So’g’diylar dehqonchilik va bog‟dorchilik, ayniqsa uzumchilikda
nihoyatda omilkor edi.Chorvachilikda mayda va yirik shohli hayvonlar
bilan bir qatorda ot, hachir eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa
So‟g‟dning hisori qo‟ylari va tulporlari juda mashhur edi. So‟g‟d
shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylanadi. Ularda
to‟qimachilik, kulolchilik, ko‟nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik,
qurolsozlik va zargarlik yuqori darajada rivojlangan edi. So‟g‟d
tog‟laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kavlab olinardi.
Shaharlarda hunarmandchilikning yuksalishi o‟z navbatida ichki va
tashqi savdo aloqalarining kengayishiga imkon beradi. So‟gddan Sharqiy
Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-ziynat-
lardan tortib, turli-tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi.
Tohariston nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi
Toharistonda joylashgan edi. Balx shahri Toxariston poytaxti bo‟lgan.
Tohariston avval eftaliylar, so‟ngra Turk xoqonligi tomonidan
bo‟ysundiriladi. Manbalarda ta‟rif etilishicha, Tohariston aholisi budda
diniga e‟tiqod qilgan. Tohariston 25 xarfdan iborat yozuvga ega bo‟lgan.
40
Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. Tog‟liklari po‟stin va jun
chakmon kiyishgan. Tohariston aholisining asosiy qismi o‟troq
dehqonchilik bilan shug‟ullangan. U yerda ayniqsa qurolsozlik yuksal-
gan. Chokarlari kamon, gurzi, cho‟qmor, xanjar, shamshir va sovutlar
bilan qurollanardi.
Toharistonda shishasozlik va to‟qimachilik ham ancha rivoj
topgan edi. Tohariston ko‟p mamlakatlar bilan savdo aloqalari olib
borgan, o‟z chaqa tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.
Farg’ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. Farg‟ona yerlari juda
hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan.
Koson, Axsikat va Quva kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmand-
chilikning turli sohalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi
bozorlarda juda xaridorgir bo‟lgan. Qo‟shni mamlakatlarga bo‟yoq,
rangli shisha buyumlar va dori darmonlar chiqarilgan.
Farg‟ona vodiysida o‟troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar
ham yashagan. Qurama va Qoramozor tog‟lari yonbag‟rida qadimdan
yilqichilik bilan shug‟ullangan. Bu yerda ko‟paytirilgan tulpor otlarning
dong‟i jahonga taralgan.
Choch va Iloq. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita
hokimlik mavjud bo‟lgan. Manbalarda ulardan Choch, ikkinchisi Iloq
mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri
bo‟lib, hukmdori “tudun” deb yuritilardi. Iloqning markazi Tunkat,
hokimlari “dehqon” deb atalardi. V asrda ular Eftaliylar davlatiga, VI
asrda esa G‟arbiy turk xoqonligiga bo‟ysundiriladi. Choch va Iloq
sertarmoq xo‟jalikka ega bo‟lib, sug‟orma dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi.
Choch va Iloq tog‟lari oltin, kumush, rangli ma‟danlar, temir va jilvador
chaqmoq toshlarga boy edi. Karvon yo‟lining o‟lka orqali o‟tishi Choch
va Iloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarining
gavjumlashuviga imkon beradi. Choch tudunlari old tomoniga
mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars yoki qoplon tasviri,
ba‟zan sulolaviy ayri tamg‟a tushirilgan chaqa tangalar zarb etganlar.
Ilk o‟rta asrlarda O‟rta Osiyo hokimliklarida ma‟lum tartibdagi
boshqaruv ma‟muriyati tashkil topgan edi. Boshqaruv ma‟muriyatining
asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‟z vaqtida yig‟ib
olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo‟lgan. Kirim-
chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq
bosilib, hatto muhr bilan tasdiqlab qo‟yilgan. V-VII asrlarda O‟rta
41
Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining
o‟rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan ko‟chmanchi
chorvadorlarning beto‟xtov shiddat bilan kirib kelishi va o‟troqlashuvi
shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining turmush tarzi-yu
ahvoliga jiddiy ta‟sir ko‟rsatadi. Ziroatkor yerlar kengayib, dehqonchilik
vohalarining suv ta‟minoti tubdan yaxshilanadi. Tog‟oldi maydonlariga
suv chiqarib, yangi yerlar o‟zlashtirildi. Shaharlar gavjumlashdi.
