Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat zaxarlari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat zaxarlari. 
Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko‘p uchraydigan omillar guruhini tashkil 
etadi. Zamonaviy sanoat korxonalarida 60 mingdan ortiq turli xildagi va ko‘rinishdagi kimyoviy 
moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar korxonalar uchun xomashyo mahsulotlari yoki ishlab 
chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq mahsulotlarga doir kimyoviy moddalar yoki 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
38 
korxonaning yakuniy mahsuloti bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning fizikaviy va kimyoviy 
xossalari, agregat holatlari hamda texnologik jarayonning tabiatiga muvofiq ular ishchilar 
organizmiga turli yo‘llar bilan kirishi mumkin. 
Eng muhim kirish yo‘li ingalyasion ya’ni nafas yo‘li orqali kirish hisoblanadi chunki juda 
ko‘p holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ishchi zonasi havosi ana shu kimyoviy 
moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Buning ustiga sanoat zaharlarining ingalatston yo‘li orqali 
tushishidagi ta’siri yorqinroq namoyon bo‘ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizmga 
kirganda o‘pka orqali bevosita qonga o‘tadi va jigar to‘sig‘ini chetlab o‘tib hujayra, to‘qima va 
organlarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari kimyoviy moddalarning ishchilar 
organizmiga ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i, shikastlanmagan badan terisi yoki shilliq qavatlar orqali 
tushishi mumkin. 
Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi navbatda organizmda u yoki bu 
nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa ularning qayta taqsimlanishi natijasida moddalar organ 
yoki to‘qimalarda to‘planishi kuzatiladi. Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat qismi 
oksidlanish, qaytalanish, metillanishjarayonlari tuf’ayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning 
ko‘pchiligi jigar to‘qimasida sodir bo‘lganligi sababli aynan shu organ ko‘proq zararli ta’sirga 
ducho r bo‘ladi. Kimyoviy moddalarning ayrim qismi organizmdan o‘zgarmagan holda chiqarib 
yuboriladi. Kimyoviy moddalarning chiqarilishi yoki metabolik jarayondan hosil bo‘ladigan 
birikmalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga oshiriladi. Ayrimturdagi moddalargina ter 
bezlari, o‘pka, chiqaruv yo‘llari, so‘lak bezlari orqali chiqarilishi mumkin, ayrim yog‘da eruvchi 
moddalar ona suti orqali chiqarilib, bola organizmiga kirishi ham mumkin. 
Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta’sir etish muddatiga bog‘liq holda 
organizmda o‘tkir va surunkali zaharlanish holatlarini yoki moddaning spetsifik ta’sir samarasi 
kelib chiqishi mumkin. Zaharlangan holatning yuzaga kelishi bir qator gigienik xarakteristikalarga 
bog‘liq holda bo‘lishi ham mumkin: moddaning suvda yoki yog‘da eruvchanligi, barqarorlik 
darajasi, kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi. 
Kumulatsiya - kimyoviy moddaning organizmda to‘planishi demak. Shunga muvofiq moddiy 
va funksional kumulatsiyalar farqlanadi. Moddiy kumulatsiya - ma’lum bir moddaning organizmda 
to‘planishini bildirsa, funksional kumulatsiya — moddaning ta’sir samarasini ko‘rsatadi. Moddiy 
kumulatsiya ko‘proq kimyoviy moddaning barqarorligiga bog‘liq bo‘lsa, funksional kumulatsiya 
moddaning zaharlilik darajasiga bog‘liqdir. 
Organizm uchun xavflilik darajasi bo‘yicha shu moddaning barcha gigienik ta’riflarini 
inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 zaharlilik sinfiga bo‘lish qabul qilingan: 
1-sinf – o‘ta xavfli moddalar; 
2-sinf - yuqori xavfli moddalar; 
3- sinf - o‘rtacha xavfli moddalar; 
4- sinf - kam xavfli moddalar. 
Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametrlardan foydalaniladi: LD 
50

CL 
50
(o‘rtacha o‘lim chaqiruvchi doza yoki konsentratsiya), Kkum (kumulyativlik koeffitsienti) 
hamda REK qiymatlari. Bularning hammasi toksikologik tajribalar asosida hisoblab topilgan 
qiymatlardir. Masalan, LD 
50
- 15 mg/kg va undan kam bo‘lgan kimyoviy moddalar I sinfga doir 
xavflilik guruhiga, 15-159 mg/kg atrofida bo‘lsa - II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‘lsa - III sinfga, 
5000 mg/kg dan ortiq bo‘lsa - IV xavflilik sinfiga taalluqli bo‘ladi. 
O‘ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar I sinfga, yuqori kumulyativlik 
xossasiga ega bo‘lgan moddalar II - sinfga, o‘rtacha kumulyativlik xususiyatga ega bo‘lgan 
moddalar III sinfga va past kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar IV sinfga taalluqlidir. 
Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va bolalar organizmining 
yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga olish zaruriy hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, 
marganets va bor moddalariga nisbatan erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon qiladi. 
Zaharli moddalarning ta’sir etish samarasi yuqori harorat va namlik sharoitlarida hamda bir 
vaqtning o‘zida yuqori darajadagi shovqin va tebranish ta’sir etganda juda yuqori bo‘ladi. SHu bilan 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
39 
birga og‘ir jismoniy mehnat bajarganda ham sanoat zaharlarining ta’sir etish samarasi juda yuqori 
bo‘lishi tasdiqlangan. 
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari, odatda, kombinatsiyalashgan (birikkan) holda 
ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida turli ko‘rinishdagi ta’sir samaralari namoyon bo‘ladi: qo‘shilgan 
ta’sir (odditiy samara), ta’sir samarasining kuchayishi (potensirovanie), antogonizm (ta’sir 
samarasining pasayishi), bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ta’sir kabilar. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish