1.1.Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari. Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ekonometrikaning vazifalari: 1) Modelni spesifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish.
2) Modelniparametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash.
3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va butun modelning o‘zini tekshirish.
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va takliflar ishlab chiqish
1.2.Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati. Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti subhektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin:
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko’rsatkichlari, omillar va obhektlar majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3. Modelli – ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish.
1.3.Chiziqli va chiziqsiz regression bog‘lanishlar. Juft regressiya kabi ko’p omilli regressiyaning ham chiziqli va chiziqli bo’lmagan turli tenglamalari bo’lishi mumkin. Parametrlarini aniq tahlil qilish imkoniyati mavjud bo’lgani uchun ko’proq chiziqli va darajali funktsiyalar qo’llaniladi. y a b1 x1 b2 x2 ... bp xp ko’p omilli chiziqli regressiyada, x o’zgaruvchi oldidagi parametirlar “toza” regressiya koeffitsentlar deb ataladi. Ular mos omil 1- birlikka o’zgarganda, qolgan omillar o’zgarmagan holda natijaning o’rtacha o’zgarishini tavsiflaydi. Korrelyatsion nazariyasining asosiy masalalaridan biri korrelyatsion bog‘lanish shaklini aniqlash, ya’ni uning regressiya funksiyasi kо‘rinishini (chiziqli, kvadratik, kо‘rsatkichli va hokozo) topishdan iborat. Regressiya funksiyalari kо‘p hollarda chiziqli bо‘ladi.