Qishloqlarda “ko’shk”, “qasr”, “qo’rg’on” va “qo’rg’oncha”, nomlari
bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko‟tardi. Ko‟shk, qasr va
qo‟rg‟onlar ko‟proq yirik sug‟orish shoxobchalari boshida, markaziy
shaharlarning tevarak-atrofida hamda dehqonchilik vohalari chegaralari
bo‟ylab joylashgan edi. Suv chiqarib obod etilgan vohalar bo‟ylab katta-
kichik qal‟alar, mayda qo‟rg‟onchalar quriladi. Ko‟shk va qasrli
qo‟rg‟onlarda mulkdor dehqonlar, qo‟rg‟onchalarda esa ziroatchi
mehnatkash aholi yashar edi.
Istehkomli qasr, qo‟rg‟on va ko‟shklar asosan tashqi dushman
xujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to‟planadigan joy,
ma‟muriy markaz hamda oziq –ovqat va qurol-yarog‟ saqlanadigan
ombor vazifasini o‟tagan. O‟rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat
bo‟lgan. Ular “ark”, “shahriston”, “rabod” deb yuritilgan. Shaharlarning
uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‟rab olingan. Ularning
bir nechta darvozalari bo‟lgan. Shahar devorlari bo‟ylab oqib o‟tgan
anhor handaq vazifasini bajargan.
Turk xoqonligida madaniy va ma’naviy hayot
Bu davrda So‟g‟d, Xorazm va Tohariston aholisining alohida-
alohida yozuvlari bo‟lib, so‟g‟d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy
yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Tohar yozuvi baxtar yozuvi
asosida shakllangan edi. Xat, xujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar
asosan charm, yog‟och va sopolga va kamdan-kam xollarda qog‟ozga
bitilardi. Chunki qog‟ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar
esa xatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilar edi.
Ular orasida elchilijk maktublari, xo‟jalik kirim-chiqimlari, yuridik
shartnomalari, astronomik xujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy
aqidalar bitilgan nodir qo‟lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimiz-
gacha saqlanib qolgan sug‟d yozuvlari Panjikent yaqinidagi qal‟ai
Mug‟da, Sharqiy Turkistondagi Turfon shahri yaqinida, Samarqandning
qadimiy xarobasi Afrrosiyobda qayd etilgan.
42
Ularda So‟g‟dning siyosiy, tarixiy, huquqiy qonunlari, iqtisodiy va
diniy e‟tiqodlari xususida muhim ma‟lumotlar keltirilgan. So‟g‟dda
o‟g‟il bolalar 5 yoshga to‟lgach, yozuv va hisobga o‟rgatilar, so‟ngra ular
yigirma yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‟rganish uchun o‟zga
mamlakatlarga jo‟natilar edi. So‟g‟d xati asosida uyg‟ur va turk
yozuvlari shakllangan. Uyg‟ur yozuvidan esa o‟z navbatida keyinchalik
mo‟g‟ul va manchjur xatlari paydo bo„lgan.
So‟g‟diylarning kattagina guruhi doimo turk hoqonlarining
qarorgohida yashagan. Ularning ayrimlari saroy ayonlar va ma‟murlari
qatoridan o‟rin egallab, maslahatchi, elchi xat va savdoga o‟rgatuvchi
ustoz vazifasini bajarganlar.
Shunugdek, ko‟k turk xati ham qo‟llanilgan bo‟lib, turklarning bu
yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketgan 38-40 ta harfdan iborat edi. U
tosh va yog‟ochlarga o‟yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‟k
turk bitiklari (Qultegin va Bilgaxoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy
Turkistondan Tashqari, Yettisuv, Farg‟ona va Zarafshon vodiylaridan
topib o‟rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metal buyumlar, yog‟och
hamda tanga pullarga bitilgan.
VI-VII asrlarda O‟rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik,
xristianlik, moniylik va qam (shomonlik) kabi bir necha mahalliy dinlar
mavjud bo‟lgan. Aholining ko‟pchiligi zardushtiylik diniga e‟tiqod
qilgan. Zardushtiy dinida yaratuvchanlik qudratiga ega tangri-
Axuramazda bo‟lib, u odam va odmzodning, tabiat va jamiyatdagi
barxha hodisalarning yaratuvchisi sifatida targ‟ib qilingan. Axuramazda
yorug‟lik, farovonlik, sihat-salomatlik, tinchlik va boshqa barcha ezgu
hodisalar tangrisi sifatida, zulmat, ochlik, urush, o‟lim, yomon ishlar,
qabih niyatlar va qabohatliklarning homiysi Axriman bilan doimo
uzluksiz kurash olib borgan. Zardushtiylik e‟tiqodi bo‟yicha olov
nihoyatda muqaddas hisoblangan. Quyosh olamga hayot bag‟ishlaydi.
Uning nuri bilan barcha jonzod uyg‟onadi va yashnaydi. Axuramazdadan
tashqari, zardushtiylarning Mitra, Farna, Nana yoki Nohud, Mirrix va
Xubbi kabi mahalliy ezgulik tangrilari ham bo‟lgan.
Bu davrda aholi orasida budda dinining ham mavqei past emas
edi. Garchi u So‟g‟dda juda kam tarqalgan, ammo O‟rta Osiyoning
janubiy viloyatlarida, xususan Toharistonda, Farg‟ona va Yettisuvda
hamda sharqiy Turkistonda, ayniqsa shahar aholisi o‟rtasida keng tarqal-
gan edi. VI asr oxiri, VII asr boshlarida ayrim G‟arbiy turk xoqonlari
budda dinini qabul etib, butxonalarning qurilishida homiylik qiladilar.
43
Yozma manbalardan ma‟lum bo‟lishicha, O‟rta Osiyo viloyat-
larida bu davrda xristian dinining nestorian ta‟limotiga e‟tiqod qiluvchi
jamoalarning soni ham oz emas edi.Samarqand viloyatining Urgut
tumani So‟g‟ddagina emas, balki butun O‟rta Osiyoda nestorianlik
markazlaridan hisoblanar edi. Qo‟shtepa yodgorligida topilgan xum
parchasida xristianlikning asosiy udumlaridan biri – cho‟qintirish
marosimi tasvir etilgan. Unda chap qo‟lida injil, o‟ng qo‟lida esa xoch
tutgan uzun kiyimdagi rohib xochini boshyalang tiz cho‟kib turgan
kishining boshi uzra tutib turibdi.
Ilk o‟rta asrlarda Orta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida
moniylik dini ancha chuqur ildiz otgan edi. Moniylik dini ta‟limoti
bo‟yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorug‟lik va
ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iboratdir. Ibodat, ro‟za sadaqa
moniylik dinining arkoni hisoblangan. Bu dinga asos slogan Moniy
tarixiy shaxs bo‟lib, u Bobilda (216-274-y.) dunyoga kelgan. U o‟z
targ‟ibotini Midiya va Forsda boshlagan. Biroq Eronda uning ta‟limoti
otashparastlarning ashaddiy ruhoniylari tomonidan qaashatgich zarbaga
uchraydi. Keyinchalik bu mazhab tarafdorlari O‟rta Osiyoning janubiy
viloyatlari va Sharqiy Turkistonda qaror topadi.
VI-VII asrlarda Moniy dini Murg‟ob vohasi orqali Tohariston,
So‟g‟d, Sharqiy Turkiston va Xitoyga yoyiladi. Moniy ta‟limotida
tasviriy san‟atga va musiqaga katta ahamiyat beriladi. Diniy targ‟ibot va
marosimlarda, ayniqsa tasviriy san‟atdan keng foydalanilgan.
Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan moniylk diniga
sig‟inib kelgan. Bu din jon va ruhlarga, ota bobolar ruhiga sig‟inish
e‟tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o‟z dinini “qam” deb
yuritganlar. Chunki ularda “shomon” degan so‟z bo‟lmagan. Bu din
koinotni yo‟qlikdan bor qilgan Ko‟k Tangriga e‟tiqod qiluvchi yakka
xudolik dini hisoblanadi. Chorvador ko‟chmanchi aholi Tangriga
bag‟ishlangan marosimlar o‟ tkazib, qurbonliklar qilishgan. Masalan,
Ko‟k Tangri sharafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so‟yilgan. Bu
diniy e‟tiqodlarning omixtasi asosida O‟rta Osiyi xalqlarining moddiy va
ma‟naviy madaniyati rivoj topdi.
Tasviriy san‟atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi bir qator
tarmoqlari ravnaq topdi. Ular o‟z davrida sodir bo‟lgan o‟zgarishlardan
dalolat beradi. Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida
Panjikent, Varaxsha va Asfrosiyob, Farg‟ona vodiysida Quva
xarobalarida hamda boshqa yodgorliklardan topib o‟rganilgan devoriy
44
suratlar, haykallar va ganchkoriy naqshlar o‟sha zamonning yuksak
san‟at asarlaridan xisoblanadi. Devoriy tasvirlar o‟sha zamonning o‟ta
murakkab hayoti, din-u e‟tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib
borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manba hamdir. Haykaltaroshlik
rivojiga ayniqsa budda dini kuchli ta‟sir ko‟rsatgan. Farg‟ona vodiysida
Quvadan hamda Qo‟rg‟ontepa yaqinida Ajinatepadan buddaning
bahaybat haykallari topib o‟rganilgan. Ajinatepadan topilgan budda
haykallarining bo‟yi 12 metrga boradi. Bu davrda badiiy yog‟och
o‟ymakorligi san‟ati ham yuqori darajada turgan.
Ilk o‟rta asr ganchkorligi san‟atining nodir yodgorligi namunalari
Varaxsha topilmalari orqali tadqiq etildi. Turli xil geometrik shakllar,
mevali daraxt va o‟simliklarning o‟ymakor naqshlari, ov manzarasi
Buxoro hukmdorining Varaxshadagi qarorgohining hashamatli saroy
devorlarini bezab turgan.
O'rta Osiyoda musiqa, raqs, qo'shiqchilik, qiziqchilik, dorbozlik
kabi san‟atning turli sohalari ham rivojlangan edi. Bu davrda san'at
sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent o'yinchi
yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi.
Choch o'yinchi yigitlari ijro etgan mashhur “Choch raqsi” yoki
doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o'ynoqi “doira
raqsi” Xitoy ayonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi. Birgina
Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan o'n turdagi cholg‟u
asboblari yasalgan.
Shunday qilib, VI-VIII asrlarda O‟rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy
hayotida yerga egalik munosabatlari shakllanib, mustahkamlanib bordi.
Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik, sug‟orma dexqonchilik va chorva-
chilik rivoj topib, ichki va tashqi savdo kengaydi. Madaniy hayotda esa
me‟morchilik, xat-savod, diniy e‟tiqodlar, tasviriy san‟at va musiqa
ravnaq topib, madaniy aloqlar jonlandi. Natijada ilk o‟rta asrlarning
ma‟naviy hayotini o‟zida mujassamlashtirgan o‟ziga xos serqirra
madaniyat yaratildi.
Mavzularni o’rganish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar
a) ilk o‟rta asrlar davlatlari qatorida nafaqat Markaziy Osiyo,
balki ko‟plab Sharq mamlakatlari davlatchiligi tarixida o‟z o‟rniga ega
bo‟lgan eftaliylar va turk xoqonligi davlatlarini kengroq o‟rganish va
mustahkamlash maqsadida talabalar o‟rtasida savol-javob, blits so‟rov
usulidan foydalanish;
45
b) talabalarga eftaliylar va turk xoqonligi davlatlarining turli
jabhalarini qamrab olishga oid krossvordlar tuzishni tavsiya etish;
c) eftaliy hukmdorlar va turk xoqonlarining faoliyatini yorituvchi
jadvallar tuzish.
Eftaliylar davlati mavzusiga doir
Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi
Bosqichlar
vaqti
Faoliyat mazmuni
o‟qituvchi
talaba
1 bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
1.1.
Mashg‟ulotning
tashkiliy
qismini
o‟tkazadi.
1.2. Mashg‟ulot mav-
zusi, uning maqsadi va
tuzilishi bilan tanishti-
radi.
1.1. Davomat haqida ma‟lu-
mot beradi.
1.2. O‟qituvchini tinglaydi,
kerakli materiallarni tayyor-
laydi.
2 bosqich
Ma‟ruzalarni
tinglash
va
tahlil etish
(25 daqiqa)
2.1. Talabalarning mav-
zuga tayyorgarligini va
ularning guruh bo‟lib
ishlashlarini
tashkil-
lashtiradi.
2.2. Mashg‟ulot jarayo-
nida
ma‟lumotlarni
umumlashtiradi va xu-
losa qiladi.
2.1. Ma‟ruza mazmuni bilan
tanishtiradi, ma‟ruza bahs-
larida ishtirok etadi.
2.2. Zarur ma‟lumotlarni
yozib boradi.
3 bosqich
Jadvallar
tuzish
(20 daqiqa)
3.1. Eftaliylar davlati
yuzasidan klaster o‟tka-
zish.
3.2. Talabalarning yoz-
ma ishlarini tekshirish
3.1. Ilk o‟rta asr davlat
tuzilmalarini sanab o‟tadi,
test ishlaydi.
3.2.Jadvallarni
izohlaydi
misollar keltiradi.
3.3. Jadvallarni ko‟chirib
oladi
46
4 bosqich
Og‟zaki
so‟rov
(20 daqiqa)
4.1. Nazariy materiallar
bo‟yicha savollar be-
rish.
4.1. Savol-javobda ishtirok
etadi.
5 bosqich
Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
5.1.
Mashg‟ulotni
yakuniga
yetkazadi,
talabalarning mustaqil
ishlash
qobiliyatlarini
tahlil etadi.
5.2. Yangi mustaqil ish
yuzasidan
vazifalar
beradi.
4.1. Tinglaydi.
4.2. Vazifalarni yozib oladi.
Eftaliylar davlati mavzusi yuzasidan test savollari
1. Eftaliylar davlatining tarraqqiy etgan davri nechanchi asrga
to’g’ri keladi?
A. V asr
B. IV asr
C. V-VI asr
D. VI asr.
2. Eftaliylar arab manbalarida qanday atalganlar?
A. Haytal
B. Eftal
C. Abdal
D. Tetal
3. Eftaliylarning tashqi ko’rinishi va urf – odatlari haqida qaysi
manbada ma’lumotlar keltirilgan?
A. Bey-shi
B. Rim tarixi
C. Si-fan-chi
D. Siyu Szi
4. Eron shohi Shopurning sharqdagi janglari haqida qaysi asrda
ma’lumotlar keltirilgan?
A. Rim tarixi
B. Si-fan-chi
C. Armeniya tarixi
D. Siyu Szi
5. Arman manbalari orqali nomi bizga ma’lum bo’lgan asar
qaysi?
A.Geografiya
B. Rastsaxun
C.Armeniya Tarixi
D.Rim Tarixi.
6. Sosoniylar shohi Pero’zning eftaliylarga qarshi olib brogan
jangi haqidagi ma’lumotlar qaysi manbada keltirilgan?
A. Geografiya
B. Rastsaxun
C.Armeniya Tarixi
D.Xronika
7. Eftaliy shohlar haqidagi ma’lumotlar qaysi hind manbasida
uchraydi?
A. Mahabxorat.
B. Radjatarangin
C. Kuvalayamala
D. Puran
47
8. E.V. Rtveladzening fikricha eftaliylar baqtriyaning mahalliy
aholisi bo’lib o’zlarini qanday ataganlar?
A. Abdal
B. Eftal
C. Baqtriy
D. Alxon.
9. Bahrom Go’r nomi bilan mashhur bo’lgan forslar shohi kim
edi?
A. Pero‟z
B. Shopur I
C. Varaxran V D. Yazdugird II
10. Eftaliy shohi Vaxshunvor Eftalon nechanchi yili Toharistonni
egallaydi?
A. 457 yil
B.452 yil
C. 502 yil
D. 456 yil
11. V.A. Livshits ta’biricha Vaxshunvor Eftalon nomi so’g’dchada
nima ma’noni anglatgan?
A. Shohlikni himoya qiluvchi
B. Oq shunqor
C. Vaxsh xudosining suyuklisi
D. Xush navo
12. Eftaliylar va sosoniylar o’rtasidagi janglar qaysi sosoniy shihi
davrida avj oldi.
A. Yazdigird
B. Varahran V C. Pero‟z
D. Qo‟mbiz
13. Sosoniy shohlar Pero’z va Xormizd o’rtasidagi jangda
Pero’zning g’alabasiga katta yordam bergan eftaliy shohining ismini
toping.
A. Vaxshunvor Eftalon
B. Grumbat
C. Faganish
D. Varahran V
14. Sosoniy shohi Pero’zning eftaliylarga qarshi ikkinchi xujumi
qachon boshlandi?
A. 479 yil
B. 482 yil
C. 457 yil
D. 456 yil
15. Sosoniylar taxtiga Pero’zdan so’ng kim o’tirgan ?
A. Xormizd
B. Balash
C. Yazdigird
D. Qo‟mbiz
16. Sosoniylar qaysi eron shohi davrida eftaliylarga o’lpon
to’lashdan ozod bo’ldilar?
A. Xosrav I Anushirvon davrida
B. Pero‟z davrida
C. Xormizd davrida
D. Varaxran V davrida
17. Eftaliylar davrida Eronda qanday qo’zg’olon yuz berdi ?
A. Mazdak boshchiligida
B. Moniy boshchiligida
C. Muqanna boshchiligida
D. G‟urak boshchiligida
18. Sosoniy podsho Kubod qachon eftaliylarni tor-mor etadi?
A. 520 yil
B. 513 yil
C. 567 yil
D. 601 yil
19. Eftaliylar qachon Gandharani egallaydilar?
A. 457 yilda
B. 512 yilda
C. 460 yilda
D. 457 yilda
48
20. 409-515-yillarda Gupta imperiyasini mag’lubiyatga uchratgan
eftaliy shohi kim?
A. Toraman
B. Mihirakul
C. Vaxshunvor Eftalon
D. Faganish
21. Eftaliy shohi Mihirakul nechanchi yillari taxtda o’tiradi?
A. 513-533 yil
B. 515-544 yil
C. 509-513 yil
D. 515-520 yil
22. Eftaliy shohi Mihirakul o’z davlatining poytaxti etib qaysi
shaharni egallaydi?
A. Gandhara
B. Radjastan
C. Sind
D. Sagala
23. Qaysi hukmdor davrida eftaliylar saltanati o’zining yuqori
cho’qqisiga ko’tariladi?
A. Mihirakul
B. Vaxshunvor
C. Toraman
D. Faganish
24. Eftaliylar davlati tarkibiga Urumchi nechanchi yillarda
qo’shib olindi?
A. 478-479 yilda
B. 490-497 yilda
C. 495-496 yilda
D. 477-478 yilda
25. Egtaliylar davlati elchilari nechanchi yilda Xitoyga boradilar?
A. 516 yilda
B. 497 yilda
C. 530 yilda
D. 457 yilda
26. VI asr ikkinchi yarmiga kelib eftaliylar qaysi davlatning
bosqiniga duchor bo’ladilar?
A. Turk hoqonligi
B. Xitoy imperiyasi
C. Gandhara davlati
D. Arab xalifaligi.
27. Manbalarda ta’kidlanishicha eftaliylar davlati aholisi orasida
oilaviy turmushda qanday ko’rinishlar mavjud bo’lgan?
A. Poligamiya
B. Endogamiya
C. Poliandriya
D. Ekzogamiya
28. Eftaliy hukmdorlar odatlariga ko’ra taxtga kim egalik qilish
huquqiga ega bo’lgan?
A. Taxt otadan o‟g‟ilga meros bo‟lib o‟tgan
B. Taxtaga sulolaning munosib kishisi o‟tirish huquqiga ega
bo‟lgan.
C. Mamlakatning eng obro‟li kishisi o‟tirgan.
D. Taxt uchun kurashda g‟olib bo‟lgan kishi o‟tirgan.
49
29. Eftaliylar davlatida mavjud bo’lgan kanurang unvoni qanday
ma’noni anglatgan?
A. Chegara soqchisi.
B. Qo‟shin boshlig‟i
C. Shohning yaqin kishisi
D. Bosh vazir
30. Eftaliylarda xvabular kimlar bo’lgan?
A. Qo‟shin boshliqlari
B. Oqsoqollar
C. Amaldorlar
D. Savdogarlar
31. Eftaliylar davlatida tuya tasviri tushirilgan tangalar qaysi
hududda zarb etilgan?
A. So‟g‟dda
B. Buxoroda
C. Chochda
D. Chog‟aniyonda
32. Eftaliylar davrida qaysi til xalqaro savdo tili sifatida keng
qo’llaninlgan?
A. So‟g‟d tili
B. Xitoy tili
C. Xorazm tili
D. Fors tili
33. Eftaliylar yozuvi necha xarfdan iborat bo’lgan?
A. 27 xarfdan
B. 24 xarfdan
C. 25 xarfdan
D. 28 xarfdan
34. Eftaliylar davlatida qaysi din davlat dini sifatida e’tirof
etilgan?
A. Moniylik
B. Zardushtiylik
C. Buddaviylik
D. Ko‟p dinlar mavjud bo‟lgan va hech biri davlat dini sifatida
e‟tirof etilmagan.
35. Eftaliylar davriga oid devoriy surat tasvirlangan Bolaliktepa
yodgorligi qaysi hududda joylashgan?
A. Surxondaryoda
B. Samarqandda
C. Xorazmda
D. Buxoroda.
Do'stlaringiz bilan baham: |