Mehnat jarayoni, ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi va me’yorlarini o’rganish. Bu bo’lim orqali talaba ishlab chiqarishni tashkil etilish darajasini o’rganadi, tahlil qiladi va unga baho beradi. Ishlab chiqarish me’yoriy talablar asosida tashkil etilganligi bo’yicha kichik tadqiqot o’tkazadi. Mehnat me’yorlarini va ularni bajarilishini, tsexlardagi ishlab chiqarish maromiyligini o’rganadi va tahlil qiladi.
Ishchilarga ish haqi hisoblash usullari va yo’nalishlari bilan tanishish, ma’lumotlarni tahlil qilish. Ishchilarga ish haqini belgilash, hisoblash usullari, tariflar va razryadlar bilan tanishadi. Ish haqini hisoblashning usullarini o’rganadi va maqsadga muvofiqligiga shaxsiy munosabatini bildiradi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun chizib tayyorlash, tahlil qilish.Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi. Ushbu bo’limda talaba tomonidan korxona boshqaruv strukturasi bilan tanishadi va tahlilini amalga oshiradi.
Hisobotni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish.Yuqorida berilgan ketma-ketlik bo’yicha talaba tomonidan barcha bo’limlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan topshiriqlar va tahlillar hisobotda aks ettiriladi. Ilovada berilgan shakllarga asosan hisobot rasmiylashtiriladi va himoyaga olib chiqiladi. Himoya belgilngan komissiya oldida amalga oshiriladi.
4-BOB. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA HISOBOT HIMOYASI YUZASIDAN UMUMIY QOIDALAR VA TARTIBLAR
4.1-§. Amaliyotga rahbarlik qilish Talabalar amaliyoti Institutning davlat va aktsiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo’shma korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi.
Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o’qiydigan talabalar amaliyot o’tash uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar.
Institutdan tayinlangan amaliyot rahbari:
talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o’tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko’rsatmalar berish va h.k.)ni o’tkazishni ta’minlaydi;
talabalarning kafedra topshiriqlarida ko’zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi;
talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
amaliyot yakunlari bo’yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;
talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o’tganligi, ularning amaliyot tayyorgarligidagi kamchiliklar ko’rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritlgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o’tkazadi.
Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan mas’ul hodimlarning biriga yuklatiladi.