Eksperimental psixologiya va praktikum


Natijalarni kayta ishlash va muvofiklashtirish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/135
Sana03.06.2023
Hajmi0,6 Mb.
#948542
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Bog'liq
Eksperimental psixologiya va praktikum

Natijalarni kayta ishlash va muvofiklashtirish 
Olingan ballarning umumiy yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Agarda u 
quyidagicha chegarada joylashsa: 

0dan 12 ballgacha
–sizning irodangiz kuchsiz. Sizni osongina ishontirish 
mumkin. Ammo, o‘zining «ojiz joylarini» bilish insonni yanada kuchliroq qiladi. 
O‘zingizning irodaviy boshqarishingizni takomillashtirib, o‘zingiz ustingizda 
ishlang. 

13dan 21ballgacha
-sizda iroda kuchi o‘rtacha. Siz har xil holatlarda turlicha 
harakat qilasiz, ayrim hollarda yon berishni, ayrim hollarda esa qa’tiyatlilik va 
sabr-bardoshlilikni namoyon qilasiz. 
Aynan bu holat har xillikda sizning muloqotda va ishdagi yoqimliligingiz 
ko‘rinadi. 

22dan 30 ballgacha
-sizda iroda kuchi yuqori. Siz irodali odamsiz. Lekin, 
esingizda bo‘lsin siz yolg‘iz emassiz, yon berishlar, kelishishlar va o‘zaro 
munosabatlar ham muloqotda va ishda muvaffaqiyatlarga olib keladi. 
11 –LABORATORIYA MASHG’ULOTI:
Qisqa muddatli xotiraning xajmini o’rganish. (2SOAT) 
SABR-BARDOSHLIKNI O‘Z-O‘ZI BAHOLASH SO‘ROVNOMASI 
Metodika E.P.Ilin va E.K.Feshenko tomonidan ishlab chiqilgan va sabr-
bardoshlikni o‘z-o‘zi tashxis qilish uchun tavsiya qilingan. 
Yo‘riqnoma: 
Bu metodika bilan ishlash uchun (natijalarni qayd qilish uchun) sizga toza 
qog‘oz varag‘i va qalam (ruchka) kerak bo‘ladi. Qog‘oz varag‘iga 1dan 18 gacha 
savollar nomerini qo‘yib chiqing. O‘zingizga mos tasdiqlarni belgilang. Agar rozi 
bo‘lsangiz, unda javoblar varag‘idagi savol raqamiga mos joyiga «+» belgisini
qo‘ying, agar rozi bo‘lmasangiz «-» belgisini qo‘ying. 
So‘rovnoma matni 
1.Agar men ogir ishni bajarayotganimda charchasam, darrov uni tuxtataman. 
2.Menda zerikarli hikoyani oxirigacha o‘qishga sabr toqat etishmaydi. 
3.Men uzundan-uzoq navbatda turishni yoqtirmayman va tez-tez undan 
oxirigacha turmasdan ketib qolaman. 
4.Men tish og‘rig‘i singari uzoq dardli holatlarga chidamliman. 
5.Odatda men uzoq vaqt ochlikni o‘tkaza olaman. 
6.Men parhez orqali davolanishga chiday olmayman.
7.Jismoniy tarbiya darsida charchaganimda, unda mashqlarni bajarishni 
to‘xtataman. 


8.Men zerikarli ishni oxiriga etkazmasdan tezda tashlayman. 
9.Odatda menga o‘zimni ishlashga majbur qilish qiyin 
10.Men charchashimga qaramasdan ishni yarmida tashlab ketmayman. 
11.Menga vazifani bajarish uchun o‘zimni kuchaytirishga yo‘naltiradigan 
jismoniy ish yoqadi. 
12.Men ishonch bilan ayta olamanki, men sabr-bardoshliman. 
13.Charchashimga qaramasdan, men barcha kuchim bilan yugurishda yuqori 
tempni tutib turishga harakat qilaman. 
14.Kachon bekatda uzok vaqt transport kutganimda men shoshilmayotgan 
bo‘lsamda bezovtalanaman. 
15.Men ogriqqa chidamsizman. 
16.Men o‘zimni irodasi ojiz deb hisoblashni xohlamayman shuning uchun har 
safar ogir jismoniy ishni oxirigacha etkazishga harakat qilaman. 
17.Men “Maydonga tushgan manglayini qashimas” tamoyiliga amal qilaman. 
18. Aql bilan ish ko‘rish lozim. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish