Kurs ishining obyekti: Ekologik omillarning har bir bo’g’ini tirik organizmlar uchun muhim obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: 4bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalar.
1.Ekologik omillar va ularning tasnifi
Har bir organizim o‘zi yashab turgan muhitda bir vaqitning o‘zida har xil iqlim tuproq va biotik omillar ta’siriga uchraydi. Tirik organizimlarning individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan muhit elementlari ekologik omillardeyiladi. Bunday ta’rifdan ayrim muhit omillari istisnodir, ya’ni, dengiz sathiga nisbatan bo‘lgan balandlik, dengiz, ko‘llarning chuqurligi. Balandlikning organizimga ta’siri, harorat quyosh radiatsiyasi, atmosferani bosimi orqali bo‘lsa, suv chuqurligining organizimga ta’siri bosim va yorug‘likning kamayishi orqali yuzaga keladi.
Ekologik omillar tirik organizimga turlicha ta’sir o‘tkazadi, ya’ni:
1. Ayrim turlarni ma’lum hududlardan siqib chiqaradi va ularni geografik jihatdan tarqalishini o‘zgarishiga olib keladi.
2. Har xil turlarning rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilib, ularning ko‘payishi va o‘lishini o‘zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyda migratsiya qilib populyatsiya va biotsinozlar qalinligiga ta’sir qiladi.
3. Organizimlarda moslashish xislatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki va tashqi o‘zgarishlarni sochilib, gruppa bo‘lib tarqalishi, qishgi va yozgi tinchlik davri, fotoperiod reaksiya va boshqalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Muhit - quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo‘lgan elementlar yoki omillardan yorug‘lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1950 yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib o‘rganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki o‘lik tabiatning yig‘indisi. Bularga harorat, yorug‘lik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
Masalan, Abiotik omillar o‘z ichiga
a) Iqlimiy omillarga (yorug‘lik, harorat, namlik, bosim, havo harakati)
b) Edofogen omillari (tuproqning mexanik tarkibi, namlik sig‘imi, zichligi, havo o‘tkazuvchanligi)
v) Orogredik omillar (reloyef, dengiz sathiga nisbatan joylarning balandligi va shularga o‘xshash).
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo‘linadi.
Fitogen omillar deganda yuksak va tuban o‘simliklarning organizmga ta’siri e’tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning ta’siri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillar, ya’ni odamlarning o‘simlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga ko‘rsatgan ta’siridir. Tirik organizmlarga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko‘rsatgan ta’siri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi - optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qo‘yi darajasi minimum bo‘ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning o‘z maksimumi, minimumi va optimumi bo‘ladi. Chunonchi, uy pashshasi 7°C dan 50°C gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36-40°C ni tashkil etadi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks ta’sir etgandagina ular yuqori natija beradi. Bu omillarning birortasi o‘z vaqtida bo‘lmasa yoki yetishmasa organizmlarning normal o‘sishi va rivojlanishi tugal o‘tmaydi. Demak, ekologik omillarning har biri organizm uchun zarur bo‘lib, ularning birini ikkinchisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar organizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir. Chunonchi, o‘simliklar hayotidan misol keltirsak, g‘o‘zani o‘stirish va parvarish qilishda o‘g‘it bermasdan faqat suv berish bilan g‘o‘zani to‘la rivojlantirib bo‘lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shunday natijalarga olib keladi.
Tabiatda mavjud bo‘lgan barcha tirik jonivorlarning tizimlari umumiy hayoti davomida ham tirik tabiat, ham notirik tabiat ko‘rsatadigan ta’sir tufayli yashaydilar. Bu tabiat kuchlari hayotiy sharoitni tashkil qiladi, boshqacha qilib aytganda, organizmlarga ularning yashashi uchun atrof muhit omillari zarur. Atrof muhit tarkibidagi omillar bilan organizm bevosita ham biovosita munosabatlarda bo‘lishi mumkin. Hayotiy sharoit omillari turli hil tabiiy unsurlar, jismlar, tabiiy hodisalar yiyoindisidan iborat. Bunday sharoit tuzimlari vaqt va fazoga nisbatan faol yoki sust yo‘sinda (dinamik) o‘zgarishlarga chalinadi va tabiatda mavjud organizm hamjihatlarining hayotini belgilaydilar.
Umuman olganda ekologik omil deb biz tirik organizm (yoki organdir) guruhlariga uning hayotiy jarayoni yoki ma’lum bir hayotiy davri davomida tug‘ridan-tug‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadigan hayotiy sharoitning bir ko‘rinishini aytamiz. Omilning yetarligi, ortiqcha miqdorda bo‘lishi yoki kamchiligiga ko‘rib organizm adetatsiya (moslanish) bo‘lishi bilan javob beradi.
Tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘lanmagan va uning ta’sirida bo‘lmagan tirik organizmlarning hayotini tasavvur etish mumkin emas. Tashqi muhit omillari jonli organizmlarga uch xil: minimal, optimal va maksimal darajada ta’sir etadi. Sayyoramizda jonli organizmlar o‘zlarining ri-vojlanish tarixida 4 ta yashash muhitini o‘zlashtiradilar; Suv muhiti (jonli organizmlar shu muhitda paydo bo‘ladi); quruqlik,havo, tuproq muhiti va maxsus yashash muhiti - bu jonli organizmlarning o‘zlari bo‘lib, ular boshqa organizmlarda (parazit) hayot kechiradilar.
Organizmlarning tashqi muhit sharoitlarida moslashishi– adaptatsiya deyiladi; binobarin bu ularning tirikligini, ko‘payishini va yashovchanligini ta’minlaydi. Organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi muhit omillari «ekologik omillar» deb ataladi. Organizmlarning yer yuzida tarqalishiga va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi har bir tashqi muhit elementiga ekologik omil deyiladi. Ekologik omillar uch guruhga bo‘linadi:
Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday bo‘laklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit tushunchasi – ekologik tushuncha, u majmua, ta’biiy element va voqeliklardan tashkil topgan bo‘lib, tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo‘ladi. Muhit organizmlarni o‘rab turgan hamma tabiiy ekologik omillardir. Muhit elementlari organizmlarni holati, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, tarqalishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa ikkilamchi omil orqali ta’sir qiladi. Har bir organizmni muhiti juda ham ko‘p organik va noorganik tabiiy elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun’iy elementlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |