EKOLOGIK BARQAROR RIVOJLANISH
Reja:
BMTning Barqaror rivojlanish
Barqaror rivojlanish
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy paradigma Barqaror rivojlanish nima?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida BMTning Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (keyingi o‘rinlarda – BRM) izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 20-oktabrda 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun 16ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 125ta vazifalar tasdiqlandi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari – kambag‘al, boy va o‘rtacha rivojlangan barcha mamlakatlar tomonidan harakatga chorlovchi o‘ziga xos da’vatdir. Ular bizning sayyoramizning farovonligi va himoyasini yaxshilashga qaratilgan. Dunyo mamlakatlari qashshoqlikni bartaraf etish choralari iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlikni ta’minlash, shuningdek, iqlim o‘zgarishi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar bilan birgalikda qabul qilinishi zarurligini tan oladilar.
Barqaror rivojlanish — hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlansh mazmun boʻyicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqindir.
1968-yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari "Rim klubi" deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub aʼzolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yoʻllarini oʻrganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972-yil 13-martda "Rim klubi" uchun tayyorlangan "Oʻsish chegaralari" maʼruzasi eʼlon qilindi. Maʼruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini belgilaydigan 5 asosiy omil:
aholi soni;
qishloq hoʻjalik ishlab chiqarishi;
tabiiy resurslar;
sanoat ishlab chiqarishi;
atrof muhitning ifloslanishi
asos qilib olingan.
1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning atrof muhit boʻyicha birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari konferensiyada qabul qilingan 26 tamoyildan iborat "Stokgolm deklaratsiyasi"da keltirilgan. Bu prinsiplardan birida har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga ega va taraqqiyotga erishadigan darajada boʻlishi kerak" deb taʼkidlandi. Qabul qilingan "tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat. Stokgolm konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yoʻnaltirilgan taraqqiyotga erishish boʻyicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy afrika mamlakatlaridagi qurgʻoqchilik, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ozon tuynuklari muammolari chegara bilmasligi, mintaqaviy va global oqibatlari bilan namoyon boʻldi.
1992-yilning 3-4-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de janeyro shahrida BMTning atrof muhit va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi boʻlib oldi. Unda 179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot darajasiga yetishishi uchun yana bir yer sayyorasi resurslarini oʻzlashtirish lozim boʻladi. Yer esa koinotda yagonadir. Tabiat va jamiyatning mutanosib rivojlanishi - koevolyutsiya deb yuritiladi. Jamiyatning rivojlanish surʼatlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi oʻzgarmaydi. Koevolyutsiyaga erishish uchun jamiyat oʻzining ayrim ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. 21-asrga kelib atrof-muhitga taʼsir surʼati yuqoriligicha qolmoqda. Barqaror rivojlanish yoʻlidagi saʻyi-harakatlar ijobiy natijalarini bermoqda.
21-asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim. Atrof-muhit ancha ayanchli holga tushib qolgan mamlakatlarda esa bu koʻrsatgich 4-5%dan kam boʻlmasligi kerakligi taʼkidlanadi. Ekologik taʼlim tarbiyani rivojlantirish, jamoatchilik rolini oshirish, ekologik texnologiyalarni joriy qilish barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatning barqarorligi, turgʻunligi va uning oʻziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini koʻra bilmasliklaridir. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunda barcha taʼlim muassalarida ekologik taʼlim majburiy deb belgilangan. Oʻrta maktab, litsey va kollejlarda ekologiya boʻyicha alohida fan oʻtitilishi zarurdir. Bu barqaror rivojlanish uchun taʼlimning asosini tashkil qilishi lozimdir. BMT barqaror rivojlanish uchun taʼlimni 2005-2014 yillar davomida har bir mamlakatda amalga oshirishni rejalashtirgan. 21-asr ekologiya asri boʻlishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan oʻzgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kerak.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida "Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?” degan savollar qo’yilgan.
Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas.
Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar.
Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |