29
ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil etish,shuningdek ushbu
sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladi.
Yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish quyidagi
tashkilotlar tomonidan
amalga oshiriladi:
-ichki ishlar organlari;
-faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bщlgan yuridik
shaxslar;
-tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi
punktlarining ko‘chalari bo‘lgan maxsus vakolatli va mahalliy davlat hokimiyati
organlari va boshqa tashkilotlar;
-tibbiyot muassasalari tomonidan yo‘l-transport hodisalari tufayli halok bo‘lgan
yoki tan jarohat olgan shaxslarning hisobi olib boriladi.
Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha statistik hisobotga faqat yo‘l-transport
hodisalari oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan shaxslar mavjud bo‘lgan
hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Statistik
hisobot
idoraviy
hisobot sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi. Statistik hisobot O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqolpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yuritiladi.
Yo‘l-transport hodisasiga oid barcha ma’lumotlar
ichki ishlar organlari
tomonidan statistik hisobotga asoslanib tayyorlanadi hamda vazirliklar, idoralar va
boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda tegishli so‘rov asosida beriladi.
Ichki ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish va statistik
hisobotlarni shakllantirish tartibi Nizomga asosan, quyidagilardan iborat:
-
Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘lim (boshqarma)larining tegishli tarkibiy
bo‘linmasi tomonidan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari
va shart-sharoitlarini o‘rganish, ularni bartaraf
etish maqsadida tegishli
hududda sodir tbo‘lgan har bir yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish.
Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish Toshkent shahar
ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
tomonidan olib boriladi.
30
-
tufayli halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan shaxslarning hisobi olib
boriladi.
Bugun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning
asosiy talablaridan biri-
haydovchilarga qulaylik yaratish, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash,
haydovchilar va DYHX xizmati xodimlarining o‘zaro munosabatlarida
korrupsiyaga olib keladigan sabablar va sharoitlarni minimallashtirishdir. SHu
sababli YTHni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish dolzarb ahamiyat kasb etib
bormoqda. Amaldagi tartibga ko‘ra, sug‘urta to‘lovini olish uchun YTH natijasida
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik to‘g‘risidagi
DYHXX bayonnomasini
rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi. Biroq, ushbu amaliyot, YTH orqali
etkazilgan zarar miqdoridan qat’iy nazar fuqarolarga noqulaylik tug‘dirmoqda va
ortiqcha byurokratiyaga olib kelmoqda.Gap haydovchilar va yo‘l
harakatining
boshqa ishtirokchilari jiddiy tan jarohatlarini olmagan (ya’ni, jabrlangan tomonga
faqat moddiy zarar etkazilgan), uncha ahamiyatli bo‘lmagan YTHlar haqida
ketayapti.
Misol uchun, tirnalgan bamper, singan orqani ko‘rish yon oynasi va
boshqalar. Mana shunday hodisalar uchun amaldagi
YTHni rasmiylashtirish
tartibini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
-
Statistikaga ko‘ra, DYHX xizmati bo‘limlariga 2018 yilda 31.715 ta yo‘l
transport hodisalariga oid hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 2.636
tasini, ya’ni YTHlari umumiy sonining 8 foizini mulkka etkazilgan moddiy
zarar eng kam ish haqi (bazaviy hisoblash)ning 5 barobaridan oshmaydigan
bayonnomalar tashkil qiladi [30].
Do'stlaringiz bilan baham: