Anahita e‟tiqodi hukm surganligidan guvohlik beradi. Dunyoviy
dinlardan biri sanalgan buddaviylik e‟tiqodi ham eftaliylar davrida
mavjud bo‟lgan. Bir guruh mutaxassislar eftaliy hukmdorlarning
buddizmni qo‟llab quvvatlagan desalar, yana bir guruh olimlar eftaliylar
aksincha istilochilik yurishlari davrida buddaviylik ibodatxonalarini
vayron etganliklari ta‟kidlanadi.
Olimlarning tadqiqotlaridan shu narsa ma‟lum bo‟ladiki, eftaliy-
larning Shimoliy Hindistonni zabt etishlari ularni buddizm bilan
yaqinroq tanishishlariga zamin yaratadi. Bu esa eftaliy tangalarida
buddaviylikdagi hosildorlik ramzining “purna-ghata”ning, aks ettiri-
lishida ko‟zga tashlanadi.
Eftaliylar hattoki buddaviylik ibodatxonalari qurilishida ham faol
tashabbus ko‟rsatganliklari Marvda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar
orqali ochib o‟rganilgan “sangharama”dan ma‟lum.
Olimlarning bir guruhi eftaliylarning xristianlikning Nestorian
oqimi tarafdorlari bo‟lganliklarini ta‟kidlaydilar. Bu ma‟lumotlar olimlar
tomonidan arxeologik tadqiqotlar va manbalarga asoslangan holda
keltiriladi. Jumladan, V asrda Marvda eftaliylar davrida yepiskoplik
mitropoliyaga aylantirilgan. Marv esa Markaziy Osiyodagi nestorianlik
markaziga aylangan. VII asr boshlarida esa Toharistonda monihey-
larning bosh qarorgohi mavjud bo‟lgan. Markaziy Osiyoda diniy
marosimlarni xristianlar-suriy, maniheylar-parfiy, buddistlar esa –
sanskrit tilida olib borganlar. Bu dinlardan tashqari eftaliylar davlatida
hinduizm, xamda tabiat kuchlariga sig‟inish mavjud bo‟lgan. Umuman
olganda eftaliylar davrida yagona hukmron bo‟lgan va davlatning rasmiy
dini darajasiga ko‟tarilgan din haqida yagona xulosa mavjud emas.
Bundan ko‟rish mumkinki diniy bag’rikenglik bu davlatning muhim
ko‟rinishlaridan biri bo‟lgan.
c) Tasviriy san’at va badiiy hunarmandchilik.
O‟rta Osiyoning eftaliylar davri san‟atining o‟ziga xos xususiyati
unda antik davrning yakuniy bosqichi hamda ilk o‟rta asrlarga xos
ko‟rinishlarning mavjudligidir. Tohariston va So‟g‟dda shivaizm hamda
mahalliy xalq e‟tiqodlarini uyg‟unlashtiruvchi san‟atning o‟ziga hos
“eftaliycha” maktabi shakllandi. Bu davr moddiy madaniyati
yodgorliklari sirasiga Toharistondan topilgan eftaliylarning o‟yma
gemma-muhrlarini kiritish mumkin. Ular almandin toshlardan yasalib
yuza qismi bo‟rtirib, orqa qismi esa tekislab ishlangan. Unda erkak
kishining yon tomondan tasviri aks ettirilgan. Uning chap tomonida esa
30
“Asparobido” (otliqlar boshlig‟i) degan yozuv bitilgan. Ilk o‟rta
asrlarga oid devoriy suratlar esa Dilberjin (Afg‟oniston), Bolaliktepa,
Ajinatepa, Kofirqala (Tojikiston), Qal’ai-Kofirnihon, Qal’ai Shod-
mon kabi yodgorliklardan topilgan. Bu devoriy suratlardagi tasvirlarning
mavzusi asosan diniy e‟tiqod marosimlariga oid bo‟lib, Bolaliktepa
yodgorligi esa bundan mustasno. San‟atshunoslar shu davrga oid turli
rassomlik maktablarini aniqlaganlar. Jumladan, Tohariston rassomlik
maktabiga: Bolaliktepa, Ajinatepa, Kofirqala (Tojikiston); shimoliy
Tohariston rassomlik maktabiga: Quva va Yettisoydagi buddaviylik
ibodatxonasi; g’arbiy o’lka rassomlik maktabiga: So‟g‟ddagi, Xorazm
va Varaxsha saroylaridagi tasvirlar, Qahqaha (Ustrushona) va Afrosiob-
dagi ixshidlar saroyidagi devoriy suratlar hamda Tok-kaladagi ostadon
tasvirlarini kiritganlar.
Yuqoridagi tasvirlar qatorida buddaviylik yodgorligi Qoratepadan
topilgan IV-V asrlarga oid devoriy suratda tasvirlangan erkak kishining
tasviri ham eftaliylar gemma va tangalaridagi tasvirlar bilan o‟xshashligi
olimlar tomonidan e‟tirof etildi. Bu topilmalar qatorida qadimgi Marv
buddaviylik yodgorligidagi buddaviylik stupasi yonidan budda
haykalining bo‟laklari bilan birga topilgan vazani misol qilish mumkin.
Ushbu vazadagi tasvirlar kishida o‟zgacha qiziqish uyg‟otadi. Vazaning
ichida V-VI asrlarga oid Sanskrit tilidagi qo‟lyozma saqlangan bo‟lib,
uning o‟zi rasmlar bilan bezatilgan. Vazadagi sahnani mavzu jihatdan
to‟rt qismga ajratish mumkin. Birinchi qismda vazada tasvirlangan
odamning bazm payti, ikkinchisi ov payti, uchinchi sahnasi uning
kasalligi va to‟rtinchi sahnasi esa uning dafn marosimidan iboratdir.
Eftaliylar
davriga
oid
terrakotalar
asosan Chog‟aniyon
hududlaridan topilgan bo‟lib ular V-VIII asrlar bilan belgilanadi. Bu
terrakotalardagi tasvirlar asosan bodhisatvalarni aks ettiradi.
V-VI asrlarda ayol haykalchalari keskin qisqarib, o‟rniga boy
liboslar kiygan, qo‟lida katta ikki tomonlama qilich tutgan salobatli
hukmron va ma‟bud haykalchalari ko‟payadi. Yerqo‟rg‟on ibotadtxo-
nasida bunday haykalchalardan o‟nlab topilgan bo‟lib, ularda katta
qilichga tayangan va otashgoh ushlagan odam tasvirlangan. Bu
tasvirlardagi odam – muqaddas olovni saqlovchi va asraguvchi shoh,
ayni paytda o‟zi kohin ham bo‟lgan. Shu davrlarda So‟g‟dda homilador
ayol tasvirlari bilan birga jinsiy tomoni bo‟rttirib ko‟rsatilgan erkak
haykalchalari paydo bo‟ladi. Ana shunday haykalchalar Yerqo‟rg‟ondan,
Xorazmning Bozorqal‟asidan esa tumor sifatida ishlangan ikkita lingam
31
shaklidagi taqinchoqlar topilgan. Ular hosildorlikka homiy erkak zoti
namoyondalarini aks ettirgan. Bu ramzning qadimgi topilmalari
chorvachilik va qishloq xo‟jaligi bilan shug‟ullangan qabilalarning
hosildorlik e‟tiqodlariga borib taqaladi.
Shu davr kulolchiligiga doir namunalarda asosan turli ko‟rinish-
dagi chiziqlar hamda ularning dastalarida turli hayvon va odam
tasvirlarini uchratish mumkin. Qashqadaryoning Yerqo‟rg‟on ibodat-
xonasi atrofidagi kulollar mahallasi VI asrgacha mavjud bo‟lib,
keyinchalik eftalit davlati qulashi oqibatida vayron etilgan. Ko‟pchilik
uylarda hunar homiysiga bag‟ishlangan ikkita yoki bitta eshikli alohida
xona bo‟lib, loydan bejirim buyum yasab, uni tandirda yaxshi kuydirish
va omadli sotish uchun kulolchilik xunari homiylariga toat-ibodat etilib,
qurbonlik keltirilgan. Mahalla uylarining bir xonasida erda diametri 30
sm bo‟lgan chuqurcha kuydirilmagan idish va xum siniqlari bilan
to‟ldirilgan. Bu – kulol o‟chog‟iga navbatdagi xom ashyono solishdan
oldin, natija yaxshi bo‟lishi uchun olov ilohiga qurbonlik keltirilgan
tortiq bo‟lgan. Shuningdek, kulollar mahallasida IV-VI asrlarga mansub
bo‟lgan kichkina sopol obi nonlar topilgan. Olimlar ularni novvoylar
tumor sifatida ishlatganlar yoki baraka keltirsin deb uyda saqlanganligini
e‟tirof etadilar.
To‟quvchilar mahallasida esa to‟qimachilik langarchalari va
so‟richalari qurbonlik qilingani aniqlangan.
O‟zbekiston hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar orqali
eftaliylar davri badiiy hunarmandchiligiga doir bir qator qimmatbaho
materiallar ham qo‟lga kiritlgan.
Ular qatorida Samarqand shahrining Chelak qishlog‟idan topilgan
kumush lagandir. Ushbu topilma bir tomondan badiiy bezagining o‟ziga
hosligi bilan ajralib tursa, ikkinchi tomondan eftaliylar davri metal
o‟ymakorligining (torevtika) yuqori darajaga ko‟tarilganligidan dalolat
beradi. Ushbu idishning tag qismida erkak kishining chap tomonga qarab
qo‟lida lotos (nilufar guli) ushlab turgan holdagi tasviri o‟yib ishlangan.
Idishdagi tasvirning markaziy qismida esa raqs tushayotgan ayollar
tasvirlangan. Ushbu topilma B.I. Marshak tomonidan idishning tagidagi
erkak tasviriga asoslangan holda eftaliylar davriga oid deb topildi.
Chunki bu tasvir eftaliy hukmdorlari Toraman va Kingilaning 430-490
yillarda zarb ettirgan tangalardagi tasvirlarga juda yaqindir. Ularda
hukmdorlar tasviri yirik etib tasvirlanib, burninig kattaligi va baland
uzunchoq bosh kiyimi bilan ajralib turgan. Ushbu topilma san‟atshunos
32
olima G.A. Pugachenkova tomonidan yetarlicha talqin etib berilgan. B.I.
Marshak tomonidan ushbu topilmadagi tasvirlar o‟z uslubi jihatidan
Hind san’atiga yaqinligi e‟tirof etildi.
Shu o‟rinda ta‟kidlash joizki, eftaliylar davrida Markaziy
Osiyoning katta qismi va Shimoliy Hindistonnig yagona bir davlatga
birlashtirilishi madaniy aloqalar uyg‟unligiga ham katta ta‟sir ko‟rsatgan.
Shuningdek, eftaliylar davri qo‟shiqlari va eposlari ham mavjud
bo‟lganki ular haqida Firdavsiyning “Shohnoma ” asari hikoya qiladi.
Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan Navro‟z va unga xos xalq
marosimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda
keng bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari –
otashkadalar bo‟lib ular zardushtiylik dinining muqaddas maskanlari
sifatida aholi tomonidan ziyorat etilgan. Xullas, eftaliylar davrida
o‟lkamiz xalqlari o‟ziga xos boy madaniy va ma‟naviy turmush tarzini
yaratib, undan bahramand bo‟lganlar. Ayni chog‟da, ular o‟zlaridan
keyingi avlodlar uchun munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning
davriga oid turli hududlardan topilgan ko‟plab noyob topilmalar, osori-
atiqalar guvohdir.
33
2-mavzu. Turk xoqonligi
Reja:
1. Turk xoqonligining vujudga kelishi. Tarixiy, siyosiy jarayonlar,
iqtisodiy va ijtimoiy hayot.
2. Turk xoqonligi shaharsozligi.
3. Turk xoqonligida madaniy va ma‟naviy hayot.
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi.
Mavzu
Turk xoqonligi
Ma’ruza mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi
Talabalar soni – 20
Vaqt – 2 soat
O’quv mashg’ulot shakli
Bilimlarni chuquralashtirish va kengaytirish
bo‟yicha ma‟ruza mashg‟ulot
Ma’ruza
mashg’ulot
rejasi
1.Turk
xoqonligining
vujudga
kelishi.
Tarixiy,siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va
ijtimoiy hayot.
2. Turk xoqonligi shaharsozligi.
3.Turk xoqonligida madaniy va ma‟naviy
hayot.
O’quv mashg’ulot maqsadi: Mavzu yuzasidan bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirish, ma’ruzaga tayyorgarlikni mustahkamlash.
Pedagogik vazifalar:
Talabalarni ma‟ruza
mashg‟uloti
bo‟yicha
bilimlarini oshirish;
Ilk o‟rta asrlar o‟zbek
davlatchiligida
turk
xoqonligi davrining o‟rni
haqida ma‟lumot berish;
Ilk o‟rta asrlar o‟zbek
davlatlarining
madaniy
hayoti haqida tushuncha
berish;
O’quv mashg’ulotining natijalari:
Talaba:
O‟zbekiston hududidagi ilk o‟rta asrlar
o‟zbek davlatchiligi haqida tushunchaga ega
bo‟ladi;
O‟rta Osiyo halqlarining turk xoqonligi
davridagi ijtimoiy, iqtisodiy vaa madaniy
hayoti haqida to‟g‟ri baho bera olishi;
Mavzu
yuzasidan
klaster
hamda
yelpig‟ich uslubida berilgan topshiriqlarni
bajarishda ishtirok etish;
Oqitish
uslublari
va
texnikasi
Ma‟ruzalar, klsaster, blits-so‟rov, bahs,
yozma topshiriq, slaydlar
34
Oqitish vositasi
Visual materiallar, doska, slaydlar mavzu
yuzasidan jadvallar
Oqitish shakli
Jamoa va juftlikda ishlash
Oqitish shart-sharoitlari
Ma‟ruza mashg‟ulot uchun tehnik vositalar.
Turk xoqonligining vujudga kelishi. Tarixiy, siyosiy, iqtisodiy
jarayonlar va ijtimoiy hayot
O‟zbekiston davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim
o‟rin egallaydi. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy
qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‟u, O‟g‟iz, To‟qqiz o‟g‟iz, O‟ttuz tatar,
Qarluq, Qiton, Tolis, Turk, Uyg,ur, Quruqan, Duba va boshqalar
yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o‟lkasida siyosiy jarayonlar
faollashadi. O‟sha paytda hozirgi Mo‟g‟uliston va qisman Xitoyning
shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr
boshlarida Oltoydagi Turkiy qavmlar orasida Ashin urug‟ining mavqei
ko‟tariladi. Ashin urug‟iga mansub Asan va Tuu 460-545-yillarda
boshqa urug‟larni o‟zlariga bo‟ysundiradilar va Oltoydagi turkiy
qabilalar ittifoqiga asos soldilar. Tuuning o‟g‟li Bumin Tele qabilasini
ham bo‟ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun
kurashadi va 551-yilda Jujan xonining qo‟shinlarini yengib, ularni
o‟zlariga bo‟ysundiradi. Bumin 552-yilda Xoqon deb e‟lon qilinadi va
yangi davlat – Turk xoqonligiga asos soladi.
Uning poytaxti Oltoydagi O‟tukan shaxri edi. Xoqonlik tez orada
kuchayib, uning dovrug‟i ortib borgan. U ko‟p bor Xitoyga yurishlar
qilib , uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk
xoqonligiga har yili o‟lpon tariqasida yuz bo‟lakdan iborat ipak mato
berib turishga majbur bo‟lgan.
Turk xoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo‟lsada, lekin
ularning ko‟pchiligi bir-biriga qarama-qarshi ma‟lumotlar beradi.
Bular qatorida Xitoy manbalari, mashhur “O‟g‟iznoma”, O‟rxun
Enasoy yozuvlari, Qultegin bitiklari, VI asr oxirida yashagan vizantiyalik
tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi
Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari qimmatli manbalar hisoblanadi.
Shuningdek bu to‟g‟ridagi ma‟lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy,
Denovariy (IX-X asr), Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqalar
asarlarida uchraydi. “Alpomish”, “Go‟ro‟g‟li”, “Manas” kabi umum-
turkiy xalq dostonlari, o‟rta asrlardagi Mahmud Qoshg‟ariy, Ahmad
35
Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib kabi turkiy mualliflar asarlarida turkiy
madaniyat, adabiyot, tarix to‟g‟risida ma‟lumotlar keltiriladi.
Yusuf Xos Hojib o‟zining “Qutadg‟u bilig” (Saodatga yo‟llovchi
bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er Tunga to‟g‟risida
shunday deb yozadi: “u bilimdon, zakovatli katta hunar egasi edi, bu
fazilatlari uninig shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining
sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi”.
Tarixda turklarning kelib chiqishi haqida ko‟plab afsona va
rivoyatlar mavjud. Bir afsonada ko‟rsatilishicha, g‟arbiy dengiz
qirg‟og‟ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo‟shni qabilalar
tomonidan qirib tashlanadi. Shunda 10 yoshli bola yashirinib tirik qoladi.
O‟sha yerdagi urg‟ochi bo‟ri unga xotin bo‟ladi. Bolani bo‟ri Turfon
tog‟lariga olib chiqib ketadi. O‟sha yerda bo‟ri 10 ta bola tug‟adi.
O‟g‟illardan birining nomi Ashin bo‟lib, u keyinchalik yangi qabilaning
rahbari bo‟ladi. Afsonaga ko‟ra “Turk” so‟zi Oltoy tog‟larining eng
qadimgi nomidan kelib chiqqan. Xitoy yozma manbalarida Turklar
“xun” nomi ostida eramizning 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib
o‟rnashgan. Bu urug‟ Ashin urug‟i nomi bilan atalgan. Xitoylar Ashin
qabilasini “Tuk-yu” deb ham ataganlar. P. Pelyu bu so‟zni “Turk-yut”
(ya‟ni turkiylar) deb izohlaydi. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan
ma‟noni anglatadi.
Avval bu urug‟ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin
turgan barcha qabila urug‟larga ham umumiy nom sifatida yuritiladi.
Bumin yangi davlat- Turk xoqonligiga (551-744) asos soladi va Ili
daryosi bo‟yida hukmdor deb e‟lon qilingach, “Ilixon” degan unvonni
oladi. Turklar hukmdori o‟zini hoqon (turkcha qag‟an) yurita boshlaydi.
Bumin o‟z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-
arabcha, Stembi-xagan yunoncha), birinchi sarkarda, davlatning birinchi
amaldori darajasiga to‟g‟ri keluvchi “Yabg‟u” unvonini berib u bilan
birgalikda o‟z davlatini kengaytirish payiga tushdi. Istami ko‟proq
g‟arbiy yo‟nalishga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi
nushibi, turkash, uzli qabilalarini o‟ziga bo‟ysundiradi.
553-yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o‟g‟li
Mug‟anxon (553-572) o‟tiradi. Muganxon 558-yilda jujanlarga so‟nggi
bor qaqshatgich zarba berib, o‟z davlati hukmronligini Tinch okeaniga-
cha bo‟lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami
xoqonkik hududini g‟arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va
boshqa hududlarni egallaydi.
36
563-567-yillar davomida Istami qo‟shinlari eftaliylar davlatiga
ketma-ket zarbalar berib , O‟rta Osiy va Kaspiy dengizigacha bo‟lgan
yerlarni egallashga muvaffaq bo‟ladi. Buning oqibatida eftaliylar davlati
qulaydi Muqanxon hukmdorligi davrida turk xoqonligi yuksak cho‟qqiga
kotariladi. 554-yil Muqan xoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq
o‟lkalarini o‟ziga bo‟ysundiradi va Tinch okeani qirg‟oqlariga chiqadi. U
O‟rxun, Tug‟la Selenga daryolari bo‟ylaridagi qirg‟izlarni, Baykal
atroflaridagi uyg‟urlarni o‟ziga bo‟ysundiradi. 558-yili turklar Ural va
Volga bo‟ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‟chmanchi ovarlar
bilan to‟qnashadi.
Xoqonlikning bevosita g‟arbiy qismini boshqarib turgan Istami va
bosh xoqon Muqanxon ham savdo yo‟li va uning ahamiyatini tushunib
bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami
Yabg‟u So‟g‟d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi.
Eronga mashhur so‟g‟d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida
elchilar guruhi jo‟natiladi. Xusravshoh o‟z atrofidagi amaldorlarning
maslahatiga kirib, so‟g‟diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‟ng
uni elchilar ko‟z o‟ngida yig‟ib yoqib tashlaydi.
Istami bu voqeadan qattiq ranjisada Xusravshoh huzuriga ikkinchi
marotaba o‟z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat
turklardan iborat bo‟lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat
namoyon bo‟lishi kerak edi. Bu safar turk elchlari zaharlab o‟ldiriladi.
Ularning faqatgina bir nechasigina xoqon huzuriga yetib keladi. O‟z
ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‟tarisha olmadilar” deb
berkitishadi. Istami Xusrav I Anushirvon qo‟shinlarini tor-mor qilib
Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftaliylar o‟z yerlarining Eronga
tushib qolgan qismini yana o‟z qo‟llariga qaytarib oladilar. Eron tinchlik
sulhiga kelishib 40 ming vizantiya tillasi to‟lash majburuiyatini oladi.
Undan so‟ng Eron bilan Vizantiya o‟rtasida urush boshlanib ketib,
sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoladi.
576-yili Muqanxon va Istami yabg‟ularning vafotidan so‟ng Turk
xoqonligining ta‟siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom
Chubin Chur Bag‟a xoqon qo‟mondonligidagi 300000 kishilik turk
qo‟shinini tor-mor qiladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend
shahriga bostirib kirib xoqonning o‟g‟li Barmuda Teginni asirga oladi.
Xoqon xazinasini esa Eron shohi Xormuzdga yuboradi.
Turk xoqonligi 568-569-yillarda o‟sha davrning qudratli davlati-
Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‟rnatishga intilib ,
37
So‟g‟ savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi.
Elchilar imperator Yustinian qabulida bo‟ladi. Shundan so‟ng Zemarx
boshliq elchilari xoqonlikka keladi.
Turk xoqonlari O‟rta Osiyoda hukmronlik qilgan bo‟lsalarda biroq
o‟zlari bu hududga ko‟chib kelmaganlar.
Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib
bo‟ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib ulardan
olinadigan soliq-o‟lponlar va to‟lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan
ko‟rinadiki Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy
davlat tuzilmalari , ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat
bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan Xoqonlik istisno hollardagina
o‟lkaning ijtimoi-siyosiy hayotiga aralashgan Bu narsa ko‟proq tashqi
siyosat , xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida
ta‟kidlanganidek, Zarafshon,Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida 9 ta
mustaqil hokimlik mavjud bo‟lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‟,
Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir.
Samarqand, buxoro, Xorazm, Choch, hokimliklari o‟zlariga ancha
mustaqil bo‟lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng
muomalada bo‟lgan. Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqil hokimliklar
o‟rtasida o‟zaro kurash va ichki ziddiyatlar bo‟lib turgan. Bu esa
mahalliy aholi turmushini nochor axvolga olib kelgan. 585-586-
yillardagi Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi
Abro‟y boshchiligidagi qo‟zg‟olonga sabab bo‟ladi. Xoqon Qoracho‟rin
qo‟shinlari qo‟zg‟olonni bostirib, qo‟zg‟olonchilarni qattiq jazolaydi.
Bo‟ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish
tartibi xoqonlikni zaiflashtira bordi. Muqon xoqon vafotidan so‟ng taxtga
uning ukasi Arslon To‟ba o‟tirdi. Arslon to‟ba buddiylikka berilgan
bo‟lsada, mamlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma
tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirish choralarini ham ko‟rdi. Ammo 581-yilda Arslon To‟ba
vafot etgach Turk xoqonlari o‟rtasida o‟zaro kurashlar avj olib ketadi.
Natijada xoqonlik ikki qismga bo‟linib ketdi.
Ular G‟arbiy turk xoqonligi (uning tarkibiga O‟rta Osiyo, Sharqiy
Turkiston hudulari kirgan) hamda Sharqiy turk xoqonligi (uning
tarkibiga Mo‟g‟uliston hududlari kirgan). Sharqiy xoqonlikni Arslon
To‟baning kichik o‟g‟li Ishbara boshqara boshlaydi.G‟arbiy xoqonlikka
Istami yabg‟uning o‟g‟li Qora Churin boshchilik qilgan. Qora churin
Istamining vafotidan so‟ng bu taxtga o‟tirgan bo‟lib, boshqa xoqon va
38
xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkori edi. Qora Churin qarib
qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‟zini xoqon deb e‟lon qiladi.
U Bug‟u xoqon (qaxramon xoqon) degan nomni oldi
G‟arbiy turk xoqonligida shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy
bilan qizg‟in savdo-sotiq va diplomatik aloqalar kuzatilgan.
Xitoyda Tan sulolasi davrida (618-907-yil) G‟arbiy turk xoqonligi
bilan Xitoy o‟rtasida aloqalar keng yo‟lga qo‟yiladi. Masalan 627-644-
yillarda O‟rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan.
VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh
Syuan Tsin Issiqko‟l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi
joylarning ancha gavjum va obod bo‟lganligini qayd etadi.
Yarim asrlik hukmronlik jarayonida turklarning bir qismi
o‟troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O‟troq
hayotning an‟anaviy-ma‟muriy udumlari ta‟sirida boshqaruv tarkiblari
asta-sekin o‟zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mustahkamlanib
boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, O‟rta Osiyo siyosatining
barcha jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Xoqon Shego‟y vafotidan
so‟ng hokimiyatga kelgan To‟n yabg‟u davrida xoqonlar yanada
kuchayadi.
Uning davrida boshqaruv tartiblari isloh etildi. Turk xoqonligida
butun saltanat ustidan oily hukmronlikni Xoqon olib brogan. Bu lavozim
merosiy bo‟lgan Xitoy manbalariga ko‟ra ota doimo o‟z o‟g‟liga taxtni
qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi
lozim bo‟lgan. Bundan tashqari shunday hollar ham bo‟lganki, taxt
sohibini “ulus oqsoqollari” tayinlagan. Xitoy manbalariga ko‟ra,
turkiylar xonni taxtga o‟tqazishda maxsus marosim o‟tkazganlar:
amaldorlar bo‟lajak xonni kigizga o‟tkizib, quyosh yurishi bilan 9
marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar uni qutlab turganlar. Keyin xonni
otga o‟tqazib, bo‟yniga ipak mato bo‟g‟laganlar. Keyin undan
so‟raganlar: “Siz necha yil xon bo‟lmoqchisiz?”. U necha yil xon
bo‟lishini aytgan va shu muddat tugaganidan keyin taxtdan ketgan.
Xoqondan keyinga shaxs “yabg‟u” davlatdagi birinchi amaldor
vazifasida bo‟lgan. Ammo yabg‟u taxtga merosxo‟rlik qila olmas edi.
Taxt merosxo‟ri “tegin” (shaxzoda) deb yuritilgan. “Tudun” unvoni
hukmdorning joylardagi noibiga berilgan. Ular mahalliy hokimlar
siyosatini, boj soliq ishlarini nazorat qilganlar.Ko‟chmanchilarning
asosiy qismi chorvadorlardan iborat edi. Bunday xalq ommasini turklar
“budun” yoki “qora budun” deb atashgan.
39
Tan sulolasi 659-yilda Sharqiy Turk xoqonligini o‟ziga
bo‟ysundiradi. VII asr ikkinshi yarmida anca kuchaygan Xitoy O‟rta
Osiyo hududlarini ham o‟z qo‟l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670-
yilda tibetliklar bosh ko‟tarib, shjarqiy turk xoqonligini yangidan
tiklaganlaridan so‟ng, bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni
keltirib chiqargach, Xitoy O‟rta Osiyoga bo‟lgan o‟z da‟vosidan voz
kechadi. Xitoyning e‟tibori endi Tibetga qaratiladi. Bu davrda O‟rta
Osiyo hududlarida G‟arbiy turk xoqonligi ta‟siri tobora zaiflashib boradi.
Bunga mahalliy hokimliklar o‟rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer –mulk
uchun o‟zaro kurashlar ham sabab bo‟ladi.
Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o‟laroq g‟arbiy
hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi
nisbatan yuqori bo‟lgan. Sharqiy hududlarda yashagan ko‟pchilik
ko‟chmanchi elatlarda urug‟-qabilachilik munosabatlari hamon kuchli
saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb
atalgan. Urug‟-qabilaning nomdor vakillari “bek”lar deb yuritilgan.
Jamoani xoqon va zodagonlar kengashi – “Qurultoy” boshqargan. O‟rta
Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog‟dorchilik va uzumchilik
sohalari yuksak darajada rivojlangan. O‟lkaning Farg‟ona, Xorazm va
Zarafshon vohalarida ko‟plab suv ayirg‟ichlar, kanallar, suv havzalari
bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |