Natijalarni kayta ishlash va muvofiqlashtirish
4,5,8,10,11,12,13,16,17
nomerdagi
savollarga
«ha»
javobi
va
1,2,3,6,7,9,14,15,18 nomerdagi savollarga «yo‘q» javobi berilganda 1 balldan
beriladi.
Keyin ballarning umumiy yig‘indisi hisoblab chiqiladi.
Agar siz quyidagicha ball to‘pladingiz:
-
6 ballgacha
-unda sizning sabr-bardoshliligingiz past. Siz sabr-bardoshsiz
odamsiz, kutish siz uchun azoblanishdir. “Sabr tagi oltindir”
degan xalq maqolini esda saqlang.
-
7-11 ballar
-unda sizning sabr-bardoshligingiz o‘rtacha. Siz osongina ishga
va muloqotga moslashasiz, ammo esdan chikarmang, boshlangan ishni doimo
oxirigacha etkazish lozim.
-
12 ball va undan yuqorisi
-unda sizning sabr-bardoshliligingiz yuqori
darajada. Siz sabr-bardoshli odamsiz,ammo o‘zingizning quvvatingizni shunchaki
sarflamang.
12 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI:
Qisqa muddatli xotiraning xajmini o’rganish. (2SOAT)
QAT’IYATLILIKNI BAHOLASH UCHUN SO‘ROVNOMA
Metodika E.P.Ilin va E.K.Feshenko tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,
qat’iyatlilikni o‘z-o‘zini tashxis qilish uchun tavsiya qilinadi.
Metodika bilan ishlash uchun (natijalarni kayd qilish uchun) sizga toza
kog‘oz varag‘i va qalam (ruchka) kerak bo‘ladi. Qog‘oz varag‘ida 1-18 gacha
savollar nomerini qo‘yib chiking. Javob Bering, siz keltirilgan tasdiklarga
rozimisiz. Agar rozi bo‘lsangiz, unda varaqdagi savol raqami yoniga (+) belgisini,
agar rozi bo‘lmasangiz, unda (-) belgisini qo‘ying.
So‘rovnoma matni
1.Agarda bu zarur bo‘lsa zerikarli, bir xildagi ishni oxirigacha bajaraman.
2.Odatda men istak bo‘lganicha ishlayman.
3.Menga bosh og‘rigi qiladigan qiyin masalalarni echish yoqadi, boshqalar
esa uni «og‘ir yong‘ok» deb nomlashadi.
4.Agarda ishda hech narsa natija bermasa ham boshlangan ishni davom
ettirishga harakat qilaman.
5.Men ko‘p marta o‘zimning kunlarimni rejalashtirishga harakat qildim, lekin
kutilgan narsani qila olmadim.
6. Men imkoniyatim boricha og‘ir, qiyin ishdan qochaman.
7.Agarda menda amalga oshira olmagan ishim bo‘lsa, uni yana va yana
bajarib ko‘rishga harakat qilaman.
8.Men kun tartibini tuzib chiqib menga yoqmaganida ham shunga rioya
qilaman.
9.Kiyinchiliklar paydo bo‘lganda men tez-tez boshlagan ishni davom
ettirishimga shubhalanib qolaman.
10.Agarda menga kimdir men xohlagan narsani qilishimga xalaqit bersa,
baribir o‘ylagan ishimni bajarishga harakat qilaman.
11.Kachon, nimadir amalga oshmasa, men qat’iyasizlik bilan shu ishdan voz
kechaman.
12.Kachon men shaxmat yoki boshqa o‘yin o‘ynayotganimda oxirgi
imkoniyatgacha harakat qilaman.
13.Men tortishuvda ko‘pincha boshqalarni ishontirishga harakat qilmayman.
14.Doimo men menga topshirilgan ishni paydo bo‘ladigan kiyinchiliklarga
karamasdan oxirigacha bajarishga harakat qilaman.
15.Men doimo uzim tugriligiga ishonsam uzimning fikrimda turaman.
16.Men kiyin masalalarni echishda boshqalarning yordamiga tayanmasdan
o‘zim harakat qilaman.
17.Men tortishuvda odatda yordamchilarning ko‘magiga tayanaman.
18.Kachon men o‘zimning to‘g‘riligimni tasdiqlash uchun to‘g‘ri yo‘lda
turgan bo‘lsam qancha xalaqit bermasinlar shunchalik ko‘p ishlayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |