Korxona raxbari va bo’lim boshliqlari faoliyatini o’rganish, kun tartibi bilan tanishish. Bu bo’lim orqali talaba rahbar mehnatini tashkil etish va kun tartibidagi masalalarni hal etish yo’nalishlarini o’rganadi. Talaba tomonidan quyi, o’rta va yuqori pog’ona rahbarlari nima ish qilishadi, vaqtni qanday boshqarishadi, kun tartibini hamda vaqtini qanday tasimlaydi, kommunikatsiyaga sarflanadigan vati va shu kabi rahbarning ishdagi vaqti bilan bog’liq amalga oshiradigan ishlarini o’rganadi, tahlil qiladi. Rahbarlarning kun tartibini bir-biridan farqini ajratadi.
Muxandislik bo’limi faoliyati, xujjat yuritish tizimi, uning dasturlarini o’rganish va tahlil qilish. Talaba tomonida ushbu bo’limni o’rganish va tahlil qilish uchun 6 kun vaqt ajratildi. Bu davr ichida talaba bo’limning to’liq faoliyati, korhonalarning hisobotlarni tuzish va topshirish qoidalari bilan tanishadi va moliyaviy hisobotlarni tahlil qiladi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun chizib tayyorlash, tahlil qilish.Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi. Ushbu bo’limda talaba tomonidan korxona boshqaruv strukturasi bilan tanishadi va tahlilini amalga oshiradi.
Hisobotni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish.Yuqorida berilgan ketma-ketlik bo’yicha talaba tomonidan barcha bo’limlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan topshiriqlar va tahlillar hisobotda aks ettiriladi. Ilovada berilgan shakllarga asosan hisobot rasmiylashtiriladi va himoyaga olib chiqiladi. Himoya belgilngan komissiya oldida amalga oshiriladi.
2-BOB. 2-KURS UCHUN ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI (JK 3-KURS) 2.1-§. Amaliyotning maqsad va vazifalari Malakaviy amaliyoti o’quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. U 5310800-“E va A” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 2-kurs 4-semestrida o’tkazishi o‘quv rejaga muvofiq belgilangan.
Amaliyotga talaba o’quv rejasiga binoan 9 haftaga ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi.
Malakaviy amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, talabada o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash uchun sharoitlarni yaratgan holda, tajribasini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib malakaviy amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi:
Talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Korxona va uning tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish va zamonaviy tizimlar bilan taqqoslash.
Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini tahlil qilish va kamchiliklarini o’rganish.
Rahbarlar, ularning o’zini tutishi va jamoa bilan munosabatlari haqidagi tajribalarini oshirish.
Ishlab chiqarish hodimlari tarkibi, tuzilish, qo’nimsizligi va ish haqi hisoblash tizimi bilan tanishish.
Korxonadagi umumiy boshqaruv muhiti va bunda rahbarlarning faoliyatini tahlil qilish.
Korxonadagi aktivlar boshqaruvini tahlil qilish va uning tuzilishiga baho berish.
Ishlab chiqarish sexlari va ularning texnologik asoslari bilan tanishish.
Korxonada boshqaruv hujjatlarini yuritilishi va ularni to’ldirish darajalarini, ulardagi statistik ma’lumotlarni taqqoslama tahlil qilish.
Korxonaning marketing tizimini boshqarish jarayonini tahlil etish va muammolarini o’rganish.
Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini kelib chiqishi va yuritilishini o’rganish tahlil qilish.
5310800-“E va A” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.