samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. SHuningdek, u
har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi
roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohazalar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi
Kyuv’ye geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, N’yutonning kashfiyot fikrini
doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi,
Ushinskiyning diqqat psixik
hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorkin misol bo’la oladi.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va
yo’nalganlik bilan xarakterlanadi. SHu boisdan inson atrof-muhitning ko’plab
qo’zg’atuvchilari, ta’sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi,
allaqaysi narsa to’g’risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat
xususiyati bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Diqqat bilish jarayonlari singari
o’zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u
barcha jarayonlarning jo’shqinligi, ildamligini ta’minlaydi. Demak, diqqat
individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi
darajasining oshirilishini
taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir
(E. B. Pirogova). Berilgan ta’rifga binoan, ushbu yo’naltirilganlik sub’yektning
ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan
ob’yektlarning tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda
vujudga keladi. Diqqatning muayyan ob’yektlarga to’planishi, to’planganligi
(konsentratsiyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg’ishni yoki ularning
vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omillarga ko’ra, aks
ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar
faoliyat yakunlangunga
qadar, qo’yilgan maqsadga erishguncha ongda saqlanadi. Ana shu yo’sinda diqqat
faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. SHuning uchun ko’pgina
psixologlar (P. YA. Gal’perin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish
jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega
ekanligini ta’kidlaydilar. Diqqatning biror ob’yektga yo’nalishiga ko’ra sensor
(perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish
mumkin.
Diqqat muayyan ob’yektga to’planishi ko’p jihatdan insonning his-tuyg’usi,
irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog’liqdir.
His-tuyg’ular va emotsional holatlar diqqatning ob’yekti bilan uzviy
bog’langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg’ular,
emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko’tarinki tarzda namoyon bo’lsa, demak
diqqat ham shunchalik ob’yektga mustahkam qaratiladi. Hislar,
emotsiyalar
diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo’raytiradi. Insonning amaliy va
aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar
bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. YAngilikni payqash hissi
odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning
ob’yektga uzoqroq to’planishini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati
diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi.
Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi
ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo’yadi. Ana
shuning oqibatida diqqat
chalg’iydi, bo’linadi, parishonlik namoyon bo’ladi, faoliyatdagi bir tekislik
buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: