Teskari osmos odatda quyidagi hollarda farmasevtik maqsadlar uchun suv olish tizimlarida foydalaniladi: regeneratsiya uchun zarur kislota va ishqor sarfini kamaytirish uchun ion almashinuvi
qurilmalari oldiga;
tozalangan suvni tayyorlash uchun;
in’eksiyalar uchun suv tayyorlash uchun distillyatsiyadan oldingi tayyorlov bosqichi sifatida;
in’eksiyalar uchun suvni tayyorlash uchun yakuniy bosqich sifatida (ikki bosqichli osmos).
Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi Farmatsevtik maqsadlarda suvni tayyorlash uchun so‘nggi yillarda ikki bosqichli teskari
osmos tizimidan foydalaniladi. Dastlab suv teskari osmosning birinchi bosqichiga kelib tushadi.
Bunda hosil bo‘ladigan konsentrat chiqarib tashlanadi. Filtrat (permeat) teskari osmosning ikkinchi
bosqichiga uzatiladi va yana tozalanadi. Teskari osmosning ikkinchi bosqichida konsentratda
teskari osmatik qurilmadagi suvga qaraganda tuzlar kam bo‘lgani bois, uni uzatiladigan suv bilan
aralashtirish va shunday tarzda tizimga qaytarish mumkin. Teskari osmosdan suvni tozalashning
dastlabki bosqichi sifatida foydalanilganda bir bosqichli qurilmadan foydalanish mumkin. Tuz
miqdori va suvda xloridlar miqdori yuqori bo‘lganda mazkur qurilma olinadigan suvning
Farmakopeyada belgilangan sifatini ta’minlay olmaydi.
Ushbu usulning o‘z kamchiliklari mavjud. Teskari osmos suvdan hamma qo‘shimchalarni
bartaraf eta olmaydi hamda molekulyar og‘irligi juda kichik bo‘lgan erigan organik moddalarni
yo‘qotish qobiliyati ham juda past. Ion almashinuvi tizimlariga qaraganda teskari osmos solishtirma
elektr o‘tkazuvchanlikni ancha pasaytirish imkonini bermaydi, bunga, xususan, suvda uglerod gazi
miqdorining yuqoriligi to‘sqinlik qiladi. Uglerod dioksidi odatda teskari osmotik membranalardan
bemalol o‘tib ketadi va dastlabki suvdagi miqdorda permeatga tushadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik
uchun teskari osmotik modul oldidan anion almashinuvchi smolalardan yoki dekarbonizatordan
foydalanish tavsiya etiladi. Membranalar materiali yetarlicha nozik bo‘ladi, uning butunligi ham
buzilgan bo‘lishi mumkin, buning oqibatida butun teskari osmotik qurilmaning ishi izdan chiqadi.
Shuning uchun membranalarning tegishli materiallarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Erkin xlor ta’siriga dosh bera olmaydigan membranalardan foydalanganda ko‘mir filtrni o‘rnatish
yoki tarkibida natriy sulfit bo‘lgan birikmalarni dozalash maqbul yechim bo‘ladi.
Teskari osmotik membranalar yuqori haroratlar ta’siriga bardoshli emas. Shuning uchun suvni
qurilmaga berishdan oldin sovutish kerak.