Takrorlash va nazorat uchun savollar:
Parametrlarni baholashning qanday usullari va ular bilan bog‗liq qaysi baholarni bilasiz?
Bahoning aniqligi va ishonchlilik (ishonchlilik ehtimolligi) nima?
Ishonchlilik intervali deb nimaga aytiladi?
Normal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishi ma‘lum bo‗lganda matematik kutilmasini baholash uchun ishonchlilik intervali qanday topiladi?
«xi kvadrat» va Styudent taqsimotlari haqida nima bilasiz?
Normal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishi noma‘lum bo‗lganda matematik kutilmasini baholash uchun ishonchlilik intervali qanday topiladi?
Normal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishini baholash uchun ishonchlilik intervali qanday topiladi?
Tayanch iboralar:
Nuqtaviy baho, intervalli baho, bahoning aniqligi, ishonch-lilik (ishonchlilik ehtimolligi), ishonchlilik intervali, nor-mal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishi ma‘lum bo‗lganda matematik kutilmasini baholash uchun ishonchlilik intervali, «xi kvadrat» taqsimoti, Styudent taqsimoti, normal taqsimot-ning o‗rtacha kvadratik chetlanishi noma‘lum bo‗lganda matematik kutilmasini baholash uchun ishonchlilik intervali, normal taqsi-motning o‗rtacha kvadratik chetlanishini baholash uchun ishonchli-lik intervali.
mavzu
Korrelyatsiyaviy va regressiyaviy tahlil elementlari Reja:
Tasodifiy miqdorlar orasidagi bog‗liqlik turlari.
Shartli o‗rtacha qiymatlar va regressiya tanlanma tenglamalari.
Regressiya tanlanma tenglamasini guruhlanmagan ma‘lumotlar bo‗yicha topish.
Korrelyatsiyaviy jadval.
Regressiya tanlanma tenglamasini guruhlangan ma‘lumotlar bo‗yicha topish.
Korrelyatsiyaviy tahlil va regressiyaviy tahlil matematik statistikaning yondosh bo‗limlari bo‗lib, tanlanma ma‘lumotlari bo‗yicha tasodifiy miqdorlarning statistik bog‗liqligini o‗rga-nish uchun mo‗ljallangan. Ikkita tasodifiy miqdor yo funksio-nal, yo statistik bog‗liqlik bilan bog‗langan yoxud bog‗liqmas bo‗lishi
mumkin.
Agar X tasodifiy miqdorning har bir mumkin bo‗lgan qiy-matiga Y tasodifiy miqdorning bitta mumkin bo‗lgan qiymati mos kelsa, u holda Y X tasodifiy argumentning funksiyasi deb ataladi:
Y ( X ) ,
X va Y tasodifiy miqdorlar orasidagi bog‗liqlik esa funksio-nal bog‘liqlik deb ataladi.
Qat‘iy funksional bog‗liqlik juda kam hollarda mavjud bo‗ladi, chunki ikkala tasodifiy miqdor ham yoki ularning bitta-si tasodifiy omillarning ta‘siriga ham uchraydi va ularning ichida ikkala miqdor uchun umumiy bo‗lganlari, ya‘ni ham X ga, ham Y ga ta‘sir o‗tkazuvchi omillar ham bo‗lishi mumkin. Bu hol-da statistik bog‗liqlik vujudga keladi. Bitta tasodifiy miq-dorning o‗zgarishi boshqasining taqsimoti o‗zgarishiga olib ke-ladigan bog‗liqlik statistik bog‘liqlik deb ataladi. Statistik bog‗liqlikning xususiy holi korrelyatsiyaviy bog‗liqlikdir.
Agar statistik bog‗liqlik qaralayotgan tasodifiy miqdor-lardan birining o‗zgarishidan ikkinchi tasodifiy miqdor o‗rta qiymati o‗zgarishining kelib chiqishida namoyon bo‗lsa, u holda bunday statistik bog‗liqlik korrelyatsiyaviy bog‘liqlik deb ataladi.
X tasodifiy miqdor bilan funksional ravishda emas, bal-ki korrelyatsiyaviy holda bog‗langan Y tasodifiy miqdorga misol keltiramiz. Y don hosili, X esa o‗g‗itlar miqdori bo‗lsin. May-doni bir xil bo‗lgan yer uchastkalaridan teng miqdorlarda o‗g‗it solinganda har xil miqdorda hosil olinadi, ya‘ni Y miqdor X miqdorning funksiyasi bo‗lmaydi. Bu holat yog‗ingarchilik, havo harorati va boshqa tasodifiy omillarning ta‘siri bilan tu-shuntiriladi. Ikkinchi tomondan, o‗rtacha hosil o‗g‗itlar miqdo-rining funksiyasi bo‗ladi, ya‘ni Y miqdor X miqdor bilan kor-relyatsiyaviy bog‗liqlik orqali bog‗langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |