16.1-jadval.
Investitsiya oldi fazasi
25
1
2
3
Loyihani amalga oshirish
imkoniyatlarining tahlili
Loyihani
asoslashning
tayyorgarlik bosqichi
Loyihani baholash va investitsiya
qilish to’g’risida qaror qabul
qilish
24
Iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida muallif tomonidan tuzildi.
25
Iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida muallif tomonidan tuzildi.
yillar
Investitsiyalash uchun kerak
bo’ladigan mablag’lar hajmi
va salohiyatli (potentsial)
investorlar
Loyihani mavjud muqobillar
bilan
solishtirgandagi
dastlabki asoslash.
Yakuniy qaror sifatida loyihani
ijtimoiy-iqtisodiy baholash.
Loyihani
amalga
oshirishning ichki va tashqi
shart-sharoitlari baholash
Qo’shimcha
(funktsional)
izlanishlar.
Investitsiyalashning
salohiyatli
manbalarini aniqlash.
Loyihani amalga oshirish
imkoniyatlarini makro va
mikroiqtisodiy
darajada
tahlil qilish
Loyihani texnik iqtisodiy
asoslash (TIA).
Investitsiyalashning
tadbirlarining ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirishga
kelishish
va
tasdiqlash
(ishchi hujjatlar)
Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi,
dastlabki texnik – iqtisodiy tadqiqot – kuzatishlar o’tkaziladi, potentsion investor
va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan muzokarolar olib boriladi, xomashyo va
uskunalarni etkazib beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb
qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar
tuziladi; investitsion loyihani yuridik jixatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni
tayyorlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va korxonani ro’yxatga olish amalga
oshiriladi.
Loyihaning investitsiya oldi fazasida bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining
imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy bosqich tsiklida, uning hayotga
mos qobilligi va jalb etuvchanligiga asos yaratiladi. Investitsiya oldi fazasi
loyihaning to’liq xarakteristikasini berishi shart.
Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy tsikl bosqichining
davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasi quyidagi bosqichlari mavjud:
1) Investitsiya g’oyalarining shakllanishi, ya’ni g’oyani tanlash va dastlabki
asoslash yoki dastlabki investitsion kontsentsiyani shakllantirish (opportunity
studies);
2) Investitsiya
imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan
mahsulotga talabni o’rganish, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash (pre
– feasibility studies);
3) Loyihaning texnik – iqtisodiy asoslanishi yoki uning texnik -
iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studies);
4) Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul
qilish (final evaluation).
Investitsiya g’oyalarining shakllanishi bosqichida, bu g’oyani tanlash, uni
dastlabki asoslash, loyihada ko’rsatilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etish,
texnik, innovatsion va ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani
amalga oshirish davomida qo’yiladigan boshqa talablarga javob berish, investitsiya
g’oyasining ustunligini tarmoq, xududiy va davlat idoralari bilan dastlabki
kelishuv, loyihani amalga oshira oladigan korxonani dastlabki tanlash va
ma’lumotlar memorandumini tayyorlash ishlari ko’rib chiqiladi.
Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni xisobga
olgan xolda mahsulot va hizmatlarga bo’lgan talabni dastlabki o’rganish, mahsulot
va hizmatlar bazoviy, joriy va prognozlashtirilayotgan narhlari darajasini baholash,
loyihani amalga oshirish bo’yicha huquqiy – tashkiliy takliflar va loyiha
ishtirokchilari tarkibi, tahmin qilinayotgan investitsiya xajmlarini baholash,
loyihaning texnik – iqtisodiy asoslari bo’limlari bo’yicha dastlabki baholashni
tayyorlash, shu jumladan loyihaning samaradorligini baholash, potentsial
investorlar uchun investitsion takliflar tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Mablag’larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim
ishlardan biri bu loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir.
Salohiyatli investorlar, ular qanday bo’lishidan qat’iy nazar rivojlangan yoki
rivojlanayotgan davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari
to’g’risida ma’lumot olishga qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo’yicha
ma’lumotlarni o’rganish va tahlil etish ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi:
1. Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha yondashish (makro).
2. Korxona darajasi bo’yicha yondashish (mikro).
Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha izlanishlarni olib borish o’sha
davlatning butun investitsiya salohiyatini (potentsialini) hamda bu davlatga boshqa
davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hajmini
o’rganish va taxlil qilishni o’z ichiga oladi.
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi bo’yicha qo’yilayotgan
talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda
quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi:
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar;
- qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari;
- ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab
(aholini o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa
omillar);
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri;
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari;
- diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan
formatsevtik ishlab chiqarishga o’tish;
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;
- eksport imkoniyatlari;
- import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar
bo’yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi.
Loyiha g’oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan
ma’lumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish
asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi:
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar;
- qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan
amaldagi qishloq xo’jaligi tarkibi;
- muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib
boruvchi talab;
- atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish;
- qayta ishlovchi sanoat sektori;
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan
aloqalar;
- umumiy investitsiya muhiti;
- ishlab chiqarish siyosati;
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati;
- eksport salohiyati va boshqalar.
Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish
mumkin:
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.
2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari yoki oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni - aniqlash uchun belgilangan
izlanishlar.
3. Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft,
ximiya, metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash
uchun belgilangan izlanishlar.
Loyihaning asoslanishi yoki uni texnik – iqtisodiy va moliyaviy
maqbulligini baxolash bosqichida keng ko’lamga marketing izlanishlari
o’tkaziladi. Bozor segmenti qandayligi o’rganiladi, mahsulotni ishlab chiqarish
dasturi tayyorlanadi, texnik qarorlar shu jumladan bosh reja ishlab chiqiladi,
injenerlik ta’minoti, arxitektur rejalashtirish va qurilish qarorlari, fuqarolik
mudofasi va atrof muhitni qo’riqlash bo’yicha chora tadbirlar o’tkazish, qurilishni
tashkil etish tavsifi, korxonani kimlar boshqarishi va ushbu soxada ularning
boshqaruv tajribasi qay darajada ekanligi, korxona ishchilari soni va tarkibi, ular
mehnatini tashkil etish.
Loyiha bo’yicha smeta – moliya hujjatlarini tayyorlash, loyihani amalga
oshirish bilan bog’liq risklarni baxolash, loyihani amalga oshirish muddatlari
rejasi, loyihaning moliyaviy samaradorligini baholash, loyihaning iqtisodiy
samaradorligini baholash, ko’zda tutilayotgan investitsiyalarning qanday
ko’rinishda va maqsadlarda ishlatilishi masalalari ko’rib chiqiladi.
Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish
bosqichida, tehnik – iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish tugallangandan so’ng,
investitsion loyiha ishtirokchilari taxmin qilinayotgan investitsiya bo’yicha aniq
maqsadlar, ehtimolli risklar, xarajatlar va foydalarni hisobga olgan holda o’z
baholarini beradilar. Qanchalik loyihaning texnik – iqtisodiy asoslanishi sifatli
bo’lsa, uni baholash shunchalik oson bo’ladi.
Investitsiya oldi fazasi xarajatlari umumiy kapital xarajatlarning 0,7% dan –
5% gacha ulushini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi investitsiya loyihasini tayyorlash va hayotga
tatbiq etish uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi. Bunda investitsiya loyihasi
g’oyadan, to moddiy yuzaga chiqishgacha bo’lgan jarayonni bosib o’tishi kerak.
Har qanday loyiha agar u amalga oshirilmasa, unchalik ahamiyatga ega bo’lmay
qoladi.
Investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlarini baholovchi xulosa, loyiha
o’lchami bo’yicha barcha muhim jixatlarni, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy
foydaliligini hisoblash va ular bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda to’g’ri
aniqlangandagina maqsadga muvofiq bo’ladi.
Baholovchi xulosa faqatgina aniq loyiha bilan cheklanib qolmasdan, shuning
u bilan bog’liq tarmoq sohasi va tegishli iqtisodiyot bilan ham qiziqqan holda olib
boriladi.
Baholovchi hulosa tuzishda keng qamrovli loyihalar uchun to’plangan
ma’lumotlar va loyihaning barcha omillari tahlilini qayta – qayta jiddiy tekshirib
chiqish talab etiladi.
Investitsiya oldi fazasi natijasi bo’lib, investitsiya loyihasining
kengaytirilgan biznes - rejasi hisoblanadi.
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’iy nazar uning
ajralmas qismidir. Ilg’or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish
tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy –
boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes rejada aks etishi kerak.
Biznes – reja – bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati,
boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi.
Biznes – reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa
muammolar bo’yicha maslahatlar kerak bo’lsa, bu ishga boshqa soha
mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan
birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo’yicha batafsil, keyingi yili – choraklar
bo’yicha, keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi.
Biznes – reja aktsiyadorlar tasdig’idan o’tgan taqdirda (hissadorlik jamiyati
bo’lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo’ladi.
G’arbdagi ko’pchilik firmalar o’z faoliyatini juda aniq rejalashtiradi va biznes –
rejani ishlab chiqishda mahsus talablarga asoslanadi. Odatda uning xajmi 40
betdan oshmaydi. Yuqori darajadagi raqobatli sohalarda, ko’zda tutilmagan
xolatlar bo’lishi mumkin bo’lganda to’liq rejaning muqobili sifatida qisqa varianti
qabul qilinadi. Ayrim xollarda biznes – reja o’zlari foydalanish uchun kichikroq va
kattaroq hajmda «tashqi» varianti (bank, sarmoyadorlar, ta’minlovchilar va
iste’molchilar uchun) tuziladi. Bunday hajmdagi rejalarga aniq misollar, hisoblar,
ko’rgazmalar ilova qilinadi.
Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani
tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan uylashga va
o’z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni
baholashga majbur qiladi.
Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda
va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona
faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi.
Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U boshqa jismoniy va yuridik
shaxslardan pul mablag’larni jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja
potentsial qarz beruvchini, aktsioner, sarmoyadorni hamda iste’molchini,
ta’minlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda
olishga ishontirishi kerak.
Jahon tajribasida biznes – rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy
qismlari aniq belgilanadi.
Asosiy yo’nalishni saqlagan holda,boshqa bo’limlarga axborotni
ko’chirishni yoki ularni birlashtirish hisobiga bo’limlar soni kam bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |