Uchinchidan, dramaturgiya qoidalariga asoslanib sahnalashti-
rilgan raqsni o‘z tasawurida jonlantira olishi va obrazni «o‘ziniki»
qilib olishga erishishi kerak. Raqs ijrochisi raqsning dramaturgiya
qoidalarini bilishi va ijro vaqtida unga amal qilishi kerak. Chunki
kuyning tizimiga terilgan harakatlami ijro etishda raqqosa o‘zining
bor vujudini, ya'ni ongini, sezgi organlarini, qo‘l-oyog‘i, yelkasi,
nafas olish organlarini, yuzini harakatlantiradi. Buning natijasida ijro
texnikasini, mimikasini, qalbini ishga soladi va ulaming barchasi bir
butun bo‘lib raqqosaga obrazni «o‘ziniki» qilib olishiga ko‘mak-
lashadi.
Dramaturgiya qoidalari, raqs musiqasi, harakatlar va harakatlami
mahorat bilan ijro etilishi - bulaming barchasi raqs asarining asosiy
tarkibiga kiradi. Raqqosa obraz yaratish uchun o‘z ustida ishlar ekan,
mashaqqatli mehnat, ijodiy izlanish jarayonlarini o‘taydi. Buning
natijasida sahnada uning ijrosidagi bir siymo yaralishini unutmasligi
kerak. Ijodiy izlanish samarasi o‘laroq, siymoning ichki va tashqi
qiyofasi tomoshabin ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi.
Misol tariqasida shuni keltirishimiz mumkinki, xalq artisti
Rushana Sultonova 1999-yil Termez shahrida «Alpomishning 1000
yilligi»ni nishonlash uchun o‘tkazilgan katta bayram dasturida
«Barchinoy» obrazini yaratdi. Sahnalashtirilgan raqsdagi harakatlar,
musiqa, ijro mahoratidan to‘la foydalanish natijasida rejissyor,
bastakor va baletmeysteming maqsadi ochib berildi. R.Sultonova
tomonidan tomoshabin ko‘z o‘ngida oddiy raqqosa emas, balki
afsonaviy «Barchinoy» to ia namoyon boidi. Bunaqa misollami
ko‘plab keltirishimiz mumkin.
Ba'zan shunday hollarga duch kelamizki, ayrim raqs ijrochilari
o‘z qobiliyatlarini to ia namoyon eta olmaydilar. Tomoshabin oldida
hayajonga tushib miya faolligi to'xtaydi, ijro sifatini ko‘rsata
olmaydilar. Musiqani eshitmay qolishi, harakatni unutib qo‘yishi,
o'zini erkin tuta olmasligi kabi yoshlarga xos kamchiliklar
ijro paytida
sezilib qoladi. Ammo ko‘pincha bunday hol havaskorlik jamoalarida
uchrashi mumkin.
Bu kamchilik baletmeyster tomonidan raqqosani sahnaga o‘rga-
tish yo‘li bilan yo‘qotish mumkin.
Ijrochining mustaqil ishi natijasini awalo, baletmeyster sezadi va
undagi o'zgarishlami, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida aytib
62
www.ziyouz.com kutubxonasi
boradi. Raqqosaning mustaqil ishlashi uning ijrochilik mahoratini
yana bir pog‘onaga ko‘tarilishiga xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: