Loyihalash metodi yuzasidan ayrim aniqliklarni kiritamiz.
Loyihalar metodi konstruktivizm, ya’ni muammoli-tadqiqotli metodlarga xos umumiy nazariy asos va yondashuvlarga ega.
Konstruktivizm- o’qish mexanizmini tushuntiruvchi nazariya. Bu nazariyaga ko’ra, “bola o’z intellektining me’mori” . U o’zi o’rganmasa, unga hech kim, hech narsani o’rgata olmaydi. Buning uchun konstruktivist o’qituvchi o’quvchining o’quv-izlanish jarayonini konstruksiyalab, ya’ni munosib o’quv muhitini yaratib, didaktik topshiriqlar asosida harakatlar rejasini ishlab chiqishi kerak.Insonlar tajriba va refleksiya vositasida olam haqidagi bilimlarini shakllantiradilar. Darslarda o’quvchilar faol metodlar yordamida o’rganadilar, masalan, ular tajriba(eksperiment) o’tkazib, real masalalar yechimini topadilar. Shiningdek, ular o’z bilim va tushunchalari qanchalik o’zgarayotganini muhokama qilishadi. Tadqiqotli metod, loyihalar metodi, muammoli ta’lim metodi konstruktivizmga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |