Ekoturizmni rivojlantirishga doir me’yoriy hujjatlari. Davlat standartlari.
Hozirda bozor munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi turizmi oldiga ancha murakkab, keskin shartlarni keltirib chiqardi. Turizm izimini tubdan qayta tashkil qilish, turizmni boshqarishning markazlashtirilgan mexanizmlaridan farq qiluvchi amaliy iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish zaruratlari kelib chiqdi. Yangi iqtisodiy mexanizmlar O‘zbekistonda turizmni hududlar bo‘yicha bir tekis rivojlantirish, barcha turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini izlashni talab qilmoqda. Ayniqsa, ekoturizm va rekreatsiya turizmlarini jadal rivojlantirish kun tartibiga qo‘yilmoqda. Qayd qilingan dolzarb muammolarning yechimini topishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni asos bo‘ladi, mamlakatimizda turizmni, xalqaro turizmni rivojlantirishda tub burilishni, yangi bosqichning zaminini, istiqbolli islohotlarning sharoitlarini yaratadi. Prezident farmonida:
“Mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanishda:
– ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojlantirish, bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish,
– ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”;
– respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning talablari va ehtiyojlariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini rivojlantirish belgilangan. Farmon turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, uni mamlakat iqtisodiyotini barqaror o‘stirishning, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishning, aholi turmush 51 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 2016-yil 2-dekabrdagi
darajasi va sifatini oshirishda turizm rolini kuchaytirishning qudratli vositasiga aylantirishga qaratilgandir. Farmonga asoslangan holda aholining dam olish sharoitlarini tashkil qilishda O‘zbekistonning suv havzalaridan ekoturizm va rekreatsiyada foydalanish turizmni ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda rivojlantirishni talab qilmoqda. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, hozirgacha mamlakatimizning suv havzalaridan turizmda foydalanish masalalari ilmiy-amaliy jihatlardan tadqiq
qilinmayapti. Bu holatning asosiy sabablaridan biri O‘zbekistonning suv havzalari davlat muhofazasida turganligi hisoblanadi. Hozirga kelib insonning dam olishida suv resurslaridan foydalanish eng oldingi o‘rinlarga chiqmoqda. Nazariy jihatdan qaralganda ekoturizm va rekreatsiyani tashkil qilishda mamlakatimizdagi suv omborlari eng qulay turistik resurslardan hisoblanadi. Lekin qayd qilganimizdek, suv omborlari davlat muhofazasida ekanligidan, bu suv omborlaridan ekoturizm va rekreatsiyada foydalanish ancha murakkab bo‘lgan masalalarni hal qilishni talab qiladi. Lekin shu holatni ham keltirish lozimki, suv omborlari atroflarida yashayotgan aholi yozning haroratli kunlarida ushbu suv omborlari sohillarida dam olmoqda. Bizning birinchi o‘rindagi vazifamiz o‘z vatanimizning aholisi uchun bu suv omborlaridan ekoturizm va rekreatsiyada foydalanish masalalarini ko‘tarishimiz va bu masalalarning
yechimlarini hal qilishimiz hisoblanadi. Buning uchun esa albatta suv omborlari ma’muriyatlari bilan ushbu masalalarni o‘rganish, dastlabki vaqtlarda suv omborlari sohillarida o‘z aholimizning dam olishlarini tashkil qilishning hayotiy zaruratini tushunish va tashkil qilishni boshlashimiz kerak.
Suv omborlarida ekoturizm va rekreatsiyani tashkil qilishning birinchi imkoniyatlari bu – o‘rganilayotgan suv omborlariga va
daryolarga ekoturistik-rekreatsiya marshrutlarini ishlab chiqish
hisoblanadi. Adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish natijalaridan
ma’lum bo‘ldiki, mamlakatimizda hozirgacha bu masala turizmda
e’tibordan chetda qolmoqda.
Lekin aholining suv havzalarida yozning katta haroratli
kunlarida dam olishga talablari yildan-yilga oshib borishini hisobga
olsak, albatta bu suv havzalaridagi suv resurslaridan ekoturizm
va rekreatsiyada foydalanish muammolarini o‘rganishimiz va bu
muammolarning yechimlarini topishimiz lozim:
1. Suv havzalari va suv omborlaridan ekoturizm-rekreatsiyada
foydalanishda, ekoturizmni va rekreatsiya turizmlarini
rivojlantirishda foydalanishdagi cheklovlar borligi aniqlandi.
2. Ekoturizm-rekreatsiyada suv resurslaridan turizmda
foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlari to‘liq ishlab
chiqilmagan.
3. Mamlakatimizning suv havzalari va suv omborlaridan
ekoturizm va rekreatsiya turizmlarini rivojlantirishda tadbirkorlik,
tashabbuskorlik, turizm biznesi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish, mahalliy
mehnat resurslarining ish bilan band bo‘lishi, mahalliy va davlat
budjetiga valuta va milliy valutaning kirib kelishdagi ta’limtarg‘ibot, qiziqtirish, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish ishlari qoniqarsiz
holatda.
4. Ekoturizm va rekreatsiya turizmida suv resurslarining
turizmda foydalanish jihatidan ro‘yxatga olinmaganligi, ta’riftavsiflari yaratilmagan.
5. Ekoturizm va rekreatsiyada suv makonlariga turistik marshrut
va turistik ekskursiya marshrutlarining ishlab chiqilmaganligi,
reklama qilinmagan.
6. Ekoturizm va rekreatsiya turizmidagi suv obyektlarida
turistlarga xizmatlar ko‘rsatish infratuzilmalarini yaratish
qoniqarsiz holatda.
7. Ekoturizm va rekreatsiya turizmlarini suv havzalarida
rivojlantirishda ichki va xalqaro talablardagi reklamalarning
turizm bozoriga ishlab chiqilmagan.
8. Aholi uchun ekoturizm va rekreatsiyada suv havzalariga
turizm marshrutlari, ekskursiyalari, rekreatsiyani tashkil qilishda
boshqaruvning (turistik tashkilotlar, turistik firmalar, tadbirkorlik
faoliyatlari) tashkil qilinmagan.
Suv havzalarida ekoturizm va rekreatsiyani rivojlantirishdagi
vazifalar:
1. Ekoturizm va rekreatsiya turizmida suv havzalari resurslarini
belgilash, georafik xaritasini ishlab chiqish, har bir resurslar va
obyektlarning ta’rif-tavsiflarini yaratish.
2. Ekoturizm va rekreatsiya turizmida suv resurslaridan
turizmda foydalanish darajalari, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni
ishlab chiqish.
3. Ekoturizm va rekreatsiya turizmlarini suv havzalarida
rivojlantirishda ta’lim-targ‘ibot, qiziqtirish, yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatish dasturlarini ishlab chiqish.
4. Suv havzalarida aholining dam olish sharoitlarini rekreatsiya
obyektlarida tashkil qilish dasturlarini ishlab chiqish.
5. Ekoturizm va rekreatsiya turizmida suv havzalari obyektlarida
turistik ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish infratuzilmalarini
yaratishga kirishish.
6. Ekoturizm va rekreatsiya turizmida suv havzalariga majmuali
turistik marshrutlarini, turistik ekskursiya marshrutlarini ishlab
chiqish, reklama qilish.
7. Suv havzalaridan turizmda foydalanish bo‘yicha turistik
firmalar, turistik tashkilotlar tashkil qilishning iqtisodiy-ijtimoiy
samarali ekanligini asoslash.
Tayanch so‘z va iboralar: suv havzalari, suv resurslari, chuchuk
suvlar, grunt suvlari, atmosfera suvlari, qaytim suvlar, harorat.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar:
1. Suv resurslarini tushuntiring.
2. O‘zbekistonning suv resurslarini ta’riflang.
3. O‘zbekistonda nechta daryolar bor?
4. O‘zbekistondagi ko‘llarni gapirib bering.
5. O‘zbekistonda suv sarfini tushuntiring.
6. Siz yashab turgan yerdagi suv resurslarini gapirib bering.
7. Suvdan zamonaviy usullarda qanday foydalanish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |