bo‘lsa, 4 ta torpedo kemaga otilganda uni cho‘ktirib yuborishi ehtimolini
toping.
14.
Elektr zanjiriga erkli ishlaydigan 3 ta element ketma – ket ulangan. Birinchi,
ikkinchi va uchinchi elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0.1,
0.05, 0.01ga teng. Zanjirda elektr tok bo‘lmasligi ehtimolini toping.
15.
Ikki sportchidan har birining mashqni muvaffaqiyatli bajarish ehtimoli 0,5
ga teng. Sportchilar mashqni navbat bilan bajaradilar. Bunda har bir
sportchi o‘z kuchini ikki marta sinab ko‘radi. Mashqni birinchi bo‘lib
bajargan sportchi mukofot oladi. Sportchilarning mukofot olishlari
ehtimolini toping.
16.
Merganning uchta o‘q uzishda kamida bitta o‘qni nishonga tegizishi
ehtimoli 0,875 ga teng. Uning bitta o‘q uzishda nishonga tegizish ehtimolini
toping.
17.
To‘rtta o‘q uzishda kamida bitta o‘qni nishonga tegishi ehtimoli 0,9984 ga
teng. Bitta o‘q uzishda nishonga tegizish ehtimolini toping.
18.
Qurilma o‘zaro erkli ishlaydigan ikkita elementni o‘z ichiga oladi.
Elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0,01 ga va 0,02 ga teng.
Qurilmaning buzilishi uchun kamida bitta elementning buzilishi yetarli
bo‘lsa, qurilmaning buzilish ehtimolligi topilsin.
19.
Birinchi idishda 6 ta shar bo‘lib, ularning 2 tasi oq, ikkinchi idishda 8 ta
shar bo‘lib, ularning 4 tasi oq. Har bir idishdan tavakkaliga bittadan shar
olinib, kеyin bu ikki shardan yana bitta shar tavakkaliga olindi. Oxirgi
olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping.
20.
Benzin quyish shahobchasi joylashgan shossеdan o‘tadigan yuk
mashinalari sonining o‘sha shossеdan o‘tadigan yеngil mashinalar
soniga
nisbati 3:2 kabi. Yuk mashinasining bеnzin olish ehtimoli 0,1 ga, yеngil
mashina uchun bu ehtimollik 0,2 ga tеng. Benzin quyish shahobchasi yoniga
bеnzin quydirish uchun mashina kеlib to‘htadi. Uning yuk mashinasi bo‘lish
ehtimolini toping.
21.
Kasalxonaga 30% A kasallik bilan, 50% B kasallik bilan, 20% C
kasallik bilan bemorlar qabul qilindi. A kasallikning to‘liq
davolash
ehtimoli 0,7 ga, B va C kasalliklar uchun bu ehtimollik mos ravishda 0,8 va
0,9 ga tеng. Kasalxonaga qabul qilingan bеmor butunlay sog‘ayib kеtganligi
ma’lum bo‘ldi. Bu bеmor A kasallik bilan kelgan bo‘lish ehtmolini toping.
22.
Elekron qurilma ketma-ket ulangan ikki qismdan iborat. Birinchi qismning
ishonchliligi (berilgan T vaqt ichida to‘xtovsiz ishlash ehtimoli) 0,7 ga,
ikkinchisiniki esa 0,8 ga teng. T vaqt ichida qurilma sinovdan o‘tkazildi va
bu muddat ichida qurilmaning ishdan chiqqanligi aniqlandi. T vaqt ichida
faqat birinchi qismi ishdan chiqqan bo’lish ehtimolligi topilsin.
23.
Do‘konda uchta turli markadagi muzlatkichlar 8:6:12 nisbati kabi mavjud
bo‘lib, kun davomida ularning 20 tasi sotilgan. Agar turli markadagi
muzlatkichlarning sotilishi ehtimoli teng bo‘lsa, u holda
sotilmay qolgan
muzlatkichlarning faqat bir xil markali ekanligi ehtimolini toping.
24.
Yo‘lovchi kerakli yo‘nalishga aviachipta sotib olish maqsadida 1-
aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,3 ga, 2- aviakassaga murojaat qilishi
ehtimoli 0,4 ga, 3- aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,6 ga teng.
Yo‘lovchi kassaga murojaat qilgan vaqtida kerakli yo‘nalish uchun
chiptaning tugagan bo‘lishi ehtimoli mos ravishda 0,2, 0,4 va 0,1 ga teng
bo‘lsa, uning chipta sotib olgan bo‘lishi ehtimolini toping.
25.
Birinchi idishda 4ta oq va 2ta qora sharlar bor, ikkinchi idishda 3ta oq va
5ta qora sharlar bor. Birinchi idishdan 2ta shar olib ikkinchi idishga solindi,
keyin ikkinchi idishdan 1ta shar olindi. Ikkinchi idishdan olingan shar oq
ekanligi ma’lum bo’lsa, birinchi idishdan olinib
ikkinchi idishga solingan
2ta sharlar oq va qora bo’lish ehtimolligi topilsin.
26.
Konteynerda 20 ta detal bo‘lib, 2 tasi yaroqsi. Konteynerga yana 2 ta detal
solindi. Keyin undan 1 ta detal olindi. Olingan detal yaroqli bo‘lish ehtimoli
topilsin.
27.
Uchta o‘yin toshi tashlanmoqda. Barcha tushgan tushgan ochkolar juft
ekanligi ma’lum bo‘ldi, bu ochkolar ikkiga teng bo‘lmaslik ehtimoli topilsin.
28.
To‘rtta tanga tashlanmoqda. Kamida ikkitasida “Gerb” tomon tushgani
ma’lum bo‘lsa, faqat 2 tasida “gerb” tomon tushish ehtimoli topilsin.
29.
Idishda 00,01,…,99 omerli 100 ta shar bor. Shundan 100 ta shar
olinnmoqda, olingan shardagi raqamlar ko‘paytmasi 0 ga tengligi ma’lum
bo‘lsa, raqamlar yig‘indisi 5 ga teng bo‘lish ehtimoli topilsin.
30.
Piramidada 10 ta miltiq bo‘lib, 4 tasi optic kritsel bilan (snayper). Oddiy
miltiqdan o‘q urishda nishonga tegish ehtimoli 0,7, snayperdan otganda
nishonga tegish ehtimoli 0,9 ga teng. Tavakkaliga tanlangan miltiqdan o‘q
uzilganda nishonga tegish ehhtimoli topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: