Nazorat uchun savollar:
3.1. Ergashtiruvchi hodisalarga misol keltiring.
Hodisalarning yig’indisini tushuntiring.
To’la gruppa nima?
3.4. tenglikni isbotlang.
3.5. tekshiring.
3.6.
3.7. tenglik to’g’rimi?
3.8.Ikkita shoshqoltoshni tashlaganda nechta elementar hodisa bo’ladi?
A)6 V)12 S)18 D)24 E)36
3.9. Kompleks sharoitda 3 ta simmetrik tanga tashlanganda nechta elementar hodisa mavjud.
A)2 V)3 S)8 D)6 E)4
3.1.1. Tanga 3 marta tashlanganda, hech bo’lmaganda ikki marta “gerb” tushish hodisasida nechta elementar hodisa bo’ladi?
A)4 V)5 S)6 D)7 E)8
Uyga vazifa uchun misollar:
.39-bet. 1-misol. g, d, ye.
Adabiyotlar::
1. S.X. Sirojiddinov, M.M. Mamatov. «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» T. «O’qituvchi»-1980y
2.B.V.Gnedenko “Kurs teorii veroyatnostey» M.Nauka. 1980.
3.Ejev «Kombinatorika”.
4.V.E.Gmurman «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan misollar”.
Mavzu: Ehtimolning klassik ta’rifi. Kombinatorika elementlari. Ehtimolning boshqa ta’riflari.
Asosiy savollar:
1. Ehtimolning klassik ta’rifi.
2. Kombinatorika elementlari.
3. Ehtimolning geometrik va statistik ta’riflari.
Tayanch tushunchalar:klassik ta’rif, gruppalashlar, o’rinlashtirishlar, o’rinalmashtirishlar, chekli va cheksiz to’plamlar, nisbiy chastota.
1- savol bayoni:
Bizga o’tgan mavzudan ma’lumki, barcha mumkin bo’lgan elementar hodisalar fazosi edi. Agar chekli to’plam bo’lsa, ya’ni unga kiruvchi elementar hodisaning ro’y berish imkoniyati bir xil bo’lsa, uholda bu elementar hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi. Masalan, kubikni tashlanganda 1,2,3,4,5,6 ochkolari tushush hodisalari teng imkoniyatlardir.
Bizga ma’lumki, biror A tasodifiy hodisa (bir necha) elementar hodisalarni oladi. U holda quyidagi ta’rif, ehtimol tushunchasini aniqlaydi.
Ta’rif. A tasodifiy hodisaning ehtimoli deb songa aytiladi va R(A) deb belgilanadi, ya’ni , bu yerda n-barcha elementar hodisalar soni , m- esa A hodisaga kiruvchi elementar hodisalar soni. Ehtimolning bu ta’rifi uning klassik ta’rifi deyiladi.
Misol. 2 ta kubik tashlanganda raqamlar yig’indisi 9ga teng bo’lish hodisasining ehtimoli topilsin.
Echish. Barcha elementar hodisalar soni 36ta, ular (1,1), (1,2), . . .,(1,6),(1,1), . . . ,(6,6) elementar hodisalar. A hodisaga kiruvchi elementar hodisalar (3,6), (4,5), (5,4), (6,3) demak, m4. U holda . Klassik ta’rif bilan bevosita hisoblanadigan Mashqlarni dan topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |