EHTIMOLLIK VA STATISTIKA fanidan shaxsiy topshiriqlar.
№1- Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolliklari.
KLASSIK EHTIMOLLIK
1. 12 kishi to’g’ri to’rtburchakli stolning bir tarafida o’tiribdi, ulardan
ikkisi bir-biri bilan tanish. Tanish kishilar yonma-yon o’tirish
ehtimolligi
topilsin.
2. 5 ta shoshqoltosh tashlanmoqda. Kamida bitta 1 ochko
tushsin ehtimolligi
topilsin.
3. Ikkita teng kuchli o’yinchi 10 partiya tennis o’ynamoqda. Har bir
partiyada yutuq yoki mag’lubiyat bo’lishi teng imkoniyatga ega.
Birinchi o’yinchi 5 ta partiyada yutish ehtimolligi topilsin.
4. Tavakkaliga 7 honali son tanlandi. Quyidagi
hodisalarning ehtimolligi
topilsin: A1={son 5 ga karrali}; A2 ={sondagi barcha raqamlar toq}.
5. 36 ta o’yin kartasidan 4 tasi tanlandi. Tanlanganlar orasida 2 tasi
bir xil
gulli bo’lish ehtimolligi topilsin.
6. Shaxmat doskasida ikki to’ra bir-biriga xavf tug’dirmaslik ehtimolligi
topilsin.
7. 8 talaba kitob olish uchun navbatda turibdi. Ular orasida ikkitasi qiz
bola. Navbatda turgan qizlar orasida 4 nafar talaba bo’lish ehtimolligi
topilsin.
8. Guruhda 20 nafar talabalar bo’lib, bu guruhda yozma ravishda oraliq
nazorat o’tkazilganda natijalar quyidagicha bo’ldi: 4 nafar talaba “a’lo”, 8
nafar talaba “yaxshi” va 6 nafar talaba “qoniqarli”. O’qituvchi
tavakkaliga 3 nafar talabaning ishini ajratib oldi. Ajratilgan ishlar
“qoniqarsiz” bo’lish ehtimolligi topilsin.
9. Ikkita shoshqoltosh tashlanmoqda. Quyidagi hodisalarning ehtimolligi
topilsin: ochkolar yig’indisi beshga va ayirmasi birga teng.
10. Idishda beshta nomerlangan kubiklar bor. Idishdan tavakkaliga ketma-
ket bittalab kubiklar olinmoqda. Olinayotgan kubiklarning nomerlari
o’sish tartibida bo’lish ehtimolligi topilsin.
11. Tavakkaliga tanlangan yilning fevral oyida 28 kun
bolish ehtimolligi
topilsin.
12. Partiyada 20 ta standart va 2 ta brak detallar bor. Partiyadan 3 ta detal
olinmoqda. Uchchala detal ham standart bo’lish ehtimolligi topilsin.
13. 10 ta tanga tashlanmoqda. Kamida bir marta “gerb” tomon tushish
ehtimolligi topilsin.
14. Idishda 5 ta bir xil kartochkalar bor. Kartochkalarda A,S,K,T,I
harflardan
biri yozilgan. Idishdan kartochkalarni bittalab olganda harflar ketma-
ketligi «SPORT» yozuvida chiqish ehtimolligi topilsin.
15. Guruhda 12 nafar talaba bo’lib, 8 nafari a’lochilar. Ro’yhat bo’yicha
tavakkaliga 9 nafar talaba tanlandi. Tanlanganlar orasida a’lochi talabalar 5
nafar bo’lish ehtimolligi topilsin.
16. Jovonda 8 ta kitob bor , ikkitasi qizil jildli. Kitoblarni jovonga tasodifan
joylashtirganda qizil jildli kitoblarni yonma-yon joylashtirish ehtimolligi
topilsin.
17. O`yin soqqasi ketma-ket 50 marta tashlanganda
faqat toq ochkolar tushgan
bo`lsa, 51-tashlashda ham toq ochko tushish ehtimolligi topilsin.
18. Tanga ketma ket 6 marta tashlanadi. Agar dastlabki beshta tashlashda “gerb”
tomon tushgan bo`lsa, 6-tashlashda ham “gerb” tushish ehtimoli nimaga
teng?
19. Beshta kubik tashlanmoqda. Ikkitasida 1 raqam va ikkitasida 4 raqam
tushish ehtimolligi topilsin.
20. Nishonga qarata uch marta o’q uzilganda, faqat 1ta o’q nishonga tegish
ehtimolligi topilsin.
21. 36 ta o’yin kartasi aralashtirilganda, 4 ta TUZ yonma-yon turish ehtimolligi
topilsin.
22. 1 dan N gacha bo’lgan sonlar to’plamidan ketma-ket ikkitasi tanlanmoqda.
Birinchi tanlangan son ikkinchisidan kichik bo’lish ehtimolligi topilsin.
23. Ikkita kubik tashlanmoqda. Tushgan raqamlar yig’indisi juft son bo’lish
ehtimolligi topilsin.
24. STATISTIK so’zidan tavakkaliga 5 harflar tanlandi. Tanlangan harflardan
TAKSI so’zini yozish ehtimolligi topilsin.
25. MATEMATIKA so’zidan ketma-ket 4 ta harf tanlandi. Tanlangan
harflar
ketma-ketligida TEMA so’zi chiqish ehtimolligi topilsin.
26. Idishda 20 ta oq va 10 ta qora sharlar bor. Idishdan bittalab 29 ta sharlar
olinmoqda. Oxirgi qolgan bitta shar oq bo‘lish ehtimoli topilsin.
27. 36 ta o‘yin kartasidan ketma-ket 5 tasi olinmoqda. Birinchi va ikkinchi
kartalar “TUZ” berish ehtimoli topilsin.