doim ham tadqiqotchilik ko’nikmasini shakllantirishni taqozo etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |