Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Suvni yumshatish
. Suvni yumshatish ion almashishidagi tez-tez uchraydigan tasodifiy hol 
sanaladi. Suvni yumshatishda suvning qattiqligini pasaytirish uchun magniy va kalsiydek kationlar 
yo‘qotiladi. Yumshatish suvni ion almashuvchi va qayta so‘riluvchi membranaga tozalashga 
berishdan oldin ionlar tarkibini sezilarli pasaytirishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda qattiq tuzlar 
kationlarining natriy kationlariga almashishi sodir bo‘ladigan kationitlar bilan to‘ldirilgan avtomatik 
kolonka – yumshatuvchilardan foydalaniladi. Farmasevtik korxonalarda doimiy ravishda 
yumshatilgan suv olish uchun smolaning ion almashish regeneratsiyasi galma-gal bo‘ladigan 
dupleks qurilmalardan foydalaniladi. Smolaning almashinish sig‘imini pasaytirish uchun uning 
natriy xlorid bilan eritmasi yordamida davriy avtomatik tarzda yoki qo‘l yordamida regeneratsiya 
o‘tkaziladi. Suv tayyorlash sistemasida ko‘proq quyidagi 3 holatda yumshatishdan foydalaniladi: 
qayta so‘rilish va distillyatsiya oldidan; ion almashish qurilmasining regeneratsiyasi uchun 
foydalanishda ishlatiladigan suvni olishda; Faqat yumshatilgan suv yetarlicha olinadigan hollarda 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
90 
(avtoklavka, yuvish joylarida va b. suvdan foydalanishda). Yumshatuvchilar distilyatorning ichki 
yuzasi va qayta so‘rilish membranasida erimaydigan cho‘kmalarni hosil bo‘lish potensial 
imkoniyatlarini pasaytirgan holda asos suvdagi polivalent ionlarni yo‘qotadi. Shuningdek, 
yumshatishda qattiq tuzlar bilan birga bariy, alyuminiy, stronniy kabi foydali ionlarni ham 
yo‘qotishi mumkin. Yumshatish sistemasini ishlatishda filtratsiya tezligini noto‘g‘ri tanlash, 
smolaning organik mikrobiologik iflaslanishi, qurilmani ishlatish va saqlash qoidalariga rioya 
qilmaslik sababli smola elementlarining yorilishi, regeneratsiyada tuzli eritma bilan ifloslanish 
sababli kanallar paydo bo‘lish xavfi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Chastotani (regeneratsiya 
oraliq davri 24 s dan kam bo‘lmasligi) va yumshatuvchining ion almashish regeneratsiyasining 
davomiyligini to‘g‘ri tanlash zarur. Suvning qattiqligi monitoringgini olib borish, ya’ni, smolaning 
ajratilgan zarrachalarini yo‘qotish uchun filtratsiyadan o‘tkazish, yumshatish filtrini, tuz baki va b. 
ni natriy gipoxlorit bilan sanitar qayta tozalash (yiliga 1 marta) zarur.
Elektrodionlash ion almashinishning turlaridan biri hisoblanadi. Elektrodionlash sistemasi 
to‘xtovsiz oqim (maxsulot va konsentrlangan chiqindilar)ni va to‘xtovsiz regeneratsiyani ta’minlash 
uchun tanlab o‘tkazuvchi membrana va elektr zaryadli smola kombinatsiyasidan foydalanadi. 
Uzatilgan suv uch oqimga taqsimlanadi. Oqimning bir qismi elektrod kanali orqali o‘tadi, qolgan 
ikki qismi anion va membranalar orasida aralashgan smola qatlamlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
tozalash va konsentrlash kanaliga tushadi. Ion almashtirgich smolalarning aralashgan qatlamlari 
erigan ionlarni ushlab qoladi. Elektr toki qamrab olingan kationlarni o‘tkazuvchan membrana 
kationi orqali katodga, anionlar esa o‘tkazuvchan membrana anionlari orqali anodga yo‘naltiradi. 
Ion almashtirgich smolalar membrananing ikki tomonidan membrana orqali kation va anionlarni 
o‘tkazishni kuchaytiradi. O‘tkazuvchan membrana kationi anionlarning anodga kelishini, 
o‘tkazuvchan membrana anionlari esa kationlarning katodga kelishini to‘xtatadi. Bu bo‘lmada 
ionlar yuvilib, oqib ketib konsentrasiyalashadi. Natijada yuqori sifatli tozalangan suv olinadi. 
Tozalash kanali (smola seksiyasi)da gidroksil va vodorod ionlari elektr potensiyali smolaning 
to‘xtovsiz regeneratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektrodionlash jarayoni yordamida 
mineral moddalarni yo‘qotish mumkin. Bu usulning samarasi aralashmalarning boshlang‘ich 
tarkibiga, sistemaga uzatilgan suv oqimining tezligiga va suv tayyorlashning oldingi bosqichlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Elektrodionlash usulini qayta so‘rilish usuli bilan birgalikda olib borish maqsadga 
muvofiqdir.

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish