Eksperimental psixologiya va praktikum


Ixtiyorsiz dikkatning ko’chuvchanlik va bo’lunuvchanlik xususiyaglari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/135
Sana03.06.2023
Hajmi0,6 Mb.
#948542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
Eksperimental psixologiya va praktikum

 
 Ixtiyorsiz dikkatning ko’chuvchanlik va bo’lunuvchanlik xususiyaglari.
4.
 
Natijani qayta ishlash va tahlil etish.
5.
 
Natijalarni hisoblash va tahlil qilish. 
 
O’quv maqsad:
 
Diqqat konsentratsiyasining o’quv jarayonidagi urnini 
o’rganish va konsentratsiya qobiliyatini baholash. Diqqatning charchashi va 
konsentratsiyaning beqarorligini o’rganish. Ixtiyorsiz dikkatning ko’chuvchanlik 
va bo’lunuvchanlik xususiyaglari. Natijani qayta ishlash va tahlil etish. Natijalarni 
hisoblash va tahlil qilish. va o’rganish 
 
Kalit so’zlar
: Diqqat, konsentratsiya, Ixtiyorsiz dikkat, ixtiyoriy diqat, 
1. 
Diqqat konsentratsiyasining o’quv jarayonidagi urnini o’rganish 
va konsentratsiya qobiliyatini baholash. 
Insonning biron-bir narsani bilishi, anglashi va ularni idrok etish, xotirada 
saqlash yoki biron-bir muammo ustida mushohada yuritishi uchun ongini to’plashi 
va yo’naltirishi lozim bo’ladi. Diqqatn ing muhim 
xususiyatlari uningto’planishi va yo’nalganlik xarakteriga egaligidir. Bilimlarni 
o’zlashtirish jarayonida har bir ruhiy jarayonning o’ziga xos o’rni borligi sir 
emas. Ammo ularni yaqqol va mahsuldor natijalarga ega bo’lishi ko’p jihatdan 
shaxs ruhiyatining shunday bo’g’iniga bog’liqki, ko’p holatlarda psixik 
jarayonlarning rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar vaqtida e’tibordan chetda 
qoldiriladi.
Diqqatni amaliy o’rganish va uning natijalarini psixologik tahlil etish shaxs 
faoliyatini samarali tashkil etish imkonini beradi. Diqqatning nazorat funksiyasi 
har bir bajarilayotgan vazifalarning optimallik darajasiga bog’liq bo’ladi.SHu 
sababli ham ko’pincha ishlash qobiliyati, faoliyatning bir maromda va barqaror 
yuqori samara bilan bajarilishi diqqatning rivojlanganlik darajasiga bog’liq.
Diqqatning boshqa ruhiy jarayonlardan farqli tomoni shundaki, uni 
baholashda bir qator jihatlari inobatga olinadi. Diqqatning psixik jarayon sifatida 
qarash yoki uni jarayon sifatida e’tiborga olmaydigan tomonlari ham 
mavjud.Diqqatning psixik jarayon emasligiga sabab uning alohida faoliyat 
mahsuliga ega bo’lmasligida. Aksincha diqqatni boshqa psixik jarayonlar bilan 
munosabatida jarayon sifatidn sub’yektning bu axborotni o’zlashtirish uchun 
qanday qilib ongni to’plash imkoniyati bilan, baholanadi. 
Har xil turli stimulli sharoitda diqqat ko’lamini ixtiyoriy boshqarish ancha 
cheklangan. Stimullarning ma’noli tuzilmasi esa, yuqori ko’rsatkichga olib keladi. 
Diqqat ko’lamining cheklanganligi sensor-perseptiv zonaga tushgan ob’yektlarning 


doimiy ajratib olinganligi bilan belgilanadi. Ajratilmay qolgan ob’yektlar esa fon 
sifatida ishtirok etadi. Diqqat yo’naltirilgan bir qator ob’yektlar bo’ladiki, ammo 
ularning hammasini ham tanlab bo’lmaydi. Faqat diqqat ajrata olgan qismigina 
uning tanlovchanligini ifodalaydi.
Diqqatning barqarorligi- bu sub’yektning psixik faollik yo’nalishidan 
chalg’imasdan, ob’yekt ustida diqqatni to’plab tura olishi vaqtiga aytiladi.
Diqqatning to’planganligi har xil chet ta’sirlar sharoitida sub’yektning ob’yekt 
ustida ongini to’plab tura olish qobiliyati bilan izohlanadi. 
Diqqatning taqsimlanishi sub’yektning bir vaqtning o’zida bir necha 
ob’yektga yo’nalganligi va imkoniyatiga aytiladi.Eksperimentda diqqatning 
taqsimlanganligini bir topshiriqni bajarishda qanchalik vaqt ketganligini, aynan 
ushbu topshiriqni boshqalari bilan birgalikda bajargan sharoitda qanday natija 
berganligi bilan taqqoslanadi. 
Diqqatning ko’chishi deganda, bir ob’yektdan ikkinchi bir ob’yekga, bir 
faoliyat turidan ikkinchisiga ixtiyoriy ko’chib o’tishi bilan xarakterlanadi. 
YUqorida sanab o’tilgan diqqat xususiyatlari funksional birlikka ega va ularni 
ajratish esa eksperimental usullar orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababli ham 
bugungi kunda diqqat xususiyatlarini o’rganishda psixologiya tarmoqlarida mavjud 
usullarning boshqa fanlar usullari bilan o’zaro hamkorligida amalga 
oshirilmoqda.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish