3.Biotik omillarni tirik organizmlarga ta’siri.
Organizmlar hayoti bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ana shu barcha tirik organizmlarning bir-biriga bo‘lgan ta’siri, ular orasidagi o‘zaro munosabatlar biotik omillar deyiladi.
Masalan, tuproqda bakteriyalar, zamburug‘lar va suv o‘tlari singari ko‘pgina mikroorganizmlar yashab, ular o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalaydi, havodagi erkin azotni to‘plab, yuksak o‘simliklar o‘zlashtiradigan holatga keltiradi (azot to‘plovchi azotobakteriyalar). Shuningdek, tuproqdagi yomg‘ir chuvalchangi ham tuproq strukturasini yaxshilashda ishtirok etadi va o‘simliklar hayotiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqda o‘simliklar hayotiga zarar keltiruvchi hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarning vakillari ham uchraydi. Masalan, may qo‘ng‘izi va kemiruvchilar o‘simlik ildizini hamda yer ustki qismlarini kemirib ularni quritishga olib keladi. Chorva mollari yaylovlarda uzliksiz boqilganda o‘simliklarga salbiy ta’sir qiladi. Biroq, hayvonlar ishtirokida o‘simliklar changlanadi, ularning urug‘ va mevalari tarqaladi.
O‘simliklarning o‘zlari ham bir-birlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘sadigan har qanday hududda turlar o‘rtasida yorug‘lik, namlik va oziqa moddalari uchun uzluksiz kurash boradi. Natijada bir individ yoki turning o‘sib rivojlanishi ikkinchi xil individ va turlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Masalan, shumg‘iya va zarpechak kabi gulli o‘simliklarning vakillari pomidor, qovun, tarvuz, bodring, uzum, beda va shu kabi madaniy o‘simliklarda parazitlik qilib, ularning hosildorligini 20-30% gacha kamaytirib yuborади.
Ekologik tizimlar.
Yuqorida takidlanganidek, ekologik tizimlar fazoda hamda vaqt oralig‘ida yetarli darajada aniq cheklanadilar. Yer yuzida, sayyoraning asosiy muhit toifalariga (havo, suv, tuproq) muvofiq ravishda tegishli ekologik tizim toifalari mavjud. Bu ekotizimlardagi u yoki bu muhit turi organizmlar uchun yashash joyi bo‘lib hizmat qiladi (quriqlikdagi yoki havo-tuproq ekologik tizimlari, suv ekotizimlari - jahon okeanida va kontenental suv havzalarida, tuproq ekotizimlari - tuproqning yuqori qatlamlaridan). Rus olimi V.N.Sukachevning biogeotsenoz ta’limiga ko‘ra, ayni tushuncha yerning faqat ma’lum geografik zonalari uchun hos bo‘lgan geografik alohidalashgan o‘simlik va hayvon guruhlarining hamjamiyatlarini o‘z tarkibida mujassamlashtiradi. Biogeotsenozga - (a,b- ekotizimlar - keng maydondagi ancha yirikroq, kengroq tashkillangan tizimlar tushunchasini ko‘zda tutadi; ularning tarkibida vaqt jihatidan uzoqroq muddatlarda shakllanadigan, rivojlanadigan va doimo harakatda bo‘lgan ko‘pchilik biogeotsenozlar mavjud (masalan, - o‘rmon, tog‘, cho‘l va shularga o‘xshash qator quruqlikdagi hamjamiyatlar). Biotsenozning shakllanishida, albatta ekotopning, ma’lum toifadagi hududda yashovchi o‘simlik va hayvon hamjamiyatlarining mavjud bo‘lishi - eng asosiy shartdir.
Ekotizimning holati hakida unda yashovchi ekologik indeqatorlar - hamjamiyatdagi hayotiy muhitning qulayligi, yoki ekosistemaning tang holatda ekanligidan darak beruvchi ma’lum turlarga mansub organizmlar yig‘indilari, o‘zgarishlarga qarab hulosa chiqarish mumkin. Masalan, hironomidlar (chivin kabi hashoratlar)ning lichinkalari daryo, ko‘l, kanal va boshqa suv havzalarida ko‘plab miqdorlarda uchrashiga qarab, ayni havzalarda antropogen ifloslanish jarayoni sodir bo‘layotganidan dalolat beradi; ko‘l balchig‘i tarkibida ko‘p sonli sulpfat bakterialarining uchrash holati esa - havzaning tajribali qarishi jarayoni sodir bo‘layotganligining isbotidir; tog‘larning faqat ekologik jihatdan toza, nihoyatda sof havoga boy bo‘lgan yerlardagina yoz oylari davomida bamisoli rangi hilma-hil bulut singari juda ham ko‘plab ming sonli kapalaklar uchib yuradi.
Biotsenoz va ekotopdan keyingi murakkabroq hamjamiyatlar bosqichi - landshaft deb nomlanadigan ya’ni yer yoki suv tubi yuzasining sifat belgilari bilan boshqa shunga o‘xshash joylardan ajralib turadigan (tekkis, notekkis, qirqilgan va shular kabi), geografik jihatdan alohidalashgan (tog‘li, tekkislik, past tekkislik, cho‘l, sahro va boshqalar) ekotizimning toifasi ma’lum. Ekotizimlarning, hayotiy muhit turi bo‘yicha bir-biridan alohidalanishiga qaramay, uchala toifa (yer-havo, tuproq va suv)dagi ekotizimlarning hammasi bir-biri bilan aloqador, boshqacha qilib aytganda ulardagi aloqalar ma’lum zonalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, okean ekotizimi bilan yer ustki ekotizim ning o‘zaro ta’sir qilish joyi - litaral zonasi, ya’ni suv bilan qirg‘oqning chegara qismida yuqorida ta’kidlangan ekotizimlarning modda (mahsulot) va energiya (quvvat) almashinuvi jarayoni sodir bo‘ladi.
Umuman butun Yer sayyorasiningg hususiy belgisi - quruqlik va okeanning o‘zaro doimiy moddalar va quvvat almashinuvidadir; pirovardida quruqlik ekotizimi bilan jahon okeanining biomi tashkil qilishi, umuman olganda esa barcha toifadagi asosiy ekotizimlarning birlashuvi - yagona global ekologik tizimni - biosferani hosil qiladi.
Tiriklikning Yer yuzidagi barcha hayotiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi hakidagi rioya mashhur rus olimi V.V.Dokuchayevning tuproq hosil bo‘lishi hakidagi ta’limotida XX asrning boshida birinchi bor ilmiy jihatdan asoslangan edi. Asrimizning 20 - yillari esa ulug‘ rus olimi V.I Vernadskiy o‘zining biosfera Yerning yagona global, dunyoviy tizimi ekanligi haqidagi ilmiy g‘oyasini birinchi bor ishlab chiqdi. V.I. Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’lim otining mohiyati , butun sayyorada sodir bo‘layotgan geologik - kimyoviy va energetik o‘zgarishlarga tirik organizmlarning ta’sir ko‘rsatishidadir va bunday taqlid biosferaning hozirgi zamon taraqqiyoti jarayonining buyuk bashorati bo‘lib chiqdi. Bunda buyuk olim Yer sayyorasi po‘stlog‘i o‘zgartirishda tirik jonivorlarning geologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlagan edi. V.I.Vernadskiy Yer sayyorasining hayot jarayoni mavjud, yoki o‘tmishda mavjud bo‘lgan, hamda tirik organizmlar ta’siri ostidagi, yoxud ilgari tirik jonivorlar ta’sir ko‘rsatgan qismi biosfera deb ataladi. Sayyoradagi barcha tirik organizmlarning yig‘indisi akademik Vernadskiy talqin qilishi bo‘yicha tirik modda deb ataladi; agarda ma’lum moddalarni hosil qilish jarayonida tirik organizmlar qatnashmaydigan bo‘lsa bunday moddalarning umumiy yig‘indisi notirik modda deb ataladi. Hayotiy jarayonlar orqali hosil bo‘layotgan va ishlanayotgan, to‘g‘rirog‘i yirik jonivorlar yig‘indilari tomonidan o‘zgartirilmayotgan, favqulotda qudratli yashirinch quvvat manba’lari bo‘lgan moddalarning nomi - biogen moddalar (toshko‘mir, bitumlar, ohaktosh, neft, azot, fosfor, kaliy va boshqalar) bir vaqtning o‘zida ham tirik organizmlar, ham notirik modda tomonidan hosil qilinayotgan moddalar (tuproqlar, shamol nurashiga uchrayotgan Yer po‘stlog‘i, barcha tabiiy suvlar) bionotirik modda deb ataladi. Shunday qilib, biosfera - tirik modda ta’siri ostidagi, moddalarning global aylanishi jarayonini boshqarib turayotgan Yerning eng yirik ekologik tizimidir. Hozirgi zamona hayet Yer po‘stlog‘ining yuqori qismida litosferada, havo qobig‘ining yer oldi qismida - atmosferada, hamda yerning suv qobig‘i gidrosferada tarqalgan. Yuqorida qayd qilingann hayotiy muhitlarning har biriga organizmlarning tarqalib kirishi turli darajada sodir bo‘ladi.
Masalan, Yer po‘stlog‘iga bakteriyalar tarqalib kirishining chuqurligi 4 km.ga teng; 2-2,5 km. chuqurligida neft konlari ichida, ularning soni ancha ko‘p; tuproqning organizmlar yashaydigan asosiy qismi - uning yuqori (1,5-2,0 m chuqurlikkacha bo‘lgan) qatlami. Okeandagi hayot katta chuqurliklargacha tarqalgan va hatto 10-11 km. chuqurlikdagi okean botiqlarida ham uchraydi. Okean tubida asta-sekin to‘planib o‘sayotgan, kelib chiqishi jihatidan tirik jonivorlarning o‘limtiklari bo‘lgan ulkan cho‘kma qatlamlari ham biosferaning katta bir qismidir. Yer po‘stlog‘ida sodir bo‘layotgan dinamik jarayonlar, uning bag‘riga cho‘kma jinslarini tartib, yuqori bosim va harorat ta’siri ostida ularni o‘zgartiradilar - cho‘kma jinslaridan o‘zgarish yo‘li bilan hosil bo‘lgan Yer po‘stlog‘ining jinslari ham hayot hosilalaridir. Atmosferadagi hayot tarqalishining yuqori chegarasi - Quyosh ulp0trabinafsha radiatsiyasining balandligi bilan o‘sib boradigan, Yer yuzidan 25-27 km. balandlikda Quyoshdan kelayotgan ulptrabinafsha nurlanishining eng ko‘p qismini bu yerda joylashgan ozon gazining yuqqa qatlami - ozon ekrani yutadi. Ozon qatlami ustidan yuqoriroq ko‘tarilayotgan barcha tirik jonzotlar halokatga uchraydi. Yer yuzining ustki atmosfera qismi havoda faol yoki sust usullar yordamida harakatlanuvchi hilma-hil organizmlar bilan to‘yingan. Bateriya va zamburug‘larning sporalari 20-22 km.gacha balandliklarda uchraydi, lekin aeroplanktonning (havoda suzib yuruvchi mayda mikroskopik jonzotlar) asosiy qismi havoning 1-1,5 km. balandliklarda jonlashgan. Tog‘larda yer ustki hayot tarqalishining yuqori chegarasi dengiz sathidan tahminan 6 km. balandlikda joylashgan. Atmosferadagi hayot (aeroplankton) tarqalishining yuqori (ozon ekranigacha) va quyi (yer ustki havo qatlamidagi) chegaralar oraligi eol zonasi (havo zonasi) deb ataladi. Havo oqimlarining eng ko‘p harakatlanishi va mazkur oqimlar bilan birgalikda ko‘plab aeroplankton jonivorlarining fazoda doimo sayr qilishi bu zona uchun xos belgidir. Atmosferaning yer ustki qatlamlarida havo ko‘proq qiziydi, ammo xuddi shu yerning o‘zidayok havo haroratining darajalari ko‘p va tez-tez o‘zgarib turadi. Yer oldi havo qatlamlariga nisbatan yuqori balandlikdagi havo qatlamlarining harorat darajalari tuzimi o‘zining doimiyligi, turg‘unligi bilan farqlanadi, - 10 ming metr balandlikda havoning harorati qishda ham yozda ham doimo - 45°C - 50°C darajalarni tashkil qiladi.
Havoning yuqori balandliklaridagi qatlamlarida sodir bo‘ladigan havo oqimlarining doimiy ko‘chishi jarayoni mazkur qatlamlarni biroz bo‘lsa ham isishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularning harorat tizimini bir hilda saqlaydi. Atmosferaning yuqori balandlikdagi qatlamlariga transport va sanoat tashlamalaridagi zararli moddalar zarrachalarining kirib borishi, aeroplanton hayotiga jiddiy havf tug‘diradi, buning oqibatida esa bu Yerdagi modda almashinuvi jarayonlariga katta yordam ko‘rsatayotgan havo ekologik tizimining butun bir bug‘imi tamoman yo‘qolib ketishi mumkin.
Yuqorida ekologik omillarning organizm hayotida va cheklovchi ya’ni organizm hayotini cheklaydigan omillar guruhi ahamiyati xususida fikr yuritilgan Eol zonasida yashovchi jonivorlar misolida biz havoni to‘liq ishonch bilan cheklovchi omillardan biri deb atashimiz mumkin.
Yuqorida ekologik omillarning organizm hayotida va cheklovchi, ya’ni organizm hayotini cheklaydigan omillar guruxi ahamiyati hususida fikr yuritilgan edi. Eol zonasida yashovchi jonivorlar misolida biz havoni to‘liq ishonch bilan cheklovchi omillardan biri deb atashimiz mumkin.
Navbatdagi cheklovchi omil sifatida havo zichligini ko‘rsatishimiz mumkin - yuqori balandlikda paydo bo‘ladigan havoning past bosimi aeroplankton tarkibidagi mayda mikroskopik jonivorlar tanasining alohida, o‘ziga hos tuzilishiga va harakatlanish usuliga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Havoda gazlari tarkibining ahamiyati ham kam emas, - bu tarkib ba’zan atmosferada mavjud organizmlar hayotini ancha cheklab qo‘yishi ham mumkin. Masalan, karbonat angidridi va boshqa zaharli moddalarning havo muhitida paydo bo‘lishi oqibatda mikroorganizmlar halokatiga olib keladi.
Havo harakati, to‘g‘rirog‘i yuqori havo qatlamlari haroratining doimiyligi ham aeroklankton hayot kechirishi jarayonini cheklovchi omilidir, atmosferaning quyi qatlamlarida harorat darajalarining farqi mazkur jonivorlar guruxi uchun noqulay bo‘ladi.
Produksent organizmlar organik moddani sintez qilishi jarayonida Quyoshdan olayotgan quvvatni mazkur moddaning kimyoviy bog‘lanishlarida jamg‘arish tezligi ekologik tizimlarning mahsuldorligini aniqlaydi. O‘simlik organizmlari tomonidan ma’lum vaqt borligi davomida yaratilgan organik mahsulot hamjamiyatning birlamchi mahsuloti deb ataladi va ho‘l yoki quruq o‘simliklar massasi (vazni), yohud joullar qiymatiga teng energetik birliklarida ifodalanadi.
Yalpi birlamchi mahsulot deb, o‘simliklar tomonidan ma’lum vaqt birligi mobaynida mavsum, yil, bir necha yil) fotosintezning mazkur tezligida yaratilgan moddaning miqdoriga ataladi. O‘simliklarning hayotiy faoliyatining extiyojlari uchun ( nafas olish, modda almashinuvi va boshqa jarayonlar uchun) mahsulot moddasining (ba’zan juda ham) katta miqdorini (masalan, o‘rmonlar mahsulotining 40 dan 70 foizgacha) sarflaydi, yaratilgan organik mahsulotning qolgan qismi esa o‘simliklarning o‘sib ko‘paygan qismi ko‘rinishida sof birlamchi mahsulotni, ya’ni konsumentlar va redutsentlar uchun quvvat zahirasini tashkil qiladi. Huddi shunga o‘xshash konsument jonivorlar tana vaznining ma’lum vaqt birligi ichida o‘sib ko‘payishi, organizmlar hamjamiyatining ikkilamchi mahsuloti deb ataladi. Bu ko‘rsatgich har bir oziqlanish darajasi uchun alohida hisoblab chiqiladi, - har bir ozuqani iste’mol qilish darajasidagi organizm tana vaznining o‘sib ko‘payishi dastlabki oziqlanish darajasidan yetib kelgan quvvat hisobiga amalga oshadi.
Ekologik hamjamiyatlarning birlamchi mahsulotining hisobiga yashovchi generotrof organizmlar iste’mol qilayotgan mahsulot har hil darajada sarflanadi.
Agarda oziqlanish zanjirlarida birlamchi mahsulotni sarflash tezligi o‘simliklarning o‘sish sur’atlaridan sustroq bo‘lsa, bu holat produtsentlar biomassasining (tirik vaznining), ya’ni odatda shunga teng qiymatli energetik birliklarda ifodalanadigan mazkur guruhdagi, yoki butun hamjamiyatga mansub organizmlarning jami organizmlar umumiy vazni yig‘indisining bosqichma-bosqich o‘sib borishiga olib keladi.
Shunday yo‘sinda biotik (tiriklik) aylanish doirasida biogen moddalarning aylanish tezligiga qarab, ularning mazkur doiradagi qatnashish darajasi aniqlanadi. YA’ni produtsentlar orasida ham, konsumentlar orasida ham tirik moddani yaratishda qatnashadigan karbon (uglerod), azot, fosfor, kaliy va bir qator boshqa hayot uchun muhim bo‘lgan kimyoviy elementlarning mazkur biotik aylanish doirasidagi ishtirokiga bog‘likdir.
Masalan: parchalanish zanjirlardagi qaytish tizimida yetarli miqdorda mahsulot hosil qilinmasa, buning oqibatida ayni tizim ichida o‘lik organik moddaning to‘planib qolishi jarayoni sodir bo‘ladi (botqoqlarning tariflanishi, sayoz suv havzalarining ko‘llab qolishi va boshqa suv o‘simliklar bosib ketishi va boshqa holatlar).
Ohirgi vaqtda umumiy moddalar almashinuvi jarayonida qatnashmaydigan inson faoliyatida yaratilgan mahsulotlarning paydo bo‘lishi alohida o‘rin egallaydi. Barcha organik moddalar tarkibida uglerod (karbon) mavjud. Agar anashu uglerodning ma’lum bir qismi birlamchi mahsulot bo‘lgan yonilg‘i modda (o‘tin) sifatida yoqib ishlatilsa, uglerodning boshqa bir qismi redutsentlar (parchalantiruvchi bakteriyalar) yordamida parchalanayotgan organik modda qoldiqlari shaklida erkin holatga o‘tadi. Bu ham uglerodni tabiatdagi aylanish jarayoniga olib boradi. Aylanish doirasiga kirib keladigan uglerodning ortiqcha miqdori ekologik tizimlar tomonidan har doim hazm bo‘lavermaydi, har qachon va o‘z vaqtida qayta ishlana olmaydi. Bu sharoitda tabiatdagi uglerod muvozanati buziladi va hozirgi zamon atrof muhitga inson faliyatining ta’sir ko‘rsatayotganligini hisobga olsak mazkur muvozanatning buzilishi turg‘un holatga kirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |