O`simlik va hayvonlarning jamoada bunday rivojlanish bosqichi shakllangan jamoa deb ataladi. Keyinchalik jamoaning rivojlanishi yanada ham tashqi muhit bilan bog’laigan munosabatlar uyg’unligi bilan davom etadi. Jamoaning tashqi muhit bilan uyg’unligi chet el adabiyotlarida klimaks deb ataladi. Ikkilamchi suktsessiyalar jamoaning asta-sekin tashqi muhitga ta`sir etib uni o`zgartirishi yoki to`g’ridan-to`g’ri tashqi taassurotlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Tashqi taassurotlar natijasida almashinish o`z-o`zidan yoky to`satdan bo`lishi mumkin. U iqlim, tuproq, tirik organizmlar va yong’in hamda inson ta`siri kabilar bilan bog’lanishi mumkin. Asta-sekin o`zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o`t bosishi, dasht jamoasining o`rmon bilan almashinishi kabilarni ko`rsatish mumkin. Jamoaning to`satdan almashinishi har xil xarakterdagi halokatli ta`sirlar natijasida sodir bo`ladi. Bular suv bosish, surilish, yong’in, erni haydab yuborish, o`rmonlarni kesish va hokazolardir. To`satdan jamoaning almashinishi turlarning halok bo`lishi va uning keyinchalik asta-sekin tiklanishida Ekosistema (yun. Uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema — birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistemada uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. “E.” terminini ingliz botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli taʼbiricha, ekologiya nuqtai nazaridan E. Yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim E.da ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan. Ekosistema (yun. Uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema — birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistemada uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. “E.” terminini ingliz botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli taʼbiricha, ekologiya nuqtai nazaridan E. Yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim E.da ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan. - “E.” tushunchasini har xil murakkablikdagi va oʻlchamdagi obʼyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Mas, hovuz, koʻl E.si bilan birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi E.sini koʻrsatish mumkin. Oʻrmon ham E., uning chegarasida har xil tipdagi tuproqlar, chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqalar E.ni ajratish mumkin. Koʻpincha “E.” tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. E.ning tirik va notirik komponentlari oʻrtasida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. E. Terminini sunʼiy E. (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqalar) ga nisbatan ham qoʻllash mumkin. E. Oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (mas, efemer suv havzalari, koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin. Murakkablik darajasidan qatʼi nazar E. Turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |