Kodlarni boshqarish metodlari
Stimul kodlanish usuli uni xotirada saqlanish ehtimoliga ta’sir etishi
tasdiqlangan. Xotirada kodlanishga ta’sir qiluvchi sharoitni o’rganishda
qo’llaniladigan metodlardan biri bu kodlanish jarayonida berilayotgan yodda
qoluvchi stimullarni qisman va anglangan holatda qabul qilinishini bilgan holda,
ishtirokchilar sonini oshirishdir. Masalan, Slametska va Graf (1978) xotiraning
generatsiya effekti nomli tajribani o’tkazib ko’rdilar. Generatsiya effekti
tajribalarida ma’lumot birinchi to’liq bo’lmagan holatda berilgan, ishtirokchi esa
ma’lumotni to’liq shakllantirgan. Bunda stimullar generatsiyasining turli
usullaridan foydalanilgan; masalan, generatsiya jarayoni o’zida so’z fragmentining
yechimi yoki so’zga kalit hisoblanuvchi antonim yoki sinonimni belgilash
(masalan, “sovuq” so’zini generatsiya qilish orqali, “issiq” so’zini eslash). Bu
tajribalarda generatsiyalangan elementlar uchun xotira kodlanish fazasi ishtirokchi
o’qigan element bilan bog’liq xotira bilan solishtiriladi (Greyene, 1988; Nairne,
Pusen & Vidner, 1985; Nairne & Vidner, 1988).
2. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotirani diagnostika qilish.
Tadqiqotchilar tajribalarda xotiraga tashqi muhit ta’sirini o’rganishda turli
noto’liq va yaxshi bo’lmagan sharoitlardan foydalandilar. Kolers va Ostry (1974)
ishtirokchilarga kodlanish fazasida matnni o’qish vazifasini berishdi; keyinchalik
kodlanish jarayonida o’girilgan matnni tushunish oddiy sharoitda o’qilgan matndan
ko’ra xotirada yaxshi saqlanganini aniqlashdi. Xuddi shunday, so’zlar tez
ko’rsatilganda va vizual shovqin orqali biroz berkitilgandagiga qaraganda so’zlar
uzoq muddatda taqdim etilganida oson qabul qilinadi (Mulligan, 2000; Nairne,
1988; Vesterman & Greyene, 1997).
Kraik va Tulving (1975)ning klassik o’rganishlari xotirani kodlashga ta’sir
etuvchi sharoitlarni taqdim etdi. Kraik va Tulving (1975) o’z tajribalarida to’satdan
kodlanish amaliyotlaridan foydalanishdi; ishtirokchilarga tajribaning birinchi
bosqichida so’zlar qatori beriladi, ammo hech qanday vazifa berilmaydi.
Ishtirokchilarga taqdim etilgan so’zlarga oid savollar beriladi. Har bir savolga “ha”
yoki “yo’k” deb javob berish yoki so’zlarga oid boshka jabhalarni aytish kerak
bo’ladi. Savollar uchta tipda beriladi: so’zlarning tuzilishiga oid (masalan, so’z
katta harflar bilan yozilganmi?), so’zdagi tovushlar bilan bog’liq (masalan,
qofiyaviy so’zni ifodalaydi) va so’zning ma’nosi bilan bog’lik (masalan, so’z
gapga qo’shilib keladi). Ko’plab so’zlar haqida berilgan bir savolga javob
berilganidan so’ng, tadqiqotchilar ushbu so’zlarga oid testlarni taqdim etishgan.
So’zlarni tanish testi tekshirilayotgan so’zning xotirada saqlanishi kodlanish
bosqichida berilayotgan savol tipiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Savol butun bir
so’zning ma’nosiga bog’liq bo’lganida, xotirada saqlanish samaradorligi eng
yuqori, strukturasi bilan bog’lik bo’lganida eng past bo’ladi. Savol butun so’zning
tarkibiga kiruvchi tovush bilan bog’liq bo’lganda, natija o’rtacha bo’ldi. Bu
natijalar xotirada saqlash va tanish testlarida ko’p bora qayd etilgan (Lotskxart &
sraik, 1990) bo’lib, Kraik va Lokxart (1972) tomonidan kutilgan natijalarni
ko’rsatdi. Qayta ishlash tuzilmalarining darajasi xotira stimul yuzaga kelish
sohasida paydo bo’ladigan chuqur jarayonning bir qismi ekanligini taxmin qilish
imkonini beradi. Ushbu sxemaga mos ravishda aytadigan bo’lsak, struktur
xarakteristikasi birlamchi qilib olinadigan stimullar ahamiyati birinchi o’ringa
qo’yiladigan stimullarga qaraganda kamroq yodda saqlanadi.
Ushbu sxemaga ko’ra stimulning ahamiyati yaxshiroq inobatga olinadigan
bo’lsada, xotira jarayonlarini kodlash xotirani tadqiq qilishda muhimroq
ahamiyatga ega (qarang Lokxart & Kreyk, 1990). Biroq xatto ushbu yo’nalish
jabhalari ham o’ziga xos kamchiliklarga ega. Masalan, qayta ishlash
strukturasining ko’rsatishicha, fonologik va tuzilmaviy jarayonlarga qaraganda
semantik qayta ishlash xotira samaradorligining ortishiga sabab bo’ladi.
Umuman olganda kodlashtirishda semantik qayta ishlash sharhlash va tan
olishning eng yuqori darajasiga olib kelishi to’g’riligiga qaramasdan, bu qoidadan
tashqari chiqish ko’p bo’lmadi, chunki semantik qayta ishlash har doim ham
maydaroq darajada bo’lgan qayta ishlash bilan taqqoslaganda xotiraning yuqori
samaradorligiga olib kelmaydi. Binobarin, qayta ishlash usuli xotiraning keyingi
mahsuldorligi uchun eng foydali bo’lsada, xotira vazifasining bajarilishi kerak
bo’lgan tipiga bog’liq.
Garchi qayta ishlash darajalarida xotira jarayonlarini koddlashtirish
muhimligi
ta’kidlansada, bu g’oya xotirani o’rganishga bag’ishlangan
tadqiqotlarga katta ta’sir ko’rsatdi (qarang Lokxart & Kreyk, 1990), Masalan,
qayta ishlash tuzilmalarining darajasi semantik qayta ishlash fonologik va
tuzilmaviy jarayonga nisbatan xotiraning yuqori mahsuldorligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |