Raqs san'atining muhim funksiyasi- ma'naviy qiziqish va
ehtiyojlami shakllantirish, hamda rivojlantirishdir. Ilg‘or texnologiya-
laming ilmiy va uslubiy yutuqlarini o‘qitishning dolzarb masalalari
sirasiga quyidagilami kiritish mumkin:
- o‘zlashtirish jarayonida raqs tarixi va nazariyasini, raqslami
yaratilish qonun-qoidalarini, raqslarga musiqa tanlash, repertuar
tanlash va tayyorlashni, raqs chizmalarini tayyorlashni chuqur
o‘rgatishga erishish;
- harakatlar ijrosi, usullari va xarakteri haqidagi
ijobiy va
tanqidiy fikrlarini bayon eta olish, o‘rgatish va ijro etish metodikasini,
terminologiyasini bilishi, raqs maktablari va uslublari, raqs liboslarini
farqlay olish, xoreografik jamoalar ijodini kuzatish va o‘rganish,
maxsus adabiyotlardan va maxsus ta'lim muassasasidagi pedagogik
tajribalardan foydalana olish;
- raqs san'ati an'analarini, pedagoglik va baletmeysterlik san’ati
haqida tasawurga ega boMishlari, mumtoz va folklor raqs ijrochili-
gining o'zaro aloqadorligini anglash;
- raqs san’atining bugungi kundagi ahvolini va bugungi
tomoshabinning raqs san’atiga bo‘lgan talabini aniqlay bilish;
- xalq ijodining eng nodir namunalari orqali tomoshabinni
tarbiyalash. Folklor raqslarda mazmun va shaklning milliyligini saqlay
oladigan mutaxassislami tayyorlash;
- professional xoreografiya san'atining folklor ijodiyoti va
tomosha san'atiga ta'sirini anglash. (Masxarabozlar, dorbozlar,
akrobatlar, gimnastikachilaming
ijodiy dasturida raqsning texnik
murakkab va qaltis harakatlaridan foydalanishi);
- professional ta'limning professional va folklor raqs ijodida aks
etishi hamda uning ta’sirini aniqlay olish qobiliyatini o‘stirish;
- professional raqs ansambllar baletmeysterlarining trasformatsi-
ya shaklidagi maishiy folklor
raqsga tavsifini tahlil qilish;
- professional va folklor
raqs ijrochiligining o‘zaro aloqasi
(repertuar, ijro tarzi, an'analaming avloddan avlodga yetkazib berish).
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘qitishning dolzarb masalalarini hal
qilishda
intemet tarmog‘idan foydalangan holda o‘quv jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalami joriy etish kerak.
Pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalash,
pedagogik mahoratni oshirib borish,
o‘qitishning eng zamonaviy
uslublarini izlash, ishlab chiqish va amalda qo‘llash zarur. Bunda
77
www.ziyouz.com kutubxonasi
rivojlangan davlatlardagi turdosh oliy ta'lim muassasalarining shu fan
bo‘yicha o‘qitish uslublarini o‘rganish, u yerdagi yetakchi
mutaxassislaming ish tajribalarini o‘zlashtirish va pedagoglar ulardan
unumli foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: