Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari
1.
Alohida kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. Kartochkalar
yahshilab aralashtirilgach, tavakkaliga to’rttasi olinadi va ketma-ket qator qilib teriladi.
Hosil bo’lgan sonlar 1, 2, 3, 4 dan iborat bo’lishi ehtimolini toping.
2.
Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar olinadi.
Olingan ikkala sharning ham qora bo’lish ehtimolini toping.
3.
Ulug'bek, Karim va yana 10 kishi kutubxonada kitob olish uchun navbatga turdi.
Ulug'bek bilan Karim o'rtasida navbatda turganlar soni roppa-rosa beshta bo'lish
ehtimolini toping.
4.
Domino qutisidan (28 dona) tavakkaliga yettita tosh olindi.
Olingan toshlar
ichida hech bo'lmaganda bittasi olti ochkoli tosh bo'lishi ehtimolini toping.
5.
Mehmonxonaga o'n kishi keldi (ichida Hasan va Husan ham bor).
Ular ikkita
uch kishilik va bitta to'rt kishilik xonaga joylashtirildi. Mehmonlarni necha usul bilan
joylashtirish mumkin? Agar
A
Hasan va Husanning bitta to'rt kishilik xonaga tushib
qolishi hodisasi bo'lsa, uning ehtimolini toping.
6.
O'tgan yilgi chempionatda sovrindor o'rin olgan to'rt komanda bu yilgi yigirmata
komanda ichida birinchilik uchun qatnashmoqda. Agar
hamma komanda beshtadan
qilib, jami to'rtta guruhga ajratilgan bo'lsa, quyidagi hodisalarning ehtimolini toping.
A
= {birinchi va ikkinchi guruhga sovrindorlar tushmagan},
B
= {har
bir guruhga
bittadan sovrindor tushgan}.
7.
Yangi o’quv yilining birinchi kuni 1- kursiga kelgan talaba 10 ta fandan tuzilgan
dars jadvalidagi fanlarni tavakkaliga topishga harakat qilmoqda. Kunlik dars jadvali
3 ta fandan tashkil topgan. Ixtiyoriy fanning dars jadvaliga
tushishi ehtimoli bir xil
ekanligini hisobga olgan holda, talabaning 3 ta fanni to’g’ri topish ehtimolini aniqlang.
8.
P
ta o’q otar quroli bo’lgan Zenit batereyasi bir – biriga bog’liqmas ravishda
T
ta samolyotga qarata o’qni otmoqda. Barcha o’q otar qurollarning
bitta samolyotga
qarata o’q otish ehtimolini toping.
9.
5 ta radiostanstiyaga ma’lum bir paytda 6 ta radio to’lqinida
ishlashga ruhsat
berilgan. Har bir radiostanstiya to’lqinni tavakkaliga tanlaydi. Quyidagi hodisalarning
ehtimollarini toping:
A
={hamma radiostanstiyalar bir paytda ishlaganda hech bo’lmaganda 2 ta to’lqin
bir – biriga mos kelmaydi};
B
= {har xil radio to’lqinlaridan foydalaniladi}.
10.
3 ta 1-kurs, 5 ta 2-kurs va 7 ta 3-kurs talabasi fakultet
talabalar kengashiga
nomzod hisoblanadi. Ular orasidan tavakkaliga 5 talaba bo’lajak konferenstiyada
ishtirok etish uchun tanlandi. Quyidagi hodisalarning ehtimolini toping:
A
= {faqat 3- kurslar konferenstiyada ishtirok etadi};
B
= {hamma 1- kurs talabalari konferenstiyada ishtirok etadi};
C
= {konferenstiyada bitta ham 2- kurs talabasi ishtirok etmaydi}.
11.
Buyumlar partiyasida yaroqli buyumlar nisbiy chastotasi 0,9 ga teng. Agar jami
200 ta buyum tekshirilgan bo’lsa, yaroqli buyumlar sonini toping.