Muqarrar hodisa deb, tajriba natijasida albatta ro’y beradigan hodisaga aytiladi va biz bunday xodisani Q (omega) harfi bilan belgilaymiz.
Mumkin bo’lmagan hodisa deb, tajriba natijasida mutlaqo ro’y bermaydigan hodisaga aytiladi va bu hodisani 0 belgisi bilan belgilaymiz.
Tasodifiy hodisa deb, tajriba natijasida ro’y berishi ham, ro’y bermasligi ham mumkin bo’lgan hodisaga aytiladi. Tasodifiy hodisalarni A, V, S, ... katta lotin harflari bilan belgilaymiz.
Misol: О’yin kubigi bir marta tashlanadi. Bu holda
О = {tushgan ochko 6 dan katta emas} - muqarrar hodisa;
0 = (tushgan ochko 10 ga teng} - mumkin bo’lmagan hodisa;
A = (tushgan ochko juft son} - tasodifiy hodisalardir.
Albatta bu tajribaga mos bo’lgan boshqa ko’plab hodisalarni ta’riflashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |