EEE YO’NALISH 335-GURUH TALABASI ABDUJALILOV MIRZOTOLIBJONNING AMALIY MEHANIKA FANIDAN QAYTA O’ZLASHTIRISH TAQDIMOTI.
Mavzu:tishli uzatmalar va ularning klassifikatsiyasi.
Uzatmalar turlari
Aylanma harakatlar bir valdan boshqasiga turli detallar yordamida uzatiladi, bu detallar yig‘indisi uzatma deyiladi.Mashinasozlikda uzatmalarning tasmali, zanjirli, friksion, tishli, chervyakli, reykali va xrapovik mexanizmli turlari qo‘llaniladi.Tasmali uzatma g‘ildiraklari (shkivlari) tasma vositasida elastik bog‘langan bo‘lib, ular aylanma harakatni ishkalanish kuchi yordamida bir shkivdan ikkinchisiga uzatadi (1-shakl).Zanjirli uzatma yetakchi va yetaklanuvchi yulduzchalardan va ularni qamrab oluvchi zanjirdn iborat (2-shakl).Friksion uzatma ikki parallel vallar orasida bir-biriga kuch bilan siqiladigan ikkita katoklardan iborat (3-shakl, a). Agar vallarning o‘qlari o‘zaro kesishadigan bo‘lsa, konusaviy friksion katoklar qo‘llaniladi (3-shakl, b). Aylanma harakat yetakchi katokdan yetaklanuvchi katokka ishkalanish kuchi yordamida uzatiladi.
Parallel vallar orasidagi tishli uzatmalar tashqi (4-shakl, a) yoki ichki (4-shakl, b) ilashmada bo‘lgan silindrik tishli g‘ildiraklar vositasida amalga oshiriladi.
Parallel vallar orasidagi tishli uzatmalar tashqi (4-shakl, a) yoki ichki (4-shakl, b) ilashmada bo‘lgan silindrik tishli g‘ildiraklar vositasida amalga oshiriladi.
Chervyakli uzatma, vallar o‘zaro aykash bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Chervyakli uzatma chervyak va chervyakli g‘ildirakdan iborat (5-shakl).
Reykali uzatma aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantirish uchun xizmat qiladi va silindrik va tishli reykadan iborat bo‘ladi (6-shakl).
Xrapovikli mexanizm tishli g‘ildirak (xrapovik) va xrapovik tishlari orasidagi botika kirib turadigan maxsus detallardan (sobachkadan) iborat. Bu mexanizm valni fag‘at bir tomonga aylantiradi.
Tishli g‘ildiraklarning konstruksiyasi va elementlari Tishli g‘ildiraklar konstruktiv tuzilish jihatidan juda xilma-xil bo‘ladi. G‘ildirak tishlari qiyshiq shevronli va egri chiziqli bo‘lishi mumkin (8-shakl).
Tishli uzatmalar elementlarining terminlari, ta’riflari va belgilari GOST 16530-83 va GOST 16531-83 larda ko‘rsatilgan.Har qanday tishli g‘ildirakning tishi uning asosiy elementi hisoblanadi.Tishli g‘ildirak elementlarining o‘lchamlari modul orqali ifodalanadi (1-jadvalga qarang). Tishli g‘ildiraklar modullarining miqdori GOST 9563-60 da belgilanadi. GOST la modullarning ikki qatori mavjuddir.

Kunstruktor tishli uzatmani loyixalashda modul kattaligini hisoblab chiqadi va GOST 9563-60 bo‘yicha bu modulga yaqin katta modul tanlab oladi, so‘ngra formulalar bo‘yicha (1-jadvalga qarang) tishli g‘ildirakning boshqa elementlari o‘lchamlarini Aniqlaydi.