288
Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi
siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod
egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma
hech qanday tashqi
ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda.
Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish
uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi.
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har
qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday
shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi
noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu
ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu
bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l
bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi.
Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan
ruxsatni eng yuksak
baholaydigan firma qo`lga kiritadi.
Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z navbatida, ifloslanishni kamaytirish
harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p
harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi
shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi.
Faqat
ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni
sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga
kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor
bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali
bo`ladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi
soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiy jihatlarga ega. Har ikki
holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-
muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak.
Ifloslantirish
ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi
kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun
to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor
ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish
ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni harajatli qilish orqali
tashqi ta'sirni o`zlashtiradi.
Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish
mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini
ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar
ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a)
chizmada EPA
ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu
holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki
firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab
chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish
289
ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda,
ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki
ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i
vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx
belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali
berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan
ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi
tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu
maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u
shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim
oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Hukumatning ifloslantirish huquqini kim oshdi savdosiga qo`yish g`oyasi
avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin.
Aslida ham
g`oya shunday boshlangan. Lekin borgan sari, EPA ifloslanishni nazorat qilish
yo`li sifatida bu tizimdan foydalanib kelgan. Taniqli muvaffaqiyat yakunlangan
hikoya kislota yomg`iriga sabab bo`luvchi oltingugurt dioksidi (SO
2
) masalasi edi.
1990-yilda, Toza havo akti (Clean Air Act) o`zgartirishlar kiritilishi elektr
zavodlaridan katta miqdorda SO
2
chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan
birga, o`zgartirishlar zavodlarning SO
2
ruxsatnomalarini
savdo qilishiga ruxsat
berish tizimini o`rnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul
qilgan bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan bu tizim eng kam uzilish bilan ifloslanishni
kamaytirishi mumkinligi isbotlandi. Ifloslantirishga ruxsatnomalar, tuzatuvchi
soliqlar kabi, hozir muhitni toza saqlab qolish uchun iqtisodiy samarali yo`l
sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: