0 ‘zbekiston kolxozchilari 1942-yilda tan k kolonnasi qurishga o ‘z shaxsiy
ja m g ‘arm alaridan 260 mln so‘m topshirdilar. U rushning dastlabki yarim yili
ichida 420 m ingdan ortiq turli issiq buyum lar yuborildi.
1941 -yilning dekabriga keliboq, 0 ‘zbekistonda jami 293 korxona m udofaa
uchun m ahsulot ishlab chiqara boshladi. U rush yillarida 0 ‘zbekistonga
so v etlarn in g d u sh m an bosib olgan yoki bosib olishi m um k in b o ‘lgan
h u d u d larid a n 104 fabrika va zavod k o ‘ch irib keltirildi. Bu fabrika va
zavodlarni ishga tushirishda 0 ‘zbekiston aholisi mislsiz fidokorona m ehnat
qilgan. K orxonalar uzog‘i bilan bir oyda ishga tushirilganligi buning yorqin
isbotidir.
Bu bunyodkorlik ishida aholining barcha tabaqasi, shu ju m la d an , ayollar
va bolalar ham faol ishtirok etdi. C hunonchi, 1942-yilga kelib sanoat sohasida
m ehnat qilayotganlarning 63,5 foizi ayollardan iborat edi (bu k o ‘rsatkich
1940-yilda 34 foizni tashkil etgan).
0 ‘zbekiston xalqi urush yillarida frontga jam i 2100 ta sam olyot, 17342 ta
aviam otor, 2 mln 318 ming dona aviabom ba, 17100 bronopoyezd va boshqa
harbiy texnika ham da anjom lar yetkazib berdi. O ‘zbekistonning o ‘zida urush
yillarida 280 ta yangi korxona qurildi.
D u sh m an n i to r-m o r etish u c h u n olib borilgan um u m xalq ku rash id a
d e h q o n la r ham fid o k o ro n a m e h n a t q ild ilar. U rush yillarida davlatga
jam i 4 m ln 148 m ing to n n a paxta, 82 m ln pud g ‘alla, 54067 to n n a pilla,
159 m ing to n n a g o ‘sht va bo sh q a qishloq x o ‘jalik m ahsu lo tlari yetkazib
berildi.
U rush yillarida o ‘zbek xalqi yuksak insonparvarlik xislatini nam oyon
etdi. 0 ‘zbekistonga jam i 1 mln dan ortiq kishi, shu jum lad an 200 m ing bola
keltirildi. Xalqim iz ularni m eh m o n d o ‘stlik, bolajonlik bilan qabul qildi,
ularga o ‘z uyidan turarjoy berdi, topgan nonini ular bilan baham k o ‘rdi,
ularga kiyim -kechak berdi.
0 ‘zbekiston oilalari ota-onasiz qolgan bolalarni o ‘z bag‘riga oldi. Bu
o ‘rinda toshkentlik tem irchi Sh. S hom ahm udov va uning turm ush o ‘rto g‘i
B. A kram ovalarning nom lari tarixim izga zarhal harflar bilan bitilgan. U lar
turli millatga m ansub 14 nafar bolani o ‘z tarbiyasiga oldilar.
Ikkinchi jah o n urushi frontlariga 0 ‘zbekistondan
1 m ln 433200 kishi safarbar etildi. 1941 -yilda
respublika aholisi 6,5 m ln kishini tashkil etgani
hisobga olinsa, bu katta raqam ni tashkil etadi.
B inobarin, 0 ‘zbekiston aholisining 22 foizi jang
m aydonlarida qatnashdi. Bu jam i m ehnatga yaroqli aholining 40—42 foizi
degani edi. U rushda ishtirok etganlardan 268005 kishi halok b o ‘ldi, 132670
kishi bedarak yo‘qoldi, 60452 kishi esa m ayib-m ajm h b o ‘lib qoldi. F rontda
k o ‘rsatgan jasoratlari uchun o ‘zbekistonIikIardan jam i 120 m ing jangchi
h u k u m at o rd e n i va m ed allari bilan m u k o fo tlan d i. U lard an 280 kishi
Q ah ram o n unvoniga sazovor b o id i. 32 kishi «Shuhrat» o rdenin in g har
Do'stlaringiz bilan baham: