1-boshlovchi
Jahon qalbiga zavq qo`shmish navosi
Jahon osmonini chulg`adi butkul
Navoiy ko`kida uning dahosi
Navoiy kuyiga jo`rdir kuyimiz.
2-boshlovchi
Jahon umriga teng Navoiy umri
She`riyat ahlining bayroqdori u
Nazm olamida nidosi amri
Qo`shig`u kuy bo`lib yangraydi mangu.
1-boshlovchi
Alisher Navoiy ijodini o`rganish yoshlarning ko`nglida she`riyatdan zavqlanish hissini uyg`otish barobarida ularni ona tabiat sirlariga yaqinlashtiradi tarixiy rivoyat va hikoyatlar bilan tanishtiradi ona Vatanga muhabbat uning o`tmishiga hurmat ruhida tarbiyalaydi.
2-boshlovchi
Ulug` Navoiy kelajak avlodning har jihatdan barkamol bo`lishini orzu qilgan:
Ne-ne tarixlarni boshdan o`tkazib,
Talay jafolarni tortgan eski SHarq
Ne-ne daholarni tarbiyat qilib
Oftobday jahonni nurga qilar g`arq.
1-boshlovchi.
Buyuk ajdodimiz Navoiyning bizga nafaqat ijodi balki hayot tarsi va davri xalq oldidagi ijtimoiy mavqeyi amalga oshirgan yaratuvchanlik bunyotkorlik ishlari ham har tomonlama o`rnak bo`larlidir.
Parda ochiladi.Saroy oldida turgan oppoq libosdagi Navoiy ko`rinadi.Saroyda hamma qora kiyingan lekin may ichilmoqda…
Navoiy:
Saroydan qon va sharob hidi keladur…
Uyg`un va Izzat Sulton qalamiga mansub ,,Alisher Navoiy``dramasining oxirgi ko`rinishi boshdan oyoq namoish etiladi.
Ko`rinish tugab parda tushirilagach o`quvchilar chiqib keladilar va Erkin Vohidov qalamiga mansub ,,O`zbek Navoiyni o`qimay qo`ysa ``she`rini ifodali o`qiydilar.
2-boshlovchi
Darhaqiqat buyuk Navoiy o`z ijodi xalqi bilan mangu barhayot.Alisher Navoiy merosi-biz avlodlar uchun boy xazina.Biz har zamon undan bir-ikki tomchigina olib qo`yamiz. Oradan asrlar o`tar jamiyatlar o`zgarar ijtimoiy hayot tarsi taraqqiyot bor ekan-Alisher Navoiy ma`naviy me`rosi sira eskirmaydi, o`qigan sari yangi-yangi ma`nolar kasb etib boraveradi.
1-boshlovchi
Juda to`g`ri Prezidentimiz ham ,,Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch`` asarida ta`kidlaganidek, ``Agar bu ulug` zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri shoir desak shoirlar sultonidur`` degan ta`riflari ayni haqiqatdir.
2-boshlovchi
Biz bugun maktabimizning bir guruh o`quvchilari bilan Navoiy boy ijodiy merosining bir zarrasidangina bahra olishga harakat qildik. Ishonamizki, bu bahramandlik yurtimizda hali uzoq davom etadi.
1-boshlovchi
Mehnatda qahramon janglarda botir,
Sevmakda vafoli do`stlikda mahkam-
Alisher orzusi bo`lgan avlodmiz,
Asrimz ko`rkimiz asrimiz ko`rkam.
2-boshlovchi
Navoiy qadrini bila olmadi
Lojuvard koshinli oltinlangan qasr
Navoiy orzusin ijro etolgan
Mustaqillik atalgan bu bizning asr!
Do'stlaringiz bilan baham: |