Eksperimental psixologiya va praktikum


  Diqqatning taksimlanish tezligini o’rganish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/135
Sana03.06.2023
Hajmi0,6 Mb.
#948542
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
Bog'liq
Eksperimental psixologiya va praktikum

 2. 
Diqqatning taksimlanish tezligini o’rganish. 
Jahon fanida anatomik ma’lumotlarga qaraganda, tushuvchi retikulyar 
shaklsiyaning tolalari bosh miya po’stining barcha uchastkalariga tarqalgan bo’lib, 
eng xususiyatlisi- bu peshona qismining medial va mediobazal bo’limlaridan 
boshlanib, to uning limbik oblastigacha davom etadi. Miyaning limbik zonasi 
(gippokamda) va bazal uchlaridagi neyronlar boshqa neyronlardan farq qiladi, 


natijada ko’rish va eshitish qo’zg’atuvchilarining ayrim xususiyatlariga nisbatan 
javob reaksiyasini beradi. Mazkur neyronlar har qanday qo’zg’atuvchilarni 
kuchayishida emas, balki kuchsizlanishida ham aktiv harakatni yuzaga keltiradi.
Bu holatni o’rgangan kanadalik neyrofiziolog Djasper yuqorida ta’kidlab 
o’tilgan xususiyatlarni nazarda tutib, bu neyronlarni «yangilik neyronlari» yoki 
«diqqat katakchalari» deb nomlashni tavsiya qiladi. Uning fikricha, xayvonlarning 
signal kutish labirintdan chiqish yo’lini qidirishda, po’stning xuddi shu oblastlarida 
neyronlarning 60 foizi paydo bo’lib, aktiv razyadiga aylanadilar.
Agarda hayvonlarda tayyorgarlik holatini boshqarishda limbik oblastning 
medial bo’linmasi va bazal boylamlari muhim rol’ o’ynasa, insonlarda esa 
murakkab faoliyat shaklsining asosiy markazi miyaning peshona (manglay) 
qismlari hisoblanadi.
Ingliz fiziologi Grey Uolter o’z tadqiqotlarida aktiv kutish (masalan, 
sinaluvchining 3 yoki 5 signalni kutishi va unga javob tariqasida knopkani bosishi) 
holatining har qaysisi miyaning peshona qismida elektr tebranishni paydo qilishini 
va ular «kutish to’lqinlari»dan iborat ekanligini dalillaydi. Kutilayotgan signalning 
namoyon bo’lish imkoniyati ortganda bu to’lqinlar nisbatan kuchayadi
signallarning ehtimoli pasayganda esa, ular kuchsizlanadi yoki butunlay yo’qoladi. 
Ushbu holat vujudga kelsa, signal paydo bo’lishini kutish ko’rsatmasi 
(instruksiyasi) bekor qilinadi.
Miya 
po’stini peshona qismining aktivlik holatini boshqarishda 
(regulyatsiyasida) qanday rol’ o’ynashini dalillovchi tajriba M. N. Livanov 
tomonidan o’tkazilgan. M. N. Livanovning guvohlik berishicha, har qaysi aqliy 
zo’r berish (matematik topshiriqlarni yechish paytida) miyaning peshona qismida 
ko’p miqdorda sinxron tarzda ishlovchi nuqtalarni vujudga keltiradi, bu holat 
topshiriq yechib bo’lgunga qadar saqlanadi, keyin o’z-o’zidan g’oyib bo’ladi. Miya 
po’stining peshona qismidagi sinxron tarzda ishlovchi punktlar barqaror 
xususiyatga egadir.
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkin. 
Miyaning peshona qismi qo’zg’ovchini vujudga keltirishda muhim ahamiyatga 
ega, chunki odamda aktivlik holatining o’zgarishi unga bevosita bog’liqdir. 
SHuning uchun hayvon yoki odam miya po’stining limbik oblastidagi 
qo’zg’ovchilarning kuchayishi tushuvchi retikulyar formatsiya to’qimalari bo’ylab 
harakat qiluvchi impul’slar manbai hisoblanadi.
Jahonning yirik neyrofiziologlarining aksariyati, miya po’stining qismlarini 
qo’zg’atish miya stvoli yadrosining elektr faoliyatida bir qator o’zgarish yasaydi va 
bular, o’z navbatida, oriyentir refleksini jonlanishga olib boradi, degan xulosaga 
kelishgan.


Tadqiqotchi S. N. Narikashvilining tajribasida bosh miya po’stining orqa 
qismlarini qo’zg’atish natijasida ko’rish tizimsining ichkari bo’limlarining javob 
reaksiyasida ham keskin o’zgarishlar yuzaga kelishi ko’zatilgan. Miya po’stining 
sensomotor qismini qo’zg’atish bilan harakat tizimsining po’stosti bo’limlari 
faoliyatini susaytirish yoki kuchaytirish mumkin. Ba’zi bo’limlarni qo’zg’atish 
oriyentir refleksi tarkibiga kiruvchi xulq reaksiyalari paydo bo’lishiga olib keladi.
YUqoridagi fikrni tasdiqlovchi tajriba Ernandes Peon tomonidan 
o’tkazilgan. Uning tadqiqotida miya po’stini qo’zg’alish o’chog’ining kuchayishi 
tushuvchi retikulyar shaklsiya orqali o’tib butun stvol bo’ylab tarqalgan. Tajribada 
mushukning oyog’i ostiga sichqon yoki baliq tashlanganda, ularni xidlab ko’rsa, 
«shilq»etgan ovozga javob beruvchi eshitish nervi yadrosining aktiv elektr 
razryadlari yo’qolgan. Bu dalilning ko’rsatishicha, bosh miya po’stida qo’zg’alish 
o’chog’ining vujudga kelishi miya stovoli faoliyatini to’sish yoki aktivlik holatini 
boshqarish (regulyatsiya qilish) imkoniyatiga ega.
SHunday qilib, bosh miya katta yarim sharlari po’stini uning stvoli bilan 
ikkiyoqlama bog’lab turuvchi ko’tariluvchi va tushuvchi retikulyar tizim tanlab 
aktivlashtiruvchi ta’sirga ega bo’lib, organizm aktivatsiyasining yuksak shaklsi 
bilan insonning ongli (mahnat, o’qish, kasbiy) faoliyatini ta’minlab turadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish