3-Tajriba ishi
Mavzu:Informatika fanidan loyihaviy o’qitish texnologiyasini loyihalashtirish.
Loyihalash metodi asoslari
Loyihalar turli yo’llar bilan o’quvchilarni qiziqtirishi mumkin.
Quyida ba’zi loyihalar bilan qisqacha tanib olsak:
“Elchi” loyihasi
“Jamiyatshunoslik” faniga asoslangan loyihada o’quvchilar rivojlanayotgan davlatda joylashgan Yaponiya elchixonasi xodimi rolini o’ynaydi. Ular ushbu davlatni o’rganib, uning gumanitar yordam budjetini muhokama qiliadilar. Loyiha jarayonida ular “Qanday qilib bir kishi dunyoni o’zgartirishi mumkin?”savoliga javob izlashadi.
“Yil fasllari” loyihasi
Bu loyihada sinf o’quvchilari botaniklar rolida chiqishadi va “O’quv yili davomida tabiat qanday o’zgarishlarga uchraydi” savoli yuzasidan izlanishadi. Daraxtlarda bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatib, o’z kuzatuvlarini yozib, belgilab boradilar, o’zgarishlar haqida ma’lumot yig’adilar. Shundan so’ng Internet orqali xorijiy mamlakatdagi do’stlari bilan tajriba almashishadi, o’z kashfiyotlarini tabiiy o’zgarishlar bilan qiyoslaydilar.
“Kasrlar” loyihasi
Ushbu loyihada o’quvchilar atrofdagi kishilarning kunlik hayotlaridagi masalalarni hal qilishda kasrlarning ahamiyatini anglashga harakat qilishadi, masalan, oshpaz kasrlardan foydalanadimi? Savoli ustida izlanishadi.
“Fizika” loyihasi
Loyihada o’quvchilar yo’ldahi xavf-xatar faktori haqida ma’lumoy to’playdilar. Bunda ular kunlik hayotimizda harakat qonunlari haqidagi bilimlarni tushunish va qo’llashni o’rganadilar. Shuningdek o’quvchilar mahalliy yo’l nazorati xodimlardan mavjud xavf-xatar faktorlari haqida ham ma’lumot yig’ishadi. Shahr yo’llari loyihasini tuzuvchilarga hududlarini xavfli yo’llarni o’zgartirish bo’yicha taklif kiritish uchun olingan ma’lumotlarni o’rganadilar.
“Harakatdagi matematika” loyihasi
Loyihada chiziqli tenglamalarni tushuntirish uchun sinf o’quvchilari matematika va raqsni birlashtirishadi. Har bir raqs musiqaga xoreografik tarzda moslashtirilgan 9 ta tenglamadan iborat. O’quvchilar o’z raqslarini videoga olishadi yoki rasmga tushirishadi va ota-onalar va sinfdoshlari uchin taqdimot tayyorlashadi.
“Kriminalistika” loyihasi
O’quvchilar matematik va sud-tibbiy loyiha ustida ishlashadi. Guruhlarda, jinoyatni ochish, qaror qabul qilish uchun dalil to’plash, tekshirish, tahlil qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot metodini qo’llaydilar. “Jinoyat” o’z sinflarida sodir bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |