Buyuk davlatlarning
Lotin Amerikasi
uchun kurashi
87
Lotin Amerikasi xalqlari orasida Amerikaga qarshi kayfiyat kuchayishining
oldini olish ham da A Q S H ning bu m intaqadagi m avqeyini m ustahkam lash
m aqsadida prezident F. Ruzvelt 1933-yilda AQSH intervensiyadan voz
kechganligi ham da boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi haqida
bayonot berdi.
Ayni paytda Lotin A m erikasi davlatlari bilan «yaxshi q o ‘shnichilik»
siyosatini e ’lon qildi. Bu siyosat A Q SH ekspansiyachilik siyosatining yangi
davrdagi o ‘ziga xos shakldagi davom i edi.
30-yillardan boshlab Lotin Am erikasida fashist blokiga kiruvchi davlatlar
— G erm an iy a, Italiya va Y aponiya ham o ‘z ta ’sirini q aro r toptirishga
urindilar. U lar strategik xom ashyoga m uhtoj b o ‘lganliklari tufayli bu q it’a
d avlatlari bilan savdo a lo q ala rin i riv o jlan tird ila r va o ‘z sarm o y alarin i
joylashtirishga urindilar.
X ususan, G erm aniya sarmoyasi A rgentina, Braziliya, Chili va Paragvay
iqtisodiyotiga joylashtirildi. Biroq G erm aniya fashistlari savdo-iqtisodiy
aloq alar bilan cheklanib qolm adilar. U lar bu m in ta q ad a ham fashistik
tashkilotlar tuzishga urindilar. Bu niyatni am alga oshirishda Lotin A m eri-
kasida yashayotgan nem is m uhojirlariga tayandilar. Eng yirik davlatlar —
A rg e n tin a va B raziliya fashizm ek spansiyasining L o tin A m erikasidagi
tayanchlari b o iish i kerak edi. Tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokim iyat-
ni egallash uchun ham harakat qildilar.
B undan tashqari, G erm aniya va Italiya Lotin Am erikasi davlatlarida
fashistlarning hokim iyatni Ispaniya usulida egallashlariga um id b o g ia d ila r
va ularni q o ila b -q u w a tla d ila r. Biroq fashistlar o ‘z m aqsadlariga erisha ol-
m adilar.
B uning sababi G e rm an iy a va uning ittifoqchilarining bu m in taqad a
A Q SH va G ‘arbiy yevropalik boshqa raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy
qudratlari yetm aganligida edi.
Ikkinchidan, Lotin A m erikasining u yoki bu davlatida ichki fashistik
kuchlarning hokim iyatni egallash y o iid ag i urinishlari liberal-dem okratik
kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli qarshiligiga uchragan edi.
Shu tariqa, Lotin Am erikasi xalqlari q it’ada fashizm q aro r topishiga y o i
q o ‘ym adilar.
...
I Braziliya — Birinchi jah o n urushida ishtirok etgan
__________ ____________ I davlatlardan biri. X ususan, u 1917-yilning 26-
oktabrida A Q S H dan so ‘ng G erm aniyaga urush e i o n qildi.
Biroq B raziliyaning bu urushdagi ishtiroki keng k o ia m li b o im a d i.
C h u n o n c h i, B raz iliy a B uyuk B rita n iy a n in g b ir q a to r h a rb iy -d e n g iz
ta d b irla rid a q a tn a s h d i. S h u n in g d e k , u n in g h a rb iy k e m a la ri J a n u b iy
A tla n tik a d a p a tru l x iz m a tin i b ajarg an , xolos. S hu m a ’n o d a o lg an d a,
Braziliyaning ja h o n urushidagi ishtiroki ko‘proq ram ziy m a ’no kasb etdi.
Shunday b o is a -d a , Braziliya Versal shartnom asini g ‘olib davlatlar qatorida
im zoladi. U rush ayni pay td a Braziliya iqtisodiyoti rivojiga ijobiy t a ’sir
ko ‘rsatgan. Bunga urush tufayli Yevropa eksporti kamayganligi sabab b o ‘lgan.
Biroq, baribir, Braziliya agrar davlat b o ‘lib qola berdi. Ishga yaroqli aholi-
ning 72% qishloq xo ‘jaIigida band b o ‘lgandi. Qishloq x o ‘jaligining asosini
kofe va qand yetishtirish tashkil etgan va m am lakat moliyaviy ahvoli ayni
shu kofe eksporti darajasi bilan b o g liq b o ‘lgan.
Braziliya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishi uzoqqa c h o ‘zilmadi. 1920—
1921 -yillarda uning iqtisodiyotida inqiroz yuz berdi. Eksport m ahsulotla-
rining narxi keskin pasaydi. M asalan, 1919-yilda 1 qop (60 kg) kofe 27
sentga sotilgan b o ‘lsa, 1921 -yilda bu k o ‘rsatkich 9,5 sentni tashkil etdi.
Inqiroz Braziliya iqtisodiyotining chet el sarm oyasiga qaram ligini yanada
k u c h a y tird i. 1923— 1 9 2 8 -y illa rd a B ra z iliy a iq tis o d iy o tin in g q ism a n
b a rq a ro rla sh u v i aso san ch e t el sarm o y a si h isob ig a am a lg a o sh irild i.
C hunonch i, 1929-yilga kelib A Q SH ning bu davlat iqtisodiyotiga joylash-
tirgan sarmoyasi 476 m ln dollarni, Buyuk Britaniya joylashtirgan sarm oya
esa 1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Ayni paytda m am lakatda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib bordi.
Prezident S. Bernardis (1922— 1926) davrida m am lakatda diktatorlik tartibi
qaror topa boshladi. M am lakatda siyosiy josuslik va ayg‘o qchilik tizim i
keng quloch yoydi va bu hodisa m am lakatd a keskin norozilikni keltirib
chiqardi. N orozilik hatto arm iyaga ham ta ’sir ko ‘rsatdi.
1924-yilning 5-iyulida S an-P au lo shah rida joylashgan harbiy qism da
q o ‘zg‘olon ko ‘tarildi. H ukum atga sodiq q o ‘shinlar q o ‘zg‘olonchilarga qarshi
3 hafta davom ida kurash olib borishga m ajbur b o ‘ldi. 1924-yilning 28-
o k tab rid a esa S an to -A n jelu shah rid a k ap itan K. Prestes b o shch iligid a
harbiylar q o ‘zg‘oloni boshlandi. H ukum at q o ‘shinlari q o ‘zg‘olonchilarga
qarshi og‘ir jang lar olib borishga m ajbur b o ‘ldi va, nihoyat, 1927-yilning
13-fevralida q o ‘zg‘o lo nchilarning so ‘nggi otryadlarini Boliviya hududiga
surib chiqara oldi.
1929-yilda yuz bergan ja h o n iqtisodiy inqirozi Braziliya iqtisodiyotini
yanada og‘ir ahvolga solib q o ‘ydi. Inqirozdan m am lakat qishloq x o ‘jaligi,
ayniqsa, katta talafot k o ‘rdi. Xususan, m am lakat om borxonalarida 37 mln.
qop kofe yig'ilib qoldi. 3 yil ichida 40 m ing qop kofe dengizga oqizildi yoki
yoqib tashlandi. Eksport keskin kamaydi.
M am lakat aholisining tu rm u sh darajasi n iho yatd a yom onlashdi. Bu
o m illar, o ‘z n av b atid a, d em o k ra tik va ijtim o iy h a ra k a tn i k uch ay tirdi.
S hunday b ir sh aro itd a h u km ron do iralar m avjud tartib n i saqlab qolish
m aqsadida davlat to ‘ntarishi o ‘tkazishga q a ro r qildilar. U ni 1930-yilning
oktabrida hukm ro n doiralar bilan m ustahkam aloqada b o ‘lgan harbiylar
am alga oshirdilar. M am lakatda J. Vargas diktaturasi o ‘rnatildi va diktatura
1891 -yilgi m am lakat Konstitutsiyasini bekor qildi.
H atto q o nun chiqam vchi barcha vakolatni ham hukum atning o‘zi amalga
oshira b o shladi. L ekin d ik tatu ra m am lak atd ag i ichki siyosiy vaziyatni
barqarorlashtira olm adi. H ukm ron doiralar turli tabaqalari o ‘rtasida hoki-
89
miyat uchun kurash davom etdi. N atijada 1934-yilning 16-iyulida m am la-
k atning yangi K onstitutsiyasi qabul qilindi. lchk i iqtisodiy va siyosiy
barqarorlik ayni paytda m am lakatda fashizm harakatini vujudga keltirdi.
Fashizm siyosiy hayotga tobora jiddiy xavf sola boshladi.
M am lak a tn in g taraq q iy p arv ar kuchlari 1935-yilda fashizm ga qarshi
yagona xalq frontini tuzishga muvaffaq b o ‘ldilar. Bu front — «Xalq fronti
um um braziliya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi» deb ataldi. Alyans tub
ijtim oiy-iqtisodiy islohotlar o ‘tkazish dasturini ilgari surdi. Alyansning o b ro ‘-
e ’tibori tobora o ‘sib bordi. B undan c h o ‘chigan hukum at 1935-yilning 11-
iyulida uning faoliyatini taqiqladi.
M am lakatda terro r va repressiya kuchaydi. B ung ajav ob an 1935-yilning
noyabr oyida harbiylarning bir qismi q o ‘zg‘olon k o ‘tardi. Biroq Vargasga
sodiq harbiy qism lar bu q o ‘zg‘olonni bostirdi. Endi m am lakatda reaksiya
avj oldi.
1937-yilning 10-noyabrida J. Vargas Kongressni tarqatib yubordi. 1934-
yilgi Konstitutsiyani bekor qildi va m am lakatda uning shaxsiy diktaturasi
o ‘rnatildi. Shu kuni J. Vargas b u tu n h o k im iy atn in g P reziden t q o ‘lida
to ‘planishini qonunlashtirgan yangi Konstitutsiyaga ham imzo chekdi. 1937-
yilning 2-dekabrida barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi.
Shunday b o ‘lsa~da, J. Vargas hukum ati m am lakatda xalq harakatining
yangidan vujudga kelishining oldini olish m aqsadida q ator yon berishlarga
ham bordi. Jum ladan, eng kam ish haqi haqida, ish kunini tartibga solish
haqida dekretlar chiqardi. Ayni paytda davlatning iqtisodiyotga t a ’sirini
kuchaytirishga qaratilgan qo n u n lar ham qabul qilindi. Vargas hokim iyati
1945-yilgacha hukm surdi.
Birinchi jah o n urushi natijasida Yevropa eksporti
______ Ar9 e n t ' na______ kamayganligi tufayli A rgentina milliy iqtisodiyoti
gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o ‘z navbatida, m am lakat eksportining
o ‘sishiga xizm at qildi. C hunonchi, A rgentina bug‘doy eksport qilish b o ‘yicha
dunyoda ikkinchi o ‘ringa (K anadadan so ‘ng), go‘sht m ahsulotlari eksporti
b o ‘yicha esa birinchi o ‘ringa chiqdi. U ning asosiy savdo ham korlari Buyuk
Britaniya va A Q SH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va A rgentina
o ‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln. pesoni, AQSH bilan esa 726 m ln
pesoni tashkil etdi.
Biroq Braziliyada b o ‘lganidek, A rgentina iqtisodiyotidagi o ‘sish ham
uzoq davom etm adi. 1920—1921-yillardagi iqtisodiy inq iro z m am lakat
iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan
korxonalarda ishlab chiqarish to ‘xtab qoldi.
Ayni paytda inqiroz A rgentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari
faoliyatiga t a ’sir k o ‘rsatm adi. C hunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi.
Bu hodisa 1920— 1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o ‘ziga xos xarakterli
belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni m urakkablashtirdi. R adikal-fuqaro
ittifoqi partiyasi vakili Prezident I. Irigoyen hukum ati (1916—1922) islohotlar
90
yo ‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. X ususan, talabalar
tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati dem okratik asosda qayta qurila
boshlandi. B undan tashqari, yirik yer egalarining q u d ratin i cheklashga
kirishildi.
H ukum at m ehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o ‘zgarishlarni
am alga oshirdi. C hun o n ch i, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish
kuni, ishchilarga ta ’til berish, ish haqining eng kam m iqdori joriy etildi.
1. Irigoyen hukum ati o ‘tkazgan islohotlarda izchillik ta ’m inlanm agan
b o ‘lsa-da, islohotlar k o ia m i va m azm uni hukm ron tabaqalarni tashvishga
solib q o ‘ydi. U lar m am lakat arm iyasi orasida hukum atga qarshi tashviqotni
kuchaytirdilar.
1922-yilda
0
‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa
bir vakili M. Alveor (1922—1928) g ‘alaba qozondi. U yangi tuzgan hukum ati
tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida
yana jonlan ish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan m aqsadga erishil-
madi. B uning sababi m am lakat qishloq x o ‘jalik ishlab chiqarishining jah o n
bozoriga qaram ligi edi. 1925-yildan boshlab jah o n b ozorida n arx-navoning
pasayishi m am lakat m oliyaviy ahvoliga salbiy ta ’sir k o is a td i.
1927-yilda o ik azilg an prezidentlik saylovida yana I. Irigoyen (1928—
1930) g ‘alaba qozondi. H ukum at am alga oshirgan eng katta tadbir neft
sanoatining m illiylashtirilishi b o id i. Bu hodisa yirik sarm oyadorlar ham da
chet el m onopoliyalari m anfaatiga berilgan katta zarba edi.
U lar endi davlat to ‘ntarishi o ik a z ish g a qaro r qildilar. 1930-yilning 6-
sen tab r kuni general Xose F. U riburu b oshchilig ida davlat to ‘ntarishi
o ‘tkazildi. F. U riburu o ‘zini vaqtincha P rezident d eb e i o n qildi. Yangi
hukum at m am lakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor
qildi. M am lakatda qam al holatini joriy etadi. M atbuot u chun qattiq senzura
tartibi o in a tild i. M am lakat neft sanoatini m illiylashtirish haqidagi q aro r
bekor qilindi.
G eneral F. U riburu m am lakatni n oqo nuniy ravishda uzoq boshqarishi
m um kin em as edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olm as ham
edi. C hunki uning ob ro ‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931 -yilning noyabr
oyida prezidentlikka boshqa general — P. Xusto (1932—1938) nom zodi
q o ‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukum at m am lakatd a ish tashlashni m an
etish ham d a qam al holati e i o n qilish haqidagi qo nunlarni am alda jo riy
ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi.
Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish y o i i
q o ilan ild i. Ayni paytda A Q SH ga qaram b o ‘lib qolm aslik, Lotin Amerikasida
A Q S H ning t a ’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu m aqsadda
A rgentina tashabbusi bilan Lotin Am erikasi davlatlari o ‘rtasida o ‘zaro hujum
qilm aslik va yarashuv to ‘g ‘risidagi shartnom a im zolandi. Bu shartnom aning
m ohiyatini to ‘g‘ri anglab yetgan A Q SH prezidenti F. Ruzvelt 1933-yilda
L otin A m erikasi davlatlari bilan m unosabatda «yaxshi q o ‘shnichilik» ta-
91
moyilini e ’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nom i tilga olingan
shartnom ani im zoladi. Bu shartnom a tarixga «Savedro Lamas pakti» nom i
bilan kirdi. S. Lam as A rgentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu A rgentina
diplom atiyasining katta y u tu g i b o ‘lgandi.
P rez id e n t P. X usto davrida ham m am lak at ichki siyosiy h a y o tid a
barqarorlik ta ’m inlanm adi. A ksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938-
yilgi prezident saylovida so‘l kuchlar birlikka erisha olm adilar. N atijada
o ‘ng kuchlar vakili R oberto Ortis (1938—1940) g‘alaba qozondi.
R. Ortis ichki siyosatda qism an b o ‘lsa-da, konstitutsiyaviy tartiblarni
tiklashga h arak at qildi. Repressiya va te rro r to ‘lqini pasaydi. F ashizm
jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish y o ‘li to ‘sildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |