Ekspluatatsiyasi instituti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana21.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#570006
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
fayl 2082 20211108 (1)

YTH ishtirokchilari etkazilgan moddiy zararni qoplash bosqichlari:
 
-
Birinchi navbatda, DYHXX xodimlari chaqiriladi, bu esa ortiqcha vaqtni 
talab etadi. Joyga etib kelgan DYHXX xodimlari YTH sxemasini tuzadilar, 
dastlabki tushuntirishlarni olib, bayonnoma tuzadilar. 
-
Ikkinchi bosqichda YTHning barcha ishtirokchilari alkogol iste’mol 
qilganlik yoki boshqa mastlik alomatlarini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkaziladi. Keyinchalik, avtohalokatning asosiy holatlari ko‘rsatilgan 
bayonnoma tuziladi, unga haydovchilar va guvohlar bergan tushuntirish 


31 
xatlari ilova qilinadi. YTH ishtirokchilaridan haydovchilik guvohnomalari 
olib qo‘yiladi. 
-
So‘ngra hujjatlar to‘plami ma’muriy ish ko‘rib chiqiladigan tuman/shahar 
YHXB Surishturuv bo‘limiga yuboriladi. Agar haydovchi YTHda aybdor 
emas deb topilsa, etkazilgan zararni baholab va barcha zarur 
ekspertizalardan o‘tgandan so‘ng, haydovchilik guvohnomasi unga 
qaytariladi va avtomobilni ta’mirlashga ruxsatnoma sertifikati beriladi. Agar 
nizo kelib chiqsa, aybdorlik darajasi sud tomonidan hal qilinadi, bu erda ish 
yana bir necha haftaga cho‘ziladi. 
-
SHunday qilib, mavjud tizim tahlili uning YTH ishtirokchilari uchun ham, 
DYHXX xodimlari uchun ham murakkab ekanligini ko‘rsatmoqda. CHunki 
YTHni rasmiylashtirishga ko‘p vaqt sarflanadi. SHu boisdan, YTHning 
oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarining vaqti qisqaradi. Bunday 
holda, yo‘l transport hodisasining haqiqiy holatini aniqlash masalasi 
boshqacha tarzda hal qilinishi kerak, bu holat nizo yuzaga kelgan taqdirda, 
zarar uchun javobgarlik masalasini hal qilishga imkon beradi. 
-
CHet el amaliyotiga ko‘ra, ushbu muammoning samarali echimi sifatida 
YTH haqida xabar berishning yagona evropa shakli – evroprotokol 
qo‘llanilib, bu avtohalokat holatini tavsiflovchi shakllar to‘plamidan iborat 
bo‘ladi. SHu bilan birga, haydovchilar imzolar bilan o‘z roziliklarini ham 
tasdiqlaydilar. 
-
Evropa mamlakatlarida, evroprotokol orqali xabar berish tartibini joriy etish, 
YTH ishtirokchilariga zararni qoplash masalasini keraksiz material va 
ortiqcha vaqt hamda xarajatlarsiz hal qilishga imkon beradi. Bu o‘z 
navbatida, haydovchilarga kompensatsiya olish uchun sug‘urta tashkilotiga 
murojaat qilishda YTH faktini mustaqil ravishda qayd etish va avtohalokat 
joyini tezda tirbandliklarni yuzaga keltirmay bartaraf etish imkonini beradi. 
Evroprotokoldan foydalanish shartlari:
 
- YTHda faqat ikkita transport vositasi qatnashgan bo‘lsa; 


32 
-
haydovchilar, yo‘lovchilar yoki piyodalarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar 
etkazilmaganda; 
-
YTH ishtirokchilari transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lsa; 
- YTH ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lmasa. 
-
Evroprotokol tamoyillarini hisobga olgan holda mamlakatimizda yo‘l-
transport hodisalarini rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtirish 
amaldagi qonunchilikni takomillashtirishda qator afzalliklarni beradi. 
Xususan, ushbu mexanizmni joriy etish quyidagi ijobiy natijalarga olib 
keladi:
- YTH ishtirokchilari (haydovchilar) sodir bo‘lgan avariyani YHXX 
xodimini chaqirmasdan o‘zaro kelishgan holda mustaqil ravishda 
rasmiylashtiradi; 
-YHXX xodimini kutish, bayonnomani rasmiylashtirish, avtotransportni 
jarima maydoniga olib borish va boshqa holatlar uchun vaqt sarflanmaydi; 
- YTH oqibatida yuzaga keladigan tirbandliklar bartaraf etiladi; 
- YTHlarni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi; 
- majburiy sug‘urta puli to‘lanishi uchun yo‘l harakati xavfsizligi xodimi 
tomonidan amalga oshiriladigan rasmiyatchilik va sud qarorini kutish talab 
etilmaydi. 
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda bir qator qonun hujjatlari, 
xususan, «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi va «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonunlarga, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 
tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Avtomobil tashuvchilariga tegishli barcha haydovchilar tomonidan sodir 
qilingan YTH qaerda va qachon sodir etilganligi, kimning aybi bilan sodir 
qilinganligi, oqibatidan qat’iy nazar hisobga olinishi qat’iy belgilangan. YTH 
jurnalda belgilangan shaklda (3.1-jadval) hisobga olinadi. SHuningdek, 


33 
haydovchining shaxsiy varaqasiga uning aybi bilan sodir qilingan YTH 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish