Eksperimental psixologiya va praktikum


  Kuzatish tartibi tadqiqotning yo’nalganligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/135
Sana03.06.2023
Hajmi0,6 Mb.
#948542
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135
Bog'liq
Eksperimental psixologiya va praktikum

2. 
Kuzatish tartibi tadqiqotning yo’nalganligi. 
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. 
Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan ob’yektga yo’naltirilishi iroda 
kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham 
irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan ob’yektda to’planib turadi. Irodaning faoliyatni 
amalga oshirishda ishtirok qilishi ko’p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, 
ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog’liq. SHu boisdan diqqatning 
kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini 
bajarishga moyilligi, shayligi bilan o’lchanadi. Diqqatning yuksak darajada 
mujassamligini ta’minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvafiqlashgani 
muhim rol’ o’ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida 
qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo’r berishni talab qiladi. 
Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo’lishi diqqatni to’plashdagi 
qiyinchiliklarning oqibati bo’lib hisoblanadi.
3. 
Natijalarni hisoblash va taxlil qilish. 
Diqqatning 
ob’yektga 
to’planishi, 
mustahkamlanishi 
odamning 
qiziqishlariga 
bog’liqdir. 
Hatto 
ixtiyorsiz 
diqqatning 
faoliyatda 
mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. 
Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita 
qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan 
qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa, faoliyatning maqsadgi, uning 
natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish 
bilan aloqadordir. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko’ra, diqqatning 
ob’yektga to’planishi va mustahkamlanishi ko’zlangan maqsadni, faoliyat 
mahsulining zarurligi hamda sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali 
ta’minlab turiladi. Faoliyat maqsadini anglash o’z ish-harakatida kishi diqqatining 
yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va 
sharoitlardan biridir.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o’zining 
yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Agar diqqatning manbai 
ongimizdan tashqarida bo’lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofer, tikuvchi, 
muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi 


diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr 
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan 
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, 
muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar 
bunga misol bo’la oladi. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, 
fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. 
Diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga 
munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish