Kurs loyihasi mavzusi:
“Ekspluatatsidayagi moyli kuch transformatorini diagnostikalash”
Mundarija
Kirish
Asosiy qism
1. Mouli kuch transformatorining texnik tavsiflarini o‘rganish.
2. Moyning elektr mustahkamligi natijalariga bo‘yicha kuch transformatorini diagnostikalash.
3. Moyli kuch transformatorining texnik holatini teplovizion nazorat usuli yordamida baholash.
4. Moyning tarkibidagi gazlarni xromatografik tahlil qilish (XARG) natijalari asosida kuch transformatorida paydo bo‘layotgan nuqsonlarni diagnostikalash.
Xulosa
Kurs loyihasini mustaqil bajarish uchun variantlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilova
|
|
|
|
|
|
“Elektr mashinalari” fanidan kurs ishi
|
|
|
|
|
|
o’zg
|
var
|
hujjat №
|
sana
|
imzo
|
|
Liter
|
Massa
|
Massh
|
Bajardi:
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar:
|
|
|
|
|
|
|
|
Varaq
|
Varaqlar
|
Kaf.mud:
|
|
|
|
Каfedra: “Elektr mashinalari”
|
TDTU, guruh__________
|
Kirish
Kurs loyihasi uchun topshiriq - bu ekspluatatsiyadagi moyli kuch transformatorining diagnostikasi.
Transformator - elektromagnit induksiya yordamida bir o'zgaruvchan tok kuchlanishini boshqa o'zgaruvchan tok kuchlanishiga aylantirish uchun mo'ljallangan bo‘lib, bir nechta induktiv bog'langan cho‘lg`amlarga ega statik elektromagnit qurilma hisoblanadi. Elektr energiyasini uzatishda transformatorning bir cho‘lg`amidan boshqasiga o'tkazish elektr magnit maydon yordamida amalga oshiriladi.
Transformatorlarni bir nechta mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin:
Maqsadiga ko'ra umumiy va maxsus kuch transformatorlariga bo‘linadi. Umumiy kuch transformatorlari elektr uzatish va taqsimlash liniyalarida qo‘llaniladi. Ularning ishlash tartibi 50 Hz o'zgaruvchan tok chastotasi va birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlarning nominal qiymatlardan juda kichik og'ishlari bilan tavsiflanadi. Maxsus transformatorlarga (pech, to‘g`rilagich, payvandlash, radiotransformatorlar), o'lchash va sinov transformatorlari, fazalar sonini aylantirish uchun transformatorlar kiradi.
Sovutish turi bo‘yicha - havo (quruq transformatorlar) va moy (moy transformatorlari) bilan sovutish.
Fazalar soniga ko'ra - bir fazali va uch fazali.
Magnit o‘zak shakliga ko'ra - sterjenli, zirhli, toroidal.
Cho‘lg`amlar soni bo‘yicha - ikki cho‘lg`amli, uch cho‘lg`amli, ko‘p cho‘lg`amli.
Kuch transformatori iste`molchilarni doimiy chastotali yuqori yoki past kuchlanishli energiya bilan to'g'ridan-to'g'ri ta'minlash uchun ishlatiladi. 1000V gacha bo'lgan elektr tarmoqlarining standart nominal kuchlanishlari (GOST 21128-83): 220 V, 380 V, 1000 V dan yuqori (GOST 721-77): 6, 10, 35, 110, 220, 500 kV. Elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish elektr uzatish tarmoqlari va elektr uzatish liniyalari simlarida yo'qotishlarni kamaytirish uchun yuqori kuchlanishda amalga oshiriladi. Elektr energiyasi iste'mol qilinadigan joylarda transformatorlar yordamida uning kuchlanishi kerakli qiymatga tushiriladi.
Diagnostikadagi transformator moyli hisoblanadi. Ushbu transformatorlarda magnit tizim va cho‘lg`amlar tok o'tkazuvchi qismlarni izolyatsiyalash va transformatorning sovutish sharoitlarini yaxshilash uchun moy bilan to‘ldiriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |