z b e k is to n lik
jangchilarning urush
m aydonidagi
jaso ratlari
142
uchala darajasi bilan taqdirlandi. S. R ahi-
mov general darajasiga erishdi. U larning
jasorati bugungi avlod uchun nam una yul-
duzidir.
H am y urtlarim izdan bir n ech a minggi
Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Y ugo-
slaviya, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya
kabi davlatlarning ord en va m edallari bilan
m ukofotlandilar. Ba’zilarinm g xoki begona
va olis yurtlarda qolib ketdi. O zodlik va
erk uchun, Vatan uchun jo n fido qilganlarni
doim o yod da saqlash u c h u n 9-m ay «Xotira
va qadrlash kuni» deb e ’lon qilindi. Zero
xalq uchun qilingan ish, ko‘rsatilgan jasorat
m angulikk a daxldordir. U hech q ach o n
unutilm aydi.
General Sobir Rahimov.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining insoniyat boshiga solgan dahshatlari haqida
nimalarni bilib oldingiz?
2. Ikkinchi jahon urushi qay tariqa boshlandi?
3. Nega G'arbiy frontdagi urush tarixga «alati urush» nomi bilan kirdi?
4. Fransiya qay tariqa taslim bo‘ldi?
5. Sovet davlati hududi qay tariqa kengayganligi haqida so‘zlab bering.
6. Germaniya nima uchun Buyuk Britaniyani mag‘lubiyatga uchrata olmadi?
7. Fashistlar rnatgan «yangi tartib»ning insoniyatga qarshi vahshiyona jinoyat
ekanligini asoslab bering.
8. Qarshilik krsatish harakati qanday harakat edi?
9. Germaniyaning Sovet davlatiga qarshi urush boshlashi tarixi haqida nimalarni
bilib oldingiz?
10. Fashistlarga qarshi davlatlar koalitsiyasi qay tariqa vujudga keldi?
11. Ikkinchi jahon urushining buyuk janglari haqida szlab bering.
12.Yevropada ikkinchi front qachon va qay maqsadda ochildi?
13.Tehron va Qrim konferensiyalari haqida nimalarni bilib oldingiz? Potsdam
konferensiyasi qarorlarini ayting.
14.Germaniya va Yaponiyaning taslim blishi tafsilotini taqqoslang.
15. 0 ‘zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qshgan hissasi
haqida nimalarni biiib oldingiz?
16. Ikkinchi jahon urushining asosiy yakunlari nimalardan iborat bo‘ldi?
JADVALNI T O ‘ LDIRING. ENG YIRIK JANGLARNI TASVIRLANG
Yirik janglar
Tavsifi
— Eng yirik, mashhur lashkarboshilardan biri haqida erkin insho yozing.
143
BU HAQDA BAHS YURITING
Men ko‘p urushlarda qatnashdim, shuning uchun bu masalada g ‘arazim
qattiq, hatto juda ham qattiq. Bu kitobning («Alvido, qurol») muallifi ongli suratda
shu fikrga keldiki: urushlarda jang qilayotgan odamlar dunyodagi eng ajoyib
odamlardir, frontning qizg‘in qismlariga kirib borganing sari bunday ajoyib
kishilarga kproq duch kelaboshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning
oloviga yana olov tashlab turganlar iqtisodiy raqobatdan, foyda undirishdan
boshqa narsani o ‘ylamaydigan to ‘ng‘izlardir. Men urushda boylik orttirganlar,
urush olovini yoqqanlar urushning birinchi kunlaridayoq mamlakat grajdan-
larining muxtor vakillari tomonidan otib tashlanmog'i zarur, deb hisoblayman.
Ernest Xeminguey
(«Alvido, qurol» kitobiga yozgan szboshidan)
Oliy Bosh qmondon Qarorgohining 1941-yil 16-avgustdagi buyrug‘idan
...Buyuraman
1. Jang paytida unvon belgilarini yulib tashlovchi va front ichkarisiga qochuvchi
yoki dushmanga asir tushuvchi komandirlar va siyosiy xodimlar dezertir deb
hisoblansin, ularning oilalari qasamni buzgan va Vatanga xiyonat qilganlarning
oilalari sifatida qamoqqa olinsin.
Barcha yuqori komandirlar va komissarlarga boshliqlar tarkibidan blgan
bunday dezertirlarni joyida otib tashlash majburiyati yuklansin,
Davlat Mudofaa qo‘mitasi raisi I. Stalin.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |