Eftaliylarning siyosiy tarixi.
Eftaliylarning tarix sahnasidagi siyosiy hayoti Eron sosoniylari
siyosiy tarixi bilan chambarchas bog‟liqdir. Buning asosiy sababi o‟sha
davrning yirik imperiyalaridan biri sanalgan sosoniylar davlatining bir
necha bor eftaliylar davlatiga da‟vo qilganligidir. Buning misoli sifatida
Forslar shohi Ardashir Papakanning (222-241 yy.) qo‟shinlari Parfiya
shohi Artaban V ning qo‟shinlarini 224 yilda mag‟lub etib, o‟z bosib
olgan hududlarida mustahkam o‟rnashib olgach sosoniylar Markaziy
Osiyoni egallashga bir necha bor urinib ko‟rganliklarini ta‟kidlash
mumkin.
Ammian Marcellinning ma‟lumotlariga ko‟ra sosoniy shohi
Shopur II (309-379) xioniy qabilalariga qarshi jang uchun o‟zining katta
qo‟shini va mablag‟ini sarflashga to‟g‟ri kelgan. Shopur II 357-358
yillarda xioniylar bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzgach yurtiga qaytib
ketadi. Ittifoqchilik shartnomasiga ko‟ra Shopur II va Rim imperatori
Konstantin II (337-361 yy) o‟rtasidagi Amida (hozirgi Diyorbakir.
Turkiya) shahrini egallashdagi bo‟lgan jangda 359-yilda hioniylar
ishtirok etadilar. Ammian Marcellinning yozishicha Grumbat boshchi-
ligidagi xioniy qo‟shinlari shaharning janubiy darvozasini ishg‟ol
11
А.Курбанов. Эфталиты (очерки истории). Санкт-Петербург, 2006.
С.28.
12
etadilar. Bu jangda Grumbatning o‟g‟li vafot etadi. Bu jangdagi g‟alaba
tufayli shaharning sharqiy qismi xioniylarga o‟tadi.
12
IV asrning 60-yil oxiri – 70-yil boshlarida Shopur II poytaxti Balx
shahri bo‟lgan kushonlar bilan ikki bor jang qiladi. Ushbu janglar tarixi
bizga arman tarixchisi F. Buzand (IV-V asrlar) asarlaridan ma‟lum.
Ushbu jang kushonlarning g‟alabasi bilan tugaganligini, ikkinchi jang
esa ularning mag‟lubiyati bilan tugaganligini arman tarixchilari bayon
etadilar.
Sosoniy shohi Shopur II ning Markaziy Osiyoda hukmronlik
qilayotgan qabilalar bilan bolgan jangi manbalardagi turli chalkashliklar
tufayli olimlar o‟rtasida ko‟plab bahslarga sabab bo‟lmoqda. A.
Gubayeva fikricha Shopur II ning xioniylar bilan bo‟lgan jangi natijasida
xioniylar Dahistonni egllaydilar. V.G. Lukonin ma‟lumotiga ko‟ra esa
IV asrning 60 - yillari oxirida Sosoniy shohi Kushonlar shohi bilan
to‟qnashadi, bu jangda unga xioniylar ittifoqchi bo‟ladilar. E.V. Zeymal
fikricha o‟sha paytda kushon shohi F. Buzand keltirgan ma‟lumotidagi
“Buyuk kushon shohi -Arshakun”, bu so‟nggi kushon podsholaridan
biri Vasudeva bo‟lgan.
Boshqa bir qator olimlar (M.M. Dyakonov, A.M. Mandelstam,
V.M. Masson) Shopur II kidariylar bilan to‟qnash kelganliklarini va
unda sosoniylarga xioniylar ittifoqdosh bo‟lganliklarini ta‟kidlaydilar.
L.X. Ter-Mkrtichyanning ta‟kidlashicha esa Shopur II ga qarshi turgan
qabila bu faqat xioniylar bo‟lib, o‟sha davrda ular O‟rta Osiyoda mutloq
hukmron edilar. R. Frayning ta‟kidlashicha esa kushonlarning shuhrati
shu qadar ulkan bo‟lganki, xatto ularning avlodi eftaliylar va Shohlar
sulolasi bo‟lgan Qobul hukmdorlari ham o‟zlarini to arablar bosqiniga
qadar o‟z sulolalari tarixini kushonlarga borib taqaganlar.
B.Ya. Staviskiy va B.I. Vaynberg numizmatik materiallarni tahlil
etgan holda Shopur I (383-388) va Varahran IV (388-399) hukmron-
ligining so‟nggi yillarida sobiq Kushonlar Baqtriyasida kidariylar va
hioniylarning tangalari zarb etila boshlanganligi va ushbu hudud bu
paytda mustaqil bo‟lganligini ta‟kidlaydilar.
13
12
А. Курбанов. Эфталиты (очерки истории). Санкт-Петербург, 2006.
С.33.
13
Cтавиский Б.Я, Вайнберг Б.И. Сасаниды в правобережной
Бактрии (Тохаристане) в IV-V вв. // Вестник древней истории. 1972. № 3.
С. 188
13
Dostonlarda Baxrom Go’r nomi bilan mashhur bo‟lgan forslar
shohi Varaxran V (420-438 yy) hukmronligigacha bo‟lgan davrda
forslarning O‟rta Osiyo chegaralaridagi janglari haqida axborotlar
deyarli ma‟lum emas.
O‟rta asr tarixchilari at-Tabari (839-923), ad- Dinavoriyning (IX
asr) ma‟lumotiga ko‟ra Bahrom Go‟r hukmronligi paytida Eronga xoqon
boshchiligida “turk”larning ulkan qo‟shini bostirib kiradi. Ikki o‟rtadagi
janglar tafsiloti mualliflar tomonidan qiziqarli bayon etilgan. Unga ko‟ra
Bahrom Go‟r ayyorona yo‟l tutib turklar ustidan g‟alaba qozongan.
14
Shu o‟rinda o‟rta asr arab va fors manbalarida keltirilgan va
forslar shohi Varahran V bilan jang qilgan “turklar” aslida kimlar
ekanligini aniqlash muhim. Bu borada hozirda olimlar o‟rtasida yagona
fikr mavjud emas. Bir guruh olimlar (I.Markvart, M.E. Massun, E
.
E.
Nerazik, S.V. Vyazigin, B.G‟. G‟ofurov, K.B.Trever, A. Gubayev) eron
shohiga qarshi xioniylar jang qilgan desalar, boshqa bir guruh olimlar
(A. N. Bernstam, M.M. Dyakonov, A.M. Mandelstam, S.P. Tolstov, P.G.
Bulgakov) ular- eftaliylar, yana bir guruh olimlar esa (L.N. Gumilev va
boshqalar) kidariylar bo‟lgan degan fikrni ilgari suradilar. A. N.
Pigulevskaya esa aniq bir xalq nomini keltirmaydi va Varaxran V xun
qabilalari bilan jang qilganligini ta‟kidlaydi.
15
Arman manbalarining guvohlik berishicha Varaxran V ning o‟g‟li
Yazdigird II (438-457), o‟z oldiga istilochilik maqsadlarini qo‟yadi va
uning butun hukmronlik davri O‟rta Osiyo xalqlariga qarshi janglar bilan
bog‟liq. Yazdigird II ning xioniy – eftaliylarga qarshi olib borgan ko‟p
yillik janglari besamar ketadi.
O‟rta asr tarixchisi at-Tabari ma‟lumotiga ko‟ra eftaliy shohi
Axshunvor (Vaxshunvor, ba‟zi manbalarda Xushnavoz) qo‟l ostida 457
yilda Gurdjiston, Toxariston, Balx, Badaxshon hududlari bo‟lgan.
Shu o‟rinda eftaliylar shohi nomining kelib chiqishiga doir turli
bahslar ham mavjudligini ta‟kidlash joiz. V.A. Livshits bu ism so‟g‟dcha
o‟qilib sharqiy eron tilidan kelib chiqib “shohlikni himoya qiluvchi”
ma‟nosini anglatgan desa; S.Gomech eftaliy shohi Aksungur deb
atalganini ta‟kidlaydi, Vizantiya tarixchisi F. Simokatta uni Eftalan,
Axshunvor deb tilga oladi. Maxmud Qoshg‟ariy uni Axshundar deb tilga
14
Булгаков П. Г. Из арабских источников о Мерве. // Труды
ЮТАКЭ. Ашхабад,1963. Т. XII. С.213-214
15
Маршак Б.И. К вопросу о восточных противниках Ирана в V . в. //
Страны и народы Востова 1971. Вып.10. С.62.
14
olsa, A.Vamberi esa Akshunkar (Aksongar), yani turkchada oq shunqor ,
ma‟nosini anglatganini ta‟kidlaydi
16
. L.N Gumilev esa eftaliy shohining
Xushnavoz deb atalgani uni fors tilida “iste‟dodli musiqachi” ma‟nosini
anglatganini ta‟kidlaydi. B.X. Karmisheva Surxondaryo chegarasidagi
Vaxshuvorni tahlil etib, bu nomning eftaliy shohi nomiga o‟xshashligini
e‟tirof etadi.
Eftaliylar va sosoniylar o‟rtaisdagi janglar Pero’z (459-484)
davrida avj oladi. Yazdigird II vafotidan so‟ng 457-yilda uning ikki
o‟g‟li Xormizd va ukasi Pero‟z ortasida taxt uchun kurash boshlanadi.
Xormuzd taxtni egallagach Pero‟z eftaliylar davlatiga qochib ketadi va
ulardan taxtni egallashda yordam berishlariga umid qiladi. Firdavsiy
ma‟lumotlariga ko‟ra eftaliy shohi Faganish Pero‟zga Termiz va
Vashgird (Vaxsh va Kofirnihon oralig‟idagi shahar) shahri evaziga 30
ming harbiy qo‟shin beradi. Eftaliylar yordami bilan Pero‟z o‟z akasini
459-yilda mag‟lub etadi va shohlik taxtini egallaydi. Shu yili Pero‟z
eftaliy shohi Vaxshunvor bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzadi.
17
Kidariylar ustidan g‟alaba qozongan Pero‟z ittifoqchilik shart-
nomasi tuzilganligiga qaramay eftaliylarga qarshi jangga tayorlanadi.
Ad-Dinavoriy ma‟lumotiga ko‟ra urushning sababi Tohariston
aholisining eftaliylardan noroziligi va Pero‟zdan yordam so‟raganligi
bo‟lgan. Bu paytda eftaliylar davlati tarkibiga Kaspiy dengizining
sharqiy qirg‟oqlari, Turkmaniston cho‟llari, Amudaryo oqimi bo‟ylab
joylashgan hududlar, Murg‟ob va Tajan daryolarining yuqori oqimidagi
hududlar (Shimoliy Afg‟oniston) kirgan.
Ba‟zi ma‟lumotlarda Pero‟zning eftaliylar ustiga hujumi 457 yilda,
boshqa ma‟lumotda esa 482-yilda boshlangan va Pero‟zning mag‟lu-
biyati bilan tugaganligi ta‟kidlanadi.
Prokopiy Kesarskiy ma‟lumotiga ko‟ra Pero‟z eftaliylarga
ularning ayyorona va aqlan o‟ylab topgan rejalari asosida asirlikka tushib
qoladi. Eftaliylar shohi Pero‟zga shunday badal to‟lashini aytadiki uni
Pero‟z xursandlik bilan qabul qiladi. Pero‟zni ozod etish sharti bu – juda
katta miqdordagi oltin edi. Talab etilgan to‟lov Vizantiya imperatori
Zenon (479-491-yy.) tomonidan beriladi. Chunki sosoniylar Kavkazning
tog‟li hududlarida sosoniylar qal‟a va gornizonlarni qo‟l ostida ushlashi
16
Вамбери.Г. История Бухары или Трансоксаниис древнейших
времен до настоящего. СПб.,1873. С.110
17
Фирдоуси. Шахнаме. М.,1989. Т. VI. С. 6-7.
15
va u yerdan dushmanni o‟tkazib yubormaslik sharti bilan Vizantiya
imperiyasi ularga subsidiya to‟lashi lozim bo‟lgan.
Eftaliylar va Pero‟z o‟rtasidagi jang tafsilotlari Ibn al-Fakih
tomonidan ham qiziqarli tarzda bayon etilgan. Manbalarda Pero‟zning
eftaliylar ustiga uch bora yurish qilgani bayon etiladi. Birinchi yurishi
muvaffaqiyatsiz chiqqach u ikkinchi bor yurish boshlaydi. S.P.
Tolstovning ta‟kidlashicha Pero‟zning ikkinchi yurishi 479-yilda sodir
bo‟lgan. Ikkinchi bor asirlikka tushgan Pero‟z eftaliylarga o‟z ozodligi
uchun katta miqdorda kumush tanga, shu bilan birga chegara shahar
Talakanni eftaliylarga qaytarib berishi kerak bo‟lgan.
Pero‟zning uchinchi jangining sababi Prisk Paniyskiy ma‟lumotiga
ko‟ra Pero‟zning kidariylar shohiga xotinlikka o‟z singlisini emas
kanizakni yuborganligi ma‟lum bo‟lib qolgach o‟zini xaqoratlangan deb
his qilganligi uchun shoh Kunha Pero‟zdan o‟ch olmoqchi bo‟ladi. Unga
noma yuborib Pero‟zdan tajribali xarbiylaridan yuborishini iltimos
qiladi. Yolg‟oni fosh bo‟lganligidan bexabar Pero‟z Kunxaning talabini
qondiradi. Pero‟zning yolg‟oniga javoban kidariylar shohi u yuborgan
xarbiylarni ayanchli ahvolga soladi. Ana shu voqea ikki o‟rtada yana
jang boshlanishiga sabab bo‟lgan
18
. Prisk Paniyskiy bu yerda O‟rta
Osiyoda yashagan xun qabilalarini “kidariylar” deb atagan va tilga olgan.
Bal‟amining ma‟lumotuga ko‟ra Pero‟z bu jangni bosh kohin va
xarbiy qo‟shinnig qarshiligiga quloq solmay boshlab yuboradi. Urush
haqidagi xabar eftaliy shohiga yetib kelgach ular Pero‟zga ogohlantirish
nomasi yuboradilar, lekin bunga Pero‟z bepisand qaraydi. Shunda
eftaliylar sosoniylarga tuzoq qo‟yadilar. Bu safar ham jang eftaliylarning
g‟alabasi bilan tugaydi. Pero‟z va uning yetti o‟g‟li vafot etadi.
Pero‟zning tirik qolgan Kubod ismli o‟gli, ham keyinchalik eftaliy
shohiga xotin bo‟lgan qizi asirga tushadi. Lekin arman va vizantiya
manbalarida Pero‟zning jasadi o‟lganlar orsida topilmaganligi
kelatiriladi.
M.M. Dyakonov va A.M. Mandelstamning ta‟kidlashicha
Pero‟zdan so‟ng taxtga o‟tirgan uning ukasi Balash (484-488-yy.)
eftaliylarga har yili o‟lpon to‟lagan, sosoniylar bu o‟lpondan faqatgina
Husrav I Anushirvon davrida ozod bo‟lgan.
18
Гафуров Б.Г. Таджики. Древнейшая, древняя и средневековая
история. М., 1972. С.206.
16
V.M. Masson esa sosoniylarning eftaliylarga bo‟ysungan davrini
numizmatik materiallar asosida 484-545-yillar deb ta‟kidlaydi. Chunki
Balash, Kubod, Xusrav I tangalarida eftaliy tilida yozuv bitilgan.
Iyeshu Stilitning ma‟lumot berishicha Balash sosoniy kohinlari va
amaldorlari tomonidan taxtdan ag‟darilgach uning o‟rniga Pero‟zning
eftaliylar dargohida bolaligida tutqunlikda ushlab turilgan o‟g‟li Kubod
o‟tiradi.
V asrning so‟nggi choragida Eronda ko‟tarilgan Mazdak boshchi-
ligidagi qo‟zg‟olonni qo‟llab quvvatlagan shoh Kubod saroy a‟yonlari va
kohinlari tomonidan zindonband qilinadi va mahfiy o‟limga hukm
qilinadi. Kubod xotini yordamida u yerdan qochib qutiladi va eftaliylar
davlatiga yo‟l oladi. U yerda Kubod bir paytlar eftaliylar shohiga xotin
bo‟lgan o‟z singlisining qiziga uylanadi. Shu tariqa eftaliylarga kuyov
bo‟ladi va har yili ularga o‟lpon to‟lashiga to‟g‟ri keladi. Shu yillarda
Kubodning Vizantiya bilan munosbatlari keskinlashib ketadi. Bunga
sabab Vizantiya imperatori Anastasiy I ning eftaliylarga o‟lpon tolash
uchun Kubodga yordam berishdan bosh tortgani bo‟lgan. Kubod bu
masalani jang yo‟li bilan hal qilishni afzal ko‟radi va bu jangda 502-
yilda eftaliylar ittifoqchi sifatida ishtirok etadilar. 506-yilda sosoniy-
larning Vizantiya ustidan g‟alabasi tufayli eftaliylarga Kubod katta
miqdorda oltin hadya etadi.
U.Mak Governning ta‟kidlashicha Kubod eftaliylar bilan ittifoqni
buzib ularga qarshi 503-yildan 513-yilgacha davom etgan urush olib
boradi. A.N. Bernshtamning ma‟lumotiga ko‟ra Kubod 513-yilda
eftaliylarni tor-mor etadi va eftaliylar turklarning ta‟siriga tushib qoladi.
Shu o‟rinda eftaliylarning ulkan davlat tuzishdagi harakatlariga
e‟tibor qaratish lozim. Sosoniylar ustidan ga‟alaba qozongan eftaliylar
o‟z davlati chegaralarini kengaytirish maqsadida V asr boshlarida janub
tomonga qarab xarbiy yurishlarni davom ettiradilar. Hind manbalarida
Gupta dinastiyasi hukmdorlari eftaliylar (ular “xun” nomi bilan tilga
olinadi) bilan janglar olib borganliklari haqida ma‟lumot keltiriladi.
V.M. Massonning ta‟kidlashicha 460-yillarda eftaliylar Hind daryosining
o‟rta oqimidagi yerlar – Gandharani (hozirgi Pokiston hududlari)
egallaydilar. S.P. Tolstovning ta‟kidlashicha V asr oxirlarida eftaliylar-
ning yo‟lboshchisi Toraman 490-515-yillarda Gupta imperiyasining
qarshiligini yengib Sind, Radjastan va Jamna-Ganga vodiylarini
egallaydi. Hindistondagi eftaliylarning tangalarida Markaziy Osiyodagi
eftaliylarning tangalaridan farqli holda hindcha yozuvlar paydo bo‟ladi.
17
Toraman vafotidan so‟ng taxtga 515-544-yillarda uning o‟g‟li
Mihirakul o‟tiradi. U o‟z davlatining poytaxti etib Sagalani (hozirgi
Sialkot shahri) tanlaydi. VII asr xitoy sayyohi Syuan Tszanning
yozishicha Mihirakul butun Hindistonni o‟ziga bo‟ysundiradi. Kashmir-
ning “Radjatarangini” deb nomlangan tarixiy solnomasida Kalxan
Mixirakulni buzg‟unchilik xudosi bilan tenglashtirb, uning shohlik
taxtini egallaganligi haqida yozadi. Mixirakul o‟z davlati sarhadlarini
shimoliy-g‟arbiy Hindistonning Djamna-Gangasidan tortib Gvaliorgacha
kengaytiradi va u yerda o‟z nomiga atab Mihirapur shahrini bunyod
etadi. Aynan shu davrda Hindistonda eftaliy hukmdorlari o‟z saltana-
tining yuqori cho‟qqisiga ko‟tariladi. Lekin 533-yilda u Aulikar sulola-
sining hukmdori Yashodharman tomonidan mag‟lub etilib asirga tushadi.
Aynan shu paytda Mihirakulning ukasi unga qarshi bosh ko‟taradi, bu
vaziyatda shoh poytaxt Sakalani tashlab chiqib ketishiga to‟g‟ri keladi.
Mihirakul garchi mag‟lubiyatga uchragan bo‟lsada Gandhara va bir qator
qo‟shni hududlarni o‟z qo‟lida saqlab qolishga muvaffaq bo‟ladi.
Mihirakulning avlodlari keyinchalik katta kuchga ega bo‟la
olmadilar, shuning uchun ham ularning Hindistondagi hokimiyati
zaiflashib bordi. Lekin shunday bo‟lsada badiiy va epigrafik manbalar
ularning VII asrda ham hind hukmdorlariga qarshi kurash olib
borganliklari haqida ma‟lumot beradi.
Eftaliylar davlati sarhadlari Sharqiy Turkiston hududlariga ham
yetib brogan. Eftaliylar tomonidan 479-yili Sharqiy Turkiston, 490-497-
yillarda Urumchi davlat tarkibiga qo‟shib olingan. 495-yilda janubiy
teleutlar, 496-yilda esa shimoliy teleut qabilalari yerlari bosib olindi.
Shunday qilib VI asr boshlaridayoq Sharqiy Turkiston eftaliylar qo‟liga
o‟tadi.
516-520 va 526-yillarda eftaliylarning elchilari Janubiy Xitoyga,
Lyan imperiyasiga tashrif buyuradilar. Bu elchilikdan maqsad Vey
imperiyasiga qarshi ittifoq tuzishdan iborat bo‟lgan. 522-yilda Xara-Xoto
viloyati juan-juan hukmdori Polomen xitoyliklarga qarshi bosh ko‟taradi
va eftaliylar tomon qochishga urinadi, lekin uni Vey qo‟shinlari tutib
olib qatl etadilar. Shu o‟rinda aytib o‟tish joizki eftaliylarning juan-
juanlar bilan qarindoshlik aloqalari bo‟lgan. Polomenning uch singlisi
eftaliy hukmdorlarga turmushga chiqqan.
Shunday qilib, eftaliylar O‟rta Osiyoning katta qismini- Sharqiy
Turkistonni va Hindistonnig ko‟plab hududlarini o‟z qo‟l ostilarida
birlashtirib VI asr boshlarida yirik imperiyaga asos soladilar. Lekin VI
18
asrning ikkinchi yarmiga kelib eftaliylar shimoldan turk hoqonlogi,
janubdan sosoniylar davlati zarbasiga uchraydi. Chunki bu davrda
Markaziy Osiyo tarixida muhim rol o‟ynagan Turk xoqonligi tashkil
topadi (551-774 yy.). Turk xoqoni Bumin (551-552) 551-yilda ularning
ustidan hukmron bo‟lib kelgan juan-juanlarga qarshi urush boshlaydi.
Qora (552-553 yy.) va Mug’on davrida (553-572 yy.) turklar juan-
juanlar ustidan butunlay g‟alabaga erishib kuchli davlat birlashmasini
tashkil etdilar. 554 yilda Buminning ukasi Yabg‟u hoqon Istemi tez
orada Markaziy Qozog‟iston, Yettisuv va Xorazmni bo‟ysundirdi. 555-
yilda ular Orol dengizi bo‟ylariga va eftaliylar davlati chegaralariga yetib
boradilar. 553-554-yillarda sosoniylar va turklar o‟rtasida qarindoshlik
ittifoqi o‟rnatildi. Sosoniy shohi Husrav I turk hoqoni Istemining qiziga
uylanadi.
Turklar dastlab Chochni bo‟ysundiradilar. Turklar bilan bir
vaqtning o‟zida sosoniy podsho Husrav I Anushirvon Amudaryodan
janubda joylashgan yerlarni egallaydi. Eftaliylar va turklar o‟rtasidagi
janglar tafsiloti at-Tabariy tomonidan yozib qoldirilgan. Uning
ma‟lumotiga ko‟ra turk hoqoni Sinjibu (Istemi) kuchli va dovyurak
bo‟lib ko‟p sonli askarlarga ega bo‟lgan.
566-yildagi sosoniylar va turklar o‟rtasidagi kelishuvga binoan
Husrav I Anushirvon eftaliylarga tegishli bo‟lgan Amudaryoning
janubidagi yerlar: Sind, Bost, Ar-Rohadj (Arahosiya), Zabuliston.
Dardiston, Qobuliston va Chog‟aniyonga ega bo‟ladilar. Turklarga esa
So‟g‟diyona, Shosh, Farg‟ona va Sharqiy Turkiston tegadi. Eftaliylar
davlati masalasida ikki ittifoqdosh davlat o‟rtasida urushning kelib
chiqishiga oz qoladi. Bunga sabab Sharqiy Turkiston yerlari edi. Shu
bilan birga turklar sosoniylardan o‟lpon to‟lashni va so‟g‟d
savdogarlarini Eron hududida bemalol savdpo qilish imkonini yaratishni
so‟raydilar. Bu talabni Husrav I rad etgach turklar urush e‟lon qiladilar,
lekin sosoniylar chegarasiga yetgach mustahkam qal‟aga duch kelib
ortga qaytadilar. 571-yilda esa ikki davlat o‟rtasida tinchlik sulhi
o‟rnatilgach chegara hudud etib Amudaryo belgilandi.
Eftaliylar davri shaharsozligi va boshqaruv usullari
Eftaliylar davrining ijtimoiy-iqtisodiy munosbatlarining o‟ziga xos
tomonlaridan biri bu, yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishidir.
Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha bu davrga kelib davlatda
siyosiy tarqoqlik va markazga bo‟ysunmaslik yuz bergan.
19
Eftaliylarning bosqinchilik harakatlari, so‟ngra ularning birlashgan
dushman kuchlariga qarshi olib borgan janglari – ishlab chiqarish
kuchlarining pasayishiga, sug‟orma maydonlarining hamda shaharlar-
ning qisqarishiga sabab bo‟ldi.
S.P. Tolstov hamda K.V. Treverning ta‟kidlashicha eftaliylar orol
bo‟yi massagetlarining avlodlari bo‟lib, ularda boshqalarga nisbatan
jamoaviy – demokratik an‟analar saqlanib qolib, oilaviy turmushda
poliandriya (ko‟p erlik) mavjud bo‟lgan. Xitoy manbalaridan biri
“Beyshi”da “Aka-ukalar bitta xotinga ega bo‟lganlar. Aka-ukasi
bo‟lmagan erning xotini bir uchli qalpoq kiyib yurgan, ko‟p erliklar esa
ularrning soniga qarab qalpoqlarining uchini ko‟paytirganlar, kiyimlarida
ham shuncha yeng bo‟lgan”. Shunga o‟xshash ma‟lumotlar “Suyshu” da
ham bo‟lib, bu kabi odatlar K.V. Treverning ta‟kidlashicha massagetlar
orasidagi bo‟lgan odatlar eftaliylar jamoasi orasida ham saqlangan.
“Beyshi”da aytilishicha eftaliylarning yuqori qatlamida ko‟p
xotinlik mavjud bo‟lgan. “Lyanshu” da esa zodagonlarning oltin va
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimlar kiyganliklari aytiladi.
Manbalardan ma‟lumki eftaliylarda sochlarini qirib yengi kalta uzun
ko‟ylak kiyish odat bo‟lgan. Eftaliylarning ana shunday kiyinish
madaniyatlaridan guvohlik beruvchi ma‟lumotlar Sharqiy Turkiston
hududidan topilgan va V-VI asrlarga oid bo‟lgan devoriy suratlarda aks
etgan. Ilk o‟rta asr So‟g‟d va Toharistondagi ayollar kiyimlari esa
devoriy suratlar, terrakota va haykalchalardagi tasvirlardan eftaliylarga
xos tunik shakldagi keng va tor qilib tasvirlangan ust kiyim va ularning
ustida kamzulchalar, bosh kiyimlari, shalvarlari turlari ma‟lum.
“Beyshi” da aytilishicha taxt otadan o‟g‟ilga o‟tmagan, aksincha
taxtga avlodning munosib kishisi o‟tirgan.
Turli manbalarda eftaliylarning hayot tarzi turlicha talqin etiladi,
jumladan, Xitoy manbalarida ularni ko‟chib yuruvchi qabilalar deyilsa,
vizantiya va arman manbalarida ularning bir qator yirik shaharlarni
boshqarganliklari qayd etiladi. Agar tadqiqotchilarning xulosalariga
tayansak eftaliylarning janubiy Amudaryo hududlaridagi qismi avval-
gidek ko‟chmanchilik hayot tarzida qolgan bo‟lsalar, O‟rta Osiyodagi
qismi esa o‟troq bo‟lib, hatto mahalliy aholi bilan birikib ketganlar.
Eftaliylarning boshqaruvga oid turli unvon va mansablari kushonlardan
o‟tib, so‟ngra ularning ayrimlari, hatto sosoniylar tomonidan ham qabul
qilingan.
20
Jumladan “kanurang” (chegara qo‟riqchisi) unvoni dastlab
kushonlar, so‟ngra eftaliylar va sosoniylarda ham joriy etilgan.
V-VI asrlarda O‟rta Osiyoda shahar qurilishi rivojlana boshlaydi.
S.P. Tolstovga ko‟ra Xorazmdagi Xonqa-qala, Ko‟hna – uays, Baroq-
tom kabi bir qator yodgorliklar xioniy-eftaliylar qabilalari tomonidan
saqlanib qolgan. Ular orasida uchta qal‟adan iborat bo‟lgan Baroq-tom
yodgorligidir. Baroq-tom I yodgorligida ikki qavatli bino saqlangan.
Ikkinchi qavatdagi marosimlar xonasida xattoki gilam izlari saqlanib
qolgan.
Tarixiy manbalar va ularning tadqiq etilishi natijasida olimlarning
xulosalariga ko‟ra eftaliylar davlatining poytaxti turlicha keltiriladi.
B.G‟. G‟ofurov ularning poytaxti Poykend desa, V.V. Bartold esa
Badaxshon bo‟lgan degan fikrni ilgari surgan. S.P. Tolstov esa Poykend
poytaxt sifatida mashhur bo‟lganini ta‟kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |