Shu tariqa fashistik davlatlar o ‘zlarining bosqinchilik siyosatlari bilan
ikkinchi jah o n urushini tobora m uqarrar qilib q o ‘ydilar.
Birinchi jahon
urushining
Ispaniyaga t a ’siri
Ispaniya
Ispaniya birinchi jah o n urushida b etaraf qoldi.
Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy-siyosiy
ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli
savdo-sotiq m unosabatlarini am alga oshirishga
imkon berdi. Eksport hajmi im port hajm idan yuqori b o ‘ldi. Buning natijasida
m am lakat oltin zaxirasi 4 baravar k o ‘paydi.
U rush yillarida harbiy buyurtm alar salm og‘ining oshishi, o ‘z navbatida,
sanoatdagi ayrim tarm oqlarning gurkirab rivojlanishini t a ’m inladi. Shunday
b o ‘lsa-da, Ispaniya, baribir, kam taraqqiy etgan, agrar-industrial davlat
b o ‘lib qolaverdi. M am lakat qishloq xo‘jaligida o ‘rta asrchilik m unosabatla-
rining qoldiqlari ham on kuchli edi. Barcha yer m aydonining uchdan ikki
qismi yirik yer egalari va m am lakat hayotida katta ta ’sirga ega b o lg a n
katolik cherkovi ixtiyorida edi. M illionlarcha dehqon x o ‘jaliklariga esa atigi
uchdan bir qism yer tegishli edi.
Yersizlar ham ko‘p b o ‘lib, ular asoratli shartlar asosida yerni ijaraga
o lard ilar. Q ishloq x o ‘ja lig id a m e h n a t u n u m d o rlig i ju d a past b o ‘lgan.
M am lakat iqtisodiyotining ahvoli chet el kapitali kiritilishiga sezilarli dara-
jad a bog‘liq edi. C h u n o n ch i, sanoatga joylashtirilgan chet el kapitalining
54 foizi ingliz, 34,5 foizi fransuz kapitali edi. Ispaniya taraqqiyotining bunday
orqada qolishi o ‘rta asrchilik tartiblari ham on kuchli darajada saqlanib
qolayotganligi bilan izohlanar edi.
Katta yer egalari ham da ularning tayanchi b o ‘lgan arm iya va katolik
cherkovi o ‘zlarini asrlar davom ida qaror topgan tartib lar q o ‘riqchisi, deb
hisoblardi. Shuning uchun ham yangilikka b o ‘lgan h ar qanday intilishlam i
m am lakat milliy m anfaatiga solinayotgan tahdid, deb qabul qildilar. Ayni
paytda ularni y o ‘qotish u ch u n barcha vositalarni ishga soldilar. M am lakatda
harbiylarning o ‘rni to b o ra ortib borm oqda edi. Vujudga kelgan «harbiy
xuntalar» (harbiylar to ‘dasi) XX asrda m am lakat siyosiy hayotiga tez-tez
aralashib turish quroliga aylangan.
Ispaniya um sh harakatlarida qatnashm agan b o ‘l-
sa-da, urush m am lakat aholisi turm ush darajasini
og‘irahvolga solib q o ‘ydi. C h un o n ch i, oziq-ovqat
m ahsulotlarining narxi 65 foizga ortdi. Inflatsiya kuchaydi va real ish haqi
kam aydi. Buning oqibatida 1917-yil 13-avgustda m am lakatda yalpi siyosiy
ish tashlash ro‘y berdi. N am oyishchilar monarxiyani tugatishni, T a ’sis Majlisi
chaqirishni va Respublika hukum atini tuzishni talab qildilar. Ish tashlash
shiddatli ko‘cha janglariga aylanib ketdi. H ukum at m am lakatda qam al e ’lon
qildi va arm iyaning kuchi bilan tartib o ‘m atdi.
Do'stlaringiz bilan baham: