Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

 Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi 
Tebranishning manbai qattiq jismlarning mexanik tebranishi bo‘lib, ishchilar organizmiga 
shovqindan farqli o‘laroq qandaydir muhitlar orqali uzatilmay (havo, suv), balki ishchi tanasining 
tebranuvchi jismga bevosita tegishi orqali uzatiladi. Tebranish ham chastotasi va amplitudasi bilan 
ta’riflanadi. Tebranishining chastotasi Gs larda ifodalaniladi. 1 Gs -1 sek ichidagi tebranish soni. 
Amplituda –mm yoki sm da ifodalaniladi. Tebranish tezligi sm sek da ifodalaniladi Tebranish 
qiymatini vibro tezlanish ifodalaydi va u chastota va amplitudaning hosilasi hisoblanadi. SHovqin 
kabi tebranish qiymati nisbiy birlikda - dB ifodalanadi. 5 x 10 sm tebranish tezligi 5 x 10 min sek 
nol hisobida olinadi 
Bunda 0 dB qilib 5.10 -5 m/sek vibro tezlanish qabul qilingan (eshitish bo‘sag‘asi - 5.10 -4 
m/sek, og‘riq bo‘sag‘asi - 1 m/sek). Tebranishning odam organizmiga uzatilish nuqtasiga qarab 
umumiy va mahalliy ta’sir farqlanadi. Mahalliy tebranishda uning ta’siriga ko‘pincha qo‘llar 
uchraydi, umumiy tebranishda esa butun tana (transport haydovchilari), ishchilarga ko‘pincha ham 
umumiy ham mahalliy tebranish ta’sir qiladi (stanokda ishlovchilar). Tebranish odam organizmiga 
ko‘zga ko‘rinarli ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Organizmda kelib chiqadigan o‘zgarishlarning 
xarakteri va chuqurligi, tebranish darajasiga, uning chastotali tarkibi va organizmga ta’sir qilish 
muddatiga bog‘liqdir. Tebranishning uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa boshqa turdagi 
nomuvofiq omillar bilan qo‘shilib ta’sir etganda (sovutuvchi mikroiqlim, shovqin) vibratsion 
kasallikning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu kasallik mahalliy, umumiy tebranish ta’sir etganda 
rivojlanadi, ammo eng ko‘p ahamiyatga lokal tebranish ta’siri egadir, chunki u ishchining qo‘llariga 
ta’sir etadi. Kasallikning rivojlanish asosi murakkab mexanizmga ega bo‘lib, neyroreflektor va 
neyrogumoral buzilishlar hisoblanadi, shu bilan birga eng ko‘p darajada qon tomirlari tonusining 
boshqarilishi izdan chiqadi. Kapillyarlarning uzoq muddatli spastik holati natijasida asta-sekinlik 
bilan nerv - mushak va suyak - bo‘g‘in apparati jarohatlanib, polinevropatiya, sezgilarning buzilishi
mushaklarning o‘zgarishi, suyak to‘qimasining degenerativ - distrofik o‘zgarishlari, bo‘g‘inlarning 
o‘zgarishlarida namoyon bo‘la boshlaydi. Alohida (chegaralangan) tebranishlarning surunkali 
ta’siridan organizmda quyidagi funksional o‘zgarishlar yuzaga keladi: tebranishga va tashqi muhit 
ta’siriga bo‘lgan sezgirlik yo‘qoladi, kapillyarlarda tropik o‘zgarishlar, jumladan ularning 
qisqarishi, oxiriga etmay uzilishi va h.k. kuzatiladi. Qo‘llarning hajmi vena qon tomirlarida qonning 
sekin siljishi (dimlanishi) natijasida kattalashadi, harorati pasayadi. Uzoq vaqt davomida 
tebranishlarning ta’siri tufayli, tebranish kasalligi (tomir tortishi, mayda tomirlarning siqilishi, 
mushak-suyak va biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zgarishi) kelib chiqadi. 
Umumiy tebranish ta’sir etganda ko‘pincha vestibulopatiya belgilari namoyon bo‘lib, bosh 
aylanishi, bosh og‘rishi, gipergidroz holatlari kuzatiladi. 
Har qanday holda ham vibratsion kasallik umumiy kasallik hisoblanib, yuqorida keltirilgan 
kasallik belgilaridan tashqari MNS, hazm qilish organlari, jinsiy organlar faoliyatidagi o‘zgarishlari 
qayd qilinadi. 
Tebranish vibrometr yoki vibrograf asboblar bilan aniqlanadi. Ularning uslubi, shovqin 
o‘lchaydigan asboblar bilan bir xilda, shuning uchun tovush o‘lchash asboblaridan foydalaniladi 
(ISHV-10), faqat o‘tkazuvchi (datchik) o‘rniga mikrofon ulanadi. 
Agar tebranish takrorlanishi 10 Gs dan kam bo‘lsa, bu asboblarni ishlata olmaymiz, shuning 
uchun tebranishni aniqlashda quyi takrorlanuvchi vibroo‘lchagich asboblari NVA -1 ishlatiladi, bu 
asboblar diapazoni 1,4-355 Gts ga teng tebranishlarni aniqlaydi.Tebranishlar odam gavdasiga ta’siri 
tufayli har xil organlar va to‘qimalarning qo‘zg‘alishi kuzatiladi, buning natijasida organizmning 
funksional holati o‘zgaradi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